O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
XORIJIY TILLAR FAKULTETI
INGLIZ TILSHUNOSLIGI KAFEDRASI
11-2 MBTXT 19 - guruh talabasi
Rahmatullayeva Nozigulning
“Ingliz tilida urg’u va uning turlari”
mavzusidagi
KURS ISHI
5112200 – Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda xorijiy til (ingliz tili)
Ilmiy rahbar: M.I.Gadoyeva
Buxoro 2022
Mundarija:
1 Ingliz va o'zbek tillarida fe'l so'z turkumi…….3
2 Ingliz tilida mayl kategoriyasi……………7
3Ingliz va o`zbek tillarida buyruq-istаk mаyli………14
4 O’zbek tilida mayl kategoriyasi . …………,24
5O`zbek tilida mayl kategoriyasi……………25
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Ingliz va o'zbek tillarida fe'l so'z turkumi
Fe’lning grammatik mohiyati haqida gapirganimizda shuni ta’kidlash mumkinki, fe’l mustaqil so‘z turkumi bo‘lib, harakat, holat yoki jarayonni ifodalaydi. Fe’l quyidagi xususiyatlariga ko‘ra mustaqil so‘z turkumi sifatida xarakterlanadi:
1.Harakat, holat yoki jarayon sifatidagi leksik-grammatik ma’nosi.
2.O‘ziga xos o‘zak yasovchi quyidagi suffikslar (-ize, -en,-ify;) va prefikslarga (re-,over-, out-, miss-, un;) hamda leksik-grammatik so‘z morfemalarga egaligi.
3.Fe’l boshqa so‘z turkumlariga qaraganda so‘z o‘zgartirish va so‘z yasash borasida ancha rivojlangan, bunga sabab uning bir qancha grammatik kategoriyalarga egaligidir.
4. Fe’lning o‘ziga xos tarzda bog‘lanishi.
5.Gapda turlicha sintaktik vazifalarda kela olishi.
Fe’l asosan shaxs faoliyatini ko‘rsatib keladigan so‘z turkumidir. Bunday ta’rif har ikkala tilga ham ya’ni, ingliz va o‘zbek tillariga xos bo‘lib, buni quyidagi misollarda ham ko‘rish mumkin:
Lanny Swarts and Young Mako are coming here tonight. (P. Abrahams)
They set down, very shaky, and looked at each other.
O‘zbek tilida ham quyidagi misolni keltirishimiz mumkin. Masalan; O‘rta maktabni a’lo baholar bilan bitirdi.
Bu misollarda ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar fe’l turkumiga oid bo‘lib, ular gapdagi sub’yektning faoliyatini ko‘rsatib kelayapti. Fe’llar boshqa so‘z turkumlari kabi morfologik tuzilishiga ko‘ra sodda, yasama va qo‘shma fe’llarga bo‘linadi.
Sodda (yoki tub) fe’llar (Simple (or root) verbs) bir o‘zakdan iborat bo‘lib, sodda fe’llar tarkibida qo‘shimcha yoki old qo‘shimcha bo‘lmaydi.
Masalan, ingliz tilida: to come, to see, to work, to bring, to hate, to grow.o‘zbek tilida: kelmoq, ko‘rmoq, ishlamoq, o‘smoq.
Fe’l zamon, shaxs nisbat kabi grammatik kategoriyalarga ega bo‘lganda,kategorial grammatik suffikslar uning strukturasini o‘zgartirmaydi, ya’ni fe’llar sodda fe’lligicha qoladi. Masalan, ingliz tilida: work – worked – works - working.
o‘zbek tilida: ishlamoq, ishladi, ishlayapti.
Ingliz tilida fe’lning aniq va noaniq shakllari mavjud bo‘lib, ular gapda tuslanib yoki tuslanmay kelishiga ko‘ra bir–biridan farq qiladi. Shaxs, son, zamon va payt kategoriyalarida o‘zgarib, gapda kesim vazifasida keluvchi fe’l shakllari
fe’lning aniq (Finite Forms of the Verbs), ya’ni predikativ shakllari deyiladi.Masalan: Mrs Conroy laughed. (I.Ioyce)
The two young gentelmen asked the ladies if they might have the pleasure, and MaryJane turned to Wiss Daly. (Ibid)
He avoided her eyes he had seen a sour expression on her face. (I bid)Bu misollardagi to laugh - kulmoq, to ask - so‘ramoq, to turn – qayrilmoq, to avoid – ko‘zini olib qochmoq, to see – ko‘rmoq fe’llari aniq yoki predikativ shaklda
kelayapti.
Harakat yoki holatni umuman ko‘rsatish bilan birga qisman belgi yoki predmetlashganlikini ko‘rsatib keluvchi fe’l shakllari fe’llarning noaniq (shaxssiz),
(Non–finite forms of the verb), ya’ni predikativ bo‘lmagan shakllari deyiladi. Fe’lning noaniq shakllari harakat yoki holatni gapning egasi bilan bog‘lab emas,
balki undan ajralgan holda, o‘z–o‘ziga ko‘rsatib kelishi mumkin. Fe’lning noaniq shakllari odatda shaxs, son, zamon, mayl kabi kategoriyalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri
ko‘rsatmaydi. Fe’lning noaniq shakllariga: infinitiv (Infinitive) harakat nomi,gerundiy (Gerund), hamda sifatdosh (Participle) kiradi.I have come here to speak to you. (Men bu yerga siz bilan gaplashgani keldim.)
Bu misolni oladigan bo‘lsak, bu gapda infinitiv maqsad holi vasifasida kelayotganligini ko‘rishimiz mumkin.
We discussed different methods of teaching foreign languages. (Biz xorijiy tillarni o‘qitishning turli uslublarini muhokama qildik.) misolida esa ushbu gapdagi gerundiy aniqlovchi vazifasida qo‘llanilgan. Fe’llar o‘tgan zamon shakllarining qay
usulda yasalishiga ko‘ra to‘g‘ri (Regular verbs) va noto‘g‘ri (Irregular verbs) fe’llarga bo‘linadi. O‘tgan zamon va sifatdosh II shakllari - ed suffiksi yordamida yasalgan fe’llar to‘g‘ri fe’llar deyiladi. Masalan:
to turn – turned
to mark – marked
to start – started
O‘tgan zamon va sifatdosh II formasi - ed suffiksini olmasdan boshqa turli yo‘llar bilan yasalgan fe’llar noto‘g‘ri fe’llar deyiladi. Masalan:
to write – wrote – written;
to sink – sank – sunk;
to tell – told – told;
to show – showed – shown;
Yu.S.Maslov ta’kidlaganidek, fe’l vaqt davomida sodir bo‘ladigan belgining, harakatning grammatik ahamiyatini ifodalaydigan so‘z turkumi bo‘lib hisoblanadi.
Harakatning grammatik ahamiyatini keng ma’noda tushunish mumkin. U nafaqat harakat va tom ma’nodagi faoliyatni ifodalaydi, balki holatni va ma’lum bir predmet yoki shaxsning mavjudligini ko‘rsatadi. Tillarni qyoslash orqali ular o‘rtasidagi
o‘xshashlik va farqlarni tushunib yetish o‘z sohamizing mutaxassisisi bo‘lishimizga yordam beradi.
Fe’l ish-harakat, mavjudlik, holat va munosabat zamon nuqtai nazaridan bilgan holda jarayon shaklida voqelik bilan bog‘laydi. Mana shu xususiyati bilan fe’l undan yasalgan otlardan farq qiladi. Fe’lning so’z turkumi sifatida xarakterlanishi:
1. Harakat, holat yoki jarayon sifatidagi leksik-grammatik ma’nosi.
2. O’ziga xos o’zak yasovchi quyidagi suffikslar (-ize, -en,-ify;) va prefikslarga(re, over-, out-, miss-, un;) hamda leksik-grammatik so’z morfemalarga egaligi.
3. Fe’l boshqa so’z turkumlariga qaraganda so’z o’zgartirish va so’z yasash borasida ancha rivojlangan, bunga sabab uning bir qancha Grammatik kategoriyalarga egaligidir. 4. Fe’lning o’ziga xostarzda bog’lanishi.
5. Gapda turlicha sintaktik vazifalarda kela olishi.
Fe’l -harakatni, holatni yoki jarayonni ifodalab, zamon, mayl, nisbat, perfekt, modallik va boshqa shu kabi grammatik xususiyatlarga ega bo’lgan so’z turkumidir. Fe’llar harakatni bildiruvchi so‘zlardir. Grammatikada harakat ma’nosi juda keng bo‘lib, u to run (yugurmoq), to swim (suzmoq) kabi fe’llar ifodalaydigan harakatlarni, to sit down (o’tirmoq), to stand (turmoq) kabi fe’llar ifodalaydigan holatlarni, to surprise (hayratlanmoq), to worry (xavotirlanmoq) kabi fe’llar ifodalaydigan ruhiy o‘zgarishlarni, to blossom (gullamoq), to grow (o’smoq) kabi fe’llar ifodalaydigan biologik hodisalarni hamda shu kabi harakat va hodisalarni o‘z ichiga oladi. Yuqorida sanalganlarning hammasi o‘ziga xos xususiy shakllarga ega bo‘lishi bilan bir qatorda, ularning barchasi uchun umumiy bo‘lgan tomoni ham mavjuddir, ya’ni ular zamon bilan bog‘liq holda yuz beruvchi hodisalar bo‘lib hisoblanadi. Fe’l mustaqil so’z turkumi bo’lib, u harakat, holat yoki jarayonni, ya’ni ma’lum bir belgining paydo bo’lishi va o’zgarishi kabi harakatni ifodalaydi. Fe’lga xos bunday ma’nolarning
barchasi uni boshqa so’z turkumlaridan farqlashga yordam beradigan umumiy harakat ma’nosiga borib taqaladi. Yu.S.Maslov ta’kidlaganidek, fe’l vaqt davomida sodir bo’ladigan belgining, harakatning
grammatik ahamiyatini ifodalaydigan so’z turkumi
bo’lib hisoblanadi. Harakatning grammatik ahamiyatini keng ma’noda tushunish mumkin. U nafaqat harakat va tom ma’nodagi faoliyatni ifodalaydi, balki holatni va ma’lum bir predmet yoki shaxsning mavjudligini ko’rsatadi. Masalan:
A cow is a domestic animal.
I swam in the river.
She will be a teacher.
Do'stlaringiz bilan baham: |