11- variant Zardushtiylik va “Avesto”da aks etgan falsafiy g’oyalar. Abu Ali Ibn Sino va Beriniylarning falsafiy merosi. “Terrorizm” tushinchasi va uning falsafiy tahlili. Qadimgi dunyoda Movarounnahr hududida zardushtiylik



Download 18,56 Kb.
Sana30.03.2022
Hajmi18,56 Kb.
#517178
Bog'liq
IKM-50 Qurbonov Behruz falsafa oraliq


11- Variant



  1. Zardushtiylik va “Avesto”da aks etgan falsafiy g’oyalar.

  2. Abu Ali Ibn Sino va Beriniylarning falsafiy merosi.

  3. “Terrorizm” tushinchasi va uning falsafiy tahlili.




  1. Qadimgi dunyoda Movarounnahr hududida zardushtiylik dinini aniqrog‘i, yakka xudolik haqidagi fikrlarni kelib chiqishi yangi davr falsafiy qarashlarini shakllantira boshlagan. Abulqosim Firdavsiyning «Shohnoma», Abu Rayhon Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Hotamnoma» va boshqa bir qancha ilmiy-adabiy manbalarda ko‘rsatilgan hayratomuz voqealar, xalqlar haqida ma’lumotlar, insonlarning turmush tarzi jarayonlari o‘zbek falsafasining qadimdan mavjudligidan dalolat beradi. Gerodot, Strabon va boshqa qadimgi allomalar o‘zbek xalqining ajdodlari haqida o‘z vaqtida mukammal fikrlarni yozib qoldirganlarki, bu fikrlar turli sohadagi olimlarimiz tomonidan yanada chuqurroq o‘rganilishni taqozo etadi.

Bunday afsonalar xalq o‘rtasidan mustahkam o‘rin olgan bo‘lib, keyinchalik zardushtiylikning «Avesto» kitobida qat’iy muhrlandi. Jumladan, yaxshilik olamiga Axura Mazda, yomonlik olamiga Axriman hukmron, deb ko‘rsatilgan. Yomonlik va yaxshilik o‘rtasidagi kurashlar Mitra, Anaxita, Kayumars, Jamshid, Gershasp, Elikbek va boshqa obrazlar faoliyati orqali tasvirlangan. Karashlarda insonparvarlik, vatanparvarlik, tabiatni sevish, mehr-muhabbat sohalarida qahramonlik ko‘rsatuvchi tamoyillar asos qilib olingan Masalan, «Avesto»dagi Mitra obrazini oladigan bo‘lsak, u shunday kuchliki, unga dushman o‘qlari o‘tmaydi, Mitra o‘tda kuymas, suvda cho‘kmas, dushmanlarni yakson qiladigan buyuk qahramon.


2. O‘rta Osiyo mutafakkirlaridan yana biri Abu Rayhon al Beruniy (973-1048)dir. U katta qomusiy olim hisoblanadi. O‘zining tabiiy bilimlar sohasidagi yutuqlari bilan fan tarixida katta o‘ringa ega. Olim yil hisobini, kalendarni ishlab chiqqan. Uning “Hindiston” asari esa falsafa, geografiya, astronomiya, mineralogiyaga oid. Mutafakkirning fikricha, materiya bor narsalarni o‘zgartiradi, shaklini yaratadi. Materiya tafakkurning ham asosi hisoblanadi. Kishining bilish imkoniyatiga ishonadi, diniy xurofotga ehtiyotlik
bilan yondoshadi. Materiya barcha narsaning asosi, uningcha, hamma narsa o‘zgaradi, o‘sadi, vujudga keladi, halok bo‘ladi. Bu tabiiy jarayon. Materiya yaratuvchi xususiyatga ega deydi.
O‘sha davrning buyuk mutafakkiri. Abu Ali ibn Sino(980-1037) Buxoro yonidagi Afshona qishlog‘ida, Somoniy Nuh ibn Mansur saroyi amaldori oilasida tug‘ilgan. Bu davrda O‘rta Osiyoda arablar hukmronlik qilgan davr edi. Lekin undan keyin bu yer markazga aylandi. Fan, madaniyat rivojlandi. Ibn Sino tabib, farmakolog, adabiyotchi, ximik, astronom, faylasuf, etnologik sifatida boshqa fanlarning ham rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan olim. 500dan ortiq asar yozgan. Ulardan 60 tasi bizgacha yetib kelgan. Asarlari O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi sharqshunoslik institutida saqlanadi. Abu Ali ibn Sinoni qadim davrdagi Gippokrat, Galen, Aristotel bilan yonma-yon qo‘yadilar. Uning “Kitob al-qonun fittib” asari tabiblarga qo‘llanma bo‘lib keldi va kelmoqda. Undan XVIII asrgacha anatomiya, fiziologiya, terapiya, diagnostika, profilaktika, farmakologiyadan ensiklopediya sifatida foydalanildi. Bu asar Lion, Rim, Neapol’, Venetsiyalarda lotin tilida 30 martadan ortiq nashr qilingan.
Ibn Sinoning falsafiy ilmiy tabiiy qarashlari bilan bog‘liq asarlari «Kitob ash shifo», «Donishnoma», «Najot» kabilardir. U, fizika (tabiat to‘g‘risidagi ta’limot), logika (tabiat va insonni bilish yo‘llari), metafizika (borliqni bilish to‘g‘risidagi) falsafa borliq xususidagi fanlar, deb e’tirof etdi. Ibn Sino bu sohada Aristotel izdoshidir. U Aristotelning noto‘g‘ri qarashlarini qabul qilmasdan o‘z fikrlarini rivojlantirdi. Olam mangu, yaratilmagan deb tushuntirdi. Borliqni materiya degan. Mangu materiya mavjud, buyumlar materiyadan paydo bo‘ladi. Materiya borliq manbaidir. Shakl materiya bilan aloqadadir, deydi.


3. Terrorizm (lat. terror — qo‘rqo‘v, dahshat) — doimiy terror harakatlari qo‘llaniladigan siyosat. Terror so‘zining sinonimlari zo‘ravonlik, qo‘rqitishdir.Terrorizm zo‘ravonlik siyosati zo‘ravonlik mafkurasi va ijtimoiy onggga ta’sir qilish vositasi, davlat hokimiyati va mahalla boshqaruv organlari va xalqaro tashkilotlarning qarorlar qabul qilishiga kuch ishlatish orqali ta’sir, aholini qo‘rqitish va boshqa noqonuniy harakatlar amaliyotidao‘z ifodasini topadi. Eng qadimgi davrdagi terrorchilik harakatlaridan biri eramizdan oldingi 340yilda Aleksandr Makedonskiyning otasi Filipp IIning o‘ldirilishidir.


Diniy ekstremizm – muayyan diniy konfessiya va tashkilotlardagi ashaddiy mutaassib, fanatik unsurlarning faoliyati mafkurasi. Ularning asosiy maqsadi turli terroristik harakatlar bilan jamiyatda beqarorlikni shakllantirish millatlararo nizolar asosida ommaviy tartibsizlikni yuzaga keltirishdan iborat. Fanatizm o‘z aqidasining shak-shubhasiz to‘g‘riligiga ishonib, boshqa firqa va mazhablarni butunlay rad etgan holda ularni tan olmaslik, balki ularni diniy asoslarni buzishda ayblab, ularga qarshi urush ochishga chaqiradigan omillardandir. Diniy fanatizm diniy ekstremizm va terrorizmga zamin tayyorlaydi.
Download 18,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish