T/R
|
Lavozim nomi
|
MMSK
bo‘yicha kodi
|
Xodimlar toifasi
|
Ta’limning eng past darajasi
|
1652
|
Avtotransport vositalarini boshqarish bo‘yicha ishlab chiqarish ta’limi ustasi
|
1222
|
Boshqaruv, ishlab chiqarish
|
O/M
|
Lavozim vazifalari:
yo‘l harakati qoidalari va har xil harakat sharoitlarida tegishli kategoriyadagi transport vositalarini xavfsiz boshqarish asoslarini o‘qitish;
amaliy mashg‘ulotlar sohasidagi zamonaviy darsliklarga, o‘quv qo‘llanmalariga va o‘quv materiallari talablariga muvofiq o‘rgatish;
tegishli kategoriyalar bo‘yicha haydovchilarni o‘qitish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish;
o‘quvchilarning yo‘l harakati qoidalari to‘g‘risidagi bilimlarini va o‘quv amaliyotda rioya qilishlarini nazorat qilish;
avtotransport vositalarini boshqarishni o‘rgatish jarayonida o‘quvchilarga ta’sir qiluvchi shaxsiy fazilatlarini, psixologik va psixofizik holatini diagnostikasini baholash;
o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini va amaliy imtihonga tayyorligini baholash;
avtotransport vositalarini tayyorligini sinovdan o‘tkazish, individual haydashga o‘rgatish uchun texnik jihatdan tayyorlash;
o‘quvchilar bilan instruktaj o‘tkazish, havfsizlik texnikasi bilan tanishtirish;
avtortransportni haydashga o‘rgatish mashqlarini mashg‘ulotlar bo‘yicha taqsimlash, individual haydashga o‘rgatish bo‘yicha jadval tuzish mashqlarni bajartirish;
o‘quv ustaxonasi, o‘quv poligoni va garajda ish o‘rinlarini tayyorlash, jihozlash, o‘quvchilarni amaliy imtixonlarga tayyorlash.
Bilishi kerak:
yo‘l harakati qoidasini, xizmat ko‘rsatilayotgan avtotransport vositalarining maqsadi, qurilmasi, jihozlari, mexanizmlari va qurilmalarining ishlatilishini;
xizmat ko‘rsatilayotgan transport vositalarining asosiy texnik va ekspluatatsion xususiyatlari va ularning harakat xavfsizligiga ta’sirini;
joylarda avtoulovlarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashni tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlarini;
yo‘l-transport hodisalarining oldini olish usullarini, yo‘l-transport hodisalarida yo‘lovchilarni favqulodda evakuatsiya qilish tartibini;
xizmat ko‘rsatilayotgan transport vositasining ishlashini qayd etish uchun dastlabki hujjatlarni to‘ldirish qoidalarini;
keyingi texnik xizmat ko‘rsatish, texnik ko‘rikdan o‘tkazish muddatini;
ob-havo sharoitlarining haydash xavfsizligiga ta’sirini, baxtsiz hodisalar yuz berganda birinchi tibbiy yordam berishni;
pedagogika, fiziologiya, psixologiya va haydashni o‘qitish metodikasini;
ish o‘rinlarini jihozlash, yong‘inga qarshi himoya, havfsizlik texnikasi va mehnatni muhofaza qilish qoidalari va me’yorlarining bajarilishini ta’minlash.
Malaka talablari:
oliy ma’lumot, 3 yildan kam bo‘lmagan amaliy ish staji, tegishli avtomobilni haydash huquqini beruvchi guvohnoma.
Do'stlaringiz bilan baham: |