11- mavzu: Byudjet- soliq siyosati Reja


-chizma. Byudjet taqchilligi va ortiqchaligi



Download 318,5 Kb.
bet6/9
Sana05.07.2022
Hajmi318,5 Kb.
#742225
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
10-мавзу. Бюджет солиқ сиёсати

11.1-chizma. Byudjet taqchilligi va ortiqchaligi
Davlat xarajatlari daromadga bog’liq bo’lmagan o’zgarmas miqdor bo’lganda t qanchalik katta bo’lsa T chizig’i shuncha tik va iqttisodiyotning o’rnatilgan barqarorligi darajasi ham shunchalik yuqori bo’ladi. Ammo iqtisodiy o’sishning ta’minlash vazifasi T va G chiziqlarini yotiqroq bo’lishini taqozo etadi.
O’rnatilgan barqarorlashtirgichlar muvozanatli YAMM hajmini , uning potensial hajmi darajasi atrofida tebranishi sababini to’liq tugatmaydi va ishlab chiqarishning har qanday darajasida mavjud bo’lishi mumkin.
To’liq bandlikni ta’minlagan diskret fiskal’ siyosat yuritilishi natijasida davlat byudjetining tarkibiy taqchilligi (ortiqchaligi), ya’ni to’liq bandlik sharoitida byudjet xarajatlari (daromadlari) va daromadlari (xarajatlari) o’rtasidagi farq yuzaga keladi.
Davriy taqchillik ko’pincha davlat byudjetining haqiqiy taqchilligi va tarkibiy taqchillik farqi sifatida baholanadi.
Davlat byudjdeti kamomadini moliyalashtirish usullari:
1. Pul-kredit emissiyasi;
2. Davlat zayomlarini chiqarish;
3. Davlat byudjetiga soliq tushumlarini ko’paytirish.
Davlat byudjeti kamomadi pul chiqarish orqali qoplanganda muomalada pul massasini ko’paytirish inflyatsiyaga olib keladi.
Inflyatsiya darajasi oshganda Oliver-Tanzi samarasi paydo bo’ladi. YA’ni, soliq to’lovchilar tomonidan davlatga to’laydigan soliqlar to’lovini atayin kechiktirish hollari yuzaga keladi. Bu esa davlat byudjeti kamomadi oshishiga olib keladi. Byudjet taqchilligi tufayli davlat xususiy ishlab chiqaruvchilardan tovarlar va xizmatlar sotib olsa-yu, lekin ular to’lovlarni kechiktirsa, xususiy ishlab chiqaruvchilar o’z mahsulotlari narxlarini oldindan oshirib qo’yishadi. Bu esa inflyatsiyaning oshishiga olib keladi.
Agar davlat byudjeti taqchilligi davlat zayomlarini chiqarish orqali moliyalashtirilsa, ular sotilishi natijasida pulga talab oshadi. Bu esa o’z navbatida foiz stavkasini ko’tarilishiga olib kelishi mumkin. Oqibatda investitsiya xarajatlari,sof eksport hajmi va qisman iste’mol xarajatlari kamayadi. Pirovardida siqib chiqarish samarasi ro’y beradi va u fiskal siyosatning rag’batlantiruvchi samarasini zaiflashtirib qo’yadi.
Byudjet taqchilligini moliyalashtirishning bu usuli noinflyatsion usul hisoblansada inflyatsiya xavfini ma’lum muddatga kechiktiradi xolos. CHunki muddati yetgan zayomlarni sotib olish bilan davlat muomaladagi pul massasini ko’paytiradi. Bu esa o’z navbatida, baholar darajasining ko’tarishiga sabab bo’ladi. Soliq tushumlarini ko’paytirish byudjet taqchilligini moliyalashtirishning uchinchi yo’li bo’lib, u uzoq muddat talab etadigan soliq islohati o’tkazilishini talab etadi. Bu islohotlar soliq bazasini kengaytirish, soliq stavkalarini kamaytirish, soliq yukini ishlab chiqaruvchilardan ko’proq mulk egalari va mulkdan foydalanuvchilar zimmasiga o’tkazish orqali soliqlar tushumini ko’paytirishni ko’zda tutadi.
Byudjet ortiqchaligini kamaytirish usullariga muomaladagi pul mablag’larini olib qo’yish va davlat qarzlarini to’lash kiradi.
Davlat qarzlarini to’lash nominal daromadlar va muomaladagi pul massasini oshirib, baholar darajasining yanada oshishiga olib kelishi mumkin. SHu tufayli byudjetdagi ortiqcha mablag’larni muzlatib qo’yish byudjet kamomadini pasaytirishning nisbatan noinflyatsion usulidir.
Hududlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirilishi, xorijiy investitsiyalarni faol jalb etilishi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishini rag’batlantirilishi 2016 yilda Davlat byudjeti daromadlar qismi prognozini 101,3%ga bajarish imkonini berdi.
Soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish, soliq ma’murchiligini takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlarning da­vom ettirilishi va iqtisodiyotdagi ijobiy tarkibiy siljishlar natijasida iqtisodiyotdagi soliq yuki YAIMga nisbatan 2015 yildagi 21,3%dan 20,6%ga pasaydi.
Davlat byudjeti daromadlar qismining ijrosi 2016 yilda quyidagicha tuzilishga ega buldi:

  • Davlat byudjeti daromadlar qismida to’g’ri soliqlar ulushi 2015 yildagi 24,1%dan 24,0%gacha yoki YAIMga nisbatan mos ravishda 5,1%dan 4,8%gacha kamaydi;

  • egri soliqlar hamda resurs soliqlari va to’lovlar ulushi byudjet daromadlari tarkibiy tuzilishida 2015 yildagi 65,8%dan 34,4%gacha yoki YAIM­ga nisbatan 14%dan 13,3%gacha kamaydi.

Kam daromadli aholining moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida, 2016 yil boshidan jismoniy shaxslar daromad solig’ining ikkinchi shkalasi bir foiz birlikka kamaytirildi. Bunga qaramasdan, ushbu soliq bo’yicha tushumlar soliq bazasining kengayishi va yangi ish urinlarini tashkil etilishi hisobiga 2015 yilga nisbatan 8,9%ga ko’paydi.
Kichik biznesni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash bo’yicha chora- tadbirlar va mamlakat YAIMida servis sohasi ulushining ortishi Davlat byudjeti daromadlariga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. SHu bilan birga, 2016 yildan yagona soliq to’lovi stavkasi 6%dan 5%ga tushdi, bu esa kichik biznes sub’yektlari ixtiyorida 100 mlrd. so’m qolishini ta’minladi. 2016 yil yakuni bo’yicha kichik korxona va mikrofirmalar uchun yagona soliq to’lovidan byudjetga tushgan tushumlar 1,44 trln.so’mni tashkil etib, o’tgan yil tushumlariga nis­batan 20,9%ga o’sdi.
2016 yilda yer solig’i (qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarisiz), suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va jismoniy shaxslar mol- mulk solig’i stavkalari 15%ga indeksatsiya qilindi. SHu bilan birga, Davlat byudjetida resurs to’lovlari va mol-mulk solig’i bo’yicha tushumlar ulushi 2015 yildagi 13,2%dan 12,9%gacha kamaydi.

2016 yilda iqtisodiyot va investitsiyalar uchun yo’naltirilgan umumiy xarajatlar solishtirma narxlarda o’sib, YAIMga nisbatan mos ravishda 2,2% va 1,1%ni tashkil etdi.


Byudjet hisobini davlat sektorida moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari bilan muvofiqlashtirish maqsadida, 2016 yildan boshlab O’zbekiston Respublikasi byudjet hisobining standarti (1-sonli B^S) «hisob siyosati»ni joriy etish boshlandi (O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 91-sonli buyrug’i).
Mazkur Standartning maqsadi hisob siyosatini tanlash va o’zgartirishlar kiritish mezonlarini, shuningdek byudjet tashkilotlari tomonidan byud­jet hisobini va moliyaviy hisobotni tuzish, hisob siyosatidagi o’zgarishlar to’g’risidagi axborotni ochib berish tartibini belgilab berishdan iborat. U byudjet tashkilotlarining moliyaviy hisobotlariga bo’lgan ishonchlilik darajasini va ma’lum bir davriylikdagi moliyaviy hisobotlarini, shuningdek boshqa byudjet tashkilotlarining moliyaviy hisobotlarini o’zaro solishtirish darajasini oshirishga mo’ljallangan.
Mamlakatimiz byudjet siyosatini takomillashtirish yuzasidan birinchi yarim yillikda qabul qilingan, byudjetlarning daromad bazasini kengaytirishga, byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirishga va byudjet mablag’larining xarajatlar samaradorligini, natijadorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar hisobot davrida Davlat byudjetini mutanosib ijro etish imkonini berdi.
Soliqqa tortish tizimini soddalashtirishga qaratilgan byudjetlararo munosabatlarning va soliq ma’muriyatchiligining zamonaviy mexanizmlari joriy etilayotganligi qayd etildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mahalliy byudjetlarni shakllantirishda mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi hamda «Soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning yig’iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi farmonlarining tutgan o’rni alohida qayd etilib, ushbu farmonlarga muvofiq aholining real daromadlarini, hayoti darajasi va sifatini oshirish, respublika byudjetidan moliyalashtirishga bog’liqlikni kamaytirish, mahalliy davlat hokimiyati organlarining mustaqilligini kuchaytirish maqsadida hududlarni kompleks rivojlantirishning barqaror moliyalashtirilishini ta’minlash mamlakatimiz byudjet siyosatining asosiy vazifasi etib belgilangan.
Ushbu farmon doirasida joriy yilning 1 iyulidan 31 dekabriga qadar Toshkent shahrida va uning tumanlarida ularning byudjetlari daromadlari va xarajatlarining yangi tuzilmasini nazarda tutuvchi tajriba o’tkazilmoqda.
Ushbu chora-tadbirlar natijasida Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar byudjetlarining xarajatlari ulushi davlat byudjeti tuzilmasida hisobot yilida 53 foizgacha o’sdi.
Hududlarning mahalliy byudjetlarni mustahkamlashga doir zaxiralaridan va resurs imkoniyatlaridan foydalanishni kengaytirish sohasida olib borilayotgan chora-tadbirlar tufayli o’tgan davrda bevosita soliqlardan tushgan tushumlar miqdori 5528,7 milliard so’mni tashkil etganligi hamda 2016 yilning shu davriga nisbatan 793,8 milliard so’mga, ya’ni 16,8 foizga o’sganligi deputatlar tomonidan ta’kidlandi.
SHu bilan birga, deputatlar Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining daromadlarini shakllantirishdagi hamda mablag’laridan samarali foydalanishdagi xato va kamchiliklarga to’xtalib o’tdilar. Xususan, Davlat byudjetining hisobot davridagi ijrosining borishi tanqidiy tahlil qilingan holda, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan mavjud zaxiralar hamda resurs imkoniyatlaridan etarlicha foydalanilmaganligi qayd etib o’tildi.
Jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir mintaqaviy dasturlarni, ayniqsa, sanoat va xizmatlar ko’rsatishni rivojlantirish sohasidagi dasturlarni amalga oshirish orqali tumanlar va shaharlarning subvensiyalarga bog’liqligini qisqartirishga etarli darajada e’tibor qaratilmayapti. CHunonchi, hisobot davrida sanoat sohasida mikrofirmalarga va kichik korxonalarga imtiyozlar berish hisobiga Qoraqalpog’iston Respublikasining atigi 9 ta tumani hamda Xorazm viloyatining 7 ta tumani, shuningdek, 27 ta tuman va shahar subvensiyadan chiqarildi. SHu bilan bir vaqtda 73 ta tuman hanuzgacha subvensiya holatida qolmoqda.
Bundan tashqari, mamlakatimiz asosiy moliyaviy hujjatining hisobot davridagi ijrosiga oid materiallar to’liq taqdim etilmaganligi uchun moliyaviy idoralar deputatlar tomonidan tanqid qilindi. SHu sababli deputatlar birlashmalarida va sohaga oid qo’mitada muhokamaga tayyorgarlik ko’rish jarayonida qo’shimcha materiallar so’rab olindi.
Umuman olganda, majlis yakunlariga ko’ra, Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining 2017 yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi to’g’risidagi hisobotni tasdiqlash haqida qaror qabul qilindi.



Download 318,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish