11- dars
Sinf
|
10-A
|
10-G
|
Sana
|
26.09.2018
|
26.09.2018
|
Fan: Matematika
Mavzu: implikatsiya, konversiya, inversiya va Kontrapozitsiya. Misollar yechish
Darsning maqsadi
Ta’limiy:O’quvchilarga implikatsiya, konversiya, inversiya va kontrapozitsiyani o’rgatish Tarbiyaviy: o`quvchilarni o`z maqsadiga erishish ruhida tarbiyalash, bir-birlariga o`zaro hurmat, jamoa bo`lib ishlash Rivojlantiruvchi: . o`quvchilarni mustaqil ishlash, ijodiy izlanish orqali bilim olishga ,xotirani mustahkamlashgao’rgatish Dars turi:Mustaxkamlovchi
Dars usluli: suhbat, tushuntirish, “Savol va javob” metodi,
Darsning jixozi:Darslik, tarqatma materiallar,ko’rgazmali qurollar
Darsning rejasi;
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism Salomlashish , xonani va o’quvchilarni darsga tayyorliklarini kuzatish davomatni aniqlash,kun tarixi.
2. O`tgan mavzuni takrorlash va uyga vazifani so`rash. O`tilgan mavzular bo`yicha savollar beriladi, uyga vazifalarini tekshiriladi
1.Implikatsiya deb nimaga aytiladi?
2.Ekvivalensiya deb nimaga aytiladi?
3.Dizyunksiya deb nimaga aytiladi?
4.Mantiqiy qonun yoki tavtalogiya deb nimaga aytiladi?
5.Teng kuchlilik deb nimaga aytiladi?
3. Yangi mavzuni bayoni
Ekvivalentsiya
(p⇒q) ∧ (q⇒p) ko‘rinishdagi mulohaza pva qmulohazalarning ekvivalentsiyasi deyiladi va p⇔qkabi belgilanadi.
p⇔qyozuv "pmulohaza quchun zarur va yetarli" yoki"p mulohazaqbo‘lgandagina o‘rinli bo‘ladi", deb o‘qiladi.
2−misol. p: x - son juft , q: x sonning oxirgi raqami juft mulohazalar uchun
p⇔qmulohaza qanday o‘qiladi?
p⇔q:x son juft bo‘lsa uning oxirgi raqami juft bo‘ladi;
q⇔p:x sonning oxirgi raqami juft bo‘lsa, u juft bo‘ladi
mulohazalarni qarasak, p⇔qyozuv “x son juft bo‘lishi uchun uning oxirgi
r aqami juft bo‘lishi zarur va yetarli“ yoki “xson uning oxirgi raqami juft
bo‘lgandagina juft bo‘ladi“ deb o‘qiladi.
Konversiya
p⇒qmulohazaning konversiyasideb q⇒p mulohazaga aytiladi.
Konversiya quyidagi rostlik jadvaliga ega:
2−misol.
p:uchburchak teng yonli,
q:uchburchakning ikkita burchagi teng mulohazalarni qaraylik.
p⇒qmulohazani va uning konversiyasini tabiiy tilda ifodalang.
p⇒q: Agar uchburchak teng yonli bo‘lsa, u holda uning ikkita burchagi teng.
q⇒p: Agar uchburchakning ikkita burchagi teng bo‘lsa, u holda bunday
uchburchak tengyonli bo‘ladi.
Inversiya
p⇒qmulohazaning inversiyasi deb ¬p⇒¬q mulohazaga aytiladi.
Kontrapozitsiya
p⇒qmulohazaning kontrapozitsiyasi deb ¬q⇒¬pmulohazaga aytiladi.
”
Mavzuni mustahkamlash
63-misol
K:Agar Diyora isinsa jemer kiyadi
I:Agar Diyora jemfer kiymasa,u isina olmaydi
K:Agar ikki uchburchakning mos burchaklari teng bo;lsa, ular o’xshash bo’ladi
I:Agar ikki uchburchakning o’xshash bo’lmasa,uning mos burchaklari teng bo’maydi
5.Darsga yakun yasash:O’quvchilarni olgan bilimlari hamda qilgan ishlarini nazorat qilib baholash, ularni yo’l qo’ygan kamchiliklarini to’g’irlash.
6.Uyga vazifa:58-59misollar(davomi)
Ko’rildi___________ O`TIBDO` __________ Tursunova G
O’qituvchi:Bobojonova N
Do'stlaringiz bilan baham: |