Muskulning qisqarish turlari. - Muskulning qisqarish turlari.
- Muskul berilgan yakka ta’sirlarga muskul yakka qisqarishi bilan javob beradi. Yakka qisqarish uch davrda sodir bo'ladi: qisqarishning latent davri, qisqarish va bo'shashish davrlari. Latent davr mushak tolasi membranasining qo'zg'alishi, tola ichidagi T-tizim bo'ylab harakat potensialining tarqalishi, inozitol uch fosfatning hosil bo'lishi, hujayra ichida kalsiy konsentratsiyasining oshishi, ko'ndalang ko'priklarning faollashishi uchun ketgan vaqt bilan ifodalanadi. Muskul qisqarishini miografik qayd qilishining oddiy usulida latent davri 0,02 sekundni tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |