Skelet muskullarining tonusi. - Skelet muskullarining tonusi.
- Muskullar tinchlik holatida ham batamom bo‘shashmaydi, bir qadar taranglikni saqlab qoladi, bunday holat tonus deyiladi. Tonusning tashqi ifodasi shuki, muskullar ma‘lum darajada elastik bo'ladi. Elektrofiziologik tekshirishlar shuni ko'rsatadiki, skelet muskullarining tonusi muskulga katta interval bilan ketma-ket keluvchi nerv impulslariga bog'liqdir. Ana shu impulslar orqa miyaning motoneyronlarida vujudga keladi, bu motoneyronlar faolligini esa yuqoriroqdagi markazlardan, shuningdek, periferiyadagi muskullarning tolalaridagi cho'zilish reseptorlaridan, muskul gulavasidan keluvchi impulslar ushlab turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |