Mikrospora, uning tuzilishi, hosil bo’lishi (mikrosporogenez). Ona hujayrada mikrosporaning hosil bolishiga mikrosporogenez deyiladi. Mikrosporogenez vaqtda ona hujayralarda meyozning 2 xil bolinishi kuzatiladi: 1- chi reduksion bolinish yoki meyoz va ikkinchisi ekvatsion bolinish yoki meyoz 2-bolinish deyiladi. Meyoz bolinish natijasida tortta mikrospora yoki tetradalar hosil bolib ulardan erkak gametofiti rivojlanadi. Meyozdan song organizmlar diploid holatidan gaploid holatiga otadi (123-rasm).
/
123-rasm. Otalik gametofitning rivojlanish sxemasi; 1-mikrospora; 2- ikki hujayrali mikrospora; a) mikrosporaning ekzina po`sti; b) mikrosporaning intina po`sti; B-mikrosporaning vegetative hujayrasi; г) mikrosporaning generativ hujayrasi; 3-mikrosporaning generativ hujayrasining bo`linishi; 4-uchta hujayrali mikrospora, ikkita spermiyda hujayralari sitoplazmada erkin o`rnashgan; 5- mikrosposporaning unib chiqishi.
//
Mikrosporalar mikrosporaning ona hujayrasini meyoz bо‘linishi natijasida paydo bо‘ladi. Bu jarayon ikki tipda amalga oshadi: a) suksessiv tip – yadro avval ikkiga bо‘linadi va hujayralar orasida tо‘siq paydo bо‘ladi. Sо‘ngra qiz hujayralarning yadrosi yana ikkiga bо‘linib, tetrada hosil bо‘ladi b) simultant tip – yadroning birinchi bо‘linishida hujayralar aro tо‘siq paydo bо‘lmaydi, balki ular yana ikkiga bо‘linib, avval tо‘rtta yadro hosil bо‘ladi, keyinchalik ular о‘rtasida hujayralar aro tо‘siq paydo bо‘ladi.
Ayrim adabiyotlarda esa, ona hujayralardan mikrosporalarning hosil bo`lishi 3 xil bo’ladi, deb yo`zilgan.
1. Suksessiv (ketma-ket) hosil bolishi.
Bunda birinchi meyoz bolinishdan song, ona hujayralarni ikkita qiz hujayraga ajratadigan bolinish urchig`idan tosiq hosil boladi va ikkita diada hujayra shakllanadi, ikkinchi bolinishdan keyin esa yana hosil bolgan qiz hujayralar orasida tosiq paydo bolib, natijada ona hujayra 4 ta bolakka bolinadi. Bu xil bolinish qisman ikki pallalilarda va asosan bir pallali osimliklarda kop uchraydi.
2. Stimultan (bir vaqtda bolinish) hosil bolish mikrosporaning bu xil rivojlanishida meyozning birinchi va ikkinchi bolinishidagi urchuq tosiqlari hujayrani 4 qismga bolishda to`g`ridan-to`g`ri ishtirok etmaydi. Aksincha protoplastda 4 ta yadrosi bolgan ona hujayrada 2 xil bolinishdan song hujayra chetlaridan chellar hosil bolib, ana shu chellar hujayrani 4 qismga boladi. Demak bunda ona hujayra protoplasti meyoz 2 bolinishdan keyin birdaniga bolinib 4 ta mikrospora hosil qiladi. Stimultan bolinish asosan ikki pallali osimliklarda uchraydi. Biroq hiloldoshlar, palmadoshlar, arxideyadoshlar, yakandoshlar va shu kabi boshqa xil bir pallali osimliklarda ham simultan bolinish kuzatilgan.
3. Oraliq bolinish bilan tetradalarning hosil bolishi. Bu xil mikrosporalarning hosil bolishi bazi bir guli osimliklarda kuzatiladi. Bu yerda birinchi meyoz bolinishdan keyin yadrolar ortasida tosiq hosil bolmaydi, birok sitoplazma ikki tomonga qarab ajrala boshlaydi va ikkinchi bolinishdan keyin qiz hujayralar shakllanadi.
Kopchilik embriologlarning korsatishicha stimultan bolinish bu dastlabki bolinish bolib, suksessiv bolinish esa progressiv va takomillashgan bolinish hisoblanadi.
Bazi vaqtlarda changlar 8, 12, 16, va 32 hujayrali guruhlarga birlashgan boladi. Bunday changlar osganda juda kop chang naychalari hosil boladi (Mimozodoshlar oilasi). Bazi bir osimliklarda masalan, arxideyadoshlarda ham oddiy ham murakkab changlar uchraydi. Yetilgan chang sitoplazma, yadro, kopincha bitta katta vakuola ham chang qobig`idan tuzilgan, qobig`i ikki qavat postdan tashkil topadi, tashqi qavati ekzina va ichki qavati intina deyiladi. Bu qavatlar changdan suvning bug`lanishiga to’sqinlik qilib turadi. Faqat suvda o’suvchi o’simliklarda chang qobig`i bir qavatli bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |