1000 V gacha kuchlanishda ishlatiluvchi apparatlar
1.
Rubilniklar va almashlab ulagichlar.
2.
Bir, ikki va uch qutbli rubilnik va almashlab ulagichlar.
3.
Avtomatik havoli uzgichlar (avtomatlar),
uning asosiy elementlari va
tuzilishi.
4.
Kontaktorlar va magnitli ishga tushirgichlar, uning asosiy elementlari va
tuzilishi
Rubilniklar va almashlab ulagichlar. Ikki (ulangan, uzilgan) holatga qo‘lda
harakatlantiriladigan noavtomatik uzgich
rubilnik
deb ataladi (8.7-rasm).
Ikkita turli
zanjirlarga navbati bilan ulash uchun xizmat qiladigan rubilnik
almashlab ulagich
deb
yuritiladi.
Rubilnik va almashlab ulagichlarlar 500 V gacha bo‘lgan nominal kuchlanishga
bir, ikki va uch qutbli qilib ishlab chiqariladi. Yoy so‘ndiruvchi qurilmasi bo‘lmagan
rubilniklar toksiz zanjirlarni uzish va ochiq uzilishlar hosil qilishga mo‘ljallangan.
R va P (uch qutbli) yoki RO, PO (bir qutbli) tipdagi markaziy dastakli rubilnik
va almashlab ulagichlar 100-600 A toklar uchun ishlab chiqariladi. Rubilnikning
hamma detalllari izolyaston plitaga o‘rnatiladi. O‘tkazgichlar oldi yoki orqa tomonidan
ulanish mumkin. Bunday rubilnik va almashlab ulagichlar
bilan tokni uzish ruxsat
etilmaydi, chunki hosil bo‘ladigan yoy qisqa tutashuvga olib kelishi yoki ishlayotgan
xodimlarni kuydirishi mumkin. Richag bilan harakatlantiriladigan rubilnik va
almashlab ulagichlar (8.7,b-rasm) ikki tomondan xizmat ko‘rsatiladigan shchitlarda
keng qo‘llaniladi. Bunday rubilniklar yoy so‘ndiruvchi panjarali kamera 4 ga ega.
Yuritma markaziy yoki yon tomondan bo‘lishi mumkin. Nominal tok katta bo‘lganda
rubilniklar bir necha parallel pichoqlarga ega bo‘ladi.
Yoy so‘ndiruvchi kamera bilan jihozlangan 220 V o‘zgarmas va 380 V
o‘zgaruvchan kuchlanish toklariga mo‘ljallangan rubilniklar
n
I
(yuklamaning nominal
toki) gacha miqdordagi tokni uza oladi.
Kamerasizlari mos ravishda
0, 2
n
I
va
0,3
n
I
toklarni uza oladi.
O‘zgarmas tokning 440 V va o‘zgaruvchan tokning 500 V ga mo‘ljallangan
kamerali rubilniklari
0,5
n
I
tokni uza oladi. Bunday kuchlanishda kamerasiz rubilniklar
yordamida yuklama tokini uzish tavsiya etilmaydi.
Paketli va kulachokli almashlab ulagichlar bir vaqtning o‘zida bir nechta elektr
zanjirlarida murakkab qayta ulashlar uchun, masalan, boshqarish, o‘lchash va shunga
o‘xshash zanjirlarda xizmat qiladi.
Avtomatik havoli uzgichlar (avtomatlar). Avtomatik
havoli uzgichlar normal
holatda ishlayotgan elektr zanjirlarni avtomatik ajratish va normal ish holatlarida, kam
hollarda operativ, qayta ulash uchun xizmat qiladi. Ularda yoyni so‘ndirish
uchun
maxsus muhit qo‘llanilmaydi, u havoda o‘chiriladi. shuning uchun ham havoli
uzgichlar deb yuritiladi.
8.7-rasm. Rubilnik: a) markaziy dastakli (R tipdagi), b) richag yuritmali (RPS
tipdagi),
1– pichoq, 2– qo‘zalmas kontaklarning sharnirli stoykalari, 3– kontakt stoyka,
4– yoy so‘ndiruvchi kamera.
Qutblar soniga qarab avtomatlar bir, ikki va uch qutbli bo‘ladi.
Ishlash vaqti
ish
t
bo‘yicha, ya’ni tekshiriladigan parametr (tok, kuchlanish, harorat)
belgilangan qiymatdan (avtomatning o‘rnatmasidan)
ortish lahzasidagi vaqtdan
kontaktlarning ajralish lahzasigacha bo‘lgan vaqt oralig‘iga qarab avtomatlar u turga
bo‘linadi:
0, 02 0,1
ish
t
s
bo‘lgan
normal
avtomatlar; ishlash vaqtini