3. Davlat xizmatlari markazlari faoliyat turlari bo‘yicha yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Ro‘yxatga qat’iy amal qilsinlar.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 707-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/707/1088-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi, yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatining tahlilini hisobga olgan holda, zarur hollarda Vazirlar Mahkamasiga mazkur qaror bilan tasdiqlangan Ro‘yxatni kengaytirish yoki undan faoliyat turlarini chiqarib tashlash bo‘yicha takliflar kiritsinlar.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 707-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/707/1088-son)
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar;
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLIK SUB’EKTLARINI RO‘YXATDAN O‘TKAZIShUChUN ZARUR BO‘LGAN HUJJATLAR RO‘YXATI Yakka tartibdagi tadbirkorni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jismoniy shaxs doimiy ro‘yxatda turgan yoki doimiy yashash joyidagi Davlat xizmatlari markazida amalga oshiriladi.
Shuningdek, tadbirkor yollangan xodimni hisobga qo‘yish to‘g‘risida xodim bilan mehnat shartnomasi tuzilgan sanadan boshlab uch ish kunidan kechikmay soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga belgilangan shaklga muvofiq shaxsiy kabineti yoki mobil ilovasi orqali eksteritorial tarzda ariza taqdim etadi.
Yakka tartibdagi tadbirkordan undiriladigan soliqlar
va ijtimoiy to’lovlar