3-savolga javob
Tarixda Shayboniy lar nomi bilan ma’lum bo‘lgan Dashti qipchoqliklar 1497 yilda o‘z hukmdorlari Muhammad Shohbaxt Shayboniy (1451-1510) rahnomoligida ilk bor, Movarounnahrni egallash uchun harakat qildilar. Bunga 1496 yilda Samarqand taxtiga o‘tirgan Sulton Mahmudning taxt uchun kurashda o‘zini boshqa Temuriyzodalardan himoya qilishni so‘rab Shayboniy xonni ittifoqchilikka da’vat etishi ham sabab bo‘ldi. Shayboniy xon harbiy harakatlar olib borib markazlashgan davlat tuzish maqsadida goh temuriylar, goh shimoldagi mo‘g‘ullar bilan ittifoq tuzdi. U 1487-88 yillarda O‘tror, Sayram, Yassa (Turkiston), Sig‘noq shaharlarini bosib olib, 1499 yilda Movarounnahr hududlariga jiddiy harbiy harakatlar boshladi.
Mahalliy hukmdorlar o‘rtasidagi o‘zaro kurashlar avj olgan Samarqand shahrini Shayboniy xon 1500 yilning boshlarida jangsiz talontaroj qildi. Bu esa mahalliy feodallar noroziligiga sabab bo‘ldi. Bundan foydalangan Temuriy shahzoda Zahiriddin Muhammad Bobur o‘sha 1500 yili Samarqand taxtini ikkinchi marta egalladi. Ammo mahalliy zodagonlar ko‘pchiligi Boburni qo‘llabquvvatlamadilar. 1501 yilning bahorida Bobur Shayboniy xon bilan bo‘lgan jangda engiladi va Samarqandni unga topshiradi. Boburning bundan keyingi Samarqandni egallash uchun qilgan harakatlari ham samarabermadi. Farg‘onada ukalari hokimiyat uchun kurash boshlagach, yana u erga qaytdi. To‘rt yil davomida ota yurtida tinchlik uchun kurashdi. Buning uchun hatto o‘z erlarining bir qismini ukasi Jahongirga berdi. Dashti qipchoqliklar qisqa muddat ichida Buxoro (1500), Samarqand (1501), Toshkent (1503), Hisor (1504), Urganch (1505), Hirot (1501) kabi shahar va viloyatlarni egallab, Sharq iy Turkiston chegaralaridan Markaziy Afg‘oniston hududlarigacha cho‘zilgan erlarda Shayboniy lar davlatiga asos soldilar. Temuriylar davlatidagi siyosiy tarqoqlik, ayrim hukmdorlarning ajralib mustaqillikka intilishi bu davlatning emirilishiga olib kelgan bo‘lsa, Shayboniy xon bunday tarqoqlikka chek qo‘yib, mamlakatning birligini mustahkamlay oldi.
Shayboniy xonning janubga tomon yurishlari Eron shohi Ismoil I tomonidan to‘xtatildi. 1510 yil Marv atrofida bo‘lgan jangda dasht qo‘shinlari tormor etildi va Shayboniy xon halok bo‘ldi. Eroniylar tomonidan qo‘llabquvvatlangan Bobur 1511 yilda Hisor, qo‘lob, qunduz, Badaxshon va Samarqandni egalladi. Ammo 1512 yilda Shayboniy lar dan bo‘lgan Ubaydulla Sulton qo‘shinlari g‘ijduvon yaqinida Bobur va shoh Ismoilning birlashgan kuchlarini mag‘lubiyatga uchratdi. Shundan so‘ng, niyatiga eta olmagan Bobur bu yurt menga bevafolik qildi deb, to‘nini elkasiga tashlab, ona yurtidan umidini uzdi. qobulda o‘z davlatini mustahkamlab, kuch to‘pladi. 1526 yilda Hindistonga yurish qilib uni egalladi. SHunday qilib, Bobur Hindistonda yangi saltanatga – tarixda «Buyuk mug‘ullar imperiyasi» nomi bilan mashhur bo‘lgan, amalda esa «Buyuk o‘zbeklar imperiyasi» bo‘lgan – Boburiylar sulolasi hukmronligiga asos soldi. Bu sulola Hindistonda 332 yil (1526-1858) hukmronlik qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |