Hosting nima va uni qanday tanlash kerak 24.06.2017
Barchaga yana bir bor salomlar! Biz sizlar bilan hosting haqida gaplashishdan avval o’z saytimiz yo’nalishini va domen nomini tanlab olgan edik. Bugun biz hositng tanlaymiz.
Demak, hosing bu nima? Vikipedianing ma’lumot berishicha «Hosting (ingl. «web-hosting») – Internet hosting xizmatining bir turi bo’lib, jismoniy va yuridik shaxslarga o’zlarining web-sahifalarini internetga uzluksiz ulangan web-serverlarga joylashtirish xizmatini nazarda tutadi.»
Menimcha juda unchali tushunarli bo’lmadi-a?
Keling yanada oddiylashtirib, hostingni ko’p qavatli uy deb olaylik. Demak, sayt bu ko’p qavatli uyda joylashgan bir kvartira. Bundan kelib chiqsak domen o’sha kvartiraning manzili, hosting esa shu manzilda joylashgan kvartira. Kvartirada siz uchun zarur barcha narsalar mavjud bo’lsa, hostingda saytingiz uchun zarur barcha fayllari joylashadi.
Demak, hosting tanlashda nimalarga e’tibor berish lozim:
Narxi. Veb-dasturlashga endi kirib kelgan inson uchun bu muhim jihat desak yanglishmagan bo’laman. Ko’p hollar bu asosiy jihat desak yanglish bo’lmaydi. Bu masalada endi o’z hamyoningiz bilan kelishgan holda qaror qabul qilasiz.
Do’stlar maslahati. Deylik, biron do’stingiz yoki tanishingiz biron hostingdan foydalanmaslikni tavsiya etsa unga quloq solgan maqbul!
Sifatli texnik qo’llab-quvvatlash. Albatta, texnik yordam qanchalik tez va sifatli ko’rsatilishi ko’p narsani anglatadi. Shu sabab ushbu jihatga alohida e’tibor bering..
Qulay admin-panel. Hostingda barcha dasturiy taminot imkon qadar tushunarli va qulay bo’lishi lozim. Lekin, bu borada bir narsa deyish qiyin, chunki, menga yoqqa boshqaruv paneli kimgadir yoqmasligi mumkin. Qaysi boshqaruv panelini tanlash o’zingizga havola. Shaxsan menga cPanel yoqadi.
Serverga tushadigan yuklanish chegarasi. Saytingizga qancha ko’p inson kirsa serverga shuncha ko’p yuklanish tushadi. Ishni endi boshlayotganda bu haqida chuqur o’ylanish shart emas. Chunki, boshida saytingizga o’zingiz va bir-ikki tanishingizdan boshqa hech kim kirmaydi…
Trafik bo’yicha chegara. Bu ham juda muhum hisoblangan jihat bo’lib, imkon qadar trafik bo’yicha chegara qo’yilmagan hositng tanlang.
Turli chegirma va aksiyalar. Balki, bundan narsalar juda unaqa ahamiyatga ega emasdir. Lekin, e’tibor bergan yaxshi. Misol uchun men foydalanayotgan hostingda hostingni bir yilga sotib olsangiz domen sovg’a.
Ha, shuni ham aytib o’tish kerak-ki sifatli hosting tanlashda sizga hosting-obzor yordam beradi.
O’ylaymanki, siz hosting tanlashda adashmaysiz! Omad!
Do'stlaringiz bilan baham: |