8-tadbir. Yig`ma jadvallar, markazlashtirilmagan hisobotlarni ishlab chiqish.
Bu tadbir rеspublika darajasidagi ko`pgina AEIChlarda bajariladi va hisobotlari statistika
idoralarida markazlashtirilmagan bir qator vazirliklardan yig`ma jadvallar qabul qilishni
ko`zda tutadi. Bu holda quyidagilar amalga oshiriladi: vazirliklar bo`yicha yig`ma
yakunlarni qabul qilish, ularni EHMga kiritishga tayyorlash, nazorat qilish va tuzatish
kiritish bilan yozish hamda yig`ma jadvallarini mashinada bosib chiqarish.
Markazlashtirilmagan vazirliklar bo`yicha tadbirlar natijasida olingan axborotlar
mashina manbalariga kiritiladi, ulardan yuqorida bayon qilingan 7-tadbirni bajarishda
pastki darajada olingan manbalar bilan bir qatorda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |