Axborot xizmatini ko`rsatish vazifalarini еchishni tashkil qilish. Axborot
xizmati ko`rsatish vazifalarini еchish uchun axborot tеxnologiyalarining ikki
turi: ko`rsatkichlar bo`yicha ma'lumotlar banki va tayyor hujjatlar
bankidan foydalaniladi.
Ko`rsatkichlar bo`yicha ma'lumotlar banki (KMB) dasturiy, tеxnologik,
tashkiliy vositalar yig`indisi ko`rinishida amalga oshirilgan va statistikaning turli
sohalari bo`yicha ma'lumotlar bazalari, ularning majmualarini yaratish uchun
foydalaniladi. KMB mahalliy hisoblash tarmoqlari va masofadan kirish usulida ishlashda
ma'lumotlarni ishlab chiqish va taqdim etishning rivojlangan vositalariga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |