10-sinflar uchun
1. Ip qo‘zg‘almas blokdan o‘tkazilib, bir uchiga 15 H, ikkinchi uchiga 25 N og‘irlikdagi yuklar osilgan bo‘lsa, ular qanday tezlanish bilan harakatlanadi (m/c 2)?
A) 3 B) 2 C) 5 D) 2,5
2. Agar biror balandlikdan gorizontal otilayotgan jismning otilish tezligi 4 marta oshirilsa, uning harakatlanish vaqti qanday o‘zgaradi?
A) o‘zgarmaydi B) 2 marta kamayadi
C) 2 marta ortadi D) 4 marta ortadi
3. Avtomobil o‘z harakati vaqtining birinchi yarmida 80 km/soat tezlik bilan, qolgan vaqtida esa 40 km/soat tezlik bilan harakatlangan. Avtomobil harakatining o‘rtacha tezligi topilsin.
A) 120 km/soat B) 60 m/s C) 40 km/soat D) 60 km/soat
4. Havo shar i qandaydir balandlikka vertical ko‘tarilgach, shamol uni gorizontal yo‘nalishda 600 m masofaga uchirib ketdi. Agar havo sharining ko‘chishi 1 km bo‘lsa, havo sharining o‘tgan yo‘li qanday (m)? A) 600 B) 1600 C) 1400 D) 1000
5. Tebranishlar amplitudasi 2 marta orttirilsa, uning davri qanday o‘zgaradi?
A) 2 marta ortadi; B) 2 marta kamayadi; C) 4 marta ortadi; D) o‘zgarmaydi.
6. Matematik mayatnik uzunligi 16 marta kamaysa, uning erkin (xususiy) tebranishlar davri qanday o‘zgaradi?
A) 16 marta kamayadi; B) 16 marta ortadi; C) 4 marta ortadi; D) 4 marta kamayadi.
7. Gapni to‘ldiring. “Ko‘ndalang to‘lqinlar ... to‘lqinlaridir”.
A) ... siqilish; B) ... kengayish; C) ... siqilish-kengayish; D) ... siljish.
8. Muhitda tarqalayotgan to‘lqinning davri 10 s, to‘lqin uzunligi 5 m bo‘lsa, to‘lqinning tarqalish tezligi nimaga teng bo‘ladi?
0,5 m/s; B) 2 m/s; C) 50 m/s; D) 5 m/s.
9. Gapni to‘ldiring. Atrof-muhit bilan issiqlik miqdori almashmasdan ro‘y beradigan jarayonga ... jarayon deyiladi.
A) ... izotermik; B) .. izoxorik; C) ... adiabatik; D) ...izobarik.
10. Issiqlik miqdori o‘z-o‘zidan past temperaturali jismdan yuqori temperaturali jismga o‘tmaydi. Bu ta’rif nimani ifodalaydi?
A) Termodinamikaning I qonuni; B) Termodinamik muvozanatni;
C) Termodinamikaning II qonuni; D) Termodinamik jarayon.
11. Maydon kuchlanganligi 800 V/m bo‘lgan nuqtaga joylashgan 5 μC zaryadga qancha elektrostatik kuch (N) ta’sir qiladi?
A) 4 · 10-2; B) 4 · 10−3; C) 3,2 · 10−5; D) 1,6 · 10−5
12. Nuqtaviy q zaryad potensiallar farqi 100 V bo‘lgan ikki nuqta orasida ko‘chirilganda, 5 mJ ish bajarilgan. q zaryad kattaligi (μC) qanday bo‘lgan?
A) 20; B) 5; C) 500; D) 50
13. Tok manbayining elektr yurituvchi kuchi qanday birlikda ifodalanadi?
A) N; B) J; C) A; D) V.
14. Manbaning EYuK 12 V. Manba ichida 50 C zaryadni bir qutbdan ikkinchisiga ko‘chirishda chet kuchlar necha joul ish bajaradi?
A) 60; B) 50; C) 330; D) 600.
15. Metallar elektr o‘tkazuvchanligining klassik nazariyasini kim birinchi bo‘lib yaratgan?
A) P.Drude va golland fi zigi X.Lorens; B) E.R. Siemens; C) K.Rikke; D) T.Styuart va R.Tolmen.
16. Ichki qarshiligi 0,01 Ω bo‘lgan tok manbayi qisqa tutashganda, tok kuchi 1000 A bo‘ldi. Manba EYuKni toping (V).
A) 10; B) 9; C) 12; D) 15.
17. Ichki qarshiligi 2 Ω bo‘lgan batareyaga 50 Ω li tashqi qarshilik ulandi. Agar batareyaning EYuK 12 V bo‘lsa, FIK (%) ni toping.
A) 92; B) 89; C) 96; D)100.
18. Gapni to‘ldiring. Metallarning qizishi tufayli ulardan elektron uchib chiqish hodisasiga ... deyiladi.
A) ... termoelektron emissiya...; B). ..elektron emissiya...;
C) ...chiqish ishi...; D) ...to‘yinish toki....
19. Vakuumda elektr tokining tabiati nimadan iborat?
A) elektronlar oqimining bir tomonga harakatidan; B) musbat ionlarning bir tomonga harakatidan;
C) manfiy ionlar oqimining bir tomonga harakatidan; D) elektronlar, musbat va manfiy ionlarning bir tomonga harakatidan iborat.
20. Donor aralashmali yarimo‘tkazgichlar qanday turdagi o‘tkazuvchanlikka ega?
A) asosan elektron o‘tkazuvchanlikka; B) asosan teshikli o‘tkazuvchanlikka;
C) teng miqdorda elektron va teshikli o‘tkazuvchanlikka; D) elektr tokini o‘tkazmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |