11-mavzu (33 ta)
1925-1929-yillarda o`tkazilgan yer-suv islohotlarining ikkinchi bosqichining avvalgi bosqichidan farqi nimada edi ?
A) Qishloqlarda yangi birlashalar- kommunalar va sovxozlar tashkil etilganligi
B) Islohot natijasida dehqonlarning katta qismi yer-mulkka ega bo`lganligi
C) Qishloqlarda chorakor-batraklar toifasining tugatilganligi
* D) Islohot natijasida quloqlarning sinf sifatida butunlay tugatilganligi
Quyidagi qarorlarni qabul qilingan sanasi bilan to`g`ri berilgan qatorni aniqlang.
1) O‘zbekiston SSR MIKning “Suv va suvni natsionalizatsiya qilish to‘g‘risida” va “yer-suv islohoti to‘g‘risida”gi dekreti 2) O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining “Kollektivlashtirish va quloq xo‘jaliklarini tugatish to‘g‘risida”gi qarori 3) VKP(b) MK Siyosiy byurosining “Yoppasiga jamoalashtirish rayonlarida quloq xo‘jaliklarini tugatish tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori
a) 1925-yil 2-dekabrda b) 1930-yil 26-yanvarda c) 1930-yil 17-fevralda
*A) 1-a, 2-c, 3-b B) 1-c, 2-b, 3-a
C) 1-a, 2-b, 3-c D) 1-b, 2-c, 3-a
“Agrar inqilob”ning strategiya va taktikasi qachon tasdiqlandi ?
A) 1924-yil dekabrda *B) 1925-yil noyabrda
C) 1926-yil martda D) 1927-yil fevralda
Farg’ona,Toshkent va Samarqandda o’tkazilgan yer-suv islohoti jarayoniga to’g’ri kelmaydigan javobni aniqlang.
A) Farg‘ona viloyatida 40 desyatina, Toshkent va Samarqand viloyatlarida 50 desyatina va undan
ortiq sug‘oriladigan yerlari bor katta yer egalarining xo‘jaliklari butunlay tugatildi
B) Quloq xo’jaliklarining yerlari davlat yer fondiga o‘tkazilishi va dehqonlarga bo‘lib berilishi nazarda tutilgan edi.
C) Yer bilan birgalikda barcha ishchi hayvonlari (ho‘kiz, ot va b.), dehqonchilik asbob-uskunalari ham musodara qilindi.
*D) Mazkur viloyatlarda 5000 ga yaqin boy xo‘jaliklar tugatildi, 23 000 dan ortiq o‘ziga to‘q xo‘jaliklarning
“ortiqcha” yerlari tortib olindi
Yer-suv islohotlarining ikkinchi bosqichida tadbirlar o`tkazilgan hududlarni davri bilan to`g`ri berilgan qatorni aniqlang.
1) Farg‘ona, Toshkent,Samarqand viloyatlari
2) Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm okruglari
3) Zarafshon viloyati (Buxoro va O‘rta Zarafshon okruglari)
a) 1925-1926-yillar b) 1927-yil
c) 1928–1929-yillar
*A) 1-a, 2-c, 3-b B) 1-c, 2-b, 3-a
C) 1-a, 2-b, 3-c D) 1-b, 2-c, 3-a
Yer-suv islohotini o‘tkazish to‘g‘risidagi dekretga asosan qaysi hududda 50 desyatinadan ortiq sug`oriladigan yerlar musodara etildi ?
A) Qashqadaryo B) Xorazm
C) Farg`ona *D) Samarqand
Islohotlardan so`ng o`ziga to`q dehqonlarga qancha yer qoldirildi ?
*A) 7-10 desyatina B) 10-40 desyatina
C) 40-50 desyatina D) 10-20 desyatina
1925–1929-yillarda o‘tkazilgan islohotlar natijasida barcha viloyatlarda ……. ga yaqin boy xo‘jaliklar tugatildi, ……. dan ortiq o‘ziga to‘q xo‘jaliklarning “ortiqcha” yerlari tortib olindi.
*A) 5000, 23 000 B) 5500, 24 000
C) 6000, 23 000 D) 6500, 23 500
Qachon sovet jamiyatida bozor munosabatlari muhiti barham topdi ?
A) 1925-yil B) 1927-yil
*C) 1929-yil D) 1933-yil
O‘zbekistonda 1930-yili yalpi kollektivlashtiriladigan nechta tuman Markaz tomonidan belgilab berildi ?
A) 12 ta B) 15 ta *C) 19 ta D) 26 ta
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini kollektivlashtirish rasman tugallangan vaqtga kelib respublikadagi dehqon xo‘jaliklarining necha foizi umumiylashtirilgan sektorga birlashdi ?
A) 65 B) 70 *C) 75 D) 80
Qachon O‘zbekistonda yakka dehqon xo‘jaliklariga butkul barham berildi ?
A) 1932-yil B) 1933-yil
C) 1937-yil *D) 1939-yil
G`alla tayyorlash kompaniyaning murosasizligi haqida “G‘alla tayyorlash urush degandek gap. G‘alla tayyorlovchilar otishi, qamashi va boshqa ishlar qilishi mumkin. Ular hukmbardorlik qiladi”, deb ta’riflagan Jalilov qaysi tumanning g`alla tayyorlash guruhi vakili edi ?
A) Shofirkon B) Samarqand
C) Karmana *D) Shahrisabz
G‘alla yig‘ishda o‘ta kuchli ma’muriyatchilikka yo‘l qo‘yilganligi haqida 1930-yilda “mutlaqo maxfiy” grifi ostida ma`lumot bergan Kirpanov qanday lavozimda edi ?
A) G`alla tayyorlash guruhi vakili
B) O`zSSR MIQ sekretari
C) O`zSSR XKS sekretari
*D) O`zSSR Kompartiyasi MK sekretari
410 gr teng og`irlik o`lchovi ?
A) pud B) botmon C) unsiya *D) funt
Quloq xo‘jaliklarini tugatish kompaniyasi O‘zbekistonda qachondan boshlab avj oldi ?
A) 1927-yil noyabr B) 1929-yil yanvar
*C) 1930-yil fevral D) 1933-yil sentyabr
Respublikaning o‘zida quloqlar uchun maxsus konsentratsion lagerlar va ko‘chirib keltirilganlarning nechta majburiy mehnat posyolkalari tashkil qilindi ?
A) 12 ta B) 15 ta *C) 17 ta D) 19 ta
Quyidagi qaysi hududlarda quloqlar uchun maxsus konsentratsion lagerlar va ko‘chirib keltirilganlarning majburiy mehnat posyolkalari tashkil qilinmagan ?
A) Qo‘qon, Chust-Pop, Oqdaryo
B) Ikromov, G‘ijduvon, Vobkent
C) Bauman, Denov, Sariosiyo
*D) Quvasoy, Yangiyer, Shofirkon
Bauman tumanida tashkil etilgan majburiy mehnat posyolkalari
A) Qiliko`l, Kattag`mxo’r
B) Bog`iafsal, Vardonze
C) G`ishti, Ilyali
*D) Ko`li Odina, Jilvon
1930-yil boshlarida qayerda dehqonlarning 14 ta norozilik chiqishlari yuz berib, ularda 3700 kishi ishtirok etgan ?
A) Xorazmda B) O`rta Zarafshonda
C) Samarqandda *D) Qashqadaryoda
Qachon SSSR hududida mehnat surgunida bo‘lgan 1152 o‘zbekistonlik “quloqlar” harakatdagi armiya safiga chaqirilib, frontga jo‘natilgan ?
A) 1941-yil *B) 1942-yil
C) 1943-yil D) 1939-yil
Sovet hokimiyati yillarida quloqlikka tortilib, surgun qilinganlardan tirik qolganlarining erkin fuqarolik maqomini olib, o‘z yurtiga qaytish jarayoni qaysi yillarni o‘z ichiga oladi ?
A) 1932 – 1954-yillarda B) 1933 – 1953-yillarda *C) 1934 – 1956-yillarda D) 1935 – 1952-yillarda
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini kollektivlashtirish rasman qachon tugallandi ?
A) 1929-yilda B) 1930-yilda
C) 1931-yilda *D) 1932-yilda
XX asr 30-yillarida mavjud bo`lgan Bauman tumani hozir qanday ataladi ?
A) G`ijduvon *B) Shofirkon
C) Chust D) Denov
Siyosiy mahbuslar qamaladigan maxsus lager qanday nomlanadi ?
A) qamoq B) turma
C) mehnat koloniyalari *D) Konsentratsion lager
1931-yilda kollektivlashtirish natijasida quloq qilinganlar qayerlarga surgun qilingan?
1.Ukraina 2.Qozog’iston 3.Shimoliy Rossiya 4.Shimoliy Kavkaz 5.Sibir 6.Uzoq Sharq
A)1,4,6 B)2,3,5
*C)1,4,5 D) 3.4,6
Qachondan boshlab O‘zbekistonda yalpi jamoalashtiriladigan tumanlar qaytadan tuzildi ?
A) 1929-yilning kuzidan
*B) 1931-yilning bahoridan
C) 1933-yilning yozidan
D) 1927-yilning qishidan
1932-yili respublikada sovxozlar soni nechta edi ?
A) 30 dan ziyod B) 40 ga yaqin
*C) 60 dan ziyod D) 80 ga yaqin
Kolxozlarga kirmagan dehqonlarga nisbatan qandan tayziqlar amalga oshirilgan ?
*A) Bunday xo‘jaliklarga solinadigan qishloq xo‘jalik soliqlari oshirildi
B) Davlatga majburan topshiriladigan mahsulot hajmi ham kolxozlarga nisbatan 60 foizga ko‘paytirildi
C) Ularni “Vatanga xiyonat qilishda “ ayblashdi
D) Ular turli majburiy ishlarga jalb etildi
Mustabid sovet rejimi qaysi yillarda badavlat va o‘rtahol dehqonlarni qishloq burjuaziyasi sifatida tugatish siyosatini olib brogan ?
A) 1925 – 1933-yillarda
*B) 1929 – 1935-yillarda
C) 1927 – 1939-yillarda
D) 1926 – 1937-yillarda
1930-yil mart oyida O‘zSSRda….., SSSRda …. qurolli chiqishlar qayd etilgan.
*A) 240 ta; 2000 dan ortiq B) 260 ta; 3000 dan ortiq
C) 430 ta; 3500 dan ortiq D) 280 ta; 2500 dan ortiq
1933-yili O‘zbekistonda surgun qilingan quloq xo‘jaliklari soni …. tagacha yetgan.
A) 5000 *B) 5500 C) 6000 D) 6500
Quloqlashtirish siyosati asosan qaysi yilda amalga oshirib bo‘lingan ?
*A) 1933-yilda B) 1937-yilda
C) 1935-yilda D) 1931-yilda
Do'stlaringiz bilan baham: |