9-mavzu. O‘rta Osiyo respublikalarida o‘tkazilgan milliy-hududiy chegaralanish va uning oqibatlari
(28 ta)
78. Turkiston yagona va butun, uning yaxlitligini buzish maqsadga muvofiq emas, deb ta’kidlagan shaxni aniqlang.
A) S.Xo‘janov B) S. Asfandiyorov
C) N.Paskutskiy D) Q. Odinayev
79. QachonFarg‘ona vodiysi vakillari RSFSR tarkibida Farg‘ona muxtor viloyatini tashkil etish to‘g‘risidagi taklif bilan chiqqan edilar?
A) 1921-yil B) 1922-yil C) 1923-yil D) 1924-yil
80. Qachon Xorazm rahbarlari RKP(b) MKga “Xorazmda milliy masalani hal qilish to‘g‘risida maktub” yuborib, unga Xorazmni chegaralanishga qo‘shmaslikni iltimos qildilar?
A) 1923-yil 3-iyun B) 1924-yil 8-may
C) 1925-yil 5-dekabr D) 1926-yil 4-mart
81. Xorazm Kompartiyasi Markaziy Komiteti mas’ul kotibi Qalandar Odinayev qachon vazifasidan olib tashlandi?
A) 1921-yil B) 1922-yil
C) 1923-yil D) 1924-yil
82. Qachon Xorazm Kompartiyasining yangi rahbarlari respublikaning chegaralanishiga
kiritilishiga o‘z roziligini bildirdi?
A) 1923-yil 3-iyun B) 1924-yil26-iyul
C) 1925-yil 5-dekabr D) 1926-yil 4-mart
83. 1924-yil o`z vazifasidan olib tashlangan Xorazm Kompartiyasi Markaziy Komiteti mas’ul kotibini aniqlang?
A) Q. Odinayev B) M.Asfandiyorov
C) S. Xo`janov D) F. Xo`jayev
8. I.V.Stalinning taklifi bilan RKP(b) MK Siyosiy byurosining “O‘rta Osiyo respublikalarini milliy-hududiy chegaralash to‘g‘risida” maxsus qarori qabul
qilingan sanani aniqlang?
A) 1923-yil 3-iyun B) 1924-yil 12-iyun
C) 1925-yil 5-dekabr D) 1926-yil 4-mart
85. RKP(b) MK O‘rta Osiyo byurosi yangi tashkil etiladigan milliy respublikalar va oblastlarning muvaqqat byurosini tashkil etdi?
A) 1923-yil 3-iyun B) 1924-yil 12-iyun
C) 1925-yil 5-dekabr D) 1924-yil 15-iyul
86. 1924-yilda tashkil etilgan O`zbeklar Byurosi tarkibiga kimlar a`zolar sifatida kiritilgan edi?
1) Fayzulla Xo‘jayev 2) Rustam Islomov 3) Akmal Ikromov 3) Qori Yo‘ldosh Po‘latov 4) Muxtorjon Saidjonov 5) Kalugin 6) Inoyatov
A) 1,2,3,5 B) 1,4,5,6
C) 1,2,3,4,5 D) 3,4,5,6
87. 1924-yilda tashkil etilgan O`zbeklar Byurosiga nomzod sifatida kiritilgan shaxsni aniqlang.
A) Muxtorjon Saidjonov B) Kalugin
C) Inoyatov D) F.Asfandiyorov
88. RKP(b) MK O‘rta Osiyo byurosi tashkil etgan Hududiy komissiyada, uning milliy kichik komissiyalarida janjalli masalalarni hal qilish uchun tuzilgan maxsus komissiyalar ham faoliyat ko‘rsatgan. Hududiy komissiya tarkibiga kirgan shaxslarni aniqlang.
1) F. Xo‘jayev 2) A. Rahimboyev 3) S. Xo‘janov 4)Q. Otaboyev 4) R. Islomov 5) N. Aytoqov 6) Y. Abdurahmonov 7) I. Aydarbekov 8) I. Vareykis 9) D. Manjara 10 I. Mejlauk 11) X. Saxat-Muratov
A) 1,2,3,4,5,6 B) 2,3,4,5,6,9,11
C) 4,4,5,6,7,8,10,11 D) 1,2,3,4,5,6,7,8,9,10,11
89. Turkiston ASSR MIKning favqulodda sessiyasida O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanishni o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanani aniqlang.
A) 1923-yil 3-iyun B) 1924-yil 12-iyun
C) 1925-yil 5-dekabr D) 1924-yil 16-sentyabr
90. Butunbuxoro xalq vakillarining V qurultoyida O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanishni o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanani aniqlang.
A) 1923-yil 3-iyun B) 1924-yil 20-sentyabr
C) 1925-yil 5-dekabr D) 1924-yil 16-sentyabr
91. Butunxorazm xalq vakillarining V qurultoyida ham qabul qilindi O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanishni o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanani aniqlang.
A) 1923-yil 3-iyun B) 1924-yil 20-sentyabr
C) 1924-yil 29-oktyabr D) 1924-yil 16-sentyabr
92. 1924-yili 20-sentyabr kuniButunbuxoro xalq vakillarining V qurultoyida “O‘rta Osiyoning milliy davlat chegaralanishi to‘g‘risida” ma’ruza qilgan shaxsni aniqlang.
A) M.Saidjonov B) D. Kalugin
C) F.Xo`jayev D) F.Asfandiyorov
93. Qirg‘iziston ASSR (aslida Qozog‘iston ASSR) tuzilgan sanani aniqlang.
A) 1919-yil B) 1920-yil
C) 1921-yil D) 1922-yil
94. Qachon RSFSR (Butunrossiya) Markaziy Ijroiya Komitetining II sessiyasida Turkiston ASSR MIKning milliy-hududiy chegaralanishi to‘g‘risidagi qarori ayrim tuzatishlar bilan qabul qilindi?
A) 1923-yil 3-iyun B) 1924-yil 20-sentyabr
C) 1924-yil 14-oktyabr D) 1924-yil 16-sentyabr
95. 1924-yilgi MIKning milliy-hududiy chegaralanishi to‘g‘risidagi qarorida Tojikiston ASSR quyidagi qaysi hududning tarkibida tuzilishi kerak edi?
A) O‘zSSR tarkibida
B) RSFSR tarkibida
C) Qirg`iziston ASSR tarkibida
D) Qozog`iston SSR tarkibida
96. Qachon Butunittifoq (SSSR) Marka ziy Ijroiya Qo‘mitasining III sessiyasida Turkiston ASSR
MIK favqu lodda sessi yasi, Butunbuxoro va Butunxorazm xalq vakillarining V qurultoylari
qarorlari asosida O‘rta Osiyoda milliy respub likalar tuzish to‘g‘risida maxsus qaror qabul qilindi?
A) 1923-yil 3-iyun B) 1924-yil 20-sentyabr
C) 1924-yil 27-oktyabr D) 1924-yil 16-sentyabr
97. Butunittifoq (SSSR) Marka ziy Ijroiya Qo‘mitasining III sessiyasida O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanishning o‘tkazilishi to‘g‘risida nutq so‘zlagan shaxsni aniqlang.
A) M.Saidjonov B) D. Kalugin
C) F.Xo`jayev D) F.Asfandiyorov
98. O‘rta Osiyo hududidagi Turkiston ASSR, Buxoro va Xorazm respublikalari o‘rnida nechta milliy davlat birlashmalari tashkil etildi?
A) 3 ta B) 5 ta C) 6 ta D) 7 ta
99. Milliy-hududiy chegaralanish davrida Qoraqirg‘iz (Qirg‘iziston) muxtor viloyati quyidagi qaysi davlat tarkibida tuzilgan?
A) O‘zSSR tarkibida
B) RSFSR tarkibida
C) Qirg`iziston ASSR tarkibida
D) Qozog`iston ASSR tarkibida
100. O‘zbekiston SSR tarkibidan Tojikiston ASSR qachon ajratib olingan?
A) 1927-yil B) 1926-yil
C) 1928-yil D) 1929-yil
101. Milliy-hududiy chegaralanish davrida Qozog‘iston ASSR quyidagi qaysi davlat tarkibida tuzilgan?
A) O‘zSSR tarkibida
B) RSFSR tarkibida
C) Qirg`iziston ASSR tarkibida
D) ZFSR ASSR tarkibida
102. Milliy-hududiy chegaralanish davrida Qoraqalpoq muxtor viloyati(Keyinchalik Qoraqalpog‘iston ASSR muxtor viloyati) quyidagi qaysi davlat tarkibida tuzilgan?
A) O‘zSSR tarkibida
B) RSFSR tarkibida
C) Qirg`iziston ASSR tarkibida
D) Qozog`iston ASSR tarkibida
103. Qoraqalpog‘iston ASSR qachondan O‘zSSR tarkibiga kirgan?
A) 1929-yildan B) 1931-yildan
C) 1935-yildan D) 1936-yildan
104. O‘zbekiston SSR Muvaqqat inqilobiy komiteti (Markaziy revkom) tashkil topgan sanani aniqlang.
A) 1923-yil 3-iyun B) 1924-yil 20-sentyabr
C) 1924-yil 31-oktyabr D) 1924-yil 16-sentyabr
105. Qachon Turkiston ASSR, Buxoro SSR va Xorazm SSR MIKlari maxsus qo‘shma qaror qabul qildilar va shu qarorga binoan o‘z vakolatlarini O‘zbekiston SSR Sovetlarining ta’sis qurultoyiga qadar ish ko‘ruvchi O‘zbekiston SSR Muvaqqat inqilobiy komitetiga topshirdilar?
A) 1923-yil 3-iyun B) 1924-yil 20-sentyabr
C) 1924-yil 31-oktyabr D) 1924-yil 18-noyabr
Do'stlaringiz bilan baham: |