10-Sinf O’zbekiston tarixi umumiy test "Islom kengashi" tashkiloti qachon tuzilgan?



Download 43,5 Kb.
Sana18.01.2022
Hajmi43,5 Kb.
#388846
Bog'liq
2 5382019584427559370

10-Sinf O’zbekiston tarixi umumiy test


1. “Islom kengashi” tashkiloti qachon tuzilgan?

A) Turkiston Muhtoriyati tugatilgan yilda

B) avval Farg‘ona vodiysida, so‘ngra butun Turkiston mintaqasida sovet rejimiga qarshi qurolli istiqlolchilik harakati boshlangan yilda

C) Turkiston o‘lkasini boshqarish uchun 9 kishidan iborat Turkiston komiteti tuzilgan yilda

D) Kolesov voqeasi sodir bo’lgan yilda
2. Quyidagi jumla kimga tegishli? “Tarix millatlarning o‘tmishini, taraqqiyotini hamda tanazzulining sabablarini o‘rganaturg‘on ilmdir”

A) A. Fitrat B) M. Behbudiy

C) A. Avloniy D) A. Qodiriy
3. 1923-1924-yillarda Farg‘ona vodiysidagi istiqlolchilar qo‘shiniga qaysi qo‘rboshilar rahbarlik qildilar?

A) Islom Polvon va Yormat Maxsum

B) Shermuhammadbek va Omon Polvon

C) Nurmuhammad va Shermuhammad

D) Omon Polvon va Rahmonqul
4. Bahrombek qachondan boshlab 2000 yigit bilan qizil armiyaga qarshi janglarda faol qatnasha boshladi?

A) 1918-yil B) 1919-yil C) 1920-yil D) 1921-yil


5. 1920-yil kuzda 1) G‘arbiy Buxoro hududida ... , 2) Sharqiy Buxoro hududida esa ... kabi qo‘rboshilar milliy ozodlik harakatiga rahbarlik qilishgan.

A) 1- Ibrohimbek, 2- Bahrombek

B) 1- Davlatmurod mahram, 2- Mirzo Abdulqodir va Salimbek

C) 1- Davlatmandbek, 2- sobiq amir Olimxon

D) 1-Mulla Abdulqahhor, 2- Ibrohimbek va Davlatmandbek
6. Quyidagilardan “harbiy kommunizm”ning mohiyatini aniqlang.

1) butun sanoat ishlab chiqarishi davlat qo‘lida jamlanib, qattiq markazlashtirish asosida boshqarilgan;

2) dehqonlar o‘zi yetishtirgan mahsulotning ortiqchasini davlatga topshirgan;

3) davlat oziq-ovqat va sanoat mahsulotlarini taqsimlashni o‘z qo‘liga olgan;

4) ishchilarga ishlab chiqargan mahsulotlariga qarab haq to’lash tartibi joriy etilgan;

5) bozor yo‘qotilib pul muomalasi natura bilan almashtirildi;

6) rag’batlantirish tizimi takomillashtirilgan;

7) mehnat militarizatsiyasi joriy etilgan;

8) tashqi savdo bilan xususiy korxona egalari ham shug’ullana boshlagan;

A) 1,2,3,4,5 B) 2,3,5,6,7

C) 1,2,3,5,7 D) 3,4,5,6,7
7. Turkiston musulmonlarining Milliy Markazi – Turkiston o‘lka musulmonlar kengashi (Kraymussovet) qachon tashkil qilindi?

A) 1917-yil 16 – 21-aprelda

B) 1917-yil 16 – 23-aprelda

C) 1917-yil 17 – 20-aprelda

D) 1917-yil 17 – 22-aprelda
8. Turkiston o‘lka musulmonlar kengashi kotiblarini aniqlang.

1) Munavvarqori Abdurashidxonov

2) Mustafo Cho‘qay

3) Islom Sulton Shoahmedov

4) Ahmad Zaki Validiy

5) Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayev

A) 1,4 B) 2,3 C) 3,5 D) 4,5
9. 1917-yil 12-15-noyabrda “turli musulmon guruhlarining birlashgan kengashi” o‘tkazilgan qurultoyda qaysi viloyatlardan kelgan vakillar qatnashdi?

A) Farg’ona va Yettisuv

B) Sirdaryo va Samarqand

C) Samarqand va Farg’ona

D) Sirdaryo va Yettisuv
10. 1917-yil 12 – 15-noyabrda “turli musulmon guruhlarining birlashgan kengashi” o‘tkazildi. Kengash kun tartibida qaysi masala turar edi?

A) “Milliy mustaqillik”

B) “Turkistonda hokimiyatni tashkil etish”

C) oziq-ovqat masalasi

D) Ta’sis majlisini chaqirish
11. P.Korovichenko kim?

A) Muvaqqat hukumat tomonidan tayinlangan Turkiston o‘lkasining bosh komissari

B) oziq-ovqat va yer ishlari xalq komissari

C) Turkiston komiteti bosh kotibi

D) dastlabki Turkiston Xalq Komissarlari Sovetining raisi
12. Qaysi shaharda 1917-yil 12 – 15-noyabrda “turli musulmon guruhlarining birlashgan kengashi” o‘tkazilgan?

A) Samarqand B) Andijon

C) Qo’qon D) Toshkent
13. 1917-yil dekabrda Toshkentda 60 000 kishi ishtirok etgan miting kimning rahbarligida uyushtirilgan edi?

A) Munavvarqori B) Fitrat

C) Behbudiy D) Sherali Lapin
14. Muhtoriyat tuzilganidan keyin joylarda uni qo’llab quvvatlab namoyishlar o’tkazila boshlandi. … bo‘lib o‘tgan viloyat Sovetlari syezdida yig‘ilganlar Turkiston Muxtoriyatiga qo‘shilishga qaror qildilar va Millat Majlisi tarkibiga … sayladilar.

A) Buxoroda / 6 vakil B) Samarqandda / 5 vakil

C) Toshkentda / 7 vakil D) Andijonda / 7 vakil
15. Eshelon so’zi qaysi tildan olingan va qanday ma’noni anglatadi?

A) fr. - zina, zinapoya B) nem. - qator, saf

C) lot. - yuqori, baland D) yunon. - yo’l, yo’lak
16. 1918-yil 20-aprel – 1-mayda Turkiston ishchi, soldat, krestyan, musulmon va dehqon deputatlarining V o‘lka syezdi qaysi shaharda bo‘lib o‘tdi?

A) Toshkentda B) Qo’qonda

C) Samarqandda D) Skobelevda
17. 1920-yilning yozida T. Risqulov o‘z vazifasidan ozod qilinib, qayerga ishga chaqirib olindi?

A) Moskvaga B) Sibirga

C) Vladivostokga D) Sankt-Peterburgga
18. Yer-suv islohotlarining 1-bosqichi 1921-yil bahorida boshlanib, u dastlab ... viloyatlarida amalga oshirildi?

1) Samarqand 2) Xorazm 3) Qashqadaryo

4) Yettisuv 5) Farg‘ona 6) Sirdaryo

A) 1,2,3,4 B) 1,4,5,6 C) 1,3,4,5 D) 3,4,5,6


19. 1918-yil 27-fevralda bolsheviklarning harbiy kuchlariga qarshi bo‘lgan janglarning birida ... shahid bo‘lgach, uning o‘rniga ... Farg‘ona vodiysida bolsheviklarning mustamlakachilik tartibiga qarshi ozodlik bayrog‘ini ko‘tardi.

A) Katta Ergash / Kichik Ergash

B) Kichik Ergash / Katta Ergash

C) Madaminbek / Katta Ergash

D) Shermuhammadbek / Madaminbek
20. Qaysi fikr xato?

A) Farg‘ona vodiysida Shakarxon va Muhiddinbekning onasi, Buxoroda Maryam qiz singari o‘zbek xotin-qizlaridan yetishib chiqqan ayol qo‘rboshilar harakat qilganlar.

B) Istiqlolchilik harakatini tashkiliy jihatdan uyushtirishda Farg‘ona vodiysi, Buxoro va Xorazmdagi qo‘rboshilarning mazkur davrda bo‘lib o‘tgan 30dan ortiq qurultoylarining ahamiyati katta bo‘lgan.

C) 1924-yil oxirida Turkiston mintaqasida istiqlolchilik harakatining birinchi davri yakunlandi.

D) Qo’rboshi - Turkiston o‘lkasida Oktyabr to‘ntarishigacha bo‘lgan davrda mahalliy politsiya boshlig‘i.
21. Qaysi fikr xato?

A) Ahmad Zaki Validiyning yozishicha, Ochilbek 1921-yildan boshlab “Turkiston milliy birligi” tashkiloti ko‘rsatmalari asosida faoliyat ko‘rsatgan.

B) Bolsheviklar chekistlar va josuslar yordamida 1922-yil kuzida Bahrombek va ukasi Shahriyor qo‘rboshini qo‘lga olishib, Samarqand shahrida otib tashlashgan.

C) Ochilbek xalq o‘rtasida jasurligi uchun Ochildov sifatida mashhur bo‘lgan.

D) Denov atrofida 1923-yil 10-mayda qizil askarlar bilan bo‘lgan janglarning birida Ochilbek mardlarcha halok bo‘lgan.
22. Quyidagilardan xronologik jihatdan xato bo’lmagan javobni aniqlang.

A) 1918-yil 2-mart kuni Eski Buxoro shahriga F. Kolesov boshchiligida hujum boshlandi.

B) F. Kolesov 1918-yil 5-mart kuni kechqurun Toshkent tomonga chekinishga buyruq beradi.

C) F. Kolesov boshchiligidagi 3500 kishidan iborat harbiy kuchlar 1918-yil 1-martda Yangi Buxoroga yetib keldi.

D) 1918-yil 17-martda F. Kolesov otryadi bilan Samarqandga yetib keldi.
23. Buxoro amirligini bosib olish vaqtidagi qo‘shinlar 4 ta zarbdor guruhga bo‘lingan. Bular ...

1) Kattaqo‘rg‘on, 2) Kogon, 3) Buxoro,

4) Chorjo‘y, 5) Samarqand, 6) Denov,

A) 1,2,4,5 B) 1,2,3,6 C) 2,4,5,6 D) 1,2,3,4


24. 1921-yilda BXSR Konstitutsiyasi qabul qilinganda Markaziy Revkom o‘rniga qonun chiqaruvchi va nazorat qiluvchi oliy organ – Butunbuxoro Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi tashkil qilindi. Unga taniqli davlat arbobi ... rais bo‘ldi.

A) Porso Xo’ja B) Sattor Xo’ja

C) Usmon Xo‘ja D) Fayzulla Xo’jayev
25. F. Kolesovning Buxoro amirligiga hujumi arafasida ... raisligida yosh buxoroliklarning ... kishidan iborat inqilobiy qo‘mitasi (revkom) tuzilgan.

A) N. Xo’jayev / 12 B) A. Fitrat / 5

C) F. Xo‘jayev / 7 D) M. Behbudiy / 10
26. Butunbuxoro Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi raisi lavozimini 1922–1924-yillarda kim egalladi?

A) Porso Xo’ja B) Sattor Xo’ja

C) Usmon Xo‘ja D) Fayzulla Xo’jayev
27. Mirza Salimbek lavozimini aniqlang.

A) bosh qozi B) bosh zakotchi

C) bosh xiroj yig’uvchi D) bosh xazinachi
28. Qaysi shartnomada Xiva xonligi mustaqilligi sovet hokimiyati tomonidan tan olingan?

A) Taxta B) Kogon C) Qiziltepa D) Uzunqir


29. Xivada bo‘lgan saroy fitnasi oqibatida Asfandiyorxon o‘ldirilgan sanani aniqlang.

A) 1918-yil 29-noyabrda B) 1918-yil 7-aprelda

C) 1918-yil 30-oktyabrda D) 1917-yil 26-sentyabrda
30. Yosh xivaliklarning hukumati 1917-yil iyun oyida ag’darilgandan keyin xon o‘ziga ma’qul kishilardan yangi tarkibdagi Majlis va Nozirlar Sho‘rosini shakllantirdi. Bular kimlar edi?

1) Ortiq Oxun, 2) Davlatmurod mahram,

3) Is’hoqxo‘ja Xo‘jayev, 4) Polvonniyoz Yusupov

A) 1,2 B) 1,3 C) 1,4 D) 2,3


31. Junaidxonning asl ismi Qurbon Mamed Sardor bo‘lib, u turkmanlarning qaysi urug‘iga mansub bo‘lgan?

A) yovmut B) takya C) chovdur D) afshor


32. 1921-yil noyabrda Farg‘ona viloyatida sovet hokimiyati tomonidan harbiy diktatura o‘rnatilib, Farg‘ona viloyatining harbiy diktatori qilib kim tayinlandi?

A) Skobelev B) N.Veryovkin-Roxalskiy

C) M.Frunze D) P.Baranov
33. Istiqlolchilik harakatining asosiy harakatlantiruvchi kuchi ... 1) dehqonlar, 2) sobiq harbiylar, 3) chorikorlar,

4) mardikorlar, 5) ruhoniylar, 6) hunarmandlar,

7) ziyolilar,

A) 1,2,3,5,6 B) 1,4,5,6,7 C) 2,4,5,6,7 D) 1,3,4,6,7


34. BXSR tuzilgan vaqtda 1) Nozirlar Sho‘rosining raisi va 2) Butunbuxoro Markaziy Inqilobiy Qo‘mitasi (Markaziy revkom) raisi etib kimlar tayinlangan edi?

A) 1-Fayzulla Xo‘jayev, 2-A. Yoqubov

B) 1-Fayzulla Xo‘jayev, 2-A. Muhitdinov

C) 1-Usmonxo‘ja Po‘latxo‘jayev, 2-Mirzo Muhiddin Mansurov

D) 1-Nizomiddin Xo’jayev, 2-Mirzo Muhiddin Mansurov
35. “Tarixi nafoe”(“Foydali tarix”) asarining muallifini aniqlang.

A) Muhammad Ali Baljuvoniy B) Muhammad Ali Eshon

C) Husayn ibn Nishopuriy D) Salim ibn Samarqandiy

36. Buxoro amirligini tugatish vaqtida katta boylikni o‘margan va bir necha oy uy qamog‘ida saqlangan zobit?



A) M.Frunze B) F.Kolesov C) Bahrombek D) Salimbek

mahamadovamahliyo parol 11111991
Download 43,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish