10-sinf ona tili darsliklari bo‘yicha ma’lumotnoma Ona



Download 87,06 Kb.
bet6/6
Sana11.07.2022
Hajmi87,06 Kb.
#776602
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-sinf ona tili ma\'lumotnoma

o‘shal otni qachon qoldiramiz, qoldirib ulguramizmi?



  1. Esda saqlang!!! Ilmiy matnda esa iqtiboslarning qayerdan olinganligi, kimga tegishliligi, manbasi aniq ko‘rsatilishi shart. Aks holda, bu holat qonunan plagiat, ya’ni o‘g‘irlik hisoblanadi. Ayni paytda ilmiy odob qoidalariga ham mutlaqo ziddir.




  1. «Abdulla Qodiriy, – deydi u, – o‘ziga yaqin bo‘lgan qardosh xalqlar adabiyotlari, xususan, ozarbayjon, tatar, rus adabiyotlari tajribalaridan foydalanib, birinchi o‘zbek romani

  • yevropa adabiyoti mezonlari bilan o‘lchanadigan roman yaratdi” Fikr muallifi kim? Maqsud Shayxzoda




  1. «Hozirgi o‘zbek adabiy tilining leksik qatlamlari» monografiyasi muallifi kim?

E. Begmatov



  1. «Istiqlol qayg‘usi» nomli tadqiqot muallifi kim? Umarali Normatov

  2. «Badiiy matn lingvopoetikasi» monografiyasi muallifi kim?

M. Yo‘ldoshev



  1. Sinonimlarni yodlang!!! VATAN, mamlakat, yurt, diyor, el, mulk. Kishi tug‘ilib o‘sgan, o‘zi uning fuqarosi bo‘lgan joy, territoriya.

  1. Vatan so‘zida fuqaro, xalq tushunchasi u mansub bo‘lgan joy tushunchasi bilan birlashgan, shuningdek, unda joy (hudud)ning fuqaro, xalq mansubligi, uning «yashash joy»i bo‘yog‘i aks etib turadi.

  2. Mamlakat ko‘proq adabiy nutqqa xos bo‘lib, unda «yashash joyi» bo‘yog‘i juda kuchsiz, hatto yo‘q darajada bo‘ladi. Bu so‘z, umuman, biror xalq yoki xalqlar uchun umumiy (birlashtiruvchi) hududni bildiradi.

  3. Yurt ko‘proq oddiy nutqqa xos va u ma’lum joy (hudud) bilan shu joyga mansub xalqni ham qo‘shib ifodalay oladi.

  4. El nisbatan eskirgan, hozir ko‘proq poetik asarlarda uchraydi.

  5. Diyor poetik uslubga xos. Bu so‘z, umuman, ma’lum bir joy ma’nosida (ma’lum bir xalqqa mansublik tushunchasisiz) ham qo‘llanadi.




  1. Tilning eng yirik birligi nima? Matn




  1. Qanday uslubda iqtibosning manbaasi ko‘rsatilmaydi? Badiiy uslubda




  1. Qanday uslubda keltirilgan iqtibos(bayt, jumla, aforizm kabilar) manbasi ko‘rsatilishi shart?

Ilmiy uslubda



  1. «Davlat tili haqida»gi qonunimizning qaysi moddalarida ish yuritishning tilga aloqador jihatlari qoidalashtirilgan? 8-14-moddalarda




  1. Yodda saqlang!!! Ish yuritishning bevosita asosini hujjatlar tashkil qiladi. Mazmunan, hajman va shaklan xilma-xil bo‘lgan hujjatlar katta-yu kichik mehnat jamoalarining, umuman, kishilik jamiyatining uzluksiz faoliyatini tartibga solib turadi. Zero, hujjatlar kechagina paydo bo‘lgan narsa emas, kishilik jamiyati shakllanishi bilanoq bu jamiyat a’zolari o‘zaro munosabatlaridagi muayyan muhim holatlarni muntazam va qat’iy qayd etib borishga ehtiyoj sezganlar. Ana shu ehtiyojga javob sifatida, tabiiyki, ilk, ibtidoiy hujjatlar yuzaga kelgan. Hujjatlar matniga qo‘yiladigan eng muhim talablardan biri xolislikdir. Hujjatlar rasmiy munosabatlarni ifodalovchi va qayd etuvchi rasmiy vositalar sifatida axborotni xolis aks ettirmog‘i lozim. Shuning uchun hujjatlar tilida so‘z va so‘z shakllarini qo‘llashda muayyan chegaralanishlar mavjud. Xususan, rasmiy ish uslubida kichraytirish-erkalash qo‘shimchalarini olgan so‘zlar, ko‘tarinki-tantanavor yoki bachkana, dag‘al so‘zlar, shevaga oid so‘zlar, tor doiradagi kishilargina tushunadigan so‘zlar, o‘xshatish, jonlantirish, mubolag‘a, istiora, tashxis kabi obrazli tafakkur ifodasi uchun xizmat qiluvchi usullar ishlatilmaydi...

Hujjatlar matnini tuzishda turg‘unlashgan, qoliplashgan so‘z birikma laridan ko‘proq foydalanish lozim. Chunki qoliplashgan, yagona doimiy shaklga ega bo‘lgan so‘z tizimlari, iboralar, muhandislik psixologiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, boshqa so‘z birikmalariga qaraganda, 8–10 marta tez idrok qilinar ekan. Buning ustiga, qoliplashgan so‘z birikmalari hujjatlarni tayyorlash va ulardan foydalanish jarayonlarini anchagina tezlashtirish imkonini beradi. Ma’lumki, har bir hujjat turining mohiyati va maqsadi bilan bog‘liq ravishda o‘ziga xos qoliplashgan sintaktik tuzilmalar shakllana boradi. Masalan, buyruqda quyidagicha qoliplashgan tuzilmalar qo‘llanishi mumkin: ...lavozimga tayinlansin; ...lavozimidan ozod qilinsin...



  1. Esda Saqlang!!! Ish yuritish jarayonida eng ko‘p ishlatiladigan ariza, bayonnoma, dalolatnoma, ishonchnoma, ma’lumotnoma, tavsifnoma, tavsiyanoma, taklifnoma, tarjimayi hol, tushuntirish xati, e’lon, hisobot kabi ish qog‘ozlari ma’lumot-axborot hujjatlari sifatida umumlashtiriladi.

Download 87,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish