10-SINF KITOB TAHLILI
Men amaliyot davrimning 4-haftasida 10-sinf informatika va axborot texnologiyalari darslik kitobini tahlil qildim. 10-sinf informatika va axborot texnologiyalari darslik kitobi uchta katta bobdan iborat. Bular:
1-Bob. MS EXCEL 2010 da amallar va formulalar
2-Bob. Malumotlar ombori
3-Bob. Delphi muhitida ilovalar yaratish
Boblar boyicha mos ravishda 19 ta, 15 ta, 34 ta jami 68 ta mavzu berilgan. Bulardan, ikkitasi mustahkamlash uchun amaliy mashgulot, oltitasi nazorat ishi, on toqqiztasi amaliy mashgulot va ikkitasi takrorlashga doir savol va topshiriqlar, qolganlari esa yangi mavzular. Korinib turibdiki darslik kitob informatika sohasidagi uchta yirik sohalar boyicha ishlab chiqilgan. Kitob negizida oquvchi MS EXCEL dasturida juda ham samarali mashgulotlar bajara olishi, MS ACCES dasturida matematik amallarni bajara olishi Delphi dasturlash tili haqidagi tushunchalardan foydalanib koplab yangi dasturlar asoschisiga aylanishi kozda tutilgan. Kitob dizaynida turlixil rangli jadvallar, tiniq formatdagi rasmlar, grafiklar va yuqoridagi dasturlardan foydalanish uchun shablonlar taqdim etilgan. Har bir mavzu songida 6-8 tagacha savol va topshiriqlar va 2-3 tagacha uyda bajarish uchun topshiriqlar berilgan. Kitob tahlilida shu malumotlarga etibor berdim.
MI 102 talabasi: _________ Toshmuhammadov Fahriddin
10-sinf Informatika va axborot texnologiyalari va online maktab video darslarini mazmun jihatdan taqqoslash
MAVZU: Sodda ifodalarni hisoblash.
Men amaliyot davrimning 4-haftasida 10-sinf informatika va axborot texnologiyalari darslik kitobining soda ifodalarni hisoblash mavzusini onlayn video darsda otilgani bilan taqqoslab tahlil qildim. Mavzu boshlanishi video darsda kitobdagi kabi, lekin Excel dasturini interfeysi haqida gapirilganda kitobda berilmagan malumotlar aytib otildi. Sarlavxalar satri, menyular satri uskunalar paneli, formulalar satri, jadval maydoni va holatlar satri joylashgan orni korsatilgan holda tushuntirib berildi. Bir necha katakchalar birlashmasini, biz katakchalar bloki deb atashimiz mumkinligi aytib otildi. Darslik kitobda fayl menyusi haqida malumot kelmagan ekan. Video darsda fayl menyusiga uning tarkibiga kiruvchi komponentlari ham qoshib tavsif qilindi. Umuman olganda kitobda menyularga qisqacha tariff berib ketilgan, ular nima vazifani bajara olish, nima uchun kerakligi aytib otilgan. Video darsda bu haqida kengroq tushunchalar berilgan. Katakcha nimaligi qay holatda paydo bolishi va katakcha manzili haqida ham malumotlar aytildi. Mavzuda keng foydalaniladigan formula tushunchasi va uning tarkibiy qizmi haqidagi malumotlar ham berib otildi. Dasturdagi kataklar ichida paydo boladigan, hatoni yoki biror malumotni anglatuvchi belgilar haqida kitobdagi malumotlar keltirib otildi. Bu mavzu darslik kitobdan kora onlayn video darsda juda yaxshi tushuntirilgan deb oyladim. Qolgan video darslarga nisbatan bu mavzu uchun koproq vaqt ajratilgan ekan. Mavzu va onlayn dars yuzasidan qilgan tahlil ishim shulardan iborat.
MI 102 talabasi: _________ Toshmuhammadov Fahriddin
Do'stlaringiz bilan baham: |