163 ta qishloq tumani va 18 ta shahar tumanida hamda
120 ta shaharda hokimlar tayinlandi va tasdiqlandi,
ularning apparati — hokimiyatlar tuzildi.
1992-yilda Oʻzbekistonda kurash federatsiyasi tashkil
etildi.
1992-yilda Qur’oni Karim Alouddin Mansur tomonidan
o‘zbek tiliga
tarjima qilindi va uch marta, jami 300 ming
nusxada bosmadan chiqarildi.
1992-yilda Respublika Baynalmilal madaniyat markazi
tashkil etildi.
1992-yilda Termiz va Shahrisabz shaharlarida milliy
kurash bo‘yicha ilk xalqaro musobaqa o‘tkazildi.
1992-yilda yurtimizda 10 ta milliy-madaniy markazlar
ish olib borgan bo‘lsa, hozirga kelib esa mamlakatda 138
ta milliy-madaniy markazlar faoliyat yuritmoqda.
1992-yilda“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy
aviakompaniyasi tashkil etildi.
1992-yildan boshlab Toshkentda Koreya ta’lim markazi
faoliyat olib bormoqda.
1992-yildayoq muomalaga chiqarishga mo‘ljallangan
so‘m – kupon nusxalari tayyorlandi
1992-yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX
sessiyasida “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida” qonun
qabul qilindi.
1992-yilning kuz oylarida O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi loyihasi umumxalq muhokamasi uchun
2-marta matbuotda e’lon qilindi.
1993-yil 1-noyabrdan O‘zbekistonda so‘m – kupon
muomalaga kiritildi.
1993-yil 28-sentabrda BMT Bosh Assambleyasining
48-sessiyasida Mamlakatimiz
Birinchi Prezidenti Islom
Karimov ilk bor ma’ruza qildi.
1993-yil 29-oktabrda YuNESKOning Parijdagi
qarorgohida O‘zbekistonni YuNESKOga a’zolikka
qabul qilish marosimi bo‘ldi.
1993-yil dekabrda Ashxabod shahrida MDH davlatlari
boshliqlarining Kengashi bo‘lib, unda Gruziya MDHga
a’zo etib qabul qilindi.
1993-yil Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom
Karimovning Qirg’izistonga qilgan rasmiy davlat tashrifi
paytida O‘sh shahrida O‘zbekiston va Qirg’iziston
o‘rtasida 1994–2000-yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy
integratsiyani rivojlantirish to‘g‘risida Bayonot
imzolandi.
1993-yilda “O‘zbekiston avtomobil transporti”
(“O‘zavtotrans”) davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi
tashkil etilgan.
1993-yil mayda Hindiston Bosh vaziri Narasimxa Rao
davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ldi.
1993-yil oktabrda Toshkentda
BMTning vakolatxonasi
ish boshladi.
1993-yil Qozog‘iston Respublikasining Qizil O‘rda
shahrida Orol dengizi muammosiga bag‘ishlangan
uchrashuv o’tkazildi.
1993-yil sentabrda O‘zbekiston Respublikasining
Birinchi Prezidenti Islom Karimov BMT Bosh
Assambleyasining 48-sessiyasida so‘zlagan nutqida
jahon hamjamiyatini Markaziy Osiyo mintaqasidagi
ekologik halokat bo‘lgan Orol va Orolbo’yini
qutqarishda ko‘mak berishga chaqirdi.
1993-yil Toshkentda, 1996-yil Samarqand va
Shahrisabzda Amir Temur haykali ochildi.
1993-yil yanvarda Minskda MDH davlatlari
boshliqlarining navbatdagi Kengashida MDHning
Nizomi qabul qilindi.
1993-yilda “O‘zbekiston Respublikasi bilan Hindiston
Respublikasi o‘rtasida davlatlararo munosabatlar va
hamkorlik prinsiplari to‘g’risi” shartnoma, savdo-iqtisodiy
hamkorlik to‘g‘risida va
boshqa bitimlar
imzolandi.
1993-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“O‘zbekiston Respublikasida futbolni yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul
qilindi.
1993-yilda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi
Prezidenti Islom Karimovning Hindistonga rasmiy
tashrifi chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasida iqtisodiy, savdo va
ilmiy-texnikaviy hamkorlik to‘g‘risida qator
bitimlar imzolandi.
1993-yilda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi (yangi tahriri 2003-
yil) qonuni asosida Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatini
olib boradi.
1993-yilda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston,
Turkmaniston va O‘zbekiston ta’sisligida Orolni
qutqarish xalqaro jamg‘armasi (OQXJ) tashkil etildi.
1993-yildagi qonunga muvofiq 14-yanvar “Vatan
himoyachilari kuni” deb e’lon qilindi.
1993-yilning sentabrida “Turkiston”saroyi ish boshladi.
1993-yilning sentabrida Xalqaro Olimpiya
Qo‘mitasining 101-sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi
Milliy Olimpiya Qo‘mitasi to‘la-to‘kis tan olindi.
1993-yilning yanvarida Mamlakatimiz Birinchi
Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan Markaziy
Osiyo davlatlari rahbarlarining Toshkent uchrashuvi
tashkil etildi.
1994–2001-yillarda uzunligi 700 kilometrga
yaqin
Navoiy– Uchquduq–Nukus temir yo‘li qurib bitkazildi.
1994-yil 1-iyulidan boshlab respublika hududida
yagona, cheklanmagan va qonuniy to‘lov vositasi
sifatida milliy valuta – so‘m muomalaga chiqarildi.
1994-yil Davlat test markazi tashkil etilgan.
1994-yil mart oyida “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi
ishlar vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi
qaror qabul qilindi.
1994-yil may, 2002-yil iyul va 2011-yil fevralda
Yaponiyada hamda 2006-yil avgustda O‘zbekistonda
bo‘lib o‘tgan davlat rahbarlari o‘rtasidagi oliy darajadagi
uchrashuvlar ikki mamlakat o‘rtasidagi manfaatli va
do‘stona aloqalarga yangicha ma’no-mazmun
bag‘ishladi.
1994-yil Nukus shahrida Orol dengizi muammosiga
bag‘ishlangan uchrashuv o’tkazildi.
1994-yil oktabrda Moskvada o‘tkazilgan MDH davlat
boshliqlarining Kengashida Davlatlararo iqtisodiy
qo‘mita (DIQ) tuzildi.
1994-yil oktabrda Parijda Mirzo Ulug‘bek haftaligi
o‘tkazildi.
1994-yil Prezident qarori bilan tashkil etilgan
“Ma’naviyat va ma’rif”jamoatchilik Markazi muhim
ahamiyatga ega bo‘ldi.
1994-yil yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Qirg‘izistonda bo‘ldi.
1994-yil yanvarda Qozog‘iston Prezidenti
N.Nazarboyev rasmiy davlat tashrifi bilan
O‘zbekistonda bo‘ldi.
1994-yilda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik
kompaniyasi tashkil etilgan.
1994-yilda Kichik xususiylashtirish tugallandi. Mulkni
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga doir
20 dan ortiq me’yoriy hujjat qabul qilindi.
1994-yilda Qashqadaryo va Namangan viloyat teatrlari
qoshida qo‘g‘irchoq guruhlari tashkil etildi.
1994-yilga O‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoyalash
tizimi tubdan o’zgartirildi.
1994-yilni hukumat qarori bilan mamlakatimizda
Ulug‘bek yili, deb e’lon qilindi.
1994-yilning sentabridan boshlab barcha bolali oilalar
uchun yagona nafaqa joriy etildi.
1995–2004-yillarda Oliy Majlis nomi bilan atalgan 250
deputatdan iborat bir palatali parlament shakllantirildi.
1995-yil 24-oktabrda Nyu-Yorkda BMTning 50 yilligi