10-sinf informatika 16. pdf


SpinEdit boshqarish obyekti va uning xossalari



Download 5,46 Mb.
bet79/107
Sana29.01.2022
Hajmi5,46 Mb.
#417518
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   107
Bog'liq
informatika va axborot texnologiyalari 10-sinf

3. SpinEdit boshqarish obyekti va uning xossalari. Oldingi ilovalarda sonli kattaliklami kiritish uchun Edit obyektidan foydalangan edik. Undan foydalanganimizda kiritilgan kattalikni matn satri turidan butun son turiga o'tkazishga to' g'ri kelgan edi. Agar unga sonni kiritishda xatoga yo' 1 qo'yilsa, masalan, 3 o'miga uch ni kiritsak, ilova o'z ishini to'xtatib, xato to'g'risida xabar chiqaradi.
SpinEdit (sonni kiritish maydonchasi) obyekti butun sonlami kiritish uchun mo'ljallangan. Unda avvaldan belgilab qo'yilgan oraliqdagi butun sonni kiritish imkoniyati mavjud. Bu ilovalar uchun juda qulay. Yuqoridagi rasmda bu obyektlardan ikkitasi yashil hoshiyaga olingan.
SpinEdit obyekti obyektlar panelining Samples (Namunalar) jildida joylashgan. Bu jild ekranda ko'rinmaydi. Uni ko'rish uchun jildlar ro'yxati oxiridagi uchburchak ko'rinishidagi tugmalardan ikkinchisini bir necha marta bosish kerak:

SpinEdit da sonni bevosita uning kiritish maydonchasiga kiritish mumkin. Undagi sonni kiritish maydonchasining o'ng tomonidagi ikki tugma yordamida avvaldan belgilangan qadam bilan kamaytirish yoki oshirish mumkin.
SpinEdit ga kiritilgan sonning qiymati uning Value (qiymat) xossasida saqlanadi. Sonning qabul qiladigan eng kichik qiymati MinValue, eng katta qiymati MaxValue xossalarida saqlanadi. Agar bu xossalar qiymati O ga teng bo'lsa, sonning qiymatiga chegara qo'yilmaydi. Increment (qadam) xossasida son qiymatining o'sish qadami ko'rsatiladi. Dastlab u 1 ga teng.

123



4. Eng yaxshi futbolchi ilovasi. Yangi obyektlardan foydalanishni o'rganish uchun eng yaxshi futbolchi tanlovi ilovasini yaratamiz. Yangi ilova yaratib, uning oynasiga bitta ListBox, bitta ComboBox , bitta
SpinEdit va bitta Button obyektlarini rasmda ko'rsatilgandekjoylaymiz.
ListBox ning Items xossasini ikki marta bosib, hosil bo'lgan muloqot darchasida yuqoridagi rasmda ko'rsatilgan 8 ta futbolchi ro'yxatini kiritamiz. SpinEdit obyektini tanlab, Object Inspector oynasida uning MaxValue xossasini 5, MinValue xossasini 1, Value xossasini 5 ga teng qilib o'rnatamiz.
Buttonl obyektini ikki marta bosib, dastur kodi oynasini chaqiramiz va Buttonl Click protsedurasiga quyidagi kodni kiritamiz:
procedure TForml.ButtonlClick(Sender: TObject); var i,j:integer;
begin
i:=ListBoxl.Itemindex; if i>=0 then begin j:=StrToint(ComboBoxl.Items[i]); ComboBoxl.Items[i]:=IntToStr(j+SpinEditl.Value); end; end;
Protseduraning birinchi, uchinchi va yettinchi satrlari oynada borligini unutmang. lkkinchi satrda ikkita yangi o'zgaruvchi yaratiladi. To'rtinchi satrida ulardan birinchisi: i ga tanlangan futbolchining ro'yxatdagi raqami beriladi. Shu satrda bu raqamning nomanfiyligi tekshiriladi (aks holda futbolchi tanlanmagan bo'ladi). Oltinchi satrda ikkinchi o'zgaruvchi: j ga ComboBox1 ro'yxatining i-satridagi son (dastlab u O ga teng) beriladi. Oltinchi qatorda bu songa SpinEditl dagi son (futbolchiga berilgan baho) qo'shiladi va u matn satriga aylantirilib, ComboBoxl ro'yxatining i-satriga yozib qo'yiladi.
Natijada ComboBoxl dagi ro'yxatda har bir futbolchi to'plagan ballar yig'ilib boradi. Uni obyektning o'ng tomonidagi uchburchak ko'rinishida tugmani bosib, xohlagan paytimizda ko'rishimiz mumkin.
124

Ilovani F9 tugrnasini bosib ishga tushirarniz. Unda birinchi ro'yxatdan futbolchini tanlab, ikk:inchi rnaydonchada unga berilgan bahoni tanlayrniz va OK tugrnasini bosarniz (chapdagi rasrn). Bir necha rnarta futbolchilarga ovoz berib, natijani ko'rish uchun uchinchi rnaydonchaning o'ng tornonidagi uchburchak tugrnani bosarniz (o'ngdagi rasrn).






Download 5,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish