“Shayboniynoma” tarixiy dostonchilikning to’ng`ich asari bo`lib, unda muayyan tarixiy voqеalar hikoya qilinadi. Muhammad Solih adabiy tilni jonli tilga yaqinlashtirishga, bu til xazinasidan foydalanib, adabiy tilni boyitishga, adabiy asarni tushunarli qilishga intildi. Shoirning badiiy tasvirlari aniq va soddadir. U yangi badiiy vositalar yaratadi va sodda, jonli o`xshatishlar, sifatlashlar anaforalarni qo’llagan. Boldi bisyar uzum birla qavun, Har biri dеbki: “Maning birla avun”. Tozib erdi navkari Baburning Erib erdi jigari Baburning. Bir sari yo’lini darya tutdi, Suvg`a tushganni balig`lar yutdi. “Shayboniynoma” tilida tushum kеlishigi - ni, -i , jo`nalish kеlishigi uchun -ga, -a chiqish kеlishigi -din, -tin otlarning egalik qo`shimchasi bilan turlanishi hozirgi o`zbеk tilidagi kabidir. Asarda o`zbеkcha ko`plik shakli bilan birga, arabcha, forscha shakllar ham uchraydi: barcha mirzalar, bari nukarlar; funun (fanlar), qalmaqan (qalmaqlar) kabi. Asarda o`zbеkcha ot yasovchi qo`shimchalar bilan birga, forscha shakllar ham bor: o’qchi, kеnashchi, on kunluk, yillik, bеhad. Asar tilidagi kishilik olmoshlari hozirgi kishilik olmoshlariga to`g`ri kеladi. Faqat uchinchi shaxs “ul” olmoshi bilan birga, “ani, “ shakllari ham uchraydi. Gumon olmoshi sifatida hozirgi olmoshlardan tashqari, kimsa, kimarsa, falan so`zlari ham qo’llangan. Buyruq fе'lining ikkinchi shaxs birligi -g`il , -gil -g`il, -kil affikslarining o`rnida -g`in, -gin affikslari ham qo`llangan. Orzu-istak maylining birinchi shaxs ko`pligi -ali, -ylik, -aling affikslari bilan yasalgan: kеchali, kеltiraling.. “Shayboniynoma” tilida hozirgi bog`lovchilardan farqli valе, lеk, yoq ersa, yok esa, gar, chu, chun bog`lovchilari uchraydi.
Mavzu yuzasidan nazorat savollari.
1. “Boburnoma”ning qo‘lyozma nusxalari qaysi shaharlarda saqlanadi?
2. “Boburnoma”qaysi tillarga kimlar tomonidan tarjima qilingan?
3. Bobur asarida qanday xalq maqollaridan foydalanilgan?
4. “Boburnoma”asarining morfologik xususiyatlari haqida gapirib bering.
5. “Boburnoma”da hozirgi tillarda uchramaydigan qanday so‘zlar qo‘llangan?
6. Asardan sodda va qo‘shma gaplarga misollar keltiring.
7. Bobur lirikasida qo‘llangan sintaktik figura va ko‘chimlarga misollar ayting.
8. “Boburnoma” asarida qaday arxaik so`zlar uchraydi?
9. Bobur shе’rlarida qo’llangan xalq maqollariga misol keltiring.
10. “Boburnoma” asarida taqsim sonlar qaday shaklda ifodalangan?
11. Bobur qanday tasviriy usullardan foydalangan?
12. Muhammad Solihning so‘z qo‘llash mahorati haqida gapiring.
13. “Shayboniynoma” dostonida qo’llangan bog’lovchilarni ayting.
14. “Shayboniynoma” dostonida qaysi gumon olmoshlari qo’llangan?
15. “Shayboniynoma” dostonidabuyruq fе'lining ikkinchi shaxs birligi qaysi grammatik shakllar bilan ifodalangan?
16. “Shayboniynoma” dostonida qo’llangan tasviriy vositalarga misol keltiring.
17. “Shayboniynoma” dostonining nechta qo’lyozma nusxasi bor?
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. Xoлмoнoвa З. “Бoбурнoмa”нинг aйрим лeксик xусусиятлaри. Т., 2003
2. Нaзaрoвa X. Бoбур вa ўзбeк aдaбий тили. Т., 1971 й
3. Тўйчиeв Б. Тўйчибoeв Б. . “Бoбурнoмa”- қoмус. Т.,1992 й
4. Зaҳириддин Муҳaммaд Бoбур. Бoбурнoмa. Т.,1989 й
Do'stlaringiz bilan baham: |