10-mavzu. Xorijiy mamlakatlarning jinoyat protsessida advokat ishtirokining o‘ziga xos jihatlari
AQSHDA ADVOKATURA.
Aytishimiz mumkinki, AQSh advokatura instituti juda takomillashgan davlatlar qatoriga kiradi. Negaki, ushbu davlatda advokatura instituti mohiyati, tashkiliy printsiplari va shakllarini belgilovchi maxsus qonunlar, davlat miqyosidagi maxsus yagona huquqiy normalar mavjud emas. Aksincha, ular har bir shtatning advokatlar atstsotsiatsiyalari kasb etikasi qoidalari normalari va sud pretsedentlari bilan tartibga solinadi. Shu sababli ham dunyodagi jamiki yuristlarning 60 % AQShda o‘z faoliyatini amalga oshiradi. Barchamizga ma’lumki, AQSh huquqiy tizimlar oilasidan anglo-sakson huquqiy tizimi amal qiladigan davlat hisoblanadi. Shu sababli ham ushbu davlatda advokat huquqlarini mustahkamlovchi biror-bir normativ-huquqiy hujjat mavjud emas. Advokat maqomi odat, sud pretsedenti va kasb etikasi normalaridan kelib chiqib belgilanadi.
Qo‘shma Shtatlarda tergov organlari gumon qilinuvchi hibsga olingandan keyin himoyachining ishtirokini ta’minlashga majbur bo‘lgan normalar mavjud emas. Politsiya faqat hibsga olingan kishiga uning huquqlarini, shu jumladan advokat yordamidan foydalanish huquqini tushuntirishga, shuningdek hibsga olingan kishiga uning hibsga olinganligi to‘g‘risida advokatni xabardor qilish imkoniyatini berishga majbur. Bu mamlakatda ayblanuvchi advokatlar tomonidan ko‘rsatilgan yuridik yordam uchun haq to‘lashga qodir emasligini isbotlagan taqdirdagina sudning iltimosiga binoan himoyachi tayinlanishi mumkin. Bu mamlakatlardagi advokatlar ham kambag'allarga bepul himoya xizmatlarini ko'rsatishga majburdirlar.
BUYUK BRITANIYADA ADVOKATURA.
Anglo-sakson Qonunchilik tizimidagi raqobatdoshlik ayblov va himoya tarafi o'rtasida majburiy asosda shubha (ayblov) bo'yicha dalillar bilan bog'liq axborotni teng ravishda almashishni, shuningdek, uzatilgan ma'lumotlarning ishonchliligiga nisbatan vijdonan munosabatni nazarda tutadi. Jinoyat protsessida himoyachining roli ayblovchining roliga teng va ayblov tomoni jinoyat protsessida hech qanday afzalliklarga ega emas.
Angliyada jinoya protsessida himoyachi sifatida barristerlar va solisitorlar ishtirok etadi. Barristerlar elita hisoblanadi va sudlarda ishlaydi, solisitorlar esa mijozlar bilan shug'ullanadilar va sudgacha bo'lgan bosqichlarda dalillar to'playdilar. 1990-yildan boshlab ularning funksiyalaridagi qat'iy chegara yo’qola boshladi. Bundan tashqari, himoyachilarning yangi toifasi - sudlarda so'z yuritish huquqiga ega bo'lgan advokatlar paydo bo'ldi.
Barrister sudda ishtirok etadi, to'g'ridan-to'g'ri nutq so'zlaydi, solisitor esa barristerning sudda nutq so'zlashi uchun barcha zarur materiallarni tayyorlaydi. Solisitor analizlar o’tkazadi, tahlil qiladi, so'rovlar yuboradi, ma'lumot va dalillarni to'playdi, lekin sudda ishtirok etish huquqiga ega emas. Qizig'i shundaki, prokuror ham sudda so'zga chiqish (sudya bilan gaplashish) huquqiga ega emas: sudda uning nomidan sudda prokurorning barristeri so’zga chiqadi.
Davlat ayblovi tarafidagi barristerlarning ish haqini har bir holatda alohida to'laydi. Shu bilan birga, barrister sudda ayblov tomonida qatnashishdan bosh tortishi mumkin emas. Prokuratura uchun barristerning maslahati qaror qabul qilishda ma'lum bir filtrdir. Buyuk Britaniyadagi barristerlar (advokatlar) ayblovga qarshi emas, aksincha, prokuraturaning eng yaxshi mutaxassislar (ekspertlar) sifatida ham qaraladi. Ularning yordami bilan sud ob'ektiv qaror (hukm) chiqaradi. chunki ular yetarli darajada malakaga, yuqori professionallikka, mustaqil fikrga, sudlar oldida obro'ga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |