10-Mavzu. Turizm va mehmonxonada axborot texnologiyalarini joriy etish va qo‘llash omillari. Reja


Nokompyuteriy ofis texnologiyalari



Download 106,77 Kb.
bet5/7
Sana30.12.2021
Hajmi106,77 Kb.
#191763
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
10-mavzu tur va meh ax tex joriy etish

Nokompyuteriy ofis texnologiyalari

Audio Video

Kompyuteriy ofis texnologiyalari


Konferensiyalar

Matniy protsessor


Elektron pochta





Boshqaruv dasturlari

Audiopochta

Jadval protsessori

Videomatn

Tasvirlarni saqlash

Telekonferensiyalar

Kompyuteriy konferensiyalar

Elektron kalendar


Faks

Kseroks

Tashkiliy texnikaning

boshqa vositalari





Qaror qabul qiluvchi menejerlar va tashqi sferaga uzatish uchun mo‘ljallangan ma’lumotlar

10.2.2-rasm. Ofisni avtomatlashtirishning asosiy tashkil etuvchilari.
Ayni paytda ofisni avtomatlashtiruvchi texnologiyani ta’minlovchi ko‘p dasturiy mahsulotlar mavjud: matn protsessori, jadval protsessori, elektron pochta, elektron kalendar, audiopochta, kompyuterli telekonferensiya, videomatn, tasvirlarni saqlash va h.k. Bundan tashqari, hujjatlarning boshqaruv faoliyati uchun maxsus dasturlar ham mavjud.

Axborot-qidiruv tizimlari (ingl.: information retrieval system) – ma’lumotlar bazasi va jami axborot resurslarida axborot izlash uchun mo‘ljallangan tizim.

Multimediali tizimlari – ( multimedia inglizchadan olingan: multi – ko‘p va media – tashuvchi, muhit ma’nosini anglatadi) - axborotni turli shakldagi tashuvchilari bo‘lmish tovush, tasvir va matnlar birikmasi.

Multimediada vizual va audio effektlar o‘zaro muloqotli dasturiy ta’minot boshqaruvida birgalikda namoyon bo‘ladi. Odatda, bu matn, tovush va grafikaning, so‘nggi vaqtlarda esa – animatsiya va videoning ham birlashishini bildiradi.

Videotasvir va tovush bilan ishlash uchun apparatli va dasturiy vositalar majmuyi ham multimedia sohasiga taaluqli. Multimediaga ega kompyuterlar odatda kuchli videotizimga, videomagnitofon va videokameralarni qo‘shish imkoniyatiga, tasvirni ushlash va uni raqamli shaklda qattiq magnit diskka yozishning apparatli vositalari, tasvirni ustiga qo‘shish vositalariga ega. Shuning bilan bir qatorda, ular tovushni aks ettirish va uning sintezi uchun tovush platasiga, axborotni ixcham diskdan o‘qish uchun uzatmaga, akustik tizimni qo‘shish imkoniyatlariga egadir.

Multimedia istalgan turdagi ma’lumotlarni majmuaviy tarzda taqdim etish texnologiyasi hamdir. Multimedia birgalikda tasvirlarga ishlov berish, nutqni qayta ishlash va hujjatlarga ishlov berishni ta’minlaydi. Bu ekranga tasvirni matn va tovush bilan birgalikda chiqarish imkonini beradi. Multimedianing muhim yo‘nalishlaridan biri o‘rgatuvchi tizimlarni yaratishdir. Bu foydalanuvchining multimediada faol ishlashda ishlatilayotgan ma’lumotning 75 foizini eslab qolishi bilan bog‘liq. Faqat tinglangan axborotdan esa foydalanuvchi 25 foizinigina eslab qolishi mumkin.

Turizmda multimediali tizimlarni qo‘llash yo‘nalishlariga quyidagilarni keltirsa bo‘ladi: elektron ma’lumotlar katalogi (masalan, Toshkent shahri uchun yaratilgan Internet resurs - http://www.mg.uz), muzey bo‘yicha virtual ekskursiya tashkil qilish, turistlarga yo‘riqnomalar yaratish, reklama mahsulotlari va boshqalar. Tizim turistlar uchun yaratilgan yo‘riqnomalarda turistga taklif qilingan marshrutni oldindan virtual ko‘rish, mamlakat haqida qo‘shimcha axborotlarga ega bo‘lish, marshrut yo‘nalishi bo‘yicha uchraydigan obyektlar haqida ma’lumot olish, mehmonxonalar haqida tasavvurga ega bo‘lish, imtiyozlar haqida ma’lumotlar olish va turizm sohasidagi qonunchilik haqida barcha zaruriy axborotlarga ega bo‘lish imkonini beradi. Bulardan tashqari turistlarga quyidagi ma’lumotlarni yetkazish mumkin bo‘ladi: turistik hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi, turist etikasi, har qanday vaziyatlarda o‘zini qanday tutishi kabi ma’lumotlar ham mavjud bo‘ladi. Multimediali texnologiyalar inson bilan kompyuter orasidagi muloqotni “jonlantira” oladi, natijada foydalanuvchi mukammal va aniq ma’lumotlarga ega bo‘ladi. Multimediali texnologiyalarni yaratishda dasturlash tillaridan yoki quyidagi maxsus dasturlar orqali amalga oshiriladi: Adobe Director, AuthorWare, Formula Graphics, Multimedia Creator va boshqalar.

Geoaxborot tizimlari – geografik axborot tizimi (GAT) ( ingl.: Geographic Information System (GIS) - elektron geografik xaritalarni va ularga tegishli fazoviy ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash, ishlov berish, aks ettirish, tarqatish va undan erkin foydalanishni ta’minlash uchun mo‘ljallangan axborot tizimidir. Geografik axborot tizimi fazoviy obyektlar va ular shaklining raqamli aksiga oid (vektorli, rastrli, kvadrotomik va o‘zgacha) ma’lumotlarga ishlov berish uchun o‘z vazifalariga mos funksional imkoniyatlarga ega.

GATning dasturiy vositasi uning funksional imkoniyatlarini amalga oshiruvchi dasturiy mahsulotdir.



Geoaxborot tizimlarini qo‘llash turizmni rivojlantirishda va turistik obyektlarni izohlshda va ularni tahlil qilishda juda katta ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Ushbu tizimlarga quyidagilarni misol qilib keltirsak bo‘ladi, bular: ArcInfo, ArcView, ArcCAD, MapInfo va boshqalar.

Elektron xarita (ingl.: electronic map ) - kompyuterning ekranida ko‘rinadigan holda aks ettirilgan xaritagrafik tasvir. U raqamli xarita yoki geoaxborot tizimining ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlar asosida tuziladi.

Download 106,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish