10.1.2-chizma. Xizmat ko‘rsatish sohasida axborot texnologiyalari tasnifi
Xizmat ko‘rsatish sohasiga taaluqli bo‘lgan amaliy dasturlar ta’minotini o‘z navbatida quyidagicha tasniflash mumkin:
10.1.3-chizma. Turizm sohasida dasturiy ta’minotlar
10.2. Turizm boshqaruvidagi axborot tizimlarining tasnifi
Turizm industriyasi shu darajada ko‘p qirralikim, undagi mavjud jarayonni boshqarish uchun zamonaviy axborot texnologiyalarining barcha turlaridan foydalanishga to‘g‘ri keladi, masalan, oddiy matnni qayta ishlash, elektron jadvallar bilan ishlash, ma’lumotlar bazasini boshqarishdan boshlab, to maxsus dasturiy ta’minotlargacha bo‘lib, ular orqli alohida turistik firmaning yoki mehmonxona faoliyatini avtomatlashtirish, global kompyuter tarmoqlaridan foydalanish va sun’iy yo‘ldosh yordamida harakatlarni ta’minlovchi texnologiyalarni ham qo‘llash talab etiladi.
Turizmda qo‘llaniladigan axborot texnologiyalari va tizimlarining tasnifi quyidagi chizmada keltirilgan.
Turizmda avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi – bu turistik korxona va tashkilotlarning ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarini boshqaruvchi tizimdir. Uning asosiy vazifasi samarali turistik tuzilmani yaratish orqali personalning qulaylashtirilgan mehnatini tashkil qilish va ularning doimiy o‘sishini ta’minlab berishdan iborat. Ushbu tizimlar mehmonxonalar, turlar, mijozlar, byurtmaning holati va shunga o‘xshash turistik axborotlarni kiritish, qayta ishlash va saqlash kabi imkoniyatlarga ega bo‘lishi kerak. Bundan tashqari ular orqali axborotlarni qulay shaklda chiqarish, hisob-kitob ishlarini bajarish, ma’lumotlarni har xil formatlarda saqlash va ularni import-eksport qila olish shart hisoblanadi. Bunday tizimlar ikki shaklda taqdim etiladi: faqatgina lokal kompyuterda ishlaydigan va tarmoqda ishlaydugan. Hozirgi kunda asosan ikkinchi toifali dasturlar taqdim etiladi. Bunday tizimlarga misol sifatida ”Само-Тур”, ”Лидер-Тур”, ”ТурМенежер” kabi dasturlarni keltirsa bo‘ladi.
Kompyuterli bronlash tizimi – xalqaro bronlash tizimi. Keng tarqalgani – bu global taqsimlangan tizim (Global Distrubion System, GDS) bo‘lib, unga mansub quyidagi tizimlar mavjud: Amadeus, Galileo, Sabre, Worldspan.
Internet global kompyuter tarmog‘i– bu xalqaro axborotlarni saqlash va uzatish tizimi bo‘lib, dunyo bo‘ylab barcha kompyuter tarmoqlarining birlashmasidan hosil topgan va yagona tarmoq protokoli TCP/IP asosida muloqot o‘rnatadi.
Sun’iy yo‘ldosh tizimi – bu texnikaviy va elektron qurilmalar majmuyi bo‘lib, Yer atrofidagi obyektning geografik koordinatalarini va harakat parametrlarini aniqlab beruvchi tizimdir. Hozirgi kunda bunday tizimlar soni ikkita, bular GPS va GLONASS (ГЛОНАСС). Bunday tizimlar turistlar, sayohatchilar juda keng tarqalgan.
GPS (Global Positioning System) – obyektning joylashuvini aniqlovchi tizim, istalgan ob-havoda ham obyektning joylashuvi va tezligini aniqlab beradi.
GLONASS (ГЛОНАСС – Глобальная НАвигационная Спутниковая Система) – ushbu tizimni hozirgi kunda 24 ta sun’iy yo‘ldosh qo‘llab quvvatlaydi. Maxsus texnik jihozga ega bo‘lgan obyekt ushbu tizim orqali o‘zining joylashuvini va vaqtini aniq belgilab beradi.
Telefon tarmog‘i – nutq uzatishga mo‘ljallangan tarmoq. Telefon tarmog‘i, ATS «avtomatik telefon stansiyalari» (telefon stansiyalari) deb nomlanuvchi uzib- ulash bog‘lamalaridan tashkil topgan. Telefon stansiyalari kanallarni uzib-ulashni ta’minlaydi, abonent tizimlar sifatida esa, birinchi galda, telefon apparatlari ishlatiladi. Odatda, telefon tarmog‘i kabelli tarmoqqa tayanadi. Shu bilan birga, telefon radiotarmog‘i ham ishlatiladi. Texnik nuqtayi nazardan quyidagi tarkibiy qismlari mavjud bo‘ladi: telefon stansiyalari, kommutatsiya tugunlari, aloqa simlari, abonent qurilmari.
Elektron to‘lov tizimlari – mahsulotlarga to‘lovlarni kompyuter va magnit kartalari yordamida amalga oshiruvchi apparatli va dasturiy vositalar majmuyi. Masalan, kompyuter tarmoqlari orqali to‘lovlarni amalga oshiruvchi WebMoney tizimi.
Mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarni boshqarish tizimi (Customer Relationship management, CRM) – korxonaning mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayonini avtomatlashtirish tizimi. Ushbu tizim mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarni boshqaradi. Korxona miqyosidagi axborot tizimlari sinfini shakllantiradi va ularning asosiy vazifasi: mijozlar bilan o‘zaro aloqada ishlashni rejalashtirish va nazorat qilish, shu jumladan Internet orqali.
Turistik biznes sohasida CRM-tizimlarda bevosita turistik firmaning o‘z mijozlari, hamkorlari bilan bo‘lgan barcha biznes munosabatlari tarixi saqlanib qoldi. Bu esa hamkorlar bilan ishlash jarayonini boshqarish samaradorligini oshiradi, menejerlarni ish faoliyatining sifati oshadi. Bu sohada yaratilgan quyidagi ilovalar mavjud: amoCRM, ASoft CRM, Marketing Analytic, Data Analyzer, EasyABC Plus, OROS Enterprise va boshqalar.
Elektron hujjat aylanmasi tizimi – elektron hujjat aylanishi elektron hujjatlarni axborot tizimi orqali jo‘natish va qabul qilib olish jarayonlari yig‘indisidan iborat bo‘ladi. Elektron hujjat aylanishidan bitimlar tuzish (shu jumladan shartnomalar tuzish), hisob-kitoblarni, rasmiy va norasmiy yozishmalarni amalga oshirish hamda boshqa axborotni o‘tkazishda foydalanish mumkin.
Tizim turli kompaniyalarning avtomatlashtirilgan tizimlari orasida standart-lashtirilgan shakldagi hujjatlari(sotib olishga buyurtma, hisob raqamlari va sh.k.)ni elektron almashinuvini ta’minlaydi. Bu sohada yaratilgan quyidagi ilovalar mavjud: E-hujjat, Directum, DocsVision, GlobusProfessional va boshqalar.
Elektron biznes tizimi ( e-business) – qo‘shimcha qiymatning birlashtirilgan zanjirini yaratish va hamkorlarning optimal o‘zaro ishlashini ta’minlash uchun axborot texnologiyalaridan foydadanishga asoslangan Internet – biznes. Bu elektron savdo tushunchasiga nisbatan kengroq tushuncha hisoblanadi. Elektron biznes quyidagilarni o‘z ichiga oladi: sotuvlar, marketing, moliyaviy tahlil, to‘lovlar, xodimlarni izlash, foydalanuvchilarni qo‘llash va hamkorlik munosabatlarini qo‘llash.
Elektron biznes tizimi asosiy biznes jarayonlarini Internet texnologiyalari yordamida o‘zgartiradi. E-biznes deb global axborot tarmoqlarining imkoniyat-laridan foyda olish maqsadida ichki va tashqi aloqalarni o‘zgartirish uchun foydalanadigan faollikka aytiladi. Xodimlarning o‘zaro ishlash samaradorligini oshiruvchi va rejalashtirish hamda boshqarish jarayonlarini optimallashtiruvchi yagona axborot tarmog‘i (Intranet) asosida kompaniyani ichki tashkillashtirish, hamkorlar, yetkazib beruvchilar va mijozlar bilan tashqi o‘zaro ishlash (Ekstranet), bular hammasi elektron biznesning tarkibiy qismlari hisoblanadi.
Korxonaning axborot tizimi bilan birlashtirilgan va zamonaviy Internet texnologiyalarga asoslangan biznes jarayonlarini olib boruvchi tizimdir. Bu sohada yaratilgan quyidagi korporativ portallar mavjud: Liferay Portal, InfoExchange Portal, Enterprise Information Portal, WebSphere Portal Server, SharePoint Portal Server va boshqalar.
Ofis tizimlari – kompaniyada axborotga elektron qurilmalar yordamida ishlov berish texnologiyasi. Ma’muriy vazifalarni avtomatlashtish tobora ko‘proq ahamiyat kasb etmoqda. Bu avtomatlashtirishda hujjatlarga ishlov berish tamoyillariga muhim rol ajratilmoqda. Ushbu tizimlar bevosita kompyuter majmualarida, mahalliy tarmoqlarda amalga oshirilmoqda. Bu o‘z navbatida Office Information System ( OIS – ofisni boshqaruvchi axborot tizimi) texnologiyalarini paydo bo‘lishiga olib keldi.
Ofisdagi avtomatlashtirilgan texnologiyalar, boshqaruvchilar, mutaxassislar va ma’muriyat xizmatchilari tomonidan foydalaniladi va ular xususan, muammoni guruh bo‘lib hal etish uchun qulaydir. Ular kotibalar va ma’muriyat xodimlari ish unumdorligini keskin ko‘taradi va o‘sib boradigan ish hajmini uddalashga imkon beradi. Ammo ushbu afzallik, ofisni avtomatlashtirishni - muammoni hal etuvchi uskunaviy muhit sifatida foydalanish oldida ikkinchi darajali ko‘rinadi.
Menejerlar tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni yanada ham mukammalashgan kommunikatsiyalar asosida yaxshilash, firmaning iqtisodiy o‘sishini ta’minlashga qodir.
Ma’lumotlar bazasi
Do'stlaringiz bilan baham: |