Tarbiyaning birinchi va eng muhim qonuniyati uning ijtimoiy muhitning obyektiv va subyektiv omillariga bog‘liqligidir.
Tarbiyaning ikkinchi muhim qonuniyati tarbiyaning shaxs rivojlanishi bilan birligi, o‘zaro aloqadorligi va bog’liqligidir.
Tarbiyaning uchinchi qonuniyati faoliyat va munosabat birligini e’tirof etish, shaxsning ijtimoiy ijobiy fazilatlarini shakllantirishning asosiy manbayi bo‘lib xizmat qiladi. Tarbiyalanuvchilarning faoliyati jamiyat uchun qanchalik foydali, maqsadga muvofiq tashkil etilsa, shaxs va jamiyat o‘rtasidagi munosabat oqilona bo‘lsa, tarbiya jarayoni shunchalik samarali bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |