10-mavzu: Tarbiya jarayonining mohiyati va mazmuni. Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari Reja



Download 45,68 Kb.
bet6/20
Sana23.01.2022
Hajmi45,68 Kb.
#403041
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
10-mavzu

Yaxlit tarzda tizimli tashkil etilishida. Yaxlitlik shundan iboratki, tarbiya jarayonining maqsadi, mazmuni, vazifalari va metodlarining birligi shaxsni shakllantirish g'oyasini amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Bizga ma’lumki, shaxs sifatlari navbatma-navbat emas, balki yaxlit tarzda takomillashtiriladi. Shu bois pedagogik ta'sir ham yaxlitdir, tizimlilik xarakteriga ega bo'lishi mumkin. Tarbiya jarayonining yaxlitlik, tizimlilik xususiyati bir qator muhim pedagogik talablarga amal qilishi o'qituvchi bilan o'quvchilar o'rtasidagi hamkorlikni ehtiyotkorlik bilan qaror toptirishini talab qiladi.

Ikki tomonlama aloqa ikki yo'nalishda, ya'ni, o'qituvchining o'quvchiga nisbatan ko'rsatadigan ta'siri (to'g'ri aloqa) hamda o'quvchining o'qituvchiga nisbatan munosabati (teskari aloqa) tarzda tashkil etiladi.

Tarbiyaning pedagogik texnologiyasi nazariyasi g'oyasiga muvofiq endilikda o'quvchi tarbiya jarayonining obyektigina bo'lib qolmasdan, subyektiv sifatida ham faoliyat ko'rsatadi. Shuning uchun o'qituvchi o'quvchining ichki imkoniyatlari, unga nisbatan bo'layotgan tashqi ta'sirlar, axborot manbalarini inobatga olishi zarur.



Qarama-qarshiliklarning mavjudligi kelib chiqadi. Ushbu qarama-qarshiliklar o'quvchilarda o'z tushunchalariga muvofiq paydo bo'lgan dastlabki sifatlar o'rtasida yoki o'quvchilarga qo'yiladigan talablar bilan ularni bajarish imkoniyatlari o'rtasida ziddiyatlarning kelib chiqishi uchun zamin yaratadi. Bundan tashqari, bu qarama-qarshiliklar ko'pincha bolaning ongi bilan xulqi bir-biriga muvofiq bo'lmasligidan, o'qituvchi va tarbiyachiiarning o'quvchilar yosh va shaxsiy psixologik xususiyatlari (fe'1-atvori, xarakteri, qiziqishlari, jismoniy, ruhiy va fiziologik sog'lomligi)ni yaxshi bilmasligi oqibatida kelib chiqadi. Demak, tarbiya jarayoni o'zida quyidagi xususiyatlarni namoyon etadi:

  1. aniq maqsadga yo'naltirilgan jarayon;

  2. ko'p qirrali jarayon;

  3. uzoq muddatli jarayon;

  4. yaxlit tizimlilik jarayon;

  5. ikki tomonlama aloqa jarayoni;

  6. qarama-qarshiliklardan iborat jarayon.

Tarbiya mazmunida oldinga qo'yilgan maqsad va vazifalarga muvofiq o'quvchilar tomonidan o'zlashtirilishi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalar, shaxs xulq-atvori hamda sifatlari mohiyati aks etadi. Tarbiya mazmuni shaxsning shakllanishiga qo'yiluvchi ijtimoiy talablar mohiyatidan iborat bo'lib, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, kishilik munosabatlari mohiyati va darajasi, shuningdek, jamiyat mafkurasi g'oyalari asosida belgilanadi. Zamonaviy tarbiya mazmunida quyidagi tamoyillar yotadi:

Tarbiya maqsadining aniqligi. O'zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy mustaqilligining dastlabki yillaridayoq respublikada, amalga oshirilishi ko'zda tutilayotgan tarbiya maqsadi aniq belgilab olindi. O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» g'oyalariga ko'ra ijtimoiy tarbiyaning asosiy maqsadi - erkin, ijodkor, mustaqil fikr egasi bo'lgan komil inson va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish yo'lidagi asosiy vazifa - bu shaxsda umumiy madaniyat unsurlari, ya'ni, shaxsning aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik, iqtisodiy, ekologik, huquqiy, siyosiy hamda mehnat madaniyatini tarbiyalashdan iborat.

Tarbiyaning shaxsga vo'naltirilganligi. Mazkur g'oya ta'lim muassasasi amaliyotining markaziy nuqtasida tarbiyaviy ishlar dasturi, tadbirlar, ularning shakl, metod va vositalari emas, balki o'quvchi turganligini anglatishga xizmat qiladi. Tarbiya jarayonida uning shaxsiy xususiyatlari, qiziqishlari, o'ziga xos xarakteri, o'z qadr-qimmatini anglash tuyg'ulari rivojlantirilib borilishi zarur.

Ixtiyoriylik. Tarbiyalanuvchilarning iroda erkinligisiz tarbiya g'oyalari mohiyatini qaror toptirish mumkin emas. Tarbiya jarayoni, agar u oqilona tashkil etilsa, bir vaqtning o'zida ham o'quvchi, ham o'qituvchi ma'naviyatining boyitilishiga xizmat qiladi. Agar tarbiyachi o'quvchining qiziqishi, faoliyati, o'rtoqlik va fuqarolik burchini anglash, mustaqillikka intilish tuyg'ularini ko'ra va anglay olsagina uning irodali ekanligi ayon bo'ladi. Tarbiyalanuvchining irodali bo'lishi ta'minlangan sharoitda uning shaxsiga ta'sir ko'rsatishga yo'naltirilgan faoliyat jarayonida samaraga erishiladi.

Jamoa yo'nalishi. Tarbiyaviy ishlar mazmunida jamoaga nisbatan ijobiy munosabatni qaror toptirish yotadi. Jamoa yordamida shaxsni hartomonlama kamoloti, uning dunyoni anglash, uni to’laqonli talqin etish, insonparvarlik va o'zaro hamkorlik tuyg'ularini yuzaga kelishi va rivojlanib borishi kabi holat amalga oshiriladi.

Being due to the formation of the human bio social creatures, as well as the development of biological and social development, and a person at a certain stage of perfection. Man found a number of social, scientific-based forms of independent thought.Social Development - external and internal factors and qarilmaydigan a positive impact, and that the process of formation of the person. Human and social development of targeted education and training leading position.Educational activities - in order to meet the training needs of the society is based on the scientific development of human attributes and qualities of the implementation of the program, according to the plan, the generations to prepare a social activity.Educational process - teachers or tutors, students or schools between information and knowledge, training, decent, well functioning relations system.Pedagogical principles (principles) through the relationship between the teacher and the students of knowledge, size and content, as well as school supplies, and spiritual aspects of pupils necessary to follow the laws of origin correlates.

Teaching experience - education and training on the principles of pedagogy and education to the specific methods and the methods adopted and put into practice in real conditions and taking into account the uniqueness of each child to implement in practice



Shaxs shakllanishi — inson bioijtimoiy mavjudot bo’lganligi tufayli, biologik rivoji bilan bir qatorda u ijtimoiy rivojlanib ham boradi va kamolotning ma’lum bir bosqichida shaxsga aylanadi. Kishida bir qator ijtimoiy sifatlar tarkib topib, ilmiy asoslangan mustaqil fikr shakllanadi.Ijtimoiy taraqqiyot tashqi va ichki, boshqariladigan va bosh qarilmaydigan omillar bilan kishiga ijobiy ta’sir etish, ya’ni shaxsning shakllanish jarayoni. Insonning ijtimoiy taraqqiyotida maqsadga yo’naltirilgan ta’lim-tarbiya yetakchi o’rinni egallaydi.Pedagogik faoliyat jamiyatning ta’lim-tarbiyaga bo’lgan ehtiyojini qondirish maqsadida umuminsoniy sifatlar va fazilatlarni shakllantirishni ilmiy asoslangan reja-dasturga muvofiq amalga oshirish, ya’ni avlodni hayotga tayyorlaydigan ijtimoiy zarur faoliyat turi.

Pedagogik jarayon — o’qituvchi yoki tarbiyachi, o’quvchi yoki tarbiyalanuvchi orasidagi bilim berish va bilim olish, o’rgatish o’rganish, tarbiyalash maylida kechadigan munosabatlar tizimi.

Pedagogik tamoyil (printsiplar) — o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi munosabat orqali beriladigan bilim turi, hajmi va mazmuni, shuningdek, o’quv qurollari va tarbiyalanuvchilarning ruhiy xususiyatlari o’rtasidagi zaruriy bog’liqliklardan kelib chiqqan qonuniyatga amal qilish.

Pedagogik tajriba — ta’lim-tarbiya beruvchi tomonidan pedagogikaning tamoyillari va ta’lim-tarbiya berishning muayyan usul va uslublarini to’liq o’zlashtirib hamda ularni amalda qo’llashdagi real shart-sharoitlarni, bolalar jamoasi va har bir bolaning o’ziga xosligini hisobga olgan holda amaliyotda tatbiq etish1.


O'quvchi uchun yuqorida qayd etilgan tarbiya yo'nalishlarining nima uchun kerakligi, ularning insonga nima bera olishi kabi masalalar qiziqarlidir. Rivojlangan xorijiy mamlakatlar tarbiya tizimida muammoning mana shu jihati birinchi o'ringa qo'yilmoqda. Yuqorida qayd etilgan g'oyalar to'g'ri tashkil etilgan pedagogik jarayonda — yetuk fuqaro, malakali mutaxassis hamda barkamol oila sohibini tarbiyalab voyaga yetkazish uchun xizmat qilishi lozim.



Tabiat yoki jamiyatdagi har qanday murakkab hodisada obyektiv ravishda mavjud bo‘ladigan barqaror aloqalar kuzatiladi. Bunday aloqalar «qonuniyat» deb ataladi. Bunday qonuniyatga tarbiya jarayoni­da ham amal qilinadi. Tarbiya qonuniyatlari mohiyati bir tomondan ijtimoiy hodisa sifatida tarbiyaning o‘ziga xos xususiyatlari, ikkinchi tomondan shaxsning rivojlanishi bilan bog‘liqdir.


Download 45,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish