10-mavzu. Taqrizning tuzilishi Reja: Taqriz, uning tuzilishi



Download 22,2 Kb.
Sana13.07.2022
Hajmi22,2 Kb.
#789151
Bog'liq
10 -mavzu


10-mavzu. Taqrizning tuzilishi
Reja:
1.Taqrizuning tuzilishi .
2.Taqriz ifoda materiali xususiyatlari.
3. Taqrizyozishga qo`yiadigan talablar
4. Taqrizlardan namunalar
Taqriz (arab. — ijobiy baho) — adabiy tanqid janri; yangi badiiy, ilmiy yoki ilmiy-ommabop asar tahlili. Taqrizda asarning bibliografik tavsifi, shuningdek, mazmuni, unda ko‘tarilgan muammolar, asarning g‘oyaviy badiiy xususiyatlari, muallif ijodida, adabiyotda tutgan o‘rni haqida ma’lumot bo‘ladi; asarga baho beriladi, uning asosiy fazilatlari va nuqsonlari qayd qilinadi. Taqriz asosan keng kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallanadi, ularni yangi asarlardan ogoh qiladi, zarurini tanlab olishga ko‘maklashadi. Ichki taqriz ham bo‘ladi. Masalan, nashriyotga kelgan badiiy, tanqidiy va ilmiy-ommabop asar ichki taqrizga beriladi, biroq bu taqriz matbuotda e’lon qilinmaydi.
Taqriz - saylanma bayonning bir turi. U badiiy, ilmiy, metodik va boshqa asarlarga berilgan bahodir. Taqrizda asar tanqidiy tahlil etiladi, shu nuqtai nazardan baholanadi. Asarning yutuqlari ham, nuqsonlari ham ko‘rsatiladi. Taqrizchi o‘zining da’volarini turli dalillar asosida isbotlay boradi, asarga ilmiy izohlar beradi.
Taqriz yozish odobi xolislikni, haqiqatdan chetlashmaslikni talab etadi. Taqriz qilinayotgan asarning yutuq va kamchiliklari, nazariy vaamaliy ahamiyati haqqoniy ko‘rsatilishi lozim. Asarga baho berishda muallifning shaxsiyati, obro‘si emas, balki uning (asarning) xususiyatlari, ahamiyati ko‘zda tutiladi.
Taqriz yozishda quyidagi sxemaga amal qilinadi:
1. Tezis (umumiy holati) va uni ochib berish.
2. Kitob (film, teatr, maqola)ning baholanishi.
Taqrizning boshlang‘ich qismida quyidagi konstruksiyalardan foydalaniladi:

Kitob (film, teatr, maqola)da hikoya qilinadi.

Kitob (film, teatr, maqola)da muammolar ko‘tariladi.
Taqrizni baholash qismida quyidagi konstruksiyalardan foydalaniladi:


Men … hisoblayman …

Mening fikrimcha…

Mening nazarimda…
… menga yoqdi.
… menda katta taassurot uyg‘otdi.
1-Mustaqilish
Ilmiy maqolaga taqriz.
“Farzandnoma” – fazilatlar ko`zgusi ilmiy asar.
muallif Obiddin Maxmudov

Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovich takidlaganlaridek: “…Agar farzandlarimizga to`g`ri tarbiya bermasak, har kuni, har daqiqa uning yurish-turishini, kayfiyatidan ogoh bo`lib turmasak, ilmu xunarga o`rgatmasak, munosib ish topib bermasak, bu omonatni boy berib qo`yishimiz hech gap emas”. ushbu o`gitlarga quloq solmog`imiz zarur.


Muallif Obbiddin Maxmudov ushbu ilmiy asaridan men ota-ona, ustoz hurmatini qadrlashni, ularning purma`no so`zlariga, hayotiy xulosalariga quloq tutishim, ularga amal qilishim zarurligini tushundim.
Axloq-odob mustahkam zaminida vujudga keladi, yuksaladi… Mustahkam zamin,bu donishmand bobo-momolarning ko`p ming yillik axloqiy-ruhiy, hayotiy tajribalari, ma`rifatli ota-onalarning maqbul tarbiyasi, munavvar fikrli ustozlarning ilmu hikmatga boy ta`lim-o`g`itlari, zakovat xazinasi bo`lmish azizu fozillarning ulkan ma`naviy ibrati, adolat va yurtparvar yo`lboshlovchi, rahbarlarning samimiy yo`l-yo`riqlari hamda saxovatpesha zotlarning ko`rsatgan xolis yordamidir. Bunday sog`lom muhitda voyaga yetgan yosh avlodning, turgan gapki odobi g`ozal, bilimi chuqur, tafakkuri yuksak, mushoxadasi keng, ma`suliyatni teran his etadigan muhimi jamiyat ravnaqiga xizmat qiladigan komil inson bo`lib shakllanadi.
Ushbu asar farzand tarbiyasi va uning kamoloti uchun befarq bo`lmagan ota-onalarga, ustoz-murabbiylarga qolaversa insoniyatning ma`naviy yuksalishi yo`lida jon kuydirayotgan fidoyi, zahmatkash ziyolilarga mo`ljallangan. U siz va zurriyotlaringiz sevib o`qiydigan asarga aylanadi deb umid qilama
Taqriz to‘ldirish namunasi
Bitiruv malakaviy ishga taqriz
Talaba _______________ Bosqich _______________ Taqrizchi __________________________________________________ (F.I.SH., ilmiy darajasi va (yoki) ilmiy unvoni) Mavzu __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ Taqrizchiga eslatma:
 Tanlangan mavzuning dolzarbligini baholay olish
 Muallifning o‘z nuqtai nazari borligi
 Ma’lumotni yig‘ish va tahlil qilish uslublaridan foydalana olish
 Tavsiya va xulosalarning asoslanganlik darajasi, hamda olingan natijalarning ishonchliligi  Ishning qobiliyati (bayon qilish madaniyati, stilistikasi, ilmiy leksikani ishlatish)
 Amaliy qo‘llash imkoniyati
 Ishni baholash F.I.SH.
Imzo
Muhr
Masalan:
Tabiiy fanlar fakulteti, “Biologiya ” yo‘nalishi IV-kurs talabasi Parpieva Vasila Maxmudalievnaning “Qushlar sinfi” ni o‘qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanish mavzusidagi Bitiruv-malakaviy ishiga ilmiy rahbar
X U L O S A S I
Talaba Parpieva Vasila o‘zining bitiruv-malakaviy ishida ta’limtarbiya jarayoniga axborot texnologiyalarini qo‘llashni “Qushlar sinfi” mavzusini o‘qitish misolida ishlab chiqqan. Bitiruv malakaiy ishda mavzuning dolzarbligi, tadqiqot ob’ekti, predmeti, vazifalari, metodlar, ilmiy amaliy axamiyati talab darajasida yoritilgan. Ushbu bitiruv – malakavish ishi hozirgi kundagi biologiya o‘qitish metodikasining dolzarb muammolaridan biri, biologiyani o‘qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanish orqali o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish, ta’lim samaradorligini orttirish muammosini hal etishga qaratilgan. Bitiruv-malakaviy ishda biologiyani o‘qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanish orqali o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish, ta’lim samaradorligini orttirish yo‘llarini aniqlagan. Malakaviy-bitiruv ishida muammoning drlzarbligi asoslangan, botanikani o‘qitishda, xususan “Qushlar sinfi” mavzusini o‘qitish misoloda o‘qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish orqali o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish, ta’lim samaradorligini orttirish yo‘llari, mazkur jarayonning mazmuni, metodi va vositalari aniqlangan, xamkorlikda o‘qitish texnologiyasining kichik guruhlarida ishlash metodidan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar yaratilgan, olib borilgan tajriba-sinov ishlarining yakuni va hulosalar berilgan. Talaba tomonidan mavjud adabiyotlar ilmiy-metodik asosida taxlil qilingan, ko‘zlangan maqsadga erishilgan, xar bir laboratoriya mashg‘ulotlari bo‘yicha tavsiya etilgan ishlanmalar biologiya o‘qituvchilari uchun amaliy-metodik yordami bo‘lib xizmat qiladi. YUqoridagi fikrlarni e’tiborga olgan holda, V.Parpievaning “Qushlar sinfi” mavzusini o‘qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanish mavzusidagi bitiruv-malakaviy ishini himoyaga tavsiya etaman.
Ilmiy rahbar, pedagogika fanlari doktori, professor J.O.Tolipova
Rahbar BMI ni taqrizi bilan kafedra mudiriga taqdim etadi. Kafedra mudiri BMI ni himoyaga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Himoyaga tavsiya etilgan ish universitetda qabul qilingan tartibga ko‘ra dekanat tomonida ichki va tashqi taqrizga yuboriladi. Ichki taqrizchilar universitetning turdosh kafedra professoro‘qituvchilaridan, tashqi taqizchilar esa boshqa oliygohning professoro‘qituvchilaridan, ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlaridan va ishlab chiqarishdagi sohaning etuk mutaxassislaridan tayinlanadi. Taqrizchilar BMI ni to‘la tahlil qilib, uning yutuq va kamchiliklarini ko‘rsatadilar. Taqrizchilar o‘z yozma taqrizlarida quyidagi tomonlarni batafsil yoritishi kerak bo‘ladi: - BMI mavzusin dolzarbligi - Ishning tuzilishi va tarkibi - Olingan natijalarning asoslanganlik darajasi - Ishning ilmiy jihatdan yangilik darajasi - Ishning amaliy qiymati - Ishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar - Ish to‘g‘risida umumiy xulosa Taqrizlar imzolangan va muassasa muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi shart hisoblanadi. Fakultet dekani ishni taqarizlar bilan birga DAK ga taqdim etadi. Odatda BMI ga berilgan ish bo‘yicha topshiriqning kafedrada qoldirilgan nusxasi ilova qilinadi. Bu ishni DAK tomonidan ko‘rib chikilayotganda bevosita xulosa chiqarishga yordam beradi.
Nizomiy nomidagi TDPU, tabiiy fanlar fakulteti, “Biologiya o‘qitish metodikasi” mutaxassisligi IV-kurs talabasi Parpieva Vasila Maxmudalievnaning “Qushlar sinfi” ni o‘qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanish mavzusidagi bitiruv-malakaviy ishiga TAQRIZ
Talaba Parpieva Vasilaning bitiruv-malakaiy ishi zoologiyani o‘qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanish yullarini izlab chiqishga bag‘ishlangan. Bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri biologiyani o‘qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanish orqali samaradorligini orttirish, o‘quvchilarni DTS bilan me’yorlangan bilimlar bilan qurollantirish bilan bir qatorda, ularda o‘quv, amaliy, mehnat, mustaqil va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishni nazarda tutadi. V.Parpievaning taqriz etilayotgan bitiruv-malakaviy ishi hozirgi kundagi biologiya o‘qitish metodikasining dolzarb muammolaridan biri, biologiyani o‘qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanish orqali o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish, ta’lim samaradorligini ortirish muammosini hal etishga qaratilgan. Taqriz etilayotgan birituv-malakaviy ishda biologiyani o‘qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanish orqali o‘quvchilarni bilish faoliyatini faollashtirish ta’lim samaradorligin orttirish yo‘llarini aniqlagan. Bitiruv-malakaviy ishda muammoning dolzarbligi asoslangan, botanikani o‘qitishda, xususan, “Qushlar sinfi” mavzusi misolida o‘qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanish orqali o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish, ta’lim samaradorligini orttirish yo‘llari, mazkur jarayonni mazmuni, metodi va vositalari aniqlangan, axborot texnologiyalari xamkorlikda o‘qitish texnologiyasining kichik guruhlarida ishlash metodi bilan uyg‘unlashtirilgan g‘olda foydalanish bo‘yicha tavsiyalar yaratilgan, olib borilgan tajriba-sinov ishlarining yakuni va hulosalari berilgan. Talaba tomonidan mavjud adabiyotlar ilmiy-metodik asosda tahlil qiligan. Ko‘zlangan maqsadga erishilgan. Har bir laboratoriya mashg‘ulotlari bo‘yicha tavsiya etilgan ishlanmalar biologiya o‘qituvchilari uchun amaliymetodik yordam bo‘lib xizmat qiladi. YUqoridagi fikrlarni e’tiborga olgan holda, V.Parpievani “Qushlar sinfi” mavzusini o‘qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanish mavzusidagi bitiruv-malakavish ishini himoyaga tavsiya etaman va u ijobiy bahoga loyiq deb hisoblayman.
Nizomiy nomidagi TDPU, zoologiya, anatomiya va fiziologiya kafedrasining dotsenti, biologiya fanlari nomzodi P. Namozov
Tugallangan kurs ishi himoyaga qo‘yilishdan oldin taqriz qilinishi kerak. Bunda birinchi navbatda tayyorlangan ishning ijobiy tomonlarini, keyin esa kamchiliklarini ko‘rsatib, ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rsatilishi kerak. Taqrizdan oldin kurs ishi albatta diqqat bilan o‘qib chiqilishi kerak, aks holda nomigagina yozilgan taqrizlar tufayli sifat jihatidan talabga javob bermaydigan kurs ishlari ham ijobiy baholanib ketilishiga yo‘l qo‘yilishi mumkin.
Kurs ishlarini taqriz qiluvchi professor-o‘qituvchilar oldiga quyidagi talablar qo‘yiladi:
-Kurs ishini dastlab taqrizga olgan vaqtda ushbu kurs ishi mavzusining talaba ismi sharifining birinchi harfiga mos kelishini tekshirish;
-Kurs ishining mazmuniga umumiy baho berish va unda yo‘l qo‘yilgan xatolarni ko‘rsatish, shuningdek, talabaga kamchiliklarni tuzatish yo‘llari bo‘yicha maslahat berish hamda shunga tegishli muloxazalarni taqriz varag‘iga yozib qo‘yish;
-Taqrizda kurs ishining birinchi navbatda, ijobiy tomonlarini ko‘rsatish bilan birga, barcha salbiy tomonlarini ham chuqur tahlil qilib, mohiyati yoritilmagan savollarni talabaga tushuntirib berish;
-Kurs ishida har bir betning chetiga va taqrizning o‘zida yoziladigan mulohazalarda mustaqil bajarilgan ishda qaysi muammolarga, ya’ni qaysi savollar mohiyatini yoritishga ilmiy-ijodiy yondoshganligini, qaysi birlarini to‘ldirish zarur ekanligini ko‘rsatish;
-Nazariyaning amaliyot bilan uzviy ravishda bog‘lab olib borilish darajasini ko‘rsatish;
-Bozor munosabatlariga o‘tish jarayonida o‘rganilayotgan muammolarning O‘zbekiston misolida hal qilishning yo‘l-yo‘riqlarini nazariy jihatdan asoslanishga baho berish;
-Talabalar tanlangan kurs ishini bajarish orqali iqtisodiyot nazariyasining mohiyatini chuqur, atroflicha o‘rganib, hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti xususiyatlarini ko‘rsatib berilganlik darajasini baholash.
Ana shu jihatdan olib qaraganda, kurs ishiga taqriz yozishda rasmiyatchilikga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Biroq amalda rasmiyatchilik asosida juda qisqa yozilgan taqrizlar ham uchraydi. Bunday taqrizlar:
Birinchidan, kurs ishi mavzusining mohiyatini va unda qo‘yilgan muammolarning yoritilgan yoki yoritilmaganligini ko‘rsatib bera olmaydi.
Ikkinchidan, talaba uchun kurs ishida qanday kamchiliklar mavjud, uni qanday bartaraf qilish mumkin ekanligi haqida foydali maslahatlar mavjud bo‘lmaydi.
Uchinchidan, talabaning kurs ishini ma’suliyat sezmasdan yuzaki yozishiga olib keladi.
To‘rtinchidan, talabalarning kurs ishiga etarli darajada ahamiyat bermasdan, ya’ni mavzuning rejasi, foydalangan adabiyotlar ro‘xati, bajarilgan vaqti ko‘rsatilmagan taqdirda ham ijobiy baholanishiga sabab bo‘ladi.
Beshinchidan, talaba ijodiy fikr yuritmasdan, kurs ishini ayrim o‘quv qo‘llanmalardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘chirib olganda ham uning asossiz ijobiy baholanishiga olib keladi.
Bizning fikrimizcha, kurs ishiga taqriz yozishda bunday kamchiliklarga yo‘l qo‘yish yuqori malakali iqtisodchilar tayyorlash talabiga ziddir. SHuning uchun talabalarga to‘g‘ri maslahat berib, amaliy yordam ko‘rsatadigan darajada kurs ishini tahlil qilib, taqriz yozish o‘qituvchining eng muhim vazifalaridan biridir. Kurs ishini tahlil qilishda o‘qituvchi, har bir betda uning kamchiliklarini yozib ko‘rsatishi zarur. Bunda kamchiliklarni qisqartirib emas, balki kurs ishi varag‘ining chetiga aniq va ravshan qilib yozish lozim. Bunday yozilgan taqrizdan talaba o‘zi yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklarini tezda tushinib, uni bartaraf qilish yo‘l-yo‘riqlarini olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Professor-o‘qituvchilar taqriz yozish jarayonida avvalo kurs ishining ijobiy tomonlarini, keyin esa talaba yo‘l qo‘ygan kamchiliklarini ko‘rsatib, uni baratraf qilish yo‘llarini bayon qilish zarur. Taqrizni e’tiborsizlik bilan nomigagina yozish, talabalarda beparvolikga olib keladi. Bu esa ta’lim-tarbiya va intizomning susayishiga sabab bo‘ladi.


Download 22,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish