10.2-rasm. Qirqish mashinalari: a - pichoqli; b - diskli
10.2-rasmda listlardan zagotovkalar ajratishda ko‘proq foydalaniladigan
Pichoq tig‘i , qiya (gilotina) va diskli qirqish mashinalarining sxemasi keltirilgan. Gilotina qirqish mashinasida zagotovka ajratishda zaruriy kuchni tubandagicha aniqlash mumkin:
bu yerda 1,25 — pichoqning o‘tmaslanish koeffitsienti; s — material
qalinligi, mm; tkr — materialning qirqishga qarshiligi, MPa, u odatda,
0,8 ~ 0,9< δv ga teng bo‘ladi; a — ustki pichoqning qiyalik burchagi, gra-
dusda.
Agar listdan berk kontur bo‘yicha aylana, kvadrat yoki boshqa shakldagi zagotovkalar o‘yib tushirish kerak bo‘lsa, u puanson va matritsalardan foydalanib presslarda ajratiladi (10.3-rasm). Bunda zazor puanson o‘lchami hisobiga zagotovkaning o‘lchamidan 5 -10 foiz kichikroq, matritsa ko‘zi o‘lchami esa zagotovka o‘lchamiga teng olinadi. Teshik ochishda esa zazor matritsa o‘lchami hisobiga olinadi. Bu ishlarni bajarish da zaruriy kuch qiymati quyidagicha hisoblanadi:
10.3-rasm. O‘yib tushirish va teshik ochish sxemasi
a) doiraviy kontur bo‘ylab ajratishda R = 1,25 πdstkr N(kg);
b) boshqa hollarda R = l,25 Lstkr N(kg);
bu yerda 1,25 — puanson va matritsa kesuvchi tig‘larning o‘tmaslanish
koeffitsienti ; d — o‘yib tushirilgan zagotovka diametri, mm; L-o‘yib tushirilgan zagotovka perimetri: mm; dkp - metalning qirqishga qarshiligi, MPa.
10.4. Shakl berish operatsiyalari. Bukish. Botirish. Bort qayrish. List zarbalash.
Uskunalari.
Temirchilik shtamplash sexlarida keng foydalaniladigan presslarga gidravlik, bug‘-havoda ishlovchi, krivoship, friksion , mexanik va boshqa presslar kiradi. 10.4-rasm, a da bir stoykali bir polzunli oddiy krivoship press, 10.4-rasm, b da esa ikki polzunli murakkabroq krivoship mashinasining ko‘rinishi va kinematik sxemalari keltirilgan.
10.4-rasm, a dagi sxemadan ko‘rinadiki, polzun 7 harakatni dvigatel 1, shesternyalar 2, mufta 3, krivoship val 5 orqali oladi. Krivoship val bilan shatun 6, u bilan esa polzun 7 bog‘langan. Zagotovka shtamplangach, mufta 3 avtomatik ravishda uzilishi bilan tormoz 4 ulanib, val ekssentrisiteti
yuqori vaziyatda to‘xtaydi. Polzunning yurish yo‘li krivoship vali ekssentrisitet o‘lchamining ikkiga ko‘paytmasiga teng bo‘ladi. Zaruriyatga ko‘ra, polzunning yurish yo‘lini ekssentrik vtulka orqali yoki uning taglik plitasini ko‘tarish yoki tushirish bilan rostlash mumkin.
10.4-rasm. Krivoship presslari: a - bir polzunli; b - ikki polzunli: 1 -dvigatel; 2 - shesternyalar; 3 - mufta; 4 - tormoz; 5 - krivoship vali; 6 - shatun; 7- polzun
10.5-rasm. Asosiy shtamplash operatsiyalari:
a — bukish; b — botirish; v — bort qayirish; g —bo‘rttirish:
d —siqish; ye —o‘yib tushirish va teshik ochish
Bukish . Bu ishlovda kutilgan shakldagi buyum olish uchun zagotovkani
matritsa ustiga qo‘yib (10.5-rasm a da ko‘rsatilganidek), shakldor puanson bilan ezib matritsa ko‘ziga o‘tkazishda uning pallalari yig‘ilib, kutilgan shaklga keladi. Bunda puansonga qo‘yiluvchi kuchni tubandagi formula bo‘yicha aniqlash mumkin:
bu yerda V — zagotovka eni, mm; s — zagotovka qalinligi, mm; ϭ —
materialning cho‘zilishga ko‘rsatgan qarshiligi, MPa; g — bukish radiusi, mm.
Botirish. Bu ishlovda matritsaga o‘rnatilgan doiraviy zagotovkaning
markaziy qismiga puanson bilan ohista bosib, uni matritsa ko‘ziga botirib o‘tkaziladi (10.5-rasm, b). Bu ishlovda stakan, vtulka kabi buyumlar olinadi.
Bortqayirish. Teshikli list zagotovkaning sirtqi konturi
bo‘yicha bort hosil etiladi (10.5-rasm, v).
Bo‘rttirish. Bunda puanson bilan elastik materialni siqilib, zagotovka matritsa ko‘ziga o‘tib, kutilgan shaklli bo‘ladi (10.5-rasm, g).
Siqish. Hoval silindrik zagotovka uchini perimetri bo‘yicha
siqib kichiklashtiriladi (10.5-rasm, d).
10.5. Rezina bilan shtamplash. Yuqori tezlikda shtamplash. Portlatib shtamplash. Elektrgidravlik shtamplash.
Do'stlaringiz bilan baham: |