10-MAVZU: SHOYIM BO‘TAEV QISSALARINING O‘ZIGA XOSLIGI
Reja:
1.
Adibning “Sho„rodan qolgan odamlar” qissasi taxlili
2.
Yozuvchining “Kayvonining mangu makoni” ertak-qissasida inson
tasviri
3.
Shoyim Bo„tayevning kampir yoki ona obrazini yaratishdagi ijodiy
tajribalari
4.
“Shohona sovg„a” qissasiga taxlil
Tayanch so‘z va iboralar:
Qissachilik taraqqiyoti, ruhiyat talqini, ramziylik,
adabiy mulohazalar
Shoyim Bo„tayevning Kampirlar obrazini yaratishdagi tajribalari “Sho„rodan
qolgan odamlar”, “Kunbotardagi bog„”, “Kayvonining mangu makoni”,
“Yulduzlarga eltar yo„l” qissalarida ko„rinish bergan edi. Adibning “Sho„rodan
qolgan odamlar” qissasi o„tgan asr oxirida yozilgan. Qissada qamoqxona
nazoratchisi, o„g„irlikda gumon qilingan uning o„g„li Toshmurod, nazoratchining
kampiri kabilar asosiy qahramon sifatida harakatlanadi. Qissada Shoyim Bo„taev
badiiy uslubiga xos kinoyaviy nigoh, istehzo va kesatiqlar, satirik tasvirlar
nihoyatda mahorat bilan tasvirlangan. Asarda qamoqxona nazoratchisining boshiga
tushgan tashvishlar orqali jamiyatdagi va oiladagi jaholat tanqid ostiga olinadi.
Qissada tasvirlangan kampir nihoyatda xokisor, mushfiq, kamsuqum, eriga itoatkor
bir ayol. Qissada qalamga olingan muammo nafaqat bir oila fojiasi sifatida, balki
davr fojiasi sifatida shafqatsiz realistik uslubda ochib beriladi.
Qamoqxona nazoratchisining kampiri o„g„lining dardi bilan xastalanib, bolasi
qamoqda paytida olamdan ko„z yumadi. Butun umr olatayog„ini ko„tarib, polizning
qo„riqchisiga o„xshab yashab o„tgan qamoqxona nazoratchisi o„g„lini onasining
azasiga qorovul bo„lib kuzatib keladi. Qissada ota-o„g„il munosabati va ota-o„g„il
fojiasi nihoyatda kuchli keskin dramatik tasvirlanadi. O„g„il qamaladi, u nomer
to„qson oltinchi mahbus bo„ladi. To„qson oltinchi mahbusning onasi o„lim
to„shagida yotgani uchun o„z otasi nazoratchi sifatida tayinlanadi. Quyida
qamoqxona boshlig„i bilan nazoratchi o„rtasidagi parchaga e‟tibor qaratamiz:
“Nazoratchi qo„li bilan kameralar tomonga ishora qilib qo„ydi va nima deyarini
bilmayotgandek:
-
Onasi, - dedi zo„rg„a sas chiqarib. – O„lyapti.
Boshliq tushunmadi.
-
Kimning onasi o„lyapti?
-
To„qson oltinchining.
-
Aniqroq ayting.
-
No„mir to„qson oltinchi mahbusning onasi o„lyapti.
Boshliq kallasini qotirib eslab o„tirgisi kelmadi.
-
Kim ekan u,
-
To„qson oltinchi, - beixtiyor takrorladi nazoratchi.
Boshliq nima gapligini fahmlay olmayotgandek nazoratchining yuziga bir zum
tikilib turdi. Keyin nimadir esiga tushdi-yu:
-O„g„lingizmi? – deb so„radi.
Nazoratchi tosh qotdi. Uning qiyofasida, o„g„lim deb atab gunohini osonlikcha
kechib yuboramanmi, degan ifoda bor edi. Lekin hozir boshliqning izohtalab
savoliga javob bermay iloji yo„q, u hamon chaqchaygancha qarab turardi”
1
.
Qissada ruhiy dramalar nihoyatda kuchli ifodalangan. Xususan, qamoqxona
nazoratchisi Mels, uning o„g„li Toshmurod, moli o„g„irlangan uka va
boshqalarning ruhiyatida kechayotgan o„y-xayollar, toriqishu zoriqishlar barcha-
barchasi teran aks ettiriladi. Nazoratchining ismi ham davr shamolini o„zida aks
ettirgan. Ya‟ni proletar dohiylari Marks, Engels, Lenin, Stalin ismlari qisqartirilgan
shaklda Mels deb nomlangan. Shu birgina qahramon ismida davrning chuqur
fojiasi aks ettirilgan. Asarda ayniqsa, kampir va nazoratchi (er-xotin), Mels va
Toshmurod (ota va o„g„il), aka-uka munosabatlari, ular o„rtasidagi keskin
dramatizm maromiga yetkazib tasvirlanadi. Xususan, kampirning eri tomonidan
tinimsiz kaltaklanishi, uyidagi oxirgi unni qorib chalpak qilishi, uni o„g„liga atab
qamoqxona tarafga yo„lga chiqishi, chalpakning kuchukka yem bo„lishi, farzand
dog„ida kuya-kuya ado bo„lishi yuqori dramatizmda kuylanadi. Kampir oilada na
turmush o„rtog„i tomonidan, na o„g„li tomonidan qadrlanadi. Kampir og„ir ahvolda
to„shakda o„tar ekan, unga qarashgani chiqqan qo„shni kampir nazoratchiga qarata
shunday deydi:
Peshonang sho„r ekan sani, peshonaginang sho„r ekan! O„g„lingni turmaga
qamatib, xotiningni o„ldirib, bi-ir o„zginang so„ppayib yuradigan bo„lding-a! O„l-a,
bu kuningdan, o„l qo„y! Ikki juvonmargni tug„ib katta qilgan onang sanlardan nima
rohat ko„rdiki, boshqalar ko„rsin! Birovning parishtaday qizini urib-urib sochini
oqartirding, qaritding. Mana, endi qutilasan, mana endi durust xotin olasan, -
kampir birdaniga aytib turgan gapidan tondi. – Durust xotin olasan-a, durust xotin
olasan! Sochginasini tarab turgan ekanmi? Sanginaga qarab qolgan ekanmi? Baloni
olasan! Sanga mocha eshak ham hayf, hayf! Er bo„lguncha qaro yer bo„l, qaro yer
bo„l!- kampir eshik oldida qoqqan qoziqdek turgan serrayib turgan nazoratchiga
qaramay, ikki mushti bilan tizzalarini eza boshladi”
2
.
1
Бўтаев Ш. Шўродан қолган одамлар. – Тошкент: Ижод-пресс, 2019. – Б. 130-131.
2
Бўтаев Ш. Шўродан қолган одамлар. – Тошкент: ижод-пресс, 2019. – Б. 124.
Kuzatib turganimizdek, yozuvchi qo„shni kampir tili orqali o„lim to„shagida
yotgan onaning, ayolning butun hayotiga odilona chizgi beradi. Uning
qarg„ishlarida, mimika va jestlarida (ikki mushti bilan tizzasini ezishida) nihoyatda
hayotiylik, xalqonalik saqlangan. Kampir oldida serrayib turgan Mels Musaevni
xumoridan chiqqunicha qarg„ab, qora toshini chiqaradi. O„g„li Toshmurodni
qamoqxonadan ona bilan xayrlashib qolish uchun olib kelishni buyuradi. Afsuski,
Toshmurod otasi, ya‟ni nazoratchi yetovida uyga kirib kelganida, ona o„g„lining
yo„liga qaray-qaray olamdan ko„z yumadi. Uning oxirgi o„tinchini ham vojib eta
bilmagan noshud, kaltabin, kaltafahm er, ya‟ni nazarotchi shuncha fojialardan
so„ng, uning ko„nglida qandaydir yorishish sodir bo„ladi. Ya‟ni u o„zligiga,
insoniyligiga qaytadi. Lekin endi juda kech edi. Qissa shunday satrlar bilan yakun
topadi: “Havoni isiriq isi tutib borayotganini tuygan ongi yarq etib yorishganini his
etdi, o„rnidan turib, o„g„lining yelkasidan ushladi, uni o„ziga qaratib bag„riga
bosdi, mahkam quchdi – kechi-ir, bolam – erta-kechi yo„q, u buni angladi”
3
.
Shoyim Bo„taevning kampir yoki ona obrazini yaratishdagi ijodiy tajribalari
adibning so„nggi qissalaridan biri “Yulduzlarga eltar yo„l”da ham aks etgan.
Kitobga so„ngso„z yozgan M.Qo„chqorova qissa haqida shunday yozadi:
“Yulduzlarga eltar yo„l” qissasi markazida umrida ro„shnolik ko„rmay o„tgan bir
oila Hotam (ota), Buvish (ona), Tursunmurod (o„g„il)ning fojiaviy qismati turadi.
Tursunmurod ota-onasining xudodan tilab olgan yettinchi farzandi. Er-xotin
farzand dog„ida kuyib-ado bo„lgan. Ularning olti bolasi tug„ilib, o„n kun yashab-
yashamay olamdan ko„z yumgan.
Ota-bola Hotam bilan Tursunmurod bir-biridan yashirin ravishda ko„ngilli bo„lib
urushga ketishga ariza berishadi. Qora qismat bu oila hayotiga mash‟um chizig„ini
tortadi. Qissada Ismat pochtachi, Shohid Qarg„a obrazlari ham badiiy-mantiqiy
davomiylikka ega bo„lib, Hotam, Buvish, Tursunmurod, Ne‟matilla bobo, Bozor
bobo, Qumri opa. Ilyos Bo„tako„z, Nu‟mon qirtish. Elyor, Xushhol xola, Nosir
cho„tir. Hayit, Ilon, Qoraxayol kabi hayotiy va mifologik-ramziy obrazlar bir-biri
bilan uzviy aloqadorlikda aks ettirilgan. Ular bir-biriga bog„lanib, mustahkam
badiiy qo„rg„on barpo bo„lgan”
4
. Mazkur qissada tasvirlangan Buvish kampirning
psixologiyasi tasviri, ko„p jihatdan “Sho„rodan qolgan odamlar” qissasidagi ona
obrazi ruhiyati bilan bir-biriga yaqinlashadi. Har ikki ona, har ikki mushtipar
kampir farzand dog„ida kuyib ado bo„lishadi. Bittasi qamoqxonadagi o„g„lini kutib,
olamdan ko„z yumgan bo„lsa, ikkinchisi, urush tugaganiga necha o„n yillar o„tsa
ham, o„g„li Tursunmurodni sog„inib, yo„lga tikilib, farzandini kutadi. Bu haqda
olima shunday yozadi: “Buvish ena sochlari oqarib, munkillab qolsa ham,
3
Бўтаев Ш. Шўродан қолган одамлар. – Тошкент: Ижод-пресс, 2019. – Б. 164.
4
Бўтаев Ш. Юлдузларга элтар йўл. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2018. – Б. 150-151.
urushdan yigirma yil o„tsa ham, o„g„li Tursunmurodni kutaveradi. Chunki, ona
o„g„lining o„limi haqida xat olmagan. Yozuvchi insoniyat hayoti va tarixida
takrorlanib turuvchi urushlarning, bir-birini o„ldirishining Qobil va Hobil haqidagi
diniy mifologiya bilan naqadar uyg„un ekanligini, go„yoki, bu ulardan meros bo„lib
kelayotganligiga ramziy ishora beradi.
Qissada ikki badiiy falsafa bo„y ko„rsatadi, birinchisi urushlar insoniyat tarixida
bot-bot takrorlanadi, unga nuqta qo„yish mumkin. Ammo odamzodning
ruhoniyatidagi Shayton va Rahmon muhorabasi aslo to„xtamaydi. Odamzod Alloh
tomonidan mana shunday jazoga mustahhiq qilingan, degan keng qamrovli falsafa
bor. Aslida har ikki urush ham dahshatli. Dunyoni bo„lib olish uchun qilingan
siyosiy urushlar inson va jamiyat hayotini izdan chiqarsa, ruhoniyatdagi Shayton
va Rahmon kurashi har bir bandani istalgan soniyada jar yoqasiga olib kelishi
mumkin”
5
.
Qissada ertak va dostonlarga xos bo„lgan takroriy bayon, zachin (boshlanma)
bilan boshlash unsurlari istifoda etilgan. Bu adabiy usul esa Shoyim Bo„taevning
mazkur qissada folklor stilizatsiyasini mahorat bilan qo„llaganini ko„rsatadi.
Qissadagi voqealar “Shunaqa ekan. Shunaqa bo„lgan ekan. Shunaqa qilib...” degan
takroriy zachinlar bilan boshlanadi. Buvish onaning, Buvish kampirning farzandiga
bo„lgan ulkan mehri-muhabbati xuddi ertaklarga xos bayon uslubida ifodalandi.
Masalan, “Bug„doyzor tugab, bedazor boshlanipti.
Buvishning quvonchi ichiga sig„mas ekan. Tursunmurodning ko„zlariga termular
ekan. Go„dagining ko„zlari osmondek beg„ubor ekan. Ko„z ochmagan oltovlonning
ko„zlari ham shunaqa bo„lganmikan, deb o„ylagan Buvishning yuragi gupirar ekan,
toshib ketar ekan, munis ko„zlaridan oqib borayotgan yoshlarni ham o„zi payqamas
ekan”
6
. Olingan parchada birinchidan, onaning mehrga to„liq qalbi, bolajonligi,
ikkinchidan bayondagi xalqona uslub yorqin ochiladi. Shoyim Bo„taev har bir
qissasida yangicha uslub, yangicha obrazlar, yangi-yangi hayotiy voqealarni ochib
berishga intiluvchi iste‟dodli adib. Qolaversa, yozuvchi atay voqelikni o„tgan
zamon shaklida beradi. Albatta, bundan yozuvchining ko„zlagan maqsadi bo„lgan.
Urush tugaganiga ancha yillar bo„lishiga qaramasdan, Shoyim Bo„taev urush
mavzusiga yana qo„l uradi. Ehtimol, ayni sabab ham o„tgan asrda yuz bergan
ikkinchi jahon urushining odamlarga, oilalarga, jamiyatga yetkazgan zarari haqida
yozish uchun ertakkka xos o„tgan zamon shaklini qo„llashi bejiz emas. Hayotiy
voqealar ertakdek hikoya qilinadi. Qolaversa, yozuvchining otasi urush
ishtirokchisi bo„lgan. Shu hayotiy asos ham qissaga turtki bergan bo„lishi mumkin.
5
Бўтаев Ш. Юлдузларга элтар йўл. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2018. – Б. 152-153.
6
Бўтаев Ш. Юлдузларга элтар йўл. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2018. – Б. 19.
Yozuvchining “Kayvonining mangu makoni” ertak-qissasida ham kampir obrazi
uchraydi. Bu qissada tasvirlangan kampir va kayvoni erkak kinoyaviy nigoh bilan
yaratilgan. Adib “Kayvoni” nomiga teskari ma‟no yuklaydi. Bu elning oldi bo„lgan
kayvoni og„zi tinmay qarg„aydigan, kuchugini qarg„ab, uyidan quvib solgan,
so„ngra ko„ziga Oqtosh (kuchugining oti) ko„rinib, uyiga qaytarib kelishga jahd
qilgan ajabtovur fe‟lli, fikrlashi, dunyoqarashi nihoyatda haminqadar bir kishi
hisoblanadi. “Kayvonining mangu makoni”da ham folklor stilizatsiyasi,
afsonalarga ramziy badiiy-shartli ma‟nolar yuklash kuzatiladi. Yozuvchi qissa
janrini “ertak-qissa” deb belgilagan. Asarga Rumiydan quyidagi misra epigraf
sifatida olingan: “Tez oching zindonnikim, zulmat bosibdur beomon!”
7
. Qissada
Rumiy misrasidan ifodalangan johillik, johilona munosabatlar Beshkapa nomli
qishloq va u yerda yashovchi odamlar hayotidan hikoya etiladi. Qissa xalq ertaklari
singari zachin bilan (ammo bu zachin Shoyim Bo„taevga xos adabiy zachin -
boshlanma) bilan boshlanadi: “Yumaloq yer ustida, osmon gumbazi ustida bir
qishloq bo„lgan ekan.
Tog„ning shundoqqina etagida ekan.
Ko„chki xafvi ostida qolgan ekan.
Qadimda bu qishloqda besh tom bo„lgan ekan, shundan uning Beshkapa nomi
qolgan ekan.
Ko„chki xafvi tug„ilganida tomlar ko„paygan ekan.
Odamlarning fe‟li o„sha-o„sha ekan: qadimgidek.
Qaerdan bir katta chiqsa o„shaning tomirini o„zlariga olib kelib bog„lashar ekan:
qadimgidek.
Haminqadar qarindoshni tan olgilari kelmay, ko„rib ko„rmaslikka olib o„tishar
ekan: qadimgidek.
Qadimda undoq edi. Qadimda bundoq edi deb, o„z kemtiklarini xaspo„shlab
qo„yishar ekan”
8
.
Kayvonining qissaga olib kirilishidayoq Shoyim Bo„taevga xos kinoya, o„tkir
satira, kesatiq, istehzolar ko„zga tashlanadi: “Shu qishloqda bir kayvoni bor ekan.
Tovuqning kataginiyam buzib bo„lmaydi, deb aytib yurguvchi ekan.
Suygan matali shu ekan.
Ana shu kayvoniyam... o„pkasi to„lganicha uy tomiga chiqib sardevorga ketmon
uripti”
9
.
7
Бўтаев Ш. Кайвонининг мангу макони. – Тошкент: Ўзбекистон, 2011. – Б. 263.
8
Бўтаев Ш. Кайвонининг мангу макони. – Тошкент: Ўзбекистон, 2011. – Б. 263.
9
Бўтаев Ш. Кайвонининг мангу макони. – Тошкент: Ўзбекистон, 2011. – Б. 264.
Ko„chki xavfi tug„ilib, Besh kapaliklar boshqa joyga ko„chib ketishga majbur
bo„lishadi. Kayvonining o„y-xayollari, o„zini tutishi, yuz ifodasi adibning
kinoyaviy nigohi orqali chiziladi: “Kayvoni ancha fursat mutafakkirona o„y suripti.
Ikki qoshi o„rtasini bodomchaday tugun qilipti.
U yoq-bu yoqqa qadam tashlapti.
Xayol bilan bo„lib, yupqa lablarini chapillatib ham qo„yipti. Aslida, uning
bundaychangi odati yo„q ekan. Yana u yoqqa-bu yoqqa qadam tashlapti-da, bir
yerda to„xtab, barcha jumboqlarni bir himo bilan yechib yuboradigandek, ha-a,
deya xitop qilipti. So„ngra dunyoda tovuqning ham katagini buzib bo„lmasligi
haqida shunaqa dono gaplarni aytiptiki, bunday gaplarni uloqib ketgan matal
to„qigich ham harchand aytolmaskan; juda qoyil-maqom hikmatlar ekan, ularni
eshitgandan keyin dunyodagi barcha xumboshlarning tovuqboqar bo„lganiga hech
qanday shubha qolmaskan”
10
. Qissa matnida og„zaki so„zlashuv nutqiga xos uslub
saqlanib qolgan. Nazarimizda, bu yozuvchining ertak stilizatsiyasini to„la ifodalash
uchun qilgan ijodiy tajribasi mahsulidir. Yozuvchi ataylab, adabiy til me‟yorlariga
amal qilmaydi.
Shoyim Bo„taevning Kayvoni obrazini yaratishdagi kinoyasi hatto bora-bora
masxaraomuz darajaga chiqadi. Shu paytgacha boshqa qissalarida qo„llamagan
masxaraomuz kinoya “Kayvonining mangu makoni”da kuzatiladi. Hatto kayvoni
oldiniga erkalab, so„ngra esa qarg„ab yurgan iti haqidagi lavhalarda kinoyaviy
nigoh bilan satirik uslub qorishib ketadi. Qissada kayvoni obrazidan tashqari
Maston kampir obrazi ham bor. Maston kampir o„lgudek xasis, ziqna bir ayol. Och
qolib ketgan mardikorlar uning shaparagini yegach, battar ichlari siyrilib ketardi.
Adib Maston buvi qiyofasida birovga xayri tegmaydigan ayollar timsolini
mujassamlashtiradi. Bu qissada shunday ifodalanadi: “Maston buvi deganlari
kuvda ayron pishirgan, bir tuyur yog„ni chalpakka o„rab tushirgan, tishdan qolsa
ham gapdan qolmagan, ko„zdan qolsa ham gapdan qolmagan, yetti mahallani kezib
gap izlagan bir kampir ekan.
U non so„rab borgan quruvchilarga bitta qotgan shaparak beripti. Keyin u yoqqa
o„tsa ham shuni gapiripti, bu yoqqa o„tsa ham shuni gapiripti.
-
Hammaning ham non yeydigan tishi bor, - derkan u gapni
uzoqdan boshlab. – O„l qo„y-da! Biz bechoralardan non so„rab
kepti. O„zi qishga g„amlab
qo„yganim ikki qop bug„doy bo„lsa, uni tishimning kavagida asrab, yesammi-
yemasammi, deb yurgan bo„lsam-u, yana mendan non so„rab kelsa-ya! Mol-
hollarimiz o„tlaydigan joylarni egallab olib, qavat-qavat imoratlar solib yotishipti-
10
Бўтаев Ш. Кайвонининг мангу макони. – Тошкент: Ўзбекистон, 2011. – Б. 279.
yu, yana yeyishga nonlari yo„q emish. Imoratga pul topishar emish-u, non yeyishga
kelganda... bir g„arib kampirga kunlari qopti!
Maston buvi o„zini g„arib deb atapti.
Keyin ko„ngli to„liqib yig„lab ham yuboribdi”
11
.
Yozuvchi qissada Maston kampirning dardi holini berish orqali ikki yoqlama
kinoyaviy munosabat hosil qiladi. Birinchidan, yozuvchining Maston kampirga
kinoyasi, ikkinchi tomondan esa, qahramon, Maston kampirning dachalar qurib,
ustalarining qornini to„ydira olmaydigan zamonaviy “yangi boylar”ga kinoyasi
anglashiladi. “Kayvonining mangu makoni” qissasida o„tish davri odamlarining
qiyinchiliklari, pulsizlik, ishsizlik, kamdaromadlilik kabi qator ijtimoiy, maishiy
muammolar qalamga olingan. Ochlikdan sillasi qurigan Quruvchilar kayvonining
kuchugini so„yib yeyishadi. Kayvoni qish kunida, qor gupillab yog„ib turgan
pallada kuchugi Oqtoshni izlab, topib beringlar, deb akasi Avaz podachining uyiga
boradi. Avaz podachi kuchukni izlab yurib, uning to„kilib yotgan junini, qon
tomchilarini topadi. Kayvoni Avaz podachi bilan ukasini kuta-kuta o„zi yo„lga
tushadi. Bu qissada shunday tasvirlanadi: “Kayvoni yo„lga tushipti.
Kayvoni qiyamalik ostiga yetgach, tepaga qarapti: hammayoqni qor bosgan,
bilmagan odam qayoqdan yurishga ham hayron bo„lar ekan. Kayvoniga bo„lsa... bu
yerlar qadrdon joylar ekan, qanchalik qalin qor ostida qolgan esa-da, yo„lni iskab
bo„lsayam topa olar ekan – o„ziga-o„zi shunday depti; bundan tashqari daraxatlar,
na‟mataklar bor ekan, kayvoniga yo„l ko„rsatib turishar ekan...”
12
.
Qissa kayvonining fojiasi bilan yakunlanadi. Yo„qolgan kuchugini izlab, yo„lga
chiqqan kayvoni qor ko„chib, chuqurlikda oyoqlari sinib halok bo„ladi. Uni aka-
ukalari topib olib ketishadi. “Kayvoni” so„zi odatda, Ayollarga nisbatan ishlatiladi.
Shoyim Bo„taev bu qissada elning kayvonisi bo„lgan kishi (musofir odam) haqida
ertaknamo asar bitadi. Qissa yakunidagina Kayvonining ayol emas, erkak ekanini
anglab yetasiz. Qissaga asosiy syujet sifatida tanlangan voqea, kayvonining
kuchugini quvib solishi, so„ngra uni izlab yo„lga chiqishi, aka-ukalaridan yordam
so„rashi, o„zi ham Oqtoshni izlab, chuqurga tushib ketib halok bo„lishi satirik va
tragik lavhalar yaratilishga asos bo„lgan. Kayvoni o„zini juda aqlli qilib
ko„rsatishga urinadi. Og„zi tinmay yig„laydigan o„g„lini kelajakda buyuk shaxs
chiqadi, deb bashorat qiladi. U o„zini salkam bir bashoratgo„y, avliyo odamdek
tutadi. Yozuvchi ayollar ruhiyatining nihoyatda nozikligiga urg„u berib, ular
hayotidagi dramatizm va tragik holatlar sababini ochishga harakat qiladi.
Jumladan, Buvish kampir, nazoratchining ayoli farzand dog„ida kuyib vafot etgan
ona taqdiri sabablari aslida ularni qurshab turgan yaqinlari, hamkasblarining
11
Бўтаев Ш. Кайвонининг мангу макони. – Тошкент: Ўзбекистон, 2011. – Б. 311.
12
Бўтаев Ш. Кайвонининг мангу макони. – Тошкент: Ўзбекистон, 2011. – Б. 321.
loqaydligi, yordamga muhtoj odamlarga beparvo kuzatuvchi bo„lib yashaganliklari
oqibati ekanini haqqoniy yoritadi.
Inson ruhiyatining chuqur tahlili, uning ong osti, yashirin sir-sinoatlarini yanada
mukammal tushunish va tasvirlash doimo, eng qadimgi davrlardan boshlab
adabiyotning eng asosiy muammosi bo„lib kelgan. Shu bois badiiy asarda inson
ruhiyatining chuqur va batafsil tahlilini adabiyotning sifat belgisini ko„rsatuvchi
xususiyat deyish mumkin. Ruhiyat tasviri muammosi jahon ilm-fanidagi kabi
o„zbek adabiyotshunosligida ham doimo muhim va dolzarb tadqiqot muammosiga
aylanib kelgan.
Istiqlol davri o„zbek qissachiligida iste‟dodli ijodkor Shoyim Bo„taev o„zining
qator qissalari bilan adabiy jamoatchilik va keng kitobxonlar ommasi nazariga
tushdi. Jumladan, qissanavis shu kunga qadar “Sho„rodan qolgan odamlar”, “Eski
arava”, “Kunbotardagi bog„”, “Bir kunlik mehmon”, “Shohona sovg„a”, “Shamol
o„yini”, “Kayvonining mangu makoni”, “Yulduzlarga eltar yo„l” kabi o„nga yaqin
asarlar yaratdi. Shu qissalar orasidan adibning “Shohona sovg„a” qissasiga
to„xtalamiz. Chunki, bu qissada bizni qiziqtirgan ruhiy xasta ayol Gavhar obrazi
bor. Qissada voqealar sobiq vazirning bundan roppa-rossa yigirma yil oldin Arab
mamlakatlaridan biriga borganida keksa podsho sovg„a qilgan antiqa hassa atrofida
kechadi. Sho„ro davrining kommunist odami bo„lib yashagan sobiq vazir katta
lavozimlarda ishlagan bo„lsa ham, juda oddiy va kamtarona hayot kechiradi. U o„z
vijdoni va xalqiga, mamlakatiga xiyonat qilmasdan halol yashaydi. Uning halolligi
na o„g„liga, na qiziga yoqadi. Qissada ikki davr odami, ya‟ni sho„rodan qolgan
sobiq vazir bilan unga teskari ravishda bozor iqtisodiyoti davri, ya‟ni o„tish
davrining pulxo„rak odamlari timsoli bo„lgan o„g„il va qiz qarshi qo„yiladi. Sobiq
vazir o„ylab-o„ylab ota yurtiga qaytib ketishga qaror qiladi. Qishloqda uni
qarindosh-urug„lari yoqtirinqiramay kutib olishadi. Chunki, oradan ancha yillar
o„tib ketgach, otasidan qolgan hovliga to„satdan tashrif buyurgan Tog„aning
o„g„liga bu malol keladi. Jiyan hovlini tartibga keltirib, bog„ qilgan, devor qurgan,
xullas, hovlida anchagina o„zgarishlar qilgan. Tog„aning ota uyiga qaytib kelishi,
jiyanni tashvishga soladi. Ammo ko„pni ko„rgan Tog„a o„g„lini tinchlantiradi.
Qissada voqealar ham qahramonlar ishtiroki ham kinoyaviy nigoh bilan kuzatiladi.
Masalan, vazirning ota uyiga eshak aravada ko„ch-ko„roni bilan olib borilishi
quyidagicha kinoyaviy modusda mahorat bilan chiziladi: “Ertasi kuni tushga yaqin
sobiq vazirning ko„ch-ko„roni, ko„rpa-to„shagini ikkita uzoq qarindoshi eshak
aravaga yuklashdi. Uning o„zini yuklarning ustiga o„tqazishib, hassasini qo„liga
tutqazib qo„yishdi. Bu eshak aravaga hamisha go„ng tashilar, somon, poxol, pichan
ortilar, har xil qalang„i-qasang„i, usti boshi ming yamoq odamlar minishar,
yasalaganidan buyon bunaqa obro„li, shlyapa-yu shim-kostyumdagi, hatto,
bo„yinbog„ bog„lagan, hatto bir yil avval ham vazir bo„lib ishlab turgan odamning
endi o„tirishi edi. Bu eshak arava, qishloqdan boqqa olib boriladigan yo„lni, bu
yo„ldagi shu bugungi safarni keyinchalik zavq-shavq bilan eslasa arzirdi”
13
. Butun
qishloq ahli, hatto Tog„a ham uning qo„lidagi antiqa hassaga qiziqib qoladi.
Ularning nazarida, Arab mamlakatining podshosi bu hassani Sobiq vazirga bejizga
sovg„a qilmagan. Bu matohda qandaydir sir bor. Yozuvchi voqealar va
xarakterlarni shu hassa va sobiq vazir tevaragida hikoya qiladi. Ammo to„satdan,
qissaga yangi qahramon kirib keladi. Bu vazirning ota uyida vaqtincha yashab
turgan, og„zi shaloq, shallaqi Gavhar ismli ayol. Qissada Gavhar obrazi, unga xos
tashqi ichki ruhiy tavsif yozuvchining o„tkir kinoya va istehzolari bilan
tasvirlanadi: “Gavhar o„ttizlarga borib qolgan, qop-qora, devqomatu fil kuchiga
yarasha yaratgan tildan ham unga uch-to„rt quloch bergan, qayoqdagi bo„lmag„ur
so„zlarni topib shallaqilik qilishga suyagi yo„q edi.
Qaynota-qaynonasi uning ishidan rozi, o„zidan rozi, uy tutishidan rozi,
qo„chqorday-qo„chqorday nevaralar tug„ib berganidan rozi, tildan bezor edilar! Bu
tildan qo„ni-qo„shniyu butun qishloq ahli ham zir-zir titrashar edi.
Agar u tiliga erk beradigan bo„lsa, to„fonday toshar, bo„ronday quturar edi.
Qadimgi yunon shoiri Yevripid aynan shu Gavharni tasavvur etib, o„z
zamonasida unga qasida bitib ketganday edi:
Dahshatlidir quturganda dengiz to„foni,
Dahshatlidir suv toshqini, yong„in balosi,
Dahshatlidir qashshoqlik ... lek johil ayolning
G„azabidan qahhor dahshat yo„qdir va bo„lmas!”
Alal-oqibatda uning tilidagi hayajon qo„ligayam o„tib, birovlarni bosib urar,
shundan keyingina xumoridan chiqib, sokin nafas olar edi”
14
.
Shoyim Bo„taev kutilmaganda, qissa sahnasiga odatdagidek, sipo, go„zal,
muloyim yoki o„qimishli, ziyoli ayol obrazini emas, aynan og„zi shaloq, hatto
quturib ketib, birovlarni ustiga chiqib do„pposlab, urib tashlaydigan, mana shunday
ruhiy jihatdan nosoz, johil ayol obrazini olib kiradi. Albatta, Shoyim Bo„taev
talqinidagi Gavhar obrazini Xurshid Do„stmuhammad yaratgan Gulgun, Gulshod,
Chamanmomo obrazlari bilan bir qatorga qo„yib bo„lmaydi. Chunki, Xurshid
Do„stmuhammad talqinidagi ayollar or-nomusi uchun kurashgan ayollardir.
Shoyim Bo„taev talqinidagi Gavhar esa tamomila boshqacha salbiy tip hisoblanadi.
Ammo har ikki qissada ayollar jinoyatga qo„l uradi. “Chayongul”da opa
singlisining nomusini himoya qilaman deb, qotilga aylangan bo„lsa, “Shohona
sovg„a”da Gavhar ruhan buzuq fe‟li tufayli, sobiq vazirni urib o„ldirib qo„yadi.
13
Бўтаев Ш. Шоҳона совға. Кўчада қолган овоз. – Тошкент: Маънавият, 2005. – Б. 134–135.
14
Бўтаев Ш. Шоҳона совға. Кўчада қолган овоз. – Тошкент: Маънавият, 2005. – Б. 138.
Demak, qissalarda aks ettirilgan bu ayollar obrazini “qotil ayol” yoki “jinoyatga
qo„l urgan ayol” sifatlari birlashtiradi.
Yozuvchi Gavhar obrazi tasvirida ham kinoyaviy badiiy vositalardan, yana
boshqa tomondan satirik badiiy shartli vositalardan nihoyatda mahorat bilan
foydalanadi. Gavhar timsolida johil, ruhiyati muvozanatdan chiqqan Ayolni
kuzatamiz. Adib bu obrazning hayotiyligi va jonliligini ta‟minlash maqsadida
uning xatti-harakatlari va gapirish manerasini, tashqi, ichki ruhiy dunyosini tabiiy
tasvirlaydi. Shahardan qishloqqa qaytib kelgan sobiq vazir aynan o„z ajali bo„lajak
Gavhar yashayotgan hovliga ko„chib keladi. Gavhar eshak aravada yetib kelgan
Vazirni vaysaqi gap-so„zlari bilan qarshi oladi: “ – Vo-oy aylanayin vazir bovadan!
– deya, tinmay shaqillay ketdi. – Aravada o„tiribdilarmi-ya! Shunday vazirbova-
ya! Rahmatli otam aytardilarki, vazir bova kelaversalar, hamma tik oyoqda boshini
egib turadi, deb. Nimaga boshini egadi shuncha odam? Chiqib kutib olmaymanmi?
Chiqibgina kutib olmaymanmi-ya?..”
15
. Yozuvchi endi bir hovlida yashashga
mahkum etilgan ikki qahramonni ilk bor uchrashtirganda, ham satirik, ham ironik
bayon uslubini qo„llaydi. Zero, quyidagi parchada buni yaqqol kuzatish mumkin:
“Eshak arava ustida yaroqbardori Sancha Panchoni kutayotgan dilovar ritsar Don
Kixotdek bo„lib o„tirgan sobiq vazirni ko„rgan zahoti Gavhar taqqa to„xtab,
valdirashni-da bas qilib qotdi-qoldi. Faqat harsillagani eshitilar, tog„day-tog„day
ko„kraklari gursillab ko„tarilib tushayotgandek edi. Keyinchalik u o„zining bu
holati haqida, mani vazir bovaning hayosi-yu salobati bosib qoldi, deb ochiq-oydin
aytdi”
16
.
Gavhar qo„lini oshpichoq bilan kesib olib, tuman markazidagi shifoxonaga
borganida yosh shifokor ko„rigidan o„ta turib, almoyi-jalmoyi gaplari bilan
shifokorning og„zini ochiq qoldiradi. Natijada, ruhiy kasallar shifokori Gavharga
shizofreniya degan tashxis qo„yadi. Yozuvchi asarda Gavharga ruhiy kasal tashxisi
qo„yilib, davlat himoyasiga olingach, qishloqdagi hamma ayollar shifokordan shu
tashxisni qo„yib, nafaqaga chiqarishlarini iltimos qilib kelishiga ham ironik, satirik
ma‟no yuklaydi. Bunday tasvir orqali jamiyatimizda tekinxo„rlikka ruju‟ qo„ygan
qanday yo„l bilan bo„lsa-da, davlatdan pul undirish, sarmoya topishga urinayotgan
zamondoshlarimiz ustidan zaharxanda kuladi. Gavhar o„ziga qo„yilgan tashxisdan
g„ururlanib, butun qishloq ayollariga maqtanib, bu gapni hamma yoqqa ovoza
qiladi. Shoyim Bo„taev o„zbek qissachiligida hali shu kungacha yaratilmagan
devona ayol obrazini to„laqonli yaratishga muvaffaq bo„ladi.
Hovliga bog„ qurib yashab o„tirgan Gavhar uchun uni eshitadigan odam topiladi.
Ya‟ni, bu – Vazir bova. Gavharni butun oila a‟zolari qilig„idan bezor bo„lishib,
15
Бўтаев Ш. Шоҳона совға. Кўчада қолган овоз. – Тошкент: Маънавият, 2005. – Б. 140.
16
Бўтаев Ш. Шоҳона совға. Кўчада қолган овоз. – Тошкент: Маънавият, 2005. – Б. 140-141.
odam kam keladigan shu boqqa ko„chirishadi. Gavhar bora-bora uni o„zidan ham
past ko„ra boshlaydi. Ikkalasi aytishib qolib, Vazir bova uni qo„lidagi hassa bilan
kaltaklayman deb, hassani yong„oq daraxtiga urganda, hassa ikkiga bo„linib,
ichidan tillalar “shuv” to„kiladi. Nima bo„lganini anglay olmay qolgan Vazir bova
bir zumda yuragini changallab yiqiladi. Shizofrenik ruhiy kasal tashxisi qo„yilgan
Gavhar tilla bilan jezning farqiga borardi, albatta. Ikki raqib bir-biri bilan olishib,
tabiiyki, Vazir bova filday Gavharning tagida shilqa tushib olamdan ko„z yumadi.
Yozuvchi davri o„tgan odam, sho„rodan qolgan odam Vazir bovaning butun umr
halol yashadim, deb yurib, umri oxirida hassasidan chiqqan tillalarni ko„rib,
makkor arab podshosining ayyorona kulgisini ko„z oldiga keltiradi. Uning butun
umrlik kommunistik e‟tiqodiga zid ravishda u Arab podshosidan pora olgan bo„lib
chiqadi. Vazir bovani Gavharning shallaqiligi emas, balki, vijdon azobi yuragini
yorib o„limga mahkum etadi. Xullas, Shoyim Bo„taev qissada Gavhar kabi antiqa
johil ayol obrazini yaratar ekan, bu orqali jamiyatdagi ko„pdan-ko„p salbiy tiplarni,
salbiy xarakterlarni kinoya qiladi.
Adabiyotlar:
1.O.Yoqubov. Qaydasan Moriko. Qissalar, dramalar, hikoyalar, etyudlar,
maqolalar. –Toshkent, „Sharq“, 2012. -432 bet.
2.U. Rasulova. XX asr o„zbek qissalari tadriji. –Toshkent, “Fan”, 2012.-60 bet.
3.U. Hamdam. Yangilanish ehtiyoji. –Toshkent, “Fan”, 2007.
4.Ulug„bek Hamdam. Uzoqdagi dilnura. Qissa, hikoyalar va she‟rlar. –T.,
”Akademnashr”, 2010. –232 bet.
5.Isajon Sulton. Boqiy darbadar. Roman. –T., ”O„zbekiston”, 2011. -280 bet.
6.G„afurov I. Mangu latofat. Badiyalar, risolalar. 2-kitob. – Toshkent, “Sharq”,
2008. -298 bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |