Ijtimoiy xulq-atvor xususiyatlari (Aitruistik xususiyatlar. Attraktsiya. Deviant xulq- atvor. Konformizm. Namoyishkorona xulq-atvor.)
Odamlarning o’z-o’zi bilan muloqoti aslida uning boshqalar bilan muloqotining harakterini va xajmini belgilaydi. Agar odam o’z-o’zi bilan muloqot qilishni odat qilib olib, doimo jamiyatdan o’zini chetga tortib, tortinib yursa, demak, u boshqalar bilan suhbatlashishda, til topishda qiyinchiliklarni boshdan kechiradi, deyish mumkin. Demak, boshqalar bilan muloqot - muloqotning ikkinchi bosqichidir.
A.N.Leontev o’zining "Psixika taraqqiyotidan ocherklar" kitobida muloqotning uchinchi shakli-avlodlar o’rtasidagi muloqotning ahamiyati to’g’risida shunday deb yozadi; "Agar barcha katta avlodlar ulib kyotganda, insoniyat to’g’ri yo’q bo’lib ketmasdi, lekin jamiyatning taraqqiyoti ancha orqaga surilibgina emas, balki yo’qolib ham ketishi mumkin edi". Xakikatdan ham, avlodlararo muloqotning borligi tufayli har bir jamiyatning o’z madaniyati, madaniy boyliklari, kadriyatlari mavjud bo’ladiki, buning ahamiyatini tushungan insoniyatning eng ilgor vaqillari uni doimo keyingi avlodlar uchun saklab keladigan hamda ta’lim, tarbiya ham kundalik muloqot jarayonida uni avloddan-avlodga o’tkazadilar.
Muloqot murakkab jarayon bo’lganligi uchun ham ayrim olingan muloqot shaklini analiz qilganimizda, unda juda xilma-xil ko’rinishlar, komponentlar va qismlar borligini aniqlashimiz mumkin, G.M.Andreyeva muloqotning quyidagi to’zilishini taklif etadi:
1. Muloqotning kommunikativ tomoni (ya’ni muloqotga kirishuvchilar o’rtasidagi ma’lumotlar almashinuvi jarayoni).
2. Muloqotning interaktiv tomoni (ya’ni muloqotga kirishuvchi tomonlarning xulq-atvorlariga ta’sir jarayoni).
3. Muloqotning perseptiv tomoni (ya’ni muloqotga kirishuvchi tomonlarning bir-birlarini idrok etishlari va tushunishlari bilan bog’liq murakkab psixologik jarayon).
Bu strukturaning har bir tomonini batafsil kurib chiqamiz.
Ko’pgina olimlar muloqotning inson hayotidagi ahamiyatiga tuxtalib utar ekanlar, uning qator vazifalari, funksiyalarini ajratadilar. Masalan, Taniqli rus olimi B.F.Lomov uning funksiyalariga quyidagilarni kiritadi; a) ma’lumotlar almashinuvi funksiyasi: agar rasmiy muloqot odamlarning jamiyatda bajaradigan rasmiy vazifalari va xulq-atvor nomlaridan kelib chiksa, masalan, rahbarning o’z qo’l ostida ishlayotgan xodimlar bilan muloqoti, professorning talaba bilan muloqoti va xokazo, norasmiy muloqot - bu odamning shaxsiy munosabatlariga tayanadi va uning mazmuni usha suhbatdoshlarning fikr-uylari, niyat-maqsadlari va emosional munosabatlari bilan belgilanadi. Masalan, dustlar suhbati, poyezdda uzoq safarga chiqqan yo’lovchilar suhbati, tanaffus vaqtida talabalarning sport, moda, shaxsiy munosabatlar borasidagi munozaralari. Odamlarning asl tabiatlariga mos bo’lgani uchun ham norasmiy muloqot doimo odamlarning hayotida ko’prok vaqtini oladi va bunda ular charchamaydilar. Lekin shuni takidlash kerakki, odamda ana shunday muloqotga ham qobiliyatlar kerak, yani uning qanchalik sergapligi, ochik kungilligi, suhbatlashish yo’llarini bilish, til topishish qobiliyati, o’zgalarni tushunishi va boshqa shaxsiy sifatlari kundalik muloqotning samarasiga bevosita tasir kursatadi. Shuning uchun hamma odam ham rahbar bo’lolmaydi, ayniqsa, pedagogik ishga hamma ham qo’l uravermaydi, chunki buning uchun undan ham rasmiy, ham norasmiy muloqot texnikasidan xabardorlik talab qilinadi.
Til shaxslar o’rtasida aloqa vositasi bo’lib, uning yordamida kishilar bilgan ma’lumotlari va xoka’zolarni bir birlariga yotkazadilar. Ma’lumki, aloqa vositasi sifatida nutkning asosan ikki turi farklanadi: yozma nutk hamdaogzaki.
Og’zaki nutkning o’zi dialogik va monologik turlarga bo’linadi. Dialogik nutkning mazmuni, uning harakteri, davomiyligi muloqotda kirishgan shaxslarning shaxsiy qarashlariga, qiziqishlariga, bir birlariga bo’lgan munosabatlariga, maqsadlariga bevosita bog’liq bo’ladi. Shuning uchun ham o’qituvchi bilan o’quvchining, siyosiy rahbarlarning, diplomantlarning, kuchada uchrashib qolgan dugonalarning dialogik suhbatlari bir- biridan fark qiladi.
Monologik nutk esa, bir kishining boshqa kishiga yoki shular guruhiga nisbatan murojaati bo’lib, uning psixologik to’zilishi, fikrlarning mantikan tugal bo’lishi, gapirayotgan paytda grammatik qonun qoidalariga rioya qilish kerakligi kabi shartlari mavjud. Masalan, ma’ruzaga tayorlayotgan talaba tayorgarlik paytidan boshlab, ma’ruza qilib bo’lgunga kadar, qator ichki ruhiy kechinmalarni boshdan kechiradi, unga ko’p kuch va vaqt sarflaydi. Dialogik nutkga nisbattan bu nutk turi murakkabrok hisoblanadi.
Odamlar muloqot jarayonida so’zlardan tashkari turli xil harakatlardan, qiliklardan, holatlardan, qo’lgu, oxanglar va boshqalardan ham foydalanadilar. Qiliklar, mimika, oxanglar, tuxtashlar, (pauza), hissiy holatlar qo’lgu, yigi, kuz qarashlar, yuz ifodalari va boshqalar o’zaro muloqotning nutksiz vositalari bo’lib, ular muloqot jarayonini yanada kuchaytirib, uni tuldiradi, bazan esa nutkli muloqotning o’rnini bosadi.
Buyo’q rus yozuvchisi L. Tolstoy odamlarda 97 xil qo’lgu turi hamda 85 xil kuz qarashlari turi borligini kuzatgan. G. M. Andreyevaning yozishicha, odam yuz ifodalari, nigoxlarning 2000 ga yaqin ko’rinishlari bor. Ayniqsa, birinchi bor uchrashganda kuzlar to’knashuvi, nigoxlarning roli keyingi muloqotning takdiriga kuchli tasir ko’rsatishi, maxsus tadqiqotlar jarayonida o’rganilgan. Bularning barchasi muloqotning hissiy tomondan boy, mazmundor bo’lishini taminlab odamlarning bir-birlarini tushunishlariga yordam beradi. Muloqotning noverbal vositalarining milliy hamda xududiy xususiyatlari borligini ham alohida ta’kidlab utmogi lozim. Masalan, o’zbek halqining muloqot jarayoni boy, o’zaro munosabatlarining bevosita harakteri unda shunday vositalarning ko’prok ishlatilishi bilan bog’liq. Bolalarning o’z yigisi bilan onasiga o’z his-kechinmalari o’z xohishlarini bildirishlarini ham bolalarning yosh xususiyatlariga bog’liq. Boshqa millatlar madaniyatiga nazar tashlanadigan bo’lsa, ularda ham ba’zi bir muloqot vositalarning turli millatlarda turli maqsadlarda ishlatilishining guvoxi bo’lishi mumkin. Bolgarlar agar biron narsa bo’yicha fikrni tasdiklamoqchi bo’lishsa, boshlarini u yok bu yokka chaykashar, inkor qilishmoqchi bo’lishsa-chi, aksincha, bosh siltashar ekan. Malumki, o’zbeklar, ruslar va bir qator boshqa millatlarda buning aksi.
Noverbal muloqotda suhbatdoshlarning fa’zoviy joylashuvlari ham katta ahamiyatga ega. Masalan, ayollar ko’prok hissiyetlarga boy bo’lganliklari sababli, suhbatlashayotganlarida bir-birlariga yaqin turib gaplashadilar, erkaklar o’rtasida esa doimo fazoviy masofa bo’ladi. Olimlarning aniqlashlaricha, bolalarni odatdagiday orqama-ketin o’tkazib ukitgandan ko’ra, ularni yuzma-yuz o’tkazib davra qilib ukitgan ma’qul emish, chunki bunday sharoitda o’quvchilarda ham javobgarlik hissi yuqorirok bo’lar ekan hamda emosiyalar almashinishgani uchun ham guruhdagi psixologik vaziyat ijobiy bo’lib, bolalarning predmetga va bir-birlariga munosabatlari ancha yaxshi bo’lar ekan.
Demak, ta’lim-tarbiya jarayonini tashqil etishda muloqotning barcha vositalariga, ayniqsa, nutkka e’tibor berish kerak. Bolalarni ilk yoshlik chog’laridanok nutk madaniyatiga o’rgatish, nutklarini o’stirish choralarini kurish zarur. Pedagog esa shunday nutk madaniyatiga ega bo’lishi kerakki, u avvalo uning faoliyatini to’g’ri tashqil etishni ta’minlasin, qolaversa, bolalarda nutkning usishiga imkoniyat bersin. Buyuk pedagogimizdan V.A.Suxomlinskiy ham o’kituvchining madaniyati to’g’risida gapirib, bu madaniyatning tarkibiy va asosiy qismi nutk madaniyati ekanligini bejiz ta’kidlamagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |