10-Mavzu: Sharq psixologiyasida shaxs muammosi.
Reja:
1.Sharq psixologiyasida shaxs muammosi.
2.Psixologik o`sish.
3.Psixologik rivojlanish:shaxs kamoloti bosqichlari.
Tayanch so`zlar:
shaxs, o`sish, rivojlanish, o`zlik, men, psixodinamik,
ijtimoiy-dinamik , interaksion.
SHarqda umuman boshqacha holat edi. Induizm va buddizmda shaxs inkor etilib,
faqatgina «o‘zlik» e’tirozsiz tan olinadi. K. YUngning psixoanaliz nazariyasiga
asosan «shaxs» tushunchasi odamning jamiyatdagi ijtimoiy roli bilan bog‘liq.
Hayoti jarayonida u ijtimoiy talablarga mos ravishda o‘zini tutishni o‘rganadi. Har
bir kasb uchun, masalan, jamiyat a’zosi taqib yuradigan ma’lum niqob xosdir.
SHaxs xarakterni tashkil etuvchi bo‘lib hisoblanmaydi, lekin u bilan uzviy bog‘liq
bo‘lib, ichki «Men»ning himoyasi sifatida faoliyat yuritadi. Ko‘pgina tillarda
mavjud bo‘lgan «o‘zlikni yo‘qotish» iborasi o‘zining egallab turgan o‘rnini va
darajasini yo‘qotishni bildiradi. SHarq tillarida (xitoy, yapon) shaxs tushunchasi
odamning yuzi bilan emas, balki butun tanasi bilan bog‘lanadi. Evropa
an’analarida yuz tana bilan birgalikda o‘rganiladi, chunki inson chehrasi ruhining
timsolidir, xitoyliklar tafakkurida esa «yashovchanlik» tushunchasiga individning
ham ma’naviy, ham vujudiy sifatlari kiradi. SHu asosda, avval boshidan «shaxs»
tushunchasiga ma’lum hayotiy rollarni ijro etganda o‘ziga xoslikka ega bo‘ladigan
tashqi, yuzaki ijtimoiy obraz – qandaydir «shaxs», atrofdagilarga qaratilgan
ijtimoiy yuz ifodasi kiritilgan edi. 19 asrning dastlabki o‘n yilliklarida
shaxspsixologiyasi muammolari bilan faylasuflar bilan bir qatorda shifokor-
psixiatrlar ham shug‘ullana boshladi. Ular birinchilar qatorida klinika sharoitlarida
bemor shaxsi ustidan muntazam ravishda kuzatuvlar olib bordilar, uning xulq-
atvorini yaxshiroq tushunish maqsadida bemor hayoti tarixini o‘rgandilar.
Psixiatrlarning diqqat markazida bemor odamda odatda aniqlanadigan shaxs
xususiyatlari bo‘ldi. Keyinchalik ular tomonidan aniqlangan o‘ziga xos
xususiyatlar sog‘lom odamlarning deyarli barchasida mavjudligi, lekin ularda
kuchsiz holatda, bemorlarda esa o‘ta kuchli tarzda ifodalanishi aniqlandi. Bu,
masalan, xavotirlik va rigidlik, tormozlanganlik va qo‘zg‘alganlik holatlariga
tegishlidir. SHaxsni aniqlovchi xislatlar shifokor-psixiatrlar tomonidan shunday
atamalar bilan belgilangan ediki, ular yordamida ham normal, ham patologik, ham
aksentuatsiyalangan shaxsga ta’rif berish mumkin edi. SHunga qaramasdan, ushbu
yondashuvpsixologiya nuqtai nazaridan mukammal deb hisoblanmaydi. Bunday
yondashuvlar normal shaxsni yaxlit holda ta’riflash uchun juda qisqa va etarli
emas. Bunday aniqlash turiga turli sharoitlarda aniq ifodalanuvchi, doimo ijobiy,
«mutanosib» bo‘lgan shaxs xususiyatlari kiritilmagan edi. Bularga misol qilib,
layoqatlar, axloqiy sifatlar va boshqa shaxs xususiyatlarini keltirish mumkin. XX
asrning dastlabki o‘n yilliklariga kelibgina, shaxs, ungacha inson holatlari va bilish
jarayonlarini tadqiq etish bilan shug‘ullanayotgan psixologlar tomonidan o‘rganila
boshladi. XX asrda psixologiyada tajriba tadqiqotlari jadal olib borilgani uchun,
ularga farazlarni aniq tekshirish va asoslangan faktlarga ega bo‘lish maqsadida
ma’lumotlarni matematik-statistika usulida hisoblash qo‘llanildi. SHu asosda,
psixologlar uchun uzoq yillar davomida mutanosib shaxsni tadqiq etishning
ishonchli va valid test metodlarini ishlab chiqish birinchi navbatdagi funksiya
bo‘lib qoldi. SHaxsga tegishli bo‘lgan nazariyalar va konsepsiyalarni tasniflashga
nisbatan yondashuvlarning turli xillari mavjud. Masalan, R.S.Nemov shaxsga doir
nazariyalarning 48 tasini keltiradi, ularning har biri tasniflashga asos bo‘ladigan
besh ko‘rsatkich bo‘yicha baholanishi mumkin. Bularga xulq-atvorni tushuntirib
berish usuli; shaxs haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish usuli; shaxsga burchak
ostidan qarash; yosh darajalari; shaxsni tasvirlab eruvchi tushunchalar kabi
ko‘rsatkichlar kiradi. Mavjud bo‘lgan shaxs nazariyalarining barchasini xulq-
atvorni tushuntirib berish usuli bo‘yicha
Do'stlaringiz bilan baham: |