10-mavzu: Qurilishni nazorat qilish va amalga oshirishning huquqiy asoslari. Reja



Download 23,57 Kb.
bet1/3
Sana30.03.2022
Hajmi23,57 Kb.
#519196
  1   2   3
Bog'liq
10-маъруза


10-mavzu: Qurilishni nazorat qilish va amalga oshirishning huquqiy asoslari.
REJA

  1. Qurilish ustidan davlat nazorati, buyurtmachilarning texnik nazorati, ishlab chiqaruvchining mualliflik nazorati, pudratchining ichki nazorati va ularni o’tkazishning huquqiy asoslari.

  2. Qurilishni tashkil etish va amalga oshirishning huquqiy tartibi.

  3. Obyektlarni qabul qilish va foydalanishga topshirish.



1. Qurilish ustidan davlat nazorati, buyurtmachilarning texnik nazorati, ishlab chiqaruvchining mualliflik nazorati, pudratchining ichki nazorati va ularni o’tkazishning huquqiy asoslari.
Qurilishni nazorat qilish shaharsozlik faoliyati subyektlari tomonidan qurilishga tayyorgarlik ko’rish, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, qurilish-montaj, ishga tushirish-sozlash ishlarini bajarish, obyektni foydalanishga qabul qilib olish davrida shaharsozlik to’g’risidagi qonun hujjatlariga hamda shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.
Shaharsozlik kodeksining 26-moddasiga ko’ra, shaharsozlik faoliyati obyektlarini qurish chog’ida quyidagilarning amalga oshirilishi ta’minlanishi lozim bo’ladi:
qurilish ustidan davlat nazorati;
buyurtmachining texnik nazorati;
ishlab chiquvchining mualliflik nazorati;
pudratchining ichki nazorati.
Shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat nazorati O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasidagi nazorat inspeksiyasi (bundan buyon matnda Inspeksiya deb yuritiladi) va uning hududiy inspeksiyalari (bundan buyon matnda hududiy inspeksiyalar deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Inspeksiya va hududiy inspeksiyalar o’z vakolatlari doirasida:
mahalliy davlat hokimiyati organlariga va maxsus vakolatli davlat organining hududiy bo’linmalariga shaharsozlik to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzgan holda qabul qilingan qarorlarni bekor qilish haqida taqdimnomalar kiritadi;
binolar va inshootlarning zilzilabardoshliligiga ta’sir qiluvchi, shuningdek fuqaro hayoti va sog’lig’iga tahdid soluvchi konstruktiv qoidabuzarliklar aniqlangan hollarda qurilish-montaj ishlarini to’xtatib turadi hamda demontaj ishlari amalga oshirilishini talab qiladi;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan qurilish sohasida ruxsat berish tartib-taomillariga rioya qilinmagan va aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etish bo’yicha kamida ikkita ko’rsatma bajarilmagan hollarda qurilish-montaj ishlarini to’xtatib turadi va demontaj ishlarini olib borish to’g’risidagi da’vo bilan sudga murojaat qiladi;
yuridik va jismoniy shaxslarga shaharsozlik faoliyati sohasida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish bo’yicha bajarilishi majburiy bo’lgan ko’rsatmalarni, ularni bajarishning shaharsozlik faoliyati obyektidagi huquqbuzarliklarni bartaraf etish uchun zarur bo’lgan mutanosib muddatlarini, lekin ko’pi bilan oltmish kunni belgilagan holda, beradi;
shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishga doir lisenziyalarning hamda ruxsat beruvchi hujjatlarning amal qilishini to’xtatib turish, tugatish yoki ularni bekor qilish to’g’risidagi masalani hal etish uchun tegishli davlat organlari hamda tashkilotlarga taqdimnomalar yuboradi;
shaharsozlik faoliyati obyektlarida binolar hamda inshootlarning zilzilabardoshliligiga ta’sir qiluvchi, shuningdek inson hayoti va sog’lig’iga tahdid soluvchi sifatsiz qurilish materiallari, konstruksiyalari hamda buyumlari qo’llanilganligi aniqlangan hollarda, qurilish materiallarini, konstruksiyalarini va buyumlarini ishlab chiqarishni, realizasiya qilish hamda qo’llashni to’xtatib turish haqida tegishli davlat organlari va tashkilotlarga taqdimnomalar yuboradi;
qurilayotgan obyektlarga moneliksiz kiradi va davlat nazorati vazifalarini amalga oshiradi;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan shaharsozlik to’g’risidagi qonun hujjatlari, shaharsozlik normalari hamda qoidalari talablariga, qurilishda qo’llaniladigan qurilish materiallari, konstruksiyalari va buyumlarining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq bo’lishiga rioya etilishi ustidan, shuningdek texnik va mualliflik nazorati yuritilishi ustidan tanlab o’tkaziladigan davlat nazoratini amalga oshiradi;
shaharsozlik to’g’risidagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda ma’muriy bayonnomalarni rasmiylashtiradi va ma’muriy huquqbuzarliklar to’g’risidagi ishlarni ko’rib chiqadi;
o’z vakolatlariga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur bo’lgan materiallarni, ma’lumotlar va axborotni vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan so’raydi va oladi;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillarini, ilmiy-texnik va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining ekspertlari hamda mutaxassislarini davlat nazorati tartibida o’tkaziladigan tekshiruvlarga jalb etadi;
qurilish obyektlaridagi avariyalar holatlarini tekshirish bo’yicha idoralararo komissiyalar ishida ishtirok etadi;
qurilish-montaj ishlarini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslarga konstruksiyalarning ayrim elementlarini, uzellar va detallarni ochish va qayta yopib qo’yish, poydevorlar ostidagi tuproqni, qo’llanilgan qurilish materiallarini, konstruksiyalarini, buyumlarini hamda muhandislik kommunikasiyalarini sinash yuzasidan topshiriqlar beradi, shuningdek tegishli xulosa tayyorlash uchun ekspertlar va mutaxassislarni jalb qiladi.
Inspeksiya va hududiy inspeksiyalar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Shaharsozlik faoliyati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishda texnik nazorat buyurtmachi tomonidan texnik nazorat bo’yicha mutaxassisni biriktirish yoki ushbu faoliyat turini amalga oshirish huquqiga ega bo’lgan yuridik shaxsni shartnoma asosida jalb qilish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Texnik nazorat bo’yicha mutaxassis qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sertifikatlashtirilgan bo’lishi kerak.
Texnik nazorat bo’yicha mutaxassis:
pudratchi tomonidan tashkiliy-texnologik hujjatlar va shaharsozlik hujjatlari talablariga rioya etilishi, shuningdek qurilish obyektida qurilish-montaj ishlarining sifatining ta’minlanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
yashirin ishlarni tekshirish va muhim konstruksiyalarni oraliq qabul qilish to’g’risidagi dalolatnomalarni rasmiylashtirishda qatnashadi;
texnik nazorat jurnalining to’g’ri yuritilishini ta’minlaydi;
qurilish jarayonida yo’l qo’yilgan qoidabuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan pudratchilar va mualliflik nazorati bo’yicha mutaxassislar tomonidan ijro etilishi majburiy bo’lgan ko’rsatmalar beradi;
konstruksiyalarning ishonchliligiga hamda binolar va inshootlarning zilzilabardoshliligiga ta’sir ko’rsatuvchi, shuningdek inson hayoti va sog’lig’iga tahdid soluvchi kamchiliklar aniqlanganda, buyurtmachini hamda hududiy inspeksiyani ta’sirchan choralar ko’rish uchun xabardor qilgan holda, qurilish-montaj ishlarini to’xtatib turadi;
qurilish obyektidagi qurilish-montaj ishlari sifatini muntazam ravishda nazorat qiladi.
Obyektni qurish (rekonstruksiya qilish) tugallangandan so’ng texnik nazorat bo’yicha mutaxassis buyurtmachiga bajarilgan qurilish-montaj ishlarining sifati to’g’risida xulosa beradi.

Download 23,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish