Tahlil maqsadi moliyaviy hisobot ma'lumotlari asosida pul oqimini obyektlari, faoliyat turlari, shakli va davri bo‘yicha o‘rganish orqali xo‘jalik yurituvchi subyektning pul mablag‘larini ichki va tashqi omillarga bog‘liq holdagi o‘zgarishlarini retrospektiv va perspektiv tahlilini amalga oshirish orqali ularni maqsadli boshqarishni yo‘lga qo‘yishdan iborat. - pul oqimi to‘g‘risidagi hisobotni tasniflash, pul oqimini tarkib qatorlari bo‘yicha o‘rganish;
- pul oqimini joriy tahlilini va istiqboldagi prognozlarini tashxislash;
- pul oqimining sof kirimi va chiqimiga baho berish orqali biznes samaradorligiga baho berish;
- pul oqimining moliyaviy holat va barqarorlikka ta'sir darajasini, ular naqdligining likvidlik va to‘lovga qobillikka ta'sirini baholash;
- operatsion va moliyaviy richaglar orqali pul oqimini moliyaviy koeffitsientlarda baholash;
- pul oqimini taktik boshqarishning aniq chora-tadbirlarini belgilab berish va ularni amalga oshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |