10-mavzu: Psixologiyaning ilmiy tadqiqot metodlari


So’rash va suhbat metodi o’z-o’zini kuzatish metodi bilan tashqi kuzatish metodining qo’shilishidan iborat



Download 60,69 Kb.
bet6/9
Sana06.06.2022
Hajmi60,69 Kb.
#640859
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
psihologia metodlari

So’rash va suhbat metodi o’z-o’zini kuzatish metodi bilan tashqi kuzatish metodining qo’shilishidan iborat.
Bu yerda o’z-o’zini kuzatish shunda namoyon bo’ladiki, tadqiqotchi tekshiriluvchi kishiga savollar berib, uning o’z ichki ongini chuqurroq bilib olishga majbur etadi. Tekshiriluvchi kishi tadqiqotchining topshiriqlariga muvofiq va tadqiqotchining yordami bilan (savollar ustalik bilan berilganda) o’zining ichki holatlarini ochib tashlab, tavsiya etadi va nutqida ifodalaydi, so’zlar bilan javob qaytaradi.
Tashqi kuzatish shunda namoyon bo’ladiki tadqiqotchi ong jarayonlarini o’zi ustida emas, balki boshqa kishilar ustida tekshiradi. Psixik hayot hodisalaridan bittasini tekshirish uchun bir kishi bilan emas, balki bir necha kishi, ba’zan esa ko’plab kishilar so’rash va so’zlash metodi bilan tekshirilgani uchun obyektiv xulosa chiqariladi. Tekshiriluvchi kishilardan birontasining so’z bilan qaytargan javoblarini boshqalarining qaytargan javoblariga solishtirib, taqqoslab, tekshirish mumkin.
Suhbat metodining kamchiliklari haqida gapirganda, odatda, bu metoddan foydalanishda tadqiqotchining ta’siri bo’lishi mumkin deb aytadilar. Tadqiqotchining ta’siri bo’lishi mumkinligini, albatta, hisobga olish va tekshirishning boshlaridayoq bunga yo’l qo’ymaslik kerak. Buning uchun savollar shunday berilishi kerakki, ularda qanday bo’lmasin muayyan javobga ishora ham qolmasin. Bundan tashqari, savollar shunday berilishi kerakki, tekshiriluvchi kishining bir savolga qaytargan javoblarini boshqa savolga qaytarilgan javoblar bilan nazorat qilish mumkin bo’lsin.
Suhbatni o’ziga xos tergovga aylantirib yubormaslik kerak. Suhbat samimiy, bemalol bo’lishi, tekshiriluvchi kishilarning psixik holatiga zo’r kelmasligi kerak.
Suhbat odam psixik hayotining bevosita kuzatish va eksperimentda aniqlab bo’lmaydigan prosess va hollari haqida ma’lumot olishga yordam beradigan birdan-bir metoddir, deyish mumkin. Masalan, kosmosga parvoz qilish vaqtida odamning psixik faoliyat hususiyatlari haqida bilim olmoq uchun tadqiqotchi kosmonavtlarning o’zi bilan suhbat qilishi kerak.
Suhbat metodi shaxsning individual hususiyatlarini (e’tiqodlari, havaslari, jamoaga munosabati, o’z vazifalarini tushunish) tekshirishda, shaxsning hayoti va faoliyatidagi mahsus voqyealar, qahramonlik, ijodiy maqom va shunga o’xshashlarni tekshirishda qo’llaniladi.
Bu metod o’qitish va tarbiyalashning psixik asoslarini tekshirishda, masalan, bolalarning kitobxonlikka havasini, ayrim darslarga munosabatini tekshirishda, o’quvchilarning uyga berilgan topshiriqlarni bajarishda xotirada qoldirish usullarini, ayrim o’quvchilarning darslarni sust o’zlashtirish sabablarini aniqlashda qo’llaniladi.
Hozir suhbat metodi psixologiyada juda keng qo’llaniladi, jumladan pedagogik psixologiya, mehnat psixologiyasi, ijodiyot psixologiyasi, kosmik psixologiyada suhbat metodidan foydalaniladi.

Download 60,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish