Aniqlovchi, tarkib toptiruvchi va tekshiruvchi (nazorat) tajribalarda yig’ilgan ma’lumotlar, mikdorlar matematik-statistik metodlardan foydalangan holda ishlab (hisoblab) chiqiladi, shuningdek, mikdoriy tahlil o’tkazishga tayyorgarlik ko’riladi. Statistik metodlar yordamida insonning bilish jarayonlari (sezgi, idrok, tasavvur, xotira, tafakkur, xayol) bilan uning individual-tipologik xususiyatlari o’rtasidagi o’zaro bog’likdigi va ta’siri (koppelyaksiyasi) bilish jarayonlarining his-tuyg’u bilan boshqarilishi, aql-zakovat omillarini tahlil qilish amalga oshiriladi. So’ngra miqdorning hamda qo’llanilgan metodikasining ishonchliligi, aniqliligi dara-jasi aniqlanadi. Ungacha ham matematik statistikaning sodda metodlaridan foydalanib, ayrim hisoblashlar, masalan, o’rtacha arifmetik qiymat, miqdorlarni tartibga solish, medianani hisoblash, kvadrat og’ishni topish va boshqalar amalga oshiriladi.
Hozir injener psixologlar matematiklar bilan hamkorlikda inson psixikasining modelini yaratish ustida tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar, shuningdek, mediklar, fiziologlar, kibernetik-lar psixikani dasturlashtirishni nihoyasiga yetkazmoqsalar. Ishlab chiqarishdagi «sun’iy intellektlar», robotlar, EHMlar ana s hu izlanishlarning dastlabki samarasi hisoblanadi.
So’rash va suhbat metodi.
So’rash va suhbat metodi psixik hodisalarning asosan ichki, subyektiv tomonini tekshirish uchun qo’llaniladi.
Bu metodda tadqiqotlar taxminan quyidagicha o’tkaziladi. Tadqiqotchi psixik hayot hodisalarining birontasini, masalan, odamda shodlik hissi subyektiv ravishda qanday kechishini, poetik ijodiyot jarayoni qanday borishini, irodaga bog’liq harakatlarda qaror qabul qilish jarayoni qanday ro’y berishini, biron masalani yechganda tafakkur jarayoni qanday borishini va shunga o’xshash hodisalarni tekshirishni oldindan vazifa qilib qo’yadi, tadqiqotchi suhbat vaqtida tekshiriluvchi kishiga beradigan savollarni oldindan belgilab oladi. Savollar shunday tartib bilan tanlab olinadiki, tekshiriluvchi kishida qaysi kechinmalar va ong jarayonlarini o’rganish kerak bo’lsa, u o’z javoblarida xuddi o’sha kechinmalarni va o’sha ong jarayonlarini oydinlashtirib bersin.
Tekshirishning qanday borishiga va tekshiriluvchi kishining individual hususiyatlariga qarab, suhbat vaqtida savollarni o’zgartirish, to’ldirish, boshqacha qilib berish mumkin. Bu vaqtda tadqiqotchi tekshiriluvchi kishini kuzatib, masalan, nutqining hususiyatlarini, mimikasini va shunga o’xshash xislatlarini qayd qilib turadi.
Beriladigan savollarga tekshiriluvchi kishi tegishli javob qaytaradi. Tekshiriladigan hodisaga va savollarning xarakteriga qarab, tekshiriluvchi kishi ichki kechinmalarini mukammal tasvirlab yoki so’z bilan istagancha hisobot berib, javob qaytarishi mumkin, ba’zan tekshiriluvchi kishi faqat «ha» yoki «yo’q» deb javob qaytarishi lozim bo’lib qoladigan tadqiqot davomida tekshiruvchining barcha savollari va tekshiriluvchining barcha javoblari ipidan ignasigacha o’zgartirilmasdan to’la yozib olinadi, protokolda mukammal qayd qilinadi. Iloji bo’lsa, tekshiriluvchi kishining javoblari magnetofon lentasiga yozib olinadi. Tekshiriladigan bir necha kishi bilan, ba’zan esa o’nlarcha va yuzlarcha kishilar bilan muayyan bir temada savol-javob va suhbat qilinadi. Shu tariqa rejadagi dastlabki material sistemaga solinadi, statistik jihatdan ishlab chiqiladi, analiz qilinadi, klassifikasiyaga solinib, xulosa chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |