10 mavzu: O’qituvchi psixologiyasi reja



Download 276,6 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana31.12.2021
Hajmi276,6 Kb.
#243119
  1   2   3   4
Bog'liq
Maruza mashg'uloti



10-  MAVZU: O’QITUVCHI PSIXOLOGIYASI 

Reja: 

1.  Tashkilotchilak malakalari. 

2.  Kommunikativ malakalari. 

3.  Gnostik malakalari. 

4.  Ijodiy xislatlari. 

5.  Pedagogik qobiliyatlar. 

 

Butungi  kunda  iqtisodiy  va  siyosiy  sohalardagi  barcha  isloxatlarning  asosiy  maqsadi 



yurtimizda  yashayotgan  barcha  fuqarolar  uchun  munosib  hayot  sharoitlarini  tashkil  qilib  - 

borishdan  iboratdir.  Shu  jihatdan  ham  ma’naviy  jihatdan  mukammal  rivojlangan  insonni 

tarbiyalash, ta’lim va maorifni yuksaltirish, milliy istiqlol g’oyasini o’zida mujassam etgan yangi 

avlodni voyaga etkazish davlatimiz siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. 

Respublikamiz  xukumati  xalq  ta’limi  sohasida  o’rtaga  qo’yayotgan  vazifalarni  bajarish 

ko’p  jihatdan  pedagogga  bog’liq.  Ta’lim-tarbiya  jarayonida  talabalarning  xilma  xil  faoliyatini 

uyushtirish,  ularni  bilimli,  odobli,  e’tiqodli,  mehnatsevar,  barkamol  inson  qilib  o’stirish 

o’qituvchi zimmasiga yuklatilgan. 

Pedagoglar malakasini oshirish va qayta  tayyorlash ishlarini amalga oshirilishi pedagogik 

mahoratni takomillashtirishda muhim omil bo’lib hizmat qilmoqda. 

Pedagogning kasbga oid mahoratini shakllantirishda pedagogik-psixologik nazariyalarning 

ahamiyati  kattadir,  chunki  ma’naviyatimizning  shakllanishida  o’z-o’ziga  ega  bo’lgan  ular 

insonlar  faoliyati  to’g’risida,  ularga  qo’yilayotgan  talablar  haqida  zamonaviy  pedagogik 

texnologiyalar  to’g’risida  nazariyalar  pedagogik  mahoratni  shakllantirishning  asosiy  manbai 

bo’lib hizmat qiladi. 

Pedagogik  tajribalarni  takomillashtirishda  ilmiy  pedagogik  ma’lumotlardan  foydalanish 

muhim ahamiyatga ega. 

Chunki,  hozirgi  zamon  fan  va  texnika  taraqqiyoti  pedagogning  ijodkor  bo’lishini 

fanning  muhim muammolari yuzasidan erkin fikr yurita olishi, fan yutuqlarini talabalarga etkaza 

olishi  va  nihoyat  talabalarni  ham  ijobiy  fikrlash,  tadqiqotchilik  ishlarini  o’rgata  olishini  talab 

qiladi.  Shuning  uchun  pedagog  avvalo,  tadqiqodchilik  ishlarini  olib  borishi  va  bu  sohadagi 

malakalarni egallashi zarur. Pedagog ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishi davomida, tajribalarni 

to’playdi,  taxlil  qiladi,  ular  asosida  xulosalar  chiqaradi.  U  shu  xulosalardan  o’zining  amaliy 

faoliyatida  foydalanish  jarayonida  hozirgi  zamon  pedagog  uchun  zarur  bo’lgan  juda  muhim 

bilimlarni egallaydi. 

Keng ilmiy saviyaga ega bo’lish, intelektual qiziqish, yangilikni xis qila bilish, pedagogik 

mahoratni oshirishga intilish pedagogga xos xususiyatlardan hisoblanadi. 

Muvaffaqiyatli  ishlash  uchun  har  bir  o’qituvchi  pedagogik  mahoratga  ega  bo’lishi  zarur. 

Biror kasbning haqiqiy ustasi bo’lish uchun tabiiy qobiliyat, ma’lum jismoniy va ruxiy xislatlar 

jo  bo’lishi  kerak.  Pedagoglik  faoliyatida  yoshlarni  o’qitish  va  tarbiyalash  ishini  samarali 

bajarish,   ota-onalar   va   talabalarning  izzat-hurmatiga  sazovar  bo’lishi  uchun  kishida  bu  ishga 

layoqat, qobiliyat, mahorat, qiziqish bo’lmog’i  lozim. Haqiqiy fidoiy pedagoglar o’z faoliyatida 

eng  yaxshi  natijalarga  erishadilar.  Tajribali  novator  pedagoglar  talabalarga  samarali  ta’lim 

tarbiya  berish  bilan  bir  qatorda  pedagogika  fanidan  yangi  yo’l  ham  ochmokdalar.  Pedagogik 

mehnatni amalga oshirish jarayonida quyidagi xususiyatlarni o’z faoliyatida amalga oshirishlari 

zarur. 



1.  Pedagogning  siyosiy  qarashlari  va  e’tiqodining  aniqligi  hamda  barqarorligi,  talabalar 

oldida chinakam obro’ e’tibor qozonishi. 

2.  Mamlakatning  butun  ijtimoiy  hayotida  faol  ishtirok  etish  va  egallagan  tajribalarni 

kollejga olib kirish, bu faoliyatga o’z talabalarini jalb qilish ularni ijtimoiy, hayotda faol ishtirok 

etishini ta’minlash. 

3. Har bir talaba shaxsiga katta qiziqish bilan qarash va barcha jamoa ishlarini tashkil etish. 

4.  Pedagoglar  o’z  ishlariga  bugungi  kun  talabi  bilan  emas,  balki  kelajakni  o’ylab  ish 

yuritish. 

5.  Talabalarga  bo’lgan  munosabatlari,  ularning  taqdiri  haqida  g’amxo’rlik  qilish,  o’z 

tarbiyalanuvchilarining kelajagi bilan qiziqish. 

6. Talaba shaxsiga har tomonlama ta’sir ko’rsatish. 

7.  Ilg’or  pedagogik  tajribani  hamda  ta’lim  va  tarbiyaning  nazariyasini  chuqur  o’rganish, 

hamma yangiliklarni tushunib olish, ularni o’z tajribalari bilan solishtirib ko’rish, ba’zilarini o’z 

ishida tadbiq qilish. 

 Ma’lumki, pedagogik mahorat tizimi quyidagi o’zaro bir-biri bilan bog’liq bo’lgan asosiy 

komponentlardan iborat: 

1.  Pedagogik insonparvarlik yo’nalishi; 

2.  Kasbga oid bilimlarni boshqa fanlar bilan aloqadorlikda mukammal bilish

3.  Pedagogik qobiliyatga ega bo’lish; 

4.  Pedagogik texnika sirlarini puxta egallash. 

Mazkur  tarkibiy  qismlar  ta’sirida  esa  o’qituvchining  pedagogik  mahorati  quyidagi 

bosqichlarda shakllanadi: 

- Reproduktiv bosqich  (boshlang’ich bosqich); 

- Ijodiylik bosqichi

- Novatorlik bosqichi. 

Keltirilgan  yo’nalishlarning  rivojlanishida  pedagogik  qobiliyatlar  muhim  omil  sifatida 

ta’sir etadi. 

 2. Pedagogik qobiliyatlarning o’qituvchi kasbiy mahoratining shakllanishidagi o’rni 

Qobiliyat – shaxsning individual-psixologik xususiyati bo’lib, muayyan faoliyat yuzasidan 

layoqati va ishni muvaffaqiyatli amalga oshirish sub’ektiv shart–sharoitini ifodalovchi individual 

psixik  sifatlar  yig’indisiga  aytiladi,  zarur  bo’lgan  bilim,  malaka  va  ko’nikmalarni  egallash 

dinamikasidagi farqlarni aniqlaydi. Qobiliyatlar individual-psixologik xususiyat bo’lgani sababli, 

shaxsning  boshqa  sifatlari  va  xususiyatlariga,  ya’ni  aql  sifatlariga,  xotira  va  xarakter 

xususiyatlariga,  his-tuyg’ulariga  qarama-qarshi  qo’yilmaydi,  balki  ular  bilan  bir  qatorga 

qo’yilishi kerak.  

Qobiliyatni  inson  tug’ma,  tabiat  in’omi  sifatida  tayyor  holida  olmaydi,  balki  hayotiy 

faoliyati davomida shakllantiradi. 

Pedagogik qobiliyatning asosiy turlari. 

1.  Bilish  qobiliyati-fanning  tegishli  sohalariga  oid  qobiliyatdir.  Bunday  qobiliyatga  ega 

bo’lgan o’qituvchi fanni o’quv kursi hajmidagina emas, balki ancha keng chuqurroq biladi, o’z 

fani sohasidagi kashfiyotlarni hamisha ko’zatib boradi.  

2.  Tushuntira  olish  qobiliyati  -  o’qituvchining  o’quv  materialini  o’quvchilarga  tushunarli 

qilib  bayon  etishi,  material  yoki  muammoni  ularga  aniq  va  tushunarli  qilib  aytib  berish, 

o’quvchilarda mustaqil ravishda faol qiziqish uyg’otish qobiliyatidir.  

O’qituvchi zarur hollarda o’quv materialini o’zgartira olishi, qiyin narsani oson, murakkab 

narsani oddiy, noaniq narsani tushunarli qilib o’quvchilarga etkaza olishi darkor.  




O’qituvchi  o’quvchining  mustaqil  fikrlashini  rag’batlantira  oladi.  O’quvchilar  ruhiyatini 

hisobga  olib  borish  bu  qobiliyatlarga  asos  qilib  olinadi.  qobiliyatli  pedagog  o’quvchilarning 

bilim  va  kamolot  darajasini  hisobga  oladi,  ularning  nimani  bilishlari  va  hali  nimani 

bilmasliklarini,  nimani  unutib  qo’yganliklarini  tasavvur  etadi.  Qobiliyatli,  tajribali  o’qituvchi 

o’zini  o’quvchining  o’rniga  quya  oladi,  u  kattalarga  aniq  va  tushunarli  bo’lgan  narsaning 

o’quvchilarga tushunarsiz va mavhum bir narsa bo’lishi mumkin ekanligiga asoslanib ish tutadi. 

Shuning uchun u bayon etishni xarakter va shaklini alohida o’ylab chiqadi hamda rejalashtiradi.  

Qobiliyatli  o’qituvchi  materialni  bayon  etish  jarayonida  turli  o’quvchilarning 

tushuntirilayotgan materialni qanday o’zlashtirayotganlarini qator belgilar asosida to’g’ri aniqlab 

oladi  va  zarurat  tug’ilgan  hollarda  bayon  qilish  usulini  o’zgartiradi.  Shuningdek,  qobiliyatli 

o’qituvchi  o’quvchilarning  saboqni  o’zlashtirib  olishlari  uchun  zamin  tayyorlab,  ularning  dam 

olishdan  ishga  o’tishlari  bo’shashish,  lanjlik,  loqaydliklariga  barham  berish  uchun  minimal 

darajada vaqt ajratish zaruratini hisobga  oladi. U tegishli vaziyat  yuzaga kelmagunga qadar ish 

boshlamaydi.  Masalan,  darsning  haddan  tashqari  zuriqish  bilan  va  kuchli  boshlanishi 

o’quvchilarda  muhofaza  qiluvchi  tormozlanish  deb  atalmish  holatiga  sabab  bo’ladi,  miya 

faoliyati tormozlanadi va o’qituvchining so’zlari etarli darajada idrok qilinmaydi.  

3.  Kuzatuvchanlik  qobiliyati  o’quvchining  tarbiyalanuvchining  ichki  dunyosiga  kira  olish 

qobiliyati  o’quvchi  shaxsini  va  uning  vaqtinchalik  ruhiy  holatlarini  juda  yaxshi  tushuna  bilish 

bilan  bog’liq  bo’lgan  psixologik  ko’zatuvchanlikdir.  qobiliyatli  o’qituvchi  uncha  katta 

bo’lmagan  tashqi  ko’rinishlar  asosida  o’quvchining  ichki  holatidagi  juda  arzimagan 

o’zgarishlarini ham faxmlab oladi.  

4.  Nutq  qobiliyati  -  nutq  yordamida,  shuningdek,  imo-ishora  vositasida  o’z  fikr  va 

tuyg’ularini aniq va ravshan ifodalash qobiliyatidir. Bu o’qituvchilik kasbi uchun juda muhimdir. 

O’qituvchining  nutqi  darsda  hamisha  o’quvchilarga  qaratilgan  bo’ladi.  O’qituvchi  yangi 

mavzuni  tushuntirayotgan,  o’quvchining  javobini  tahlil  qilayottan,  ma’qullayottan  yoki 

qoralayottan  bo’lsa  ham  uning  nutqi  hamisha  o’zining  ichki  kuchi,  ishonchi,  o’zi  gapirayottan 

narsaga qiziqayotganligi bilan ajralib turadi.  

5.  Tashkilotchilik  qobiliyati  -  birinchidan  o’quvchilar  jamoasini  uyushtirish  muhim 

vazifalarini  hal  etishga  ruhlantirishni,  ikkinchidan  o’z  ishini  to’g’ri  uyushganligini  nazarda 

tutadi.  

O’z  ishini  tashkil  etish  deganda  ishni  to’g’ri  rejalashtira  olish  va  uni  nazorat  qila  bilish 

nazarda  tutiladi.  Tajribali  o’qituvchilarda  vaqtni  o’ziga  xos  his  etish  ishlanmasini vaqtga  qarab 

to’g’ri taqsimlay olish, belgilangan muddatda ulgurish xususiyati hosil bo’ladi.  

Dars davomida, kutilmaganda ortiqcha vaqt sarflash hollari uchrab turadi. Ammo tajribali 

o’qituvchi zarur hollarda darsning rejasini o’zgartira oladi.  

b.  Obru  orttira  olish  qobiliyati  -  o’quvchilarga  bevosita  emotsional  irodaviy  ta’sir 

ko’rsatish  va  shu  asosda  obru  orttira  olishdir.  Obru  faqat  shu  asosdagina  emas,  balki 

o’qituvchining  fanni  yaxshi  bilishi,  mehribonligi,  nazokatligi  va  hakozolar  asosida  ham 

qozoniladi.  Avtoritar  qobiliyatlar  o’qituvchi  shaxsiy  sifatlarining  butun  bir  irodaviy  sifatlariga  

(dadilligi,  chidamligi,  qat’iyligi,  talabchanligi  va  hakozolar)  shuningdek  o’quvchilarga  ta’lim  - 

tarbiya  berish  mas’uliyatini  his  etishga  o’zini  haq  ekanligiga  ishonishga,  bu  ishonchni 

o’quvchilarga  etkaza  olish  kabilarga  ham  bog’liq.  O’quvchilar   qo’pollik  qilmaydigan, 

qo’rqitmaydigan, to’g’ri talab qo’ya oladigan o’qituvchini hurmat qiladilar.  

7. Kommunikativ - to’g’ri muomala qila bilish qobiliyati. Bolalarga yaqinlasha olish, ular 

bilan  pedagogik  nuqtai  nazardan  juda  samarali  o’zaro  munosabat  o’rnata  bilish  pedagogik 

nazokatning mavjudligini bildiradi.  




8.  Kelajakni  ko’ra  bilish  qobiliyati  -  o’z  harakatlarining  oqibatlarini  oldindan  kurishda, 

o’quvchining  kelgusida  qanday  odam  bo’lishi  haqidagi  tasavvur  bilan  bog’liq  bo’lgan  shaxsni 

tarbiyalab etishtirishda, tarbiyalanuvchining qanday fazilatlarini taraqqiy etishini oldindan aytib 

bera  olishda ifodalanadigan  maxsus  qobiliyat.  By  qobiliyat  pedagogik  optimizmga,  tarbiyaning 

qudratiga, odamga ishonish bilan bog’liq bo’ladi.  

9.  Diqqatni  taqsimlash  qobiliyati  -  o’qituvchi  uchun  diqqatning  barcha  xususiyatlari 

hajmi,  kuchi,  idora qilina olishi ham taraqqiy etgan bo’lishi muhimdir.  

Diqqat  ayni  bir  vaqtda  faoliyatning  bir  qancha  turlari  o’rtasida  taqsimlanish  qobiliyati 

o’qituvchining  ishi  uchun  alohida  ahamiyat  kasb  etadi.  Qobiliyat  tajribali  o’qituvchi  mavzuni 

bayon qilish mazmunini va formasini o’z fikri yoki o’quvchi fikrini diqqat bilan kuzatadi, ayni 

vaqtda  barcha  o’quvchilarni  o’z  diqqat  e’tiborida  tutadi,  toliqish,  e’tiborsizlik  tushkunlik 

alomatlarini  hushyorlik  bilan  kuzatib  boradi,  barcha  intizom  buzish  hollarini  e’tibordan 

qochirmaydi, nihoyat shaxsiy hatti  harakatlarini kuzatib boradi. Tajribasiz o’qituvchi ko’pincha 

materialni bayon qilishga berilib ketib o’quvchilarni e’tibordan chetda qoldiradi.  

O’qituvchi  yuqoridagi  qobiliyatlardan  tashqari  sabr  -  toqatli,  irodali  bo’lishi  va  ibrat  - 

namuna  bo’la  olish  qobiliyatiga  ega  bo’lishi  lozim.  O’qituvchi   o’quvchilarni  o’zining  shaxsiy 

namunasi,  o’z  shaxsiy  hulq  atvori  va  butun  shaxsi  bilan  ham  tarbiyalaydi.  Bolalar  uchun 

o’qituvchining har bir hatti harakati namunadir. Bu xolat o’qituvchidan bolalarga nisbatan juda 

ziyrak  munosabatda  bo’lishni  talab  etadi.  Shuning  uchun  o’qituvchi  o’zi  o’qitadigan  fanni 

mukammal  bilish  bilan  birga  yuksak  axloqiy,  ma’naviy  pok,  irodali,  nazokatli,  sabr  toqatli, 

qat’iyatli, mehnatsevar, kamtar bo’lishi lozim.  

O’qituvchi pedagogik qobiliyatini rivojlantirish funktsiyalari. 

Pedagogik  qobiliyatlar  o’z  funktsiyasiga  ko’ra  umumiy  va  maxsus  turlarga  bo’linadi. 

Umumiy qobiliyatlar mavjud bo’lganda o’qituvchi o’z pedagogik kasbiy faoliyatini mukammal 

egallab,  mohirona  olib  borish  bilan  birga,  boshqa  turli  xil  faoliyatlar  bilan  ham  muvaffaqiyatli 

shug’ullanadi.  Umumiy  qobiliyatga  ega  bo’lgan  o’qituvchilar  ta’lim-tarbiya  jarayonida  har 

qanday qiyinchilik va ziddiyatlarni qiynalmasdan bartaraf etadilar.  

Maxsus  qobiliyatga  ega  bo’lgan  o’qituvchilar  faqat  o’zlari  egallagan  kasbiy  yo’nalishlari 

bo’yicha muayyan faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug’ullanadilar.  

Biror  faoliyatning  muvaffaqiyatli,  mustaqil  va  mukammal  bajarilishini  ta’minlaydigan 

noyob qobiliyatlar birikmasi talant deyiladi.  

Barcha mutaxassisliklarda bo’lgani kabi o’qituvchilik kasbida ham pedagogik qobiliyat  – 

uning  shaxsiy  iste’dod  xususiyatlarini  belgilab,  kasbiy  faoliyat  turini  muvaffaqiyatli  amalga 

oshirishda sub’ektiv shart - sharoitlar yaratadi. 

Pedagogik  qobiliyatning  asosiy  sifatlari  va  xususiyatlari.  Olimlarning  uzoq  yillar  olib 

borgan  ilmiy-tadqiqotlari  va  kuzatishlari  natijasida  pedagogik  qobiliyatning  quyidagi  asosiy 




Download 276,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish