BIOLOGIYANI O‘QITISHDA FOYDALANILADIGAN VOSITALAR Biologiyani o‘qitishda foydalaniladigan vositalar biologik ta’lim-tarbiya
jarayonining maqsadi va vazifalari, o‘rganiladigan mavzu mazmuniga muvofiq, o‘qituvchi tomonidan mazkur jarayonning samaradorligini orttirish maqsadida qo‘llaniladi.
Biologiya darslarida o‘qituvchi o‘rganiladigan mavzu mazmunini to‘la yoritadigan o‘qitish vositalarini unga muvofiq esa, o‘qitish metodlarini tanlaydi, shu asosda darsda o‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etadi va boshqaradi.
O‘qitish vositalari mamlakatda ta’limni tubdan isloh qilish prinsiplari, fan-texnika, ishlab chiqarish rivojlangan sari ularning turlari ham ko‘payib bordi.
Demak, ta’lim muassasalarida o‘qitish vositalarining turlari ham muayyan darajada o‘zgarib, yangilanib boradi, yangi avlod o‘qitish vositalari vujudga keladi.
O‘qitish vositalarining yangi avlod guruhiga: kompyuter texnologiyasining ta’lim beruvchi, modellashtirilgan va nazorat dasturlari, slaydlar, multimedialarni kiritish mumkin.
Biologiya o‘qituvchisining asosiy vazifasi o‘rganiladigan mavzu mazmunidan kelib chiqqan holda eng yuqori samara beradigan o‘qitish vositalarini tanlashi, buning uchun o‘qitish vositalarining yangi avlodining turlari, ular bilan ishlash metodikasini egallagan bo‘lishi darkor.
O‘qitish samaradorligini oshirishda amaliy mashg‘ulot va namoyish qilinadigan tajribalarni o‘tkazishga yordam beruvchi xususan mikroskop, lupa, shtativ, reaktivlar asboblar isituvchi asboblar, pinset, preparoval ninalar, o‘qitishning texnik vositalari – kodoskoplar, televizorlar, kompyuterlar, ovoz yozuvchi va eshittiruvchi – apparatlar, magnitofonlar ham o‘qitish vositalariga kiradi.
Texnik vositalari orasida audiovizual va boshqa tabiiy tasviriy vositalar shu bilan ustunlik qiladiki, ular o‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarning barcha bosqichlarini izchillik bilan ko‘rsata oladi. Teleko‘rsatuv va videofilmlardan biologiya o‘qitishda foydalanish tirik tabiatdagi voqea, hodisalarni sinfda o‘rganish sifatini bir necha marta oshirish imkonini beradi.
O‘qitish jarayonida kompyuterlarni qo‘llash o‘quv materialini mustaqil o‘zlashtirish va nazorat qilish imkonini tug‘diradi.
Ko‘rgazmali vositalardan biologiya o‘qitishning barcha jarayonlarida, masalan, yangi o‘quv materialini tushuntirish, mustahkamlash, tushunchalarni shakllantirish, o‘quv, amaliy, mehnat ko‘nikma va malakalarni tarkib toptirish, uy vazifasini bajarish, o‘quv materialini nazorat qilishda qo‘llaniladi.
Respublikamizda joriy etilgan uzluksiz ta’lim tizimi ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxsni shakllantirish va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda zarur shart-sharoitlardan biri talaba o‘zlashtirgan bilimlarini amaliyotda qo‘llay bilishi ko‘zda tutilishi munosabati bilan jahonning rivojlangan mamlakatlari, jumladan, Janubiy Koreyadan o‘quv –texnik vositalarining yangi avlodi keltirilgan
Quyida o‘qitish vositalarining yangi avlodi bo‘lgan Janubiy Koreyadan keltirilgan o‘quv –texnik vositalarining tavsifi va foydalanish tartibi berilmoqda.
Tabiiy fanlar tizimidagi biologiya fanlarini o‘rganishda nazariy bilimlarga asoslangan holda a m a l i yo t g a tayanib bilim olishning ahamiyati katta. Biologiya fanlar tizimidagi barcha laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazishning muvaffaqiyati uning mazmuni ko‘proq jihozlar vositasida amalga oshiriladi.
Masalan: o‘quvchi o‘zlashtirgan bilimlarini yoddan aytib berishi mumkin, lekin uni amaliyotda va hayotda qo‘llashiga qiynaladi. SHu sababli o‘quvchilarda bilim bilan bir qatorda ko‘nikmalarni tarkib toptirish, uni malakaga aylantirish jarayonida o‘qitish vositalarining o‘rni muhim.
Biologiyani o‘qitishda vositalardan foydalanilanishning o‘rni beqiyos. Masalan, vositalardan biri mikroskop kashf etilmaganda hayotiy jarayonlarnining moddiy asosi bo‘lgan, tirik organizmlarning tuzilish, qurilish va funksional birligi bo‘lgan hujayraning tuzilishini o‘rganish qiyinchilik bilan kechardi.
Keyingi mavzularda hujayrada boradigan jarayonlar yuzasidan tasavvur hosil qilib bo‘lmaydi. Hozirgi kunda mikroskopning ishlash prinsipi mukammallashtirilgan bo‘lib, undan o‘qitish jarayonida foydalanish ancha qulayliklarni vujudga keltirilgan. Quyida Janubiy Koreyadan keltirilgan mikroskop xaqida ma’lumot berilmoqda.
5.Biologik mikroskop-KSO-5001-1. Biologik mikroskop qismlari tuzilishi:
1.Mikroskopning mexanik qismi-optik va yordamchi tizimlarni bir-biriga birlashtirishda va ularni boshqarishda muhim vosita hisoblanadi. Mikroskopning tagligi ichida elektr toki asosiy manba bo‘lib, lampa yoritgich yorug‘likni yig‘ib predmet stolchasiga etkazib beradi.Mikroskopning o‘ng tomonida elektr tokini yoqib-o‘chiradigan qizil tugmachasi bor. Mikroskopning shtativi, tubusi, o‘rtasida nur o‘tkazadigan teshikchali buyum
stolchasi, predmet oynachasini tutib turuvchi shtativ, predmet stolchasini yuqoriga va pastga ko‘tarib-tushiruvchi bir juft makrovintlari, predmet oynachasini chap va o‘nga siljituvchi mikrovintlari bor. Mikroskopning tok manbaidan yorug‘likni uzatuvchi elektr chiroqchasi, yorug‘lik tushuvchi kondensor, katta va kichik ob’ektivlar, optik qismida okulyar o‘rnatilgan tubs va turli kattaliklarni ifodalovchi optik oynalar joylashtirilgan rivoliverdan iborat. Ob’ektivlar 20 dan 100 va undan ortiq kattalashtirib ko‘rsata oladi. (10x20=200, 10x40=400 v.h.k.)
Biologik mikroskopning kashf etilishi mo‘jiza bo‘lib, biologiya fanlari barcha tarmoqlari barq urib rivojlanishiga sabab bo‘lgan.
Botanika, zoologiya, odam va uning salomatligi, hujayra biologiyasi, molekulyar genetika, mikrobiologiya biokimyo kabi fanlarning yangidan – yangi qirralari ochilib, turli biologik qonuniyatlar kashf etila boshladi.
Sitologiya, gistologiya, anatomiya, mikrobiologiya fanlari yanada rivojlanishi asosan mikroskop bilan bog‘liq. Hozirgi kunda tibbiyot sohasida qo‘lga kiritilgan yutuqlar buning yorqin dalilidir. Mazkur fanlar bo‘yicha erishilgan yutuqlar diqqatga sazovordir.
Jihozdan foydalanish tartibi.
1. Mikroskopni ishga tushirishdan oldin parta qirrasidan 5sm ichkariga o‘rnatiladi. (Mikroskop ish jarayonida joyidan qo‘zg‘atilmaydi. Aksincha uning tubusini xoxlagan tomonga burib ishlash mumkin).
2. Mikroskopni ishga tushirishdan oldin uning barcha optik sistemasi toza paxta yoki doka bilan yaxshilab artiladi.
3. Tok manbaiga ulanib, paski o‘ng tomonidagi qizil tugmacha bosiladi va chiroq yonadi, shu tariqa ish oldidan uning tok manbai bilan ishlashi tekshirib ko‘riladi.
4. Revolver aylantirib kerakli ob’ektiv yorug‘lik o‘tuvchi stol teshikchasiga to‘g‘rilab qo‘yiladi.
SHundan so‘ng kerakli preparatlar tayyorlanib, mikroskop buyum stolchasiga qo‘yilib chiroq yoqilib, preparat tasviri ko‘ringuncha makro va mikrovintlar buralib, predmet ob’ektivga yaqinlashtiriladi. Mikroskopda ko‘rinayotgan ob’ekt taxlil qilinib o‘rganiladi.
Mikroskopda qo‘llaniladigan ob’ektlar bir hujayrali suv o‘tlari, sooda hayvonlar, bakteriyalar, o‘simlik va hayvonlar hujayra va to‘qimalaridir. Ulardan turli namunalar olinib, preparatlar tayyorlanadi. Turli kimyoviy bo‘yoqlarda bo‘yalgan tayyor preparatlarni mikroskopda kuzatib taxlil qilinadi.
Mkroskop bilan ishlash usullari:
1.Mikroskopdan videoko‘z, multmediya proektori va ekran bilan hamkorlikda ishlash usuli.
Bunda: mikroskop, (optik kamera) videoko‘z va multmediya proektori va ekran bir-biri bilan hamkorlikda ishlaydi
Ishlash tartibi: mikroskopda tekshirilayotgan ob’ekt topilib aniq ko‘ringandan holatga keltirilgandan keyin tubusni kerakli tomonga burib uning okulyari (optik kamera) videoko‘zning optik qurilmasiga to‘g‘rilanadi. Videoko‘z esa tekshirilayotgan ob’ektni multimediya qurilmasiga undan to‘g‘ri ekranga tushirib beradi. Bu ancha ishlashga qulaylik tug‘diradi. Tekshirilayotgan ob’etni bir kishi emas balki butun audotoriya (25-30 kishi) ko‘rib tahlil qiladi.
2. Mikroskop, videoko‘z va teleekran bilan hamkorlikda ishlash usuli. Bunda: mikroskop, (optik kamera) videoko‘z va teleekran bir-biri bilan
hamkorlikda ishlaydi. Bu usul ancha qulay chunki teleekran yorug‘ xonada ham aniq ko‘rsatadi.
Ishlash tartibi: mikroskopda tekshirilayotgan ob’ekt topilib aniq ko‘rinadigan holatga keltirilgandan keyin tubusni kerakli tomonga burib uning okulyari (optik kamera) videoko‘zning optik qurilmasiga to‘g‘rilanadi. Videoko‘z esa tekshirilayotgan ob’ektni teleekranga tushirib beradi. Teleekran sinf xonasi doskasi balandligi bilan baravarlikda devorga o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Bu ancha ishlashga qulaylik tug‘diradi. Tekshirilayotgan ob’etni bir kishi emas balki butun auditoriya (25-30 kishi) aniq ko‘rib tahlil qiladi.
Mikroskopning qulay yangicha variantlaridan foydalanish nazariy bilimlarni amaliyotga tadqiq qilishda yaxshi samara beradi.
Masalan: “gullagan”ko‘lmak suvlari-eskirgan suvning tomchilarini, pichan ivitmasi tomchisidagi hayotni (turli bakteriyalar ularning harakatlari, mono- di, tetrokoklarkokklarni, kuzatish juda qiziqarli)
Bunda bir hujayrali hayvonlarning harakati, yorug‘lik va xaroratdan ta’sirlanishi, yashash uchun kurashishi, oziqlanishi, bo‘linib ko‘payishini kuzatish o‘quvchilar uchun nihoyatda qiziqarlidir. O‘quvchilar amaliy mashg‘ulotlarga ijodiy yondoshishga muntazam harakat qiladi va amaliyotga bo‘lgan ko‘nikma va malakalari yanada mustahkamlanib boradi.
Mikroskop bilan ishlash uchun kerakli laboratoriya jihozlari zarur bo‘ladi shu sababli, ularni ham horijdan keltirilib, biologiya xonasini boyitishga hissa qo‘shilgan.
4.Kesish uchun jihozlar to‘plami- KSE- 4092;
Bu kesish uchun ishlatiladigan jihozlar to‘plamida jami asboblar:1-qo‘l lupasi, 2-anatomik va xirurgik qaychilar, 3-temir uchi o‘tkir va uchi to‘mtoq tayoqcha va bigizchalar, 4-preparatni qistirib tutuvchi pensetlar, 5-preparatni tortishga mo‘ljallangan temir moslama, 6-shprits, 7-barcha asboblarni soladigan g‘ilofdan iborat.
Jihozdan foydalanish tartibi.
Bu asboblardan “Botanika, “Zoologiya”, “Odam va uning salomatligi” “Biologiya”(Sitologiya va genetika asoslari), “Biologiya”(Evolyusiya va ekologiya asoslari)ning, shuningdek, tabiiy yo‘nalishdagi akademik litsey o‘quv rejasidan o‘rin olgan biologik o‘quv fanlarining laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarida o‘simlik hujayrasini, to‘qimalarni o‘rganishda o‘simlik yoki hayvon to‘qimalarini kesib preparatlar tayyorlashda foydalaniladi.
Kesish uchun qaychi va skalpel(keskich-lanset)dan –botanika, zoologiya, odam anatomiyasidan nazariy-amaliy mashg‘ulotlar, laboratoriya darslarida keng qo‘llaniladi. Misol:O‘simlik bargi, yoki suv o‘tlaridan preparat tayyorlashda – bargning tajriba uchun tanlangan joyi chap qo‘lda pinset qisqich bilan ushlanib, o‘ng qo‘lda qaychi yordamida ohista kesib olinadi. So‘ngra uchi to‘mtoq asbob yordamida kesilgan barg bo‘lakchasini tutib, lanset-keskich yordamida yupqa qavati kesib olinadi. Tayyorlangan nafis barg bo‘lakchasi buyum oynasi ustiga qo‘yilib bir tomchi suv (shprits yordamida) tomizilib qoplag‘ich oynacha ehtiyotlik bilan yopiladi. (oynachani sekinlik bilan bosib havosi chiqariladi. (qoplag‘ich oynacha sinmasligi kerak).So‘ngra tayyorlangan preparat mikroskop buyum stolchasiga qo‘yilib, uning katta va kichik ob’ektivlarida tekshiriladi.
Qo‘l lupasidan biologiya darslarida unumli foydalansa bo‘ladi.
Botanika darslarida suv o‘tlarini, bir va ikki pallali o‘simliklar qanday tomirlanganligini, ildiz sistemasini, poyaning ko‘ndalang kesimlarini lupa yordamida tahlil qilinsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Qo‘l lupasi bilan ishlashda uni ob’ektga bir necha bor uzoqlashtirib va yaqinlashtiririb kuzatish kerak.
Zoologiya darslarida: ba’zi sodda hayvonlarni, yomg‘ir chuvalchangining boshi, qorin qismi, dum qismlarini, hashoratlarning bo‘g‘im oyoqlarini, qorin sohasini, qanotlarini, og‘iz apparatlarini qo‘l lupasi orqali kuzatib tahlil qilish mumkin.
Odam va uning salomatligi darslarida terining shox tuzilmalari, soch, tirnoq va suyaklarning tuzilishini lupa yordamida kuzatish mumkin.
Odam genetikasida: irsiyatni dermotoglifika – daktiloskopiya-palmoskopiya usulida o‘rganishda, barmoqlardagi, kaftlardagi, tovondagi chiziqlarni lupa yordamida kuzatiladi. O‘quvchilar qo‘lining bosh barmoq uchlarini rangli bo‘yoqda bo‘yab ish daftariga tamg‘a sifatida bosadilar. So‘ngra lupa yordamida barmoq tasviri tushgan (tamg‘a) barmoq chiziqlari kuzatilib, populyar chiziqlar joylanishining asosiy turlari aniqlanadi. Har bir o‘quvchi daftardagi o‘zi tushirgan barmoq chiziqlarini jadvalda (darslikda) ifodalangan aylanasimon, to‘lqinsimon, sirtmoqsimon populyar chiziqlarning joylanishini (X va U xromosomalar soni va barmoq chiziqlari ifodalangan maxsus, bunda ikki qo‘l barmoqlaridagi chiziqlarning umumiy miqdori-TRC (total ridga caunt) bilan ifodalanadi) jadvaldagi chiziqlarga solishtirib taxlil qiladilar. CHiziqlar sonini lupa yordamida sanaydilar va chiziqlar soni va jadvaldagi xromosoma soni bilan taqqoslab tahlil qiladilar. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilar bu mashg‘ulotni ko‘tarinki ruhda juda qiziqish bilan bajaradilar.
10.Kompyuter;
Kompyuter asosan monitor, sistemali qurilmasi va klaviaturadan hamda sichqonchadan iborat.
Qo‘shimcha qismlariga: printer, skaner, ovoz beruvchi moslamalar kiradi. Bu qismlarning barchasi bir-biriga va tok manbaga maxsus elektr simlari orqali ulanadi.
Monitor sistemali qurilma bilan birgalikda ish bajaradi. Sistemali qurilmaning qismida tok manbaga ulanadigan oldingi tomonida esa disket, disklar, fleshkani o‘rnatadigan maxsus moslamalari mavjud. SHuningdek, tok manbaga, monitorga, klaviaturaga, karnaylarga, printerga ulanadigan moslmalar ranglarda belgilab qo‘yilgan.
Jihozlardan foydalanish tartibi.
1. Kompyuter qurilmasini o‘quv xonaning boshqarishga qulay bo‘lgan joyiga o‘rnatish kerak bo‘ladi.
2.Kompyuterni ishchi holatga keltirish uchun, monitor tok manbaga va sistemali (blok) qurilmaga maxsus simlar orqali ulanadi.
3.Sistemali qurilmaga tok manba, monitor, klaviatura, boshqarish sichqonchasi belgilangan moslamalarga o‘rnatiladi.
4.Sistemali qurilmaning kompyuter tizimini ishga tushirish tugmachasi bosiladi va chiroq yonadi. Ekranda kerakli ma’lumotlar (wort tizimida – turli ishlash dasturlari,fayllar) paydo bo‘ladi. Xoxlagan dasturda ishlashingiz mumkin (o‘qituvchining kompyuter sovodxonligi bo‘lishi kerak)
Kompyuterdan foydalanish imkoniyati nihoyatda keng. Hozirgi kunda biologiya darslarida kompyuterdan foydalanishni barcha o‘qituvchilar mukammal bilishi, mavzuga doir slaydlar, multimedia taqdimotlarini tayyorlashi zarur. SHuning biologiya fani yangiliklari, shuningdek, o‘qitishda pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanish yuzasidan metodik tavsiyalarni internet tarmog‘idan olish, mazkur materiallarni qayta ishlash va ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish yo‘llarini belgilashi zarur.
Kompyuter vositasida tayyorlangan animatsiyalar, videofilmlar, slaydlar, multimedia taqdimotlari biologiyani o‘qitish samaradorligini orttirishga xizmat qiladi.
Biologiyani o‘qitishda o‘quvchilar tomonidan o‘tkaziladigan kuzatishlar, tajribalar va tadqiqot ishlari ularning mustaqil va ijodiy fikr yuritishi, ongli ravishda kasb tanlashiga imkon yaratadi. SHu sababli, o‘quv yurtlari fotosintezni tadqiq etadigan asosblar bilan jihozlangan.
6.Fotosintezni tadqiq qiladigan asbob- KSE-4094
Fotosintezni tadqiq qilish asbobning tagligi ustiga tajriba o‘tkazadigan xonachasi joylashtirilgan. Tajriba o‘tkazish xonachasining devori yorug‘likni aniq va yaxshi o‘tkazadigan ikki qavat oralig‘i tiniq suyuqlik bilan to‘lgan organik shisha qavatlardan iborat. Uning shisha naychalar o‘rnatilgan ochilib- yopiladigan atrofi rezinali (zich yopiladigan) qopqoqchasi bor. Tajriba xonasiga kichikroq idishni o‘rnatish mumkin. Tajriba xonasi yon tomoniga sham yoqib havoni chiqaradigan kichikroq hajmdagi qo‘shimcha xonacha joylashtirilgan.
Tajriba va qo‘shimcha xonacha orasini to‘sib turadigan, xonalar oralig‘ini ochilib-yopilishini ta’minlaydigan barcha tomoni rezina bilan o‘ralgan to‘siq o‘rnatilgan. SHuningdek, asbobning yuqorigi qismida shisha naychalar bo‘lib, ular tajriba xonachasiga havo kirishdan saqlaydi. SHisha naylar pastga qaratilgan bo‘lsa havo yo‘li yopiladi.
Jihozdan foydalanish tartibi.
Bu asbob bilan o‘z nomidan kelib chiqqan holda, unda o‘simliklarda kechadigan fiziologik jarayon – fotosintez jarayonini o‘rganish mumkin. Botanikadan ushbu tajriba “Barglarda organik moddalarning hosil bo‘lishi. Fotosintez” mavzusini o‘rganishdan 10-20 kun yoki bir oy oldin qo‘yib, muntazam kuzatib boriladi. Tajriba qo‘yilgan sana yozilgan qog‘ozcha yuqorigi qismiga yopishtiriladi.
Tajriba uchun-avvalo, asbob yorug‘lik yaxshi tushadigan joyga o‘rnatiladi. So‘ngra xona o‘simliklaridan birining kichik shoxchasi kesib olinadi va suv solingan kichik idishchaga joylashtirilib, asbobning tajriba xonasiga qo‘yiladi va tajriba xonasi ustki qismidagi qopqoqchasi yaxshilab berkitiladi. Qo‘shimcha xonachadagi sham o‘rnatkich simcha tepaga tortilib, sham yoqilib, pastga tezda tushiriladi va qo‘shimcha xona qopqoqchasi ham yopiladi. SHisha nay yo‘llari tepaga ko‘tarilib, havo yo‘li ochilib tajriba xonadagi havo chiqariladi. Havo to‘liq chiqishi bilan SO2 miqdori ko‘payib, tezda sham o‘chadi.( SHisha naylar pastga tushirilib havo yo‘llari yopiladi, tepaga ko‘tarilib qo‘yilgan tajriba va qo‘shimcha xonalar oralig‘idagi rezina bilan qoplangan to‘siq ehtiyotkorlik bilan bosib oraliq yopiladi. Tajriba xonada havo yo‘qligiga ishonch hosil hilinadi. Tadqiqot 10-20 kun yoki bir oy davom etishi mumkin. Tajriba xonadagi o‘simlik kundan-kunga ko‘rkam xolatda o‘sib boradi.
O‘simlik nafas olish uchun O2 (havoni), fotosintez jarayoni sodir bo‘ilishi uchun SO2ni qaerdan oladi? Degan mantiqiy savol tug‘iladi.
Tajriba xonasidagi tiniq suyuqlik bilan to‘lgan shisha devorlar quyosh nurlarini juda yaxshi o‘tkazadi. Suvda turgan o‘simlik xlorofillarida –fotosintez jarayoni kuzatiladi. Bunda suv va karbonat angidiriddan organik moddalar sintezlanib,O2 ajralib chiqadi va o‘simlik nafas oladi. Tajribani murakkabroq tarzda, ya’ni biron mayda hayvonni o‘simlik bilan birga bir necha soat (yoki kun)ga qo‘yib o‘tkazish mumkin. Bunda o‘quvchilar ular o‘rtasidagi munosabat, ya’ni o‘simlik O2 chiqarib hayvon nafas olishi, hayvon esa SO2 chiqarib o‘simlikda fotosintez jarayoni sodir bo‘lishiga imkon yaratishini tushunishi mumkin.
SHuningdek, ushbu tajribani o‘rganiladigan mavzuning mazmunidan kelib chiqqan holda “O‘simliklarning nafas olishi”, “Urug‘larning nafas olishi va unib chiqishi” kabi mavzularda ham qo‘llash mumkin. Masalan, suvda ivitilgan no‘xat yoki loviya urug‘ini probirkaga ekib, asbobning tajriba xonachasiga qo‘yish mumkin. 2-3 xafta yoki bir oy kuzatish mumkin.
Bunday tajribalar o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalarni ongli o‘zlashtirishlari barobarida ijodiy fikr yuritish, tajriba qo‘yish va kuzatish ko‘nikmalarini rivojlantirishga zamin tayyorlaydi.
Xulosa qilib aytganda biologiyani o‘qitishda foydalaniladigan vositalar fan-texnika rivojiga bog‘liq holda yangilanib boradi.
TALABALARNING O‘ZLASHTIRGAN BILIMLARINI NAZORAT QILISH TOPSHIRIQLARI
1.O‘qitish vositalarning qanday ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati bor? 1. O‘qitish vositalari sistemasiga nimalar kiradi?
2. O‘qitish vositalarining asosiy guruhiga nimalar kirishini aniqlang. 3 .O‘qitish vositalarining yordamchi guruhiga nimalar kirishini aniqlang.
3.Ko‘rgazma vositalaridan biologiyani o‘qitishning qaysi shakllarida foydalaniladi?
4.Darsning qaysi bosqichlarida ko‘rgazma vositalaridan foydalanishni aniqlang.
5.Ko‘rsatmalik atamasi o‘zida qanday tushunchalarni ifoda qiladi. 7.Ko‘rgazmali qurollar qanday turlarga bo‘linadi?
6.Ko‘rgazmali o‘qitish vositasi va qurol orasida qanday farq bor? 9Asosiy va yordamchi ko‘rgazmali qurollarga nimalar kiradi? 10Tabiiy ko‘rgazmali qurollarni tushuntiring.
7.Tasviriy ko‘rgazmali qurollarga misollar keltiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |