Nogironlarni ish bilan taminlash
Xodimlarining soni yigirma kishidan ortiq bolgan korxonalarda, muassasalar va tashkilotlarda mahalliy davlat hokimiyati organlari nogironlarni ishga joylashtirish uchun xodimlar sonining kamida uch foizi miqdorida ish joylarining eng kam sonini belgilaydi va zaxirada saqlaydi.
Nogironlarni ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam sonini yaratishga doir mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlarini bajarmaganlik uchun tashkilotlarning mansabdor shaxslari mamuriy javobgarlikka tortiladi.
Mamuriy jazo chorasi qollanilganligi tashkilotlarni ushbu Qonunning nogironlarni ish bilan taminlashga doir talablarini bajarish majburiyatidan ozod etmaydi.
Nogironlar mehnatidan foydalanish uchun nogironlarning ehtiyojlarini va mahalliy xususiyatlarni hisobga olgan holda ixtisoslashtirilgan korxonalar, sexlar va uchastkalar tashkil etiladi. Kozi ojiz nogironlar sharoitlari oz imkoniyatlariga mos keladigan ishlab chiqarishda ishtirok etishda imtiyozli huquqqa ega.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlar uyda ishlovchi nogironlarga, shuningdek tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi nogironlarga mazkur faoliyat uchun yashashga moljallanmagan joylar berilishida, xomashyo olishi va mahsulot sotishida zarur yordam korsatadi.
Mehnat qilishga bolgan huquq amalga oshirilishini taminlash
Nogironligi bolgan shaxs odatdagi mehnat sharoitlaridagi tashkilotlarda, nogironligi bolgan shaxslarning mehnatidan foydalanuvchi ixtisoslashtirilgan korxonalarda, sexlar va uchastkalarda ishlashga, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan yakka tartibdagi mehnat faoliyatini yoki boshqa amaliyotni amalga oshirish huquqiga ega.
Mehnat munosabatlarining barcha shakllariga, shu jumladan, ishga qabul qilish shartlariga, yollash, mehnat faoliyatini amalga oshirish, ishni saqlab qolish, xizmatda kotarilish, shuningdek, mehnatning xavfsiz sharoitlari ta‟minlanishiga nisbatan nogironlik belgisi bo’yicha kamsitish taqiqlanadi.
Mehnat to’g’risidagi qonun hujjatlarida va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan nogironligi bo’lgan shaxsning vaqtincha mehnatga layoqatsizligi va ta‟tilda bo’lishi davrida ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasi to’xtatilishiga yo’l qo’yilmaydi, korxona to’liq tugatilgan hollar bundan mustasno.
I va II guruh nogironligi bo’lgan ishlovchi shaxslarga mehnatga haq to’lash
kamaytirilmasdan haftada o’ttiz olti soatdan ortiq bo’lmagan ish vaqtining
qisqartirilgan muddati belgilanadi.
I va II guruh nogironligi bo’lgan ishlovchi shaxslarga kamida o’ttiz kalendar kunlik har yilgi asosiy uzaytirilgan ta‟til beriladi. Nogironligi bolgan shaxslarni tungi vaqtda ishga, shuningdek, ishdan tashqari vaqtdagi ishlarga va dam olish kunlari ishga jalb etishga faqat bunday ishlarni bajarish ularga tibbiy tavsiyalarga kora taqiqlanmasligi sharti bilan ularning yozma roziligi bilan yol qoyiladi.
Nogironligi bo lgan shaxslarni ishga joylashtirish va bandligini ta minlash
Nogironligi bolgan shaxslarni ishga joylashtirish va bandligini ta‟minlash,
shuningdek, mehnat bozorida ularning raqobatbardoshligini oshirish maqsadida davlat quyidagi chora-tadbirlarni ko’radi:
nogironligi bo’lgan shaxslarni kasbga yo’naltirishga, kasbga o’qitishga, ishga joylashtirishga, mehnatiga ko’maklashishga, shuningdek, maqbul ishni olish, saqlab qolish va xizmatlar ko’rsatilishini ta‟minlashga yo’naltirilgan kompleks choratadbirlarni o’z ichiga oluvchi nogironligi bo’lgan shaxslarni kasbiy reabilitatsiya qilish;
tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat‟i nazar tashkilotlarda nogironligi bo’lgan
shaxslarni ishga qabul qilishga kvotalar belgilash;
nogironligi bo’lgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun maqbul bo’lgan kasblar bo’yicha ish o’rinlarini zaxiraga qo’yish;
tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat‟i nazar tashkilotlarni nogironligi bo’lgan
shaxslarni ishga joylashtirishga hamda maxsus ish joylari yaratishga rag’batlantirish;
nogironligi bo’lgan shaxslarning tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va ularni rag’batlantirish; ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash;
nogironligi bo’lgan shaxslarni yangi kasblarga o’qitish dasturlarini tashkil etish va takomillashtirish;
davlat sektorida nogironligi bo’lgan shaxslarni ishga joylashtirishni va
nogironligi bo’lgan shaxslar mehnatidan foydalanadigan, korxonalar va
tashkilotlarni, shu jumladan, ularning uyda ishlashini davlat tomonidan qo’llab quvatlash.
Nogironligi bo’lgan shaxslarni ishga joylashtirish mehnat bo’yicha hududiy organlar tomonidan ta‟minlanadi. Davlat hokimiyati organlari tomonidan ishlovchilar soni yigirma nafardan ortiq bo’lgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda nogironligi bolgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun xodimlar sonining kamida uch foizi miqdorida ish orinlarining minimal soni belgilanadi va zaxiraga qoyiladi.
Nogironligi bolgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish orinlarining eng kam sonini yaratish boyicha mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlari ijro etilmaganligi uchun tashkilotlarning mansabdor shaxslari ma‟muriy javobgarlikka tortiladi.
Ma‟muriy jazo qo’llanilishi tashkilotlarni nogironligi bo’lgan shaxslarni ish bilan ta‟minlash bo’yicha ushbu Qonun talablari ijro etilishi majburiyatidan ozod qilmaydi.Nogironligi bo’lgan shaxslarning ehtiyojlari va mahalliy xususiyatlar hisobga olingan holda nogironligi bo’lgan shaxslarning mehnatidan foydalanish uchun ixtisoslashtirilgan korxonalar va ish o’rinlari tashkil etiladi. Ko’rish bo’yicha nogiroligi bo’lgan shaxslar shart-sharoitlari ularning imkonmyatlariga muvofiq bo’lgan ishlab chiqarishda ustunlik huquqiga ega bo’ladilar.
22222
NOGIRONLIGI BOR SHAXSLARNI BANDLIGINI TA'MINLASHGA QARATILGAN JARAYONLARNING ASOSIY YO'NALISHLARI
O'ZMU magistranti - Tursinboyev Olimjon Ilmiy rahbar - Abduxalilov Abdullo Sotsiologiya bo'yicha falsafa doktori(PhD)
ANNOTATSIYA
Kishilik jamiyatining shunday bir toifa kishilari borki, ular o 'z imkoniyat va salohiyatlarini ro 'yobga chiqarmoq uchun alohida e'tiborga muhtoj nogironligi bor shaxslardir. Ularning jamiyatga qo'shilib ketishi, o'z o'rnini topa olishi ko'p jihatdan jamiyatning boshqa a'zolari va shu jamiyatning normative hujjatlariga bog'liq. Biz ushbu maqolada shu masalani atroflichayoritishga harakat qildik.
Kalit so'zlar: Nogironligi bo'lgan shaxslar, nogironlar mehnati, mehnat shartnomasi, ish beruvchi, ish o 'rni.
АННОТАЦИЯ:
В человеческом обществе есть категория людей с ограниченными возможностями, которым необходимо особое внимание для реализации своего потенциала. Их интеграция в общество и их способность найти свое место в значительной степени зависит от других членов общества и нормативных документов этого общества. Мы постарались подробно осветить этот вопрос в этой статье.
Ключевые слова: инвалиды, трудовой договор, работодатель, работа.
ABSTRACT
There is a category of people in human society who are people with disabilities who need special attention in order to realize their potential. Their integration into society and their ability to find their place depends to a large extent on other members of society and the normative documents of that society. We have tried to cover this issue in detail in this article.
Keywords: Persons with Disabilities, Disabled Labor, Employment Contract, Employer, Job.
KIRISH
Nogironlar mehnatidan foydalanish uchun nogironlarning ehtiyojlarini va mahalliy xususiyatlarni hisobga olgan holda ixtisoslashtirilgan korxonalar, sexlar va uchastkalar tashkil etiladi. Ko'zi ojiz nogironlar sharoitlari o'z imkoniyatlariga mos keladigan ishlab chiqarishda ishtirok etishda imtiyozli huquqqa egalar.
Xodimlarining soni yigirma kishidan ortiq bo'lgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda mahalliy davlat hokimiyati organlari nogironlarni ishga joylashtirish uchun xodimlar sonining kamida uch foizi miqdorida ish joylarining eng kam sonini belgilaydi va zaxirada saqlaydi. Nogironlarni ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam sonini yaratish bo'yicha mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlarini ijro etmaganligi uchun korxona, muassasa va tashkilotga har bir yaratilmagan ish joyi uchun ana shu korxona, muassasa va tashkilot xodimining o'rtacha yillik ish haqi miqdorida jarima solinadi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Nogironligi tufayli nogiron bilan mehnat shartnomasi tuzishni yoki ish yuzasidan uni yuqori lavozimga ko'tarishni rad etishga, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga, nogironni uning roziligisiz boshqa ishga o'tkazishga yo'l qo'yilmaydi, tibbiy-ijtimoiy ekspertizaning xulosasiga ko'ra, nogironning sog'lig'i kasb vazifalarini bajarishga monelik qilgan yoki nogironning yoxud boshqa shaxslarning sog'lig'i va mehnat xavfsizligiga tahdid qilgan hollar bundan mustasno. Nogiron o'z mehnat qobiliyatini tiklaganidan keyin, ilgarigi ishiga yoki shunga teng ishga joylashish huquqiga ega.
Agar xodim ish beruvchining aybi bilan nogiron bo'lib qolsa hamda o'zgalarning parvarishiga va yordamiga muhtoj bo'lsa, unda ish beruvchi nogiron mehnat qobiliyatini yo'qotgan davrda uni tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari yoki tibbiy-maslahat komissiyalarining xulosasiga binoan, parvarish qilayotgan shaxsni o'z hisobidan ta'minlashi hamda jabrlangan xodimga yetkazilgan moddiy zarar va ma'naviy ziyonning o'rnini qoplashi shart.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar uyda ishlovchi nogironlarga, shuningdek tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi nogironlarga mazkur faoliyat uchun yashashga mo'ljallanmagan joylar berilishida, xom ashyo olishi va mahsulot sotishida zarur yordam ko'rsatadilar.
Nogironligi bo'lgan shaxslar sonining ortishiga asosiy sabab sifatida quyidagi omillar ko'rsatib o'tilgan:1
- insonlarni uzoq umr ko'rish yoshi ortganligi;
- surunkali kasalliklar sonining ortib borishi;
- tabiiy ofatlar sonining ortganligi;
- jarohatlar sonining ortganligi;
1 Международный форум «Духовно-нравственные основы общества в системе социальной поддержки детства и семьи». Сборник материалов. - Ташкент, 2012. - С. 116.
54
- aholi o'rtasidagi nochorlik ahvoli;
- ish bilan ta'minlanmaslik (ayniqsa, aqliy va ruhiy nuqsonlari bor nogironligi bo'lgan shaxslarni ish bilan ta'minlash masalalarining muammoligi).
Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, yer yuzida nogironligi bo'lgan shaxslar sonining ortishiga ko'rsatib o'tilgan sabablarning bir qismi O'zbekiston uchun ham xosdir.
Aksariyat rivojlangan davlatlarning tajribalari shundan dalolat beradiki, nogironligi bo'lgan shaxslarni ijtimoiy muhofaza qilishda birinchi navbatda ijtimoiy himoya yoki ijtimoiy imtiyozlar yaratish emas, balki ularning bandligini, ya'ni ish bilan ta'minlash masalasi muhim o'rin tutadi.
Adabiyotlardan ma'lum bo'lishicha, dunyo bo'yicha jami nogironligi bo'lgan shaxslarning 2/3 qismi ma'lum darajada uy sharoitida, oddiy yoki maxsus yaratilgan ish o'rinlarida mehnat bilan shug'ullanish imkoniga ega. Ammo ularning atigi 11% i ishga joylashgan.
Rossiya davlatida nogironligi bo'lgan shaxslarning 25 %, AQShda 29 %, Fransiyada 30%, Germaniya hamda Buyuk Britaniyada 40 % gacha va Xitoyda 80 % nogironligi bo'lgan shaxslar ish bilan ta'minlanganligi qayd etilgan.
O'zbekiston Respublikasida aholining 2,4 % ini nogironligi bo'lgan shaxslar tashkil etib, katta yoshdagi nogironligi bo'lgan shaxslarning o'rtacha 34 ming nafari (5%) iqtisodiyotning rasmiy sektorida band ekanligi masalaning mohiyatini yanada oshiradi. Iqtisodiyotning rasmiy sektorida band bo'lgan nogironligi bo'lgan shaxslarning 3,5 % ini I guruh, 55,8% ni II guruh va 40,7% ni III guruhdagilar tashkil etadi2.
Nogironlarning mehnatidan foydalanish uchun nogironlarning ehtiyojlarini va mahalliy xususiyatlarni hisobga olib, maxsus korxonalar, sexlar va uchastkalar barpo etiladi. Ko'zi ojiz nogironlar sharoiti o'zlarining imkoniyatlariga mos keladigan ishlab chiqarishlarda qatnashishda ustunlik huquqiga ega.
Mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari, korxonalar va birlashmalar uyda ishlovchi nogironlarga, shuningdek yakka tartibdagi mehnat faoliyati band bo'lgan nogironlarga mazkur faoliyat uchun odam turmaydigan bino yoki xonalar ajratib berish, xom ashyo sotib olish va mahsulotni sotishda zarur yordam beradi.
Xususan, 2010 yil 22 dekabridagi O'zbekiston Respublikasining "Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida"gi Qonunga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritish to'g'risidagi Qonuniga muvofiq, 2011 yil 1 yanvaridan boshlab, III guruh nogironligi
2 Международный форум «Духовно-нравственные основы общества в системе социальной поддержки детства и семьи». Сборник материалов. - Ташкент, 2012. - С. 116.
55
bo'lgan shaxslarga pensiya to'lash tartibi bekor qilindi hamda ushbu toifadagi shaxslarni ish bilan ta'minlash masalasi kun tartibidagi asosiy masala bo'lib qoldi2.
Albatta nogironligi bo'lgan shaxslarni ish bilan ta'minlashning davlat uchun iqtisodiy samaradorligini hisob-kitob qilish ancha mushkul. Ammo olib borilgan tahlillar shuni ko'rsatmoqdaki, iqtisodiyotning rasmiy sektorida band bo'lgan nogironligi bor shaxslar budjetdan tashqari pensiya jamg'armasi tomonidan ular uchun to'lanayotgan pensiya miqdorining deyarli 50% ni o'zlari qoplab berishlari mumkin. Bundan tashqari, ishlayotgan nogironligi bo'lgan shaxslar bandlikka ko'maklashish jamg'armasiga o'z hissalarini qo'shib, aksariyat holatlarda daromad solig'ini ham to'lab keladilar. Shu singari bir foizli jamg'arib boriladigan pensiya jamg'armasiga ham o'z hissalarini qo'shib, iqtisodiyotning rivojlanishi uchun o'zlarining kichik ulushlarini qo'shadilar.
Dunyo tajribasi shundan dalolat beradiki, davlat, nodavlat, jamoatchilik tashkilotlari hamda ish beruvchilarning kompleks yondashuvi natijasidagina nogironligi bo'lgan shaxslarni oqilona ishga joylashtirish samaradorligi yuqori bo'lishi mumkin. Turli davlatlarda nogironligi bo'lgan shaxslarni oqilona ishga joylashtirish mexanizmlarining quyidagi turlarini farqlash mumkin:
- qonunchilikda nogironligi bo'lgan shaxslarni boshqa fuqarolar bilan teng huquqlarga ega ekanliklarini belgilash;
i
Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
- ish o'rinlarini zahirada saqlash (kvotalash);
- ishga joylashtirish jarayoniga ergoterapevtlar va ijtimoiy xodimlarni jalb etish;
- nogironligi bo'lgan shaxslarni vaqtincha yoki sinov muddati bilan ishga joylashtirish;
- ishga joylashgan nogironligi bo'lgan shaxs va ish beruvchini ijtimoiy qo'llab -quvvatlash;
- ijtimoiy korxona va ijtimoiy muassasalarni tashkil etish;
- nogironligi bo'lgan shaxslarni ishga joylashtirish jarayoniga nogironligi bo'lgan shaxslar jamiyatlarini faol ishtirok etishlarini ta'minlash;
- nogironligi bo'lgan shaxslar bandligini ta'minlashda jamoatchilik faolligini oshirish.
Nogironligi bo'lgan shaxslar uchun ish o'rinlarini zahirada saqlash mexanizmi Germaniya, Avstriya, Italiya, Fransiya, Ispaniya, Yaponiya va boshqa bir qator davlatlarda joriy qilingan. Mazkur davlatlarda xodimlarning soni 20 kishidan 50 kishigacha bo'lgan korxona, muassasa va tashkilotlar 2 % dan 6 % gacha ish
2 Узбекистан Республикасининг "Фукароларнинг давлат пенсия таъминоти тугрисида"ги Конунга кушимча ва узгартиришлар киритиш тугрисидаги Конуни. 2011 йил.
56
Scientific Journal Impact Factor
o'rinlarini zahirada saqlashlari belgilab qo'yilgan. O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida 20 kishidan ortiq bo'lgan korxona, muassasa va tashkilotlar 3% ish o'rinlarini nogironligi bo'lgan sha^s^ uchun zahiгada saqlashlaгi lozim1.
AQSh va Buyuk Biritaniya davlatlarida nogironligi bo'lgan shaxslarni ishga joylashtirishning majburiy mexanizmlari qo'llanilmaydi, ammo mazkur davlatlarning qonunchiligida nogironligi bo'lgan shaxslarning ishga joylashishlari uchun boshqa fuqarolar bilan teng imkoniyatlar yaratilgan. Xususan, nogironligi bo'lgan shaxsning ish beruvchi bilan suhbat olib borishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan bo'lishi lozim, shu jumladan, ko'zi ojiz nogironligi bo'lgan shaxslar uchun ham, nogironligi bo'lgan shaxslarning shaxsiy hayotlariga aloqador ma'lumotlarni so'rab olish taqiqlanadi, ayrim holatlarda hattoki nogironlik to'g'risidagi ma'lumotnomani so'rab olishga ham yo'l qo'yilmaydi.
Aksariyat rivojlangan davlatlaráa (Shvesariya, Avstгiya, Fransiya, Koгeya, Italiya, Rossiya va h.k.), shu jumladan, O'zbekistonda ham nogironligi bo'lgan shaxslarni ishga joylashganligidan qat'i nazar pensiya to'lovining saqlab qolinishi ularning ishga joylashishlari uchun eng muhim rag'batlantirnvchi mexanizmlaráan biгi hisoblanadi. AQSh, Buyuk Bгitaniya, Geгmaniya, Noi^vegiya singaгi davlatlaгda nogironligi bo'lgan shaxslar ishga joylashganlaridan keyin pensiya 3 oydan 3 yilgacha to'lab borilib, uning oqilona ishga joylashganligi va o'z ishiga to'liq moslashganidan keyin pensiya to'lovi to'xtatiladi.
Rossiya, Ukraina va Belorussiyada nogironligi bo'lgan shaxslarni ishga joylashtirish jarayoniga eгgoteгapevtlaгni jalb etish mexanizmi keng joriy qilingan. Ushbu mutaxassislaT nogiгon shaxslarni cheklangan yoki yo'qotgan turmush faoliyatini tiklash bilan shug'ullanadi. Ergoterapevtlar bundan tashqari nogironligi bo'lgan shaxslarda ijtimoiy-maishiy ko'nikmalarni shakllantirish, orientatsiya, kasb ko'nikmalarini hosil qilish singari vazifalarni ham amalga oshiradi.
O'zbekiston Respublikasida bugungi kunda, afsuski, ergoterapevt mutaxassislar tayyorlanmaydi. Bu esa, o'z navbatida, nogironligi bo'lgan shaxslarni yakka tartibdagi гeabilitatsiya dasturining ijtimoiy-maishiy va kasbiy bo'limlarini shakllantirishga salbiy ta'sir etadi. Ukraina, Rossiya, Belorussiya davlatlarida nogiron shaxslarni yakka tartibdagi reabilitatsiya dastuгlaгi biг oy mobaynida ijtimoiy xodim, ergoterapevt, reabilitolog va boshqa mutaxassislar ishtirokida tuziladi. O'zbekistonda esa ushbu vazifani tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarining vrachlari ko'rik o'tgan
1 И.А.Каримов Узбекистан XXI асрга интилмокда. Биринчи чакирик Узбекистан Республикаси Олий Мажлисининг ун туртинчи сессиясидаги маъруза, 1999 йил 14 апрель. Материалы международного форума «Духовно-нравственные основы общества в системе социальной поддержки детства и семьи». - Ташкент, 2012.
- С. 117.
Scientific Journal Impact Factor
kunning o'zida bajaradi va bu xato, kamchiliklar salmog'ining yuqori bo'lishiga olib keladi.
Nogironligi bo'lgan shaxslar bandligini ta'minlashda jamoatchilik faolligini oshirish mexanizmi aksariyat rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda tashkil etilgan. Masalan, Yaponiya, Filippin, Tayland, Koreya, Hindiston va boshqa bir qator davlatlarda jamiyat a'zolarining faollashuviga asoslangan yondashuv modeli keng qo'llaniladi. Yoki ushbu model - mahalliy jamiyat rivojlanishida barchaning ishtirokini ta'minlovchi yondoshuvdir. Mazkur model 30 yillar ilgari joriy etilgan bo'lib, Osiyo va Tinch okeani hududi hamda boshqa mamlakatlar tajribasida qo'llanib kelinmoqda.
Mazkur modelini o'zbek taraqqiyot modeliga o'xshash jihatlari ham e'tiborga loyiq. Masalan, modelning 5 ta modeli o'z ichiga moddiy ta'minot, sog'liqni saqlash, to'sqinliksiz muhit, shart-sharoit, ijtimoiy muhit, ta'lim, bandlik, reabilitatsiya (uzluksizlik, bosqichma-bosqichlik, komplekslilik tamoyillari) jarayonlarini qamrab olgan.
Nogironligi bo'lgan shaxslar bandligini ta'minlashda barchaning ishtirokini ta'minlovchi yondoshuv quyidagi prinsiplarga tayangan bo'lishi maqsadga muvofiq bo'ladi:
- ish uslubi o'zgaruvchan;
- oson moslashuvchan;
- qo'shimcha mablag', qo'shimcha kuch talab qilmaydigan bo'lishi lozim.
Barchaning ishtirokini ta'minlovchi yondoshuvda nogironligi bo'lgan shaxslar
tashkilotlari hamda o'zini o'zi boshqarish organlari katalizator (ya'ni liderlik ) rolini o'ynashi muhimdir. Chunki mazkur tashkilotlar:
1. Muammolarni yaxshi biladi.
2. Kadrlar tarkibi va tarmog'i mavjud.
3. Moddiy-texnik baza mavjud.
4. Mahalliy xususiyatlarni ob'ektiv hisobga oladi.
5. Masalaning yechimiga xolisona yondoshadi.
6. Tizimda struktura mavjud.
Hozirgi vaqtda nogironligi bo'lgan odamlarni ijtimoiy muhofaza qilish tizimi isloh qilish jarayonida turibdi. Ilgarilari hastalik -nogironlik - mehnatga layoqatsizlik tushunchasini tengligiga asoslangan hayot faoliyatining turli xil mezonlarini cheklash darajasini aniqlashga asoslangan manzilli yondashuvga bosqichma-bosqich o'tish yuz bermoqda. Nogironlikni aniqlashni tartibi, davlatning ijtimoiy imtiyozlar va kafolatlarni taqdim etish tartibi qayta ko'rib chiqildi.
Scientific Journal Impact Factor
Davlat uchun nogironligi bo'lgan odamlarni ishga joylashtirishni iqtisodiy ahamiyatini deyarli baholab bo'lmaydi, biroq uni raqamlardagi to'liq foydasini hisoblab chiqish murakkab ish, chunki u pul ko'rinishida hisoblash chiqish qiyin bo'lgan ko'plab omillarning yig'indisidan iborat bo'ladi. Son sifatida hisoblash yengil kechadigan omillardan biri - bu O'zbekistonning rasmiy sektorida ishlovchi nogironligi bo'lgan shaxslar budjetdan tashqari fondan olinadigan pensiyalarini 50 foizga yaqinini qoplashadi, qo'shimcha tarzda bandlikka ko'mak berish fondiga mablag' ajratadi va bir qator holatlarda daromad solig'ini to'lashadi. Nogironligi bo'lgan shaxslarni ishga joylashtirishni ahamiyatini pasaytirmagan holda qayd etishimiz kerakki, ularni ish bilan ta'minlashni ijtimoiy ahamiyati juda ham muhim hisoblanadi.
Ishga joylashtirish nafaqat moddiy ta'minlanishni anglatadi. Nogironligi bo'lgan odamlarni ishga joylashtirishning ijtimoiy ahamiyati ularni o'z-o'zini namoyon qila olish, jamiyat rivojiga o'zlarining noyob hissalarini qo'shish imkoniyati, muloqot va jamiyatiga kirishishlari uchun imkoniyatlarni taqdim etishni ta'minlashdan iboratdir. Nogironligi bo'lgan odamlarni ishga joylashtirish ularga nisbatan bo'lgan achinish, qobiliyatiga ishonchsizlik, hamda ularni jamiyat uchun ortiqcha tashvish keltiruvchi ko'rinishda bo'lgan bir taxlitdagi munosabatlarni bartaraf qilish imkonini beradi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Yuqoridagilardan kelib chiqib, O'zbekiston Respublikasida aholini ijtimoiy muhofazaga muhtoj qatlamlarini, xususan, nogironligi bor bo'lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish taklif etiladi:
i
Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
- nogironligi bo'lgan shaxslar bandligini ta'minlashni muvofiqlashtirib boruvchi davlat va nodavlat tashkilotlaridan iborat milliy va hududiy kengashlar tashkil etish, mazkur kengashlarga jamoatchilik faollarini jalb etish;
- bandlik masalalarini monitoring qilish, ma'lumotlarni yig'ish, umumlashtirish, tahlil qilish, natijalarni baholash, huquqiy masalalar yuzasidan davlat va nodavlat tashkilotlari xodimlarining malakalarini birgalikda oshirish kurslarini tashkil etish;
- nogironligi bo'lgan shaxslarga mehnat va kasbiy tavsiyalar berishning yangi zamonaviy standartlarini ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq etish;
- nogironligi bo'lgan shaxslarning saqlanib qolgan mehnat faoliyatini baholash hamda mehnat tavsiyalari berish maqsadida turmush faoliyati cheklanishining yangi standartlari va uslublarini ishlab chiqish;
Scientific Journal Impact Factor
- nogironligi bo'lgan shaxslaming ish joylarini attestatsiyadan o'tkazish uslublarini takomillashtirish hamda mazkur attestatsiyalarda mehnat tavsiyalarini bergan mutaxassislar ishtirokini ta'minlash;
- "Mehnat bozori" to'g'risida avtomatlashtirilgan elektron ma'lumotlar bazasini yaratish hamda tashkilot, muassasa va korxonalar o'rtasida tizimli ma'lumotlar almashinuvini yo'lga qo'yish;
- davlat, nodavlat tashkilotlari hamda barchaning ishtirokini ta'minlovchi yondoshuvga asoslangan tizimning imkoniyat va ehtiyojlar haritasini ishlab chiqish, qiyosiy tahlil qilish orqali mavjud muammolar yechimini topish;
- jamoat nazorati tizimini shakllantirish, ijtimoiy hamkorlikning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish va takomillashtirish;
- kadrlarni to'g'ri tanlash va tayinlash bo'yicha jamoat kengashlarini tuzish, mazkur kengashlarning asosiy qismiga nodavlat tashkilotlari hamda jamoatchilik faollari a'zolarini jalb qilish;
- nogironligi bo'lgan shaxslar bandligini ta'minlash, ularga ijtimoiy-maishiy xizmat ko'rsatish chora-tadbirlarini yanada takomillashtirishda barchaning faolligiga asoslangan yondashuv imkoniyatlaridan kengroq foydalanish.
3333
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNI HAR TOMONLAMA QO‘LLAB-QUVVATLASH, ULARNING BANDLIGIGA KO‘MAKLASHISH HAMDA IJTIMOIY FAOLLIGINI YANADA OSHIRISHGA OID QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlari bilan hamohang ravishda nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimini shakllantirish, ularni mehnat faoliyatiga keng jalb qilish orqali hayot sifati va darajasini oshirish hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida:
1. Belgilansinki, 2022-yil 1-yanvardan boshlab Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga (budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno) har bir xodim uchun 6 oy davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida subsidiya beriladi.
Bunda, nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan tashkilotga subsidiya berishda Yagona milliy mehnat tizimida ro‘yxatdan o‘tkazilgan mehnat shartnomasi asos hisoblanadi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov) Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (A. Inakov) bilan birgalikda bir oy muddatda Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga subsidiya berish tartibi to‘g‘risidagi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
2. 2022-yil 1-martdan boshlab:
a) Soliq kodeksining 380-moddasi birinchi qismiga muvofiq bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun daromad solig‘i bo‘yicha belgilangan imtiyoz mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,41 baravaridan 3 baravarigacha oshiriladi;
b) 2024-yil 1-martga qadar ish beruvchilarga (budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno) ular tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasi Davlat budjetidan to‘liq qaytarib beriladi.
Bunda, ijtimoiy soliq summasi nogironligi bo‘lgan shaxslarning olti oy davomida uzluksiz mehnat faoliyatini amalga oshirishi sharti bilan yettinchi oydan boshlab qaytariladi.
Moliya vazirligi (T. Ishmetov) bir oy muddatda Soliq kodeksiga ushbu bandga muvofiq nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun daromad solig‘i bo‘yicha belgilangan imtiyozlarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
3. Nogironligi bo‘lgan shaxslar ishlari bo‘yicha idoralararo kengash (keyingi o‘rinlarda – Idoralararo kengash) tarkibiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati, O‘zbekiston karlar jamiyati, O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi hamda Tadbirkor nogiron-ayollar milliy assotsiatsiyasi rahbarlari kiritilsin.
Idoralararo kengashning zimmasiga nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatilsin:
nogironligi bo‘lgan shaxslarning ta’lim muassasalarida inklyuziv ta’limini rivojlantirish, ularni kasbga tayyorlash va malakasini oshirib borish uchun muqobil shakldagi o‘quv materiallaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;
ta’lim muassasalarini bitiruvchi nogironligi bo‘lgan shaxslarning tavsiya etilgan kasblar bo‘yicha belgilangan tartibda korxona va tashkilotlarda amaliyot o‘tashini tashkil etish;
nogironligi bo‘lgan shaxslarning korxona va tashkilotlardagi ish joylarini jihozlash, moslashtirish va ularning faoliyat ko‘rsatishi uchun zaruriy mehnat sharoitlarini tashkil etish;
nogironligi bo‘lgan shaxslarni ular ishga joylashgandan so‘ng hamda tadbirkorlik, hunarmandchilik yoki o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlagandan keyin qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini tatbiq etish.
Idoralararo kengashga rahbarlik qilish Savdo-sanoat palatasining raisi A. Ikramov zimmasiga yuklansin.
4. Davlat buyurtmachilariga elektron kooperatsiya birjasi portalida ro‘yxatdan o‘tgan, ishlovchi xodimlari umumiy sonining kamida 50 foizi nogironligi bo‘lgan shaxslardan iborat va nogironligi bo‘lgan shaxslar mehnatiga haq to‘lash fondi umumiy mehnatga haq to‘lash fondining kamida 50 foizini tashkil etadigan, yagona ishtirokchisi nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslar (keyingi o‘rinlarda – yagona ishtirokchisi nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslar) bilan ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xarid qilish bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzishga ruxsat berilsin.
Belgilansinki:
yagona ishtirokchisi nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslarning tovarlarini (ishlari, xizmatlarini) xarid qilish uchun kvotalar taqdim etish tartibi bekor qilinadi;
mazkur bandga asosan tuzilgan, qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 6 000 baravarigacha bo‘lgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) xaridiga oid shartnomalar va ularga qo‘shimcha kelishuvlar “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar korxonasida ekspertizadan o‘tkazilmaydi.
5. Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev) Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan har yili 500 nafargacha nogironligi bo‘lgan yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida quyidagi yo‘nalishlar uchun subsidiya ajratib borish tizimini joriy etsin:
nodavlat ta’lim tashkilotlarida kasb-hunarga o‘rgatish, ularda kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish, axborot texnologiyalari, kompyuterda dasturlash amaliyoti, umumta’lim fanlari va xorijiy tillarni o‘rgatish, shuningdek, zarur hollarda yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun;
kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash, malaka oshirish, tadbirkorlik va kasb-hunarga o‘rgatish kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan hamda maxsus sertifikatni olgan, shuningdek, tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganlarga asbob-uskuna va mehnat qurollarini xarid qilish uchun.
Belgilansinki, subsidiyalar har bir nogironligi bo‘lgan yoshning talabiga muvofiq, bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha bo‘lgan miqdorda mazkur bandda ko‘rsatilgan yo‘nalishlardan bittasi uchun ajratiladi.
6. “El-yurt umidi” jamg‘armasi (A. Bekmurodov) Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev) bilan birgalikda ushbu jamg‘arma mablag‘lari hisobidan 2022-yildan boshlab har yili tanlov asosida tanlab olingan 20 nafargacha nogironligi bo‘lgan iqtidorli yoshlarning yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarida, shu jumladan onlayn kurslarda ta’lim olishini tashkil etsin.
7. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning davlat organlari, shu jumladan davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida (keyingi o‘rinlarda – davlat idoralari) o‘z mehnat faoliyatini olib borishining quyidagi mexanizmlari joriy qilinsin:
Oldingi tahrirga qarang.
a) Adliya vazirligi (R. Davletov):
(7-bandning “a” kichik bandi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-son Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)
2022-yil 1-martga qadar har bir hududda bittadan davlat xizmatlari markazida nogironligi bo‘lgan shaxslarning ularga mos keluvchi lavozimlarda (operator, konsultant, inspektor va boshqalar) ishlashi uchun qulay sharoitlarni yaratgan holda mehnat faoliyatini olib borishini (keyingi o‘rinlarda — tajriba-sinov loyihasi) ta’minlasin;
2022-yil 1-sentabrga qadar tajriba-sinov loyihasi natijalariga ko‘ra mazkur amaliyot barcha davlat xizmatlari markazlarida joriy qilinsin;
Oldingi tahrirga qarang.
b) Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (A. Inakov) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov) hamda Adliya vazirligi (R. Davletov) bilan birgalikda tajriba-sinov loyihasini tahlil qilsin va uning natijalari asosida 2022-yil 1-aprelga qadar davlat idoralarida (shu jumladan boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarda) nogironligi bo‘lgan shaxslarning faoliyat olib borishi uchun ish o‘rinlari va kasblarni moslashtirish bo‘yicha tavsiyalar, shuningdek, ular faoliyat ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan kasb va lavozimlar ro‘yxatini tasdiqlashni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
(7-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-son Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)
v) Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov) nogironligi bo‘lgan shaxslarni ish bilan ta’minlash, ularning biznes yuritishiga ko‘maklashishda mahalliy va xorijiy tadbirkorlik subyektlarining keng ishtirokini ta’minlash bo‘yicha barcha zaruriy choralarni ko‘rsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgustdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5217-son qarorida 2022-yil 1-maydan boshlab “Ijtimoiy xizmat” elektron platformasi (keyingi o‘rinlarda – Platforma) ishga tushirilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (A. Inakov):
Platforma nogironligi bo‘lgan shaxslarning elektron ma’lumotlari, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, tibbiy-ijtimoiy xizmatlar bo‘yicha tezkor murojaat qilish kabi masalalarni o‘z ichiga olishini ta’minlasin;
Platformani takomillashtirish bo‘yicha buyurtmachi funksiyasini amalga oshirsin va uning uzluksiz faoliyat ko‘rsatishini ta’minlasin.
9. Nogironligi bo‘lgan shaxslarni samarali qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Ijtimoiy xizmat” elektron platformasida:
a) Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Azizov) tibbiy, psixologik maslahat olish bo‘yicha onlayn murojaatlarni qabul qilish, muntazam ravishda tezkor maslahatlar berib borish hamda boshqa tibbiy xizmatlar ko‘rsatish choralarini ko‘rsin;
b) Turizm va sport vazirligi (U. Azamov) nogironligi bo‘lgan shaxslarning jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishi hamda ularga imtiyozli xizmatlar ko‘rsatish choralarini ko‘rsin;
v) Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (G. Ma’rufova) “Ayollar daftari”ga kiritilgan, nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam turlari hamda ehtiyojmand aholiga subsidiyalar va boshqa loyihalar haqidagi ma’lumotlarni joylashtirish choralarini ko‘rsin;
Oldingi tahrirga qarang.
g) Adliya vazirligi (R. Davletov) Davlat xizmatlari markazlari, jumladan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish (sanatoriylarda, pansionatlarda va boshqa muassasalarda davolanish uchun yo‘llanmalar olish) choralarini ko‘rsin;
(9-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-son Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)
d) Madaniyat vazirligi (O. Mirzayev) nogironligi bo‘lgan shaxslar, ayniqsa, nogironligi bo‘lgan yoshlarning musiqa va san’at maktablarida, kutubxonalarda, ijodiy ustaxonalar va xalq ustalari maktablarida “ustoz-shogird” tamoyili asosida o‘qishi, tashkillashtirilayotgan madaniy tadbirlarda ishtirok etishiga ko‘maklashish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish choralarini ko‘rsin;
e) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov):
“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiruvchi bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari milliy bazasini integratsiya qilish choralarini ko‘rsin;
nogironligi bo‘lgan shaxslarni kasb-hunarga o‘rgatadigan onlayn to‘garaklarni tashkil etsin hamda o‘quv qo‘llanmalari va videomateriallarni, “Ishga marhamat” monomarkazlari va o‘quv markazlari manzillari, ulardagi o‘quv kurslari va muddatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirsin;
j) Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), “Hunarmand” uyushmasi (U. Abdullayev) hunarmandchilik faoliyatini boshlash uchun asbob-uskuna hamda mehnat qurollarini xarid qilishga subsidiya ajratish, uyushmaga a’zolik badalini qoplash uchun subsidiya berish, “ustoz-shogird” tamoyili asosida nogironligi bo‘lgan shaxslarga tavsiya etilgan kasb-hunarlarga o‘rgatish choralarini ko‘rsin;
z) Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev):
nogironligi bo‘lgan yoshlarga o‘zini o‘zi band qilish, ularni tadbirkorlikka jalb qilish, kasb-hunarga o‘qish uchun joriy etilgan subsidiyalardan foydalanishda ko‘maklashish;
nogironligi bo‘lgan yoshlarning xorijiy tillarni o‘rganish va nodavlat ta’lim tashkilotlarida o‘qish xarajatlarini qoplash, ularning asbob-uskuna va mehnat qurollarini xarid qilishiga yordamlashish choralarini ko‘rsin;
i) Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (K. Karimov) oliy va professional ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan hamda o‘qish istagidagi nogironligi bo‘lgan yoshlar uchun ta’lim muassasalari tomonidan berilgan imtiyozlar va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirib borish choralarini ko‘rsin;
k) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O. Pekos) nogironligi bo‘lgan, shu jumladan ko‘zi ojiz va ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan shaxslarning Platformadan qulay va bepul foydalanishini ta’minlash choralarini ko‘rsin.
10. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov) 2022-yil 1-fevraldan boshlab nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun tuman (shahar)lar hokimlarining qarori bilan belgilangan ish o‘rinlarining eng kam soni va ish beruvchilar tomonidan ish o‘rinlari zaxiraga qo‘yilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiruvchi bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari milliy bazasida real vaqt rejimida aks etib borishini ta’minlasin.
Bunda, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxsning ishlashi tavsiya qilingan kasblar to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Bandlik xizmati” axborot tizimiga elektron tarzda yuboriladi.
11. 2022-yil 1-fevraldan boshlab:
a) Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov) tasarrufida professional ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar bilan birgalikda barcha hududlardagi kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarda nogironligi bo‘lgan shaxslarni kasb-hunarga o‘rgatish bo‘yicha har chorakda qisqa muddatli kurslarni tashkil etsin.
Bunda, qisqa muddatli kurslarning o‘quv dasturlari mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarni inobatga olgan holda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi, O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi, O‘zbekiston nogironlar jamiyati, O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati hamda O‘zbekiston karlar jamiyati bilan hamkorlikda ishlab chiqiladi;
b) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov) “Ishga marhamat” monomarkazlarida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun tavsiya etilgan va mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar, xorijiy til, kompyuter savodxonligi va kompyuterda dasturlash asoslari bo‘yicha doimiy ravishda o‘quv kurslarini tashkil etsin.
Bunda, o‘quv kurs (guruh)larini tashkil etishda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun bino-inshootlarni moslashtirish, tegishli shart-sharoitlarni yaratish, jihozlash, o‘quv qurollari va o‘quv-metodik materiallar bilan ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlar Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hamda xorijiy grant va kreditlar hisobidan amalga oshiriladi.
12. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov):
a) 2022-yil 1-iyuldan boshlab Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy faolligini oshirish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanuvchi nodavlat notijorat tashkilotlariga bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari miqdorida quyidagi tadbirlarni moliyalashtirish shartlarini nazarda tutuvchi ijtimoiy buyurtma mablag‘larini ajratish tizimini joriy etsin:
nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun tavsiya etilgan kasblar va ularning qiziqishlaridan kelib chiqib ushbu shaxslarni kasb-hunarga tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha davlat yoki nodavlat ta’lim tashkilotlariga yo‘naltirish;
ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamlariga mansub shaxslarni kvotalangan eng kam sonidan ortiq miqdorda ishga qabul qilgan hamda ular uchun ish o‘rinlarini moslashtirgan ish beruvchilar tomonidan mavjud imtiyozlardan foydalanish darajasini oshirish;
nogironligi bo‘lgan shaxslarni tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish faoliyatiga jalb qilish hamda ular uchun ijtimoiy ta’minotga oid axborot va maslahat berish hamda ularning huquqiy ongini oshirish;
b) 2022-yildan boshlab nogironligi bo‘lgan shaxslarni kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha amaldagi tartiblar asosida ajratiladigan grant miqdorini kamida 2 baravarga oshirsin;
v) 2022-yil 1-martga qadar nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy faolligini oshirish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanuvchi nodavlat notijorat tashkilotlariga ijtimoiy buyurtma berish, shuningdek, tanlov shartlari va uni o‘tkazish tartibini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
g) 2022-yil 1-mayga qadar davlat idoralarida nogironligi bo‘lgan shaxslarning belgilangan kvotalarga muvofiq ishga qabul qilinishi holatini o‘rganib chiqib, o‘rganish natijalari bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar dasturi loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
13. Nogironligi bo‘lgan shaxslar orasida ularning hayotini yaxshilashga qaratilgan eng yaxshi ijtimoiy loyihalarni rag‘batlantirib borish maqsadida 2022-yildan boshlab quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha respublika tanlovlari tashkil etilsin va o‘tkazib borilsin:
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan — “Eng yaxshi ijtimoiy loyiha”;
Savdo-sanoat palatasi tomonidan — “Eng yaxshi tadbirkor”;
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan – “Eng yaxshi talaba”;
Turizm va sport vazirligi tomonidan — “Eng yaxshi sportchi”;
Madaniyat vazirligi tomonidan — “Eng yaxshi kitobxon”;
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan — “Eng yaxshi ish beruvchi”.
Bunda, tanlov natijalari har yili “3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni” arafasida e’lon qilinadi hamda tanlov g‘oliblari tashkilotchilarning budjetdan tashqari manbalari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.
14. Ko‘zi ojiz va ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan shaxslarning ta’lim olishini sifat jihatdan yangi darajaga olib chiqish hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun kitoblar, jurnallar va boshqa bosma materiallar (matn, nota yozuvi, illyustratsion materiallar, Brayl yozuvidagi kitoblar va audiokitoblar) bazasini kengaytirish borasida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilsin:
Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) 2022-yil yakuniga qadar barcha bolalar musiqa va san’at maktablariga ko‘zi ojiz va ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan shaxslar uchun mo‘ljallangan matn va nota yozuvlarining muqobil shakllari bepul tarzda yetkazib berilishini ta’minlasin;
Xalq ta’limi vazirligi (B. Saidov) 2022-yil yakuniga qadar:
a) o‘quv materiallarining audiokitoblarini va audio tasmadagi yozuvlarni yozib olish, Brayl yozuvidagi kitoblarni tayyorlash hamda ta’lim muassasalariga yetkazib berish tadbirlarini amalga oshirsin;
b) alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalarning ota-onalari uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqilib, ularga yetkazib berilishini ta’minlasin.
Bunda, mazkur chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq barcha xarajatlar 2022-yilda tarmoq vazirliklariga ajratilgan mablag‘lar doirasida moliyalashtiriladi.
15. Savdo-sanoat palatasi Turizm va sport vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi, O‘zbekiston nogironlar jamiyati, O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi bilan birgalikda 2022-yildan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlari hamda Toshkent shahrida nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan qo‘l mehnati bilan tayyorlangan mahsulotlarning ko‘rgazma savdolarini muntazam ravishda tashkil qilish amaliyotini joriy etsin.
Belgilansinki, ko‘rgazma savdolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlari hamda Toshkent shahrida tashkil etiladigan hunarmandchilik mahsulotlari savdo pavilonlarida doimiy faoliyat ko‘rsatishi ta’minlanadi.
Savdo-sanoat palatasi rahbari A. Ikramov mazkur ko‘rgazma savdolarini samarali va to‘laqonli amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha shaxsan mas’ul ekanligi belgilab qo‘yilsin.
16. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyatlari tasarrufidagi korxonalar faoliyatini tubdan modernizatsiya qilish va samaradorligini oshirish bo‘yicha o‘rganish va baholash ishlarini tashkil qilsin hamda o‘rganish jarayonida quyidagi yo‘nalishlarga e’tibor qaratsin:
nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyatlari tasarrufidagi korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy, texnik va texnologik holatini tahlil qilish, ularni modernizatsiyalash, mahalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning aniq manbalarini belgilash;
ijtimoiy korxona, ijtimoiy tadbirkorlik, ijtimoiy mahsulot, ijtimoiy kvota, ijtimoiy mas’uliyat tushunchalari hamda ularni amaliyotga joriy etish yuzasidan ilg‘or xorijiy tajribani tahlil qilish;
ijtimoiy korxonalar klasterlarining faoliyatini, birinchi navbatda, nogironligi bo‘lgan shaxslarning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan, import o‘rnini bosadigan va eksportga yo‘naltirilgan ijtimoiy mahsulotlar (tovarlar, xizmatlar), zamonaviy tibbiy reabilitatsiya vositalarini ishlab chiqarishga yo‘naltirish;
“O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan ijtimoiy mahsulot” tovar belgisi ostida ishlab chiqarishni, kooperatsiya va kasanachilikni kengaytirish, mahsulotlar (tovarlar, xizmatlar) turlari va istiqbolli bozorlarga eksportini ko‘paytirishning aniq choralarini belgilash;
ijtimoiy korxonalar klasterlarining hududlarda hamda xorijiy davlatlarda savdo uylari va firma do‘konlarini tashkil etish;
ijtimoiy korxonalar klasterlarida ishlab chiqarilgan tovarlarni birja savdolarida sotish, davlat ehtiyoji uchun xarid qilish va zaxiraga olishning mexanizmlarini takomillashtirish;
ko‘zi ojizlar, kar-soqovlar va boshqa shaklda nogironligi bo‘lgan shaxslarga, shu jumladan bolalar sog‘lig‘ini reabilitatsiya qilishga ixtisoslashgan markazlar, ta’lim, tibbiyot, madaniyat va ma’rifat maskanlari kabi ijtimoiy infratuzilmalarning faoliyatini va moddiy-texnika bazasini, ta’limning ishlab chiqarish bilan integratsiyasining amaldagi tizimini tanqidiy tahlil qilish;
zamonaviy menejment va marketingga asoslangan boshqaruv va ishchi kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini shakllantirish masalalari bo‘yicha bevosita joylarga chiqib o‘rgangan holda chuqur tahlillarga asoslangan takliflarni ishlab chiqish.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov) Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (S. Xolxo‘jayev), Moliya vazirligi (J. Abruyev), nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyatlari bilan birgalikda hamda BMTning Taraqqiyot dasturi, Jahon banki va YUNISEFning texnik ko‘magini jalb qilgan holda, 2022-yil 1-aprelga qadar o‘rganish natijalari bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyatlari tasarrufidagi korxonalar faoliyatini kompleks (shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari asosida) rivojlantirishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini kiritsin.
17. Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston nogironlar jamiyati, O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati, O‘zbekiston karlar jamiyati, O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu qaror maqsadi va vazifalari, shu jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashni targ‘ib qiluvchi videoroliklar va ijtimoiy reklamalar ishlab chiqqan holda, ommaviy axborot vositalarida va Internet tarmog‘ida keng yoritilishini ta’minlasin.
18. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib moliya vaziri T.A. Ishmetov, bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari E.M. Muxitdinov hamda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktori A.K. Inakov belgilansin.
19. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, mas’ul ijrochi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga 2022-yil 1-iyulga qadar axborot berilsin.
KIRISH.
O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan kishilar ahvolining ushbu tahlili O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va BMT
agentliklari, shu jumladan BMTTD, YuNESKO, YuNFPA, UNICEF va Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotining buyurtmasiga
binoan amalga oshirildi.
BMTning O‘zbekistondagi Vakolatxonasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Aziz Abduhakimovga
ushbu tadqiqotga qo‘shgan shaxsiy hissasi uchun minnatdorchilik izhor etadi. Janob Abduhakimovning yordami bilan
barcha manfaatdor tomonlar birgalikda ushbu izlanishda qatnashdi.
Mazkur tadqiqot BMTning O‘zbekistondagi doimiy muvofiqlashtiruvchisi Helena Freyzer va UNICEFning
O‘zbekistondagi Vakolatxonasi rahbari va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ijtimoiy himoya bo‘yicha natijalar guruhi
raisi Sasha Grauman, UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbarining o‘rinbosari Afshin Parsi va 2014
yil avgust oyidan 2019 yil fevral oyiga qadar BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili o‘rinbosari
lavozimida ishlagan Farid Garaxanovning umumiy rahbarligi ostida o‘tkazildi.
Asosiy guruhni UNICEF mutaxassisi Yana Chicherina va BMTTD mutaxassisi Jamoliddin Ismoilov boshqardilar. Ular
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va BMT tuzilmalari bilan olib borilgan tadqiqotni muvofiqlashtirishdi. Tadqiqotning
beshta yo‘nalishini (huquqiy tahlil, institutsional qayta ko‘rib chiqish, statistika salohiyatini baholash, KAP so‘rovi va
ehtiyojlarni baholash bo‘yicha izlanish) birlashtiruvchi yakuniy hisobot Chicherina va Ismoilov tomonidan tayyorlandi.
Asosiy guruh tadqiqotning beshta yo‘nalishida ishlagan quyidagi ekspertlardan tashkil topdi: Mina Mojtahedi (dastlabki
hisobot), Piter Grimes va Kamol Jiyanxodjaev (Ta’lim sohasidagi siyosatni qayta ko‘rib chiqish), Guzal Adilova (Qonunchilik
hujjatlarini ko‘rib chiqish), Abdullo Abduxalilov, Aleksandra Plotnikova va Natalya Plotnikova (nogironligi bo‘lgan
kishilsrning siyosiy ishtirokini tahlil qilish), Arustan Joldasov, Anton Tixilin, Mira Dauletbaeva, Aysholpan Dauletbaeva va
Mavlyuda Eshtukhtorova (KAP va ehtiyojlarni baholash izlanishi uchun mas’ul MChJ «Ekspert Fikri Konsalting»), Paula
Frederika Hant, Janina Arsenyeva, Xose-Manuel Fresno, Stefan Meyer va Skay Bain (Fresno Servicios Sociales SL
vakili, birlashtirilgan tadqiqotlar va qonunlar, sifat va miqdoriy ma’lumotlarni qo‘shimcha tahlil qilish).
Jamoaning ishiga UNICEFning ta’lim bo‘limi boshlig‘i Dipa Sankar, UNICEFning M&B mutaxassisi Anna Mariya
Vangor va UNICEFning bola huquqlarini monitoring qilish mutaxassisi Zokir Nazarov texnik rahbarlik qildilar. Jamoa
UNICEFning ijtimoiy siyosat bo‘limi boshlig‘i Yulia Oleynik, BMTning O‘zbekistondagi Doimiy muvofiqlashtiruvchisi
ofisi taraqqiyotni muvofiqlashtirish mutaxassisi Matlyuba Umurzakova va BMTTD, samarali boshqaruv klasteri
yetakchisi Kamila Muhamedhanovaga BMTning qo’shma rejalarini doirasida izlanishning tarkibiy qismlarini
boshqargani uchun, UNICEFning Bolalarni erta rivojlantirish masalalari bo’yicha maslahatchi Vazira Nazarovaga
inklyuziv ta’lim bo’yicha UNICEF tahlilining tarkibiy qismini boshqargani uchun o’z minnatdorchiligini bildiradi. Jamoa
UNICEFning jamoatchilik bilan aloqa bo‘limi boshlig‘i Atul Kumarga targ‘ibot ishlari va UNICEFning jamoatchilik bilan
aloqa bo‘yicha konsultanti Alis Alanga tahririyat ishlaridagi yordami uchun minnatdorchilik bildiradi. Shuningdek, jamoa
UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining nogironlik bo‘yicha vaziyat tahlilini
o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhiga ushbu tadqiqot davomida qo‘llab- quvvatlaganliklari uchun tashakkur bildiradi.
Ko‘plab sohalardagi turli shaxslar va muassasalarni jalb qilmasdan bu ishni amalga oshirish mumkin bo‘lmas
edi. Jamoa ushbu hisobotni qo‘llab-quvvatlagan va boyitgan har bir kishiga va hammaga ularning barchasiga o‘z
tashakkurini va minnatdorchiligini bildirmoqchi. Tadqiqotda ishtirok etgan va turli bahs-munozaralarda qatnashgan
barcha nogironligi bo‘lgan bolalar va kattalar hamda ularning oilalari alohida e’tiborga loyiq. Nogironligi bo‘lgan kishilarga
oid turli tashkilotlar ham ushbu tadqiqotga katta hissa qo‘shdi, ayniqsa, Oybek Isakov, Farhod Abdurahmonov, Marina
Teperina, Guljaxon Mahmatqulova va Shaxnoza Ikromova. O‘zbekiston hukumati vakillarining saxiy ko‘magi ushbu
tadqiqotni chindan ham hamkorlik va axborot bilan ta’minladi. Jamoa Bahodir Sharapov (O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti idorasi) ning qo‘llab-quvvatlashini alohida qayd etishni istaydi; Elmira Bositxonova, Barno Abdusamatova,
Umarali Nazromatov, Farrux Sharipov, Alisher Inakov va Naim Xamraev (Sog‘liqni saqlash vazirligi); Azizbek Mutaliev
va Saboxat Mirjalilova (Xalq ta’limi vazirligi); Galina Goleva va Janpolat Qudaybergenov (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirligi); Erkin Avezov (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi) va Xabibilla Murodxo‘jaev (Davlat statistika qo‘mitasi)
tomonidan ko‘rsatilgan qo‘llab-quvvatlashni alohida ta’kidlashni istaydi.
Ishlash va ishga joylashish huquqi
«Nogironligi bo‘lgan kishilarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun nogironligi
bo‘lgan odamlarni ishga joylashtirishni tartibga soladi, mehnatga haq olish huquqini
shaxsning «mehnatga layoqatliligi»ga moslashtiradi, kvotalarni joriy etadi va
nogironlarga qo‘shimcha imtiyozlarni taqdim etadi (masalan, qisman ishlashiga
qaramasdan to‘liq ish haqini olish, ustuvorlik tartibida berilgan yillik uzaytirilgan ta’til
va mujassam tartibdagi sharoit).
Shu bilan birga, harakatlar salbiy ta’sirga ega bo‘lib, ish beruvchilarga nogiron bo‘lgan
ishchilarni jalb qilishiga to‘sqinlik qilmoqda. Qonunchilik nogironlarga ish bilan bandlik
va kasbiy tayyorgarlik sohasidagi kamsitishni bartaraf etishga qaratilmaydi, oqilona
turmushni belgilamaydi, shuningdek, ochiq mehnat bozorida nogiron kishilar uchun
mavjud bo‘lgan ish bilan shug‘ullanish uchun choralar ko‘rilmaydi.
Rasmiy statistika ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 346.084 nafar mehnatga
layoqatli nogironlar mavjud va ulardan faqat 5 foizigina ish bilan band. Ma’lumotlar
shuni ko‘rsatadiki, nogironligi bor odam nogiron bo‘lmagan kishilardan 4 barobar
kamroq ish bilan band bo‘lishi mumkin; nogironligi bo‘lgan kishilarning 48 foizi ish
kunini to‘liq ishlamaydi, nogiron bo‘lmagan kishilarda esa bu ko‘rsatkich 31 foizni
tashkil qiladi (30-diagramma). Shu bilan birga, nogiron kishilarning 87 foizi sog‘lig‘i
yomonligidan / jiddiy nogironlik tufayli ishlamayotganlari ta’kidlandi.
Nogiron bolalarni tarbiyalayotgan shaxslarning rasmiy ishga joylashish darajasi 21
foizni tashkil qiladi; rasmiy sektorda nogironlarning o‘rtacha oylik maoshi nogiron
bo‘lmaganlarga (827 ming so‘m) nisbatan sezilarli darajada kam (612 ming so‘m),
norasmiy sektorda noqulaylik darajasi ortishi bilan: nogironligi bo‘lgan odamlar uchun
365 ming so‘m, nogiron bo‘lmagan kishilar uchun esa - 822 ming so‘m (31-diagramma).
Nogiron bo‘lmagan odamlar orasida shahar / qishloq va ayol / erkak guruhlar o‘rtasidagi
statistik jihatdan ahamiyatli farqlar bo‘lsada, nogiron kishilar orasida bunday farq yo‘q.
Nogironlar norasmiy sektorda ham kamsitilmoqda: norasmiy sektorda ish haqi rasmiy
ravishda bo‘lganlarga qaraganda ikki barobar pastroqdir (nogiron bo‘lmaganlar uchun
rasmiy va norasmiy sohalarda teng bo‘lganlar uchun). Bunday tafovutlar nogiron
bo‘lmagan odamlar orasida kuzatilmaydi.
Nogiron odamlarni ish bilan ta’minlash uchun ba’zi imtiyozlar mavjud bo‘lsa-
da, aslida, bu ish beruvchilar tomonidan nogiron ishchilarni jalb qilish ma’lol
kelishiga sabab bo‘ladi. Qonunchilikda ish bilan ta’minlash sohasida ishlash
imkoniyatini berish yoki ishga olishdagi kamsitish masalalari ko‘rib chiqilmaydi.
Nogironlar va ularning qarovchilarining ishga kirish va pul topish imkoniyatlari
nogironligi bo‘lmagan.
MAVZU: NOGIRON INSONLARNING BANDLIGINI TAMINLASH BORASIDAGI IJTIMOIY ISH OLIB BORISHNING TEXNOLOGIYALARI
Reja:
1.Samarqand viloyat ,,Nogiron ayol uyushmasi.
2.Samarqand viloyat nogironlar jamiyati.
3.,,Hayot Samarqand viloyat nogironlariga yordam korsatish markazi.
Nogiron ayol uyushmasi 2000 yil Samarqand viloyat Adliya boshqarmasida royxatga olingan. Samarqandda bozor iqtisodiyotida ishga muhtoj bolganlarni ish bilan taminlash va nogiron ayollarni ham moddiy va manaviy qollab- quvvatlash ehtiyoji tashkilotni yaratishga sabab boldi. Tashkilot milliy hunarmandchilik va xayriya tadbirlarini otkazadi. Amalga oshirgan loyiha va hamkorlari: Samarqand viloyat Nogironlar jamiyati , ,,Umed markazi, Koreys markazi, Shahar nogironlar jamiyati, ,,Muruvvat markazi, ,,Zarafshon taronalari, Fransuz markazi.
Hozirgi kunda tashkilot taqdim eta oladigan xizmatlar royxati: Milliy hunarmandchilik mahsulotlarini yetkazib berish, xayriya tadbirlari bilan nogironlarga xizmat korsatish, nogironlar holidan xabar olish.
Rejalashtirgan faoliyat : Madaniy guruhni tashkil etish, gozallik salonini tashkil etish, xayriya tadbirlari otkazish.
SAMARQAND viloyat nogironlar jamiyati nodavlat notijorat tashkiloti bolib hisoblanadi. Ushbu tashkilot nogironlarni ijtimoiy qollab- quvvatlash , ularning umumiy muammolarini hal qilish, ish bilan taminlash, jamiyat qoshida korxonalar ochish uchun tashkil qilingan. Hozirda tashkilot taqdim eta oladigan xizmatlar royxati: Jamiyat nogironlarni ish bilan taminlay oladi, Davlat dasturi hamda Vazirlar Mahkamasining 520-sonli qarori asosida korxonalar ochgan va nogironlarni ish bilan taminlab kelmoqda.
,,Hayot Samarqand viloyati nogironlarga yordam korsatish markazi nodavlat notijorat tashkiloti bolib hisoblanadi. 1999- yil 28 dekabrda Adliya boshqarmasi tomonidan royxatga olingan. 1999- yilda Samarqnd shahrida yashovchi nogiron xotin qizlar tashabbuskor guruhi ozlarining dolzarb hayotiy muammolarini hal qilish uchun ushbu tashkilotga asos soldilar. Dastlab tashkilotga 60 kishi azo bolgan bosa, hozirgi kunda esa 235 kishi azo bolib hisoblanadi. 2003-yilga kelib kelib chiqishidan xizmat korsatuvchi tashkilot oz faoliyatini bosqichma- bosqich mamlakatning barcha mintaqalariga tarqata turib allaqachon viloyat tashqarisida dasturlarni amalga oshira boshladi.
Tashkilot faoliyatining asosiy vazifalari va yonalishlari:
-Nogironlar va ularning oilalarini jamiyatga integrasiyasi, ularni boshqa kishilar kabi teng imkoniyatlar bilan taqdirlash boyicha tavsiyalarni ishlab chiqish.
-Jamiyat azolarini ularning ijtimoiy va huquqiy ahvolidan voqif etish.
-Nogironlar va ular oilalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga komaklashish.
- Ularning foydasiga xayriya tadbirlarini otkazish.
Tashkilot tashki9l etilgandan buyon quyidagi dasturlar ishlab chiqilgan va muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda: Huquqiy, xotin- qizlar, yoshlar, kongillilar, kasbiy- oquv, nogironlarni ishga joylashtirish, axborot.
2003- yildan boshlab ,,Hayot tashkiloti ,,Ozbekiston Respublikasida inkluziv talimni rivojlantirish dasturi boyicha ishlayapti. Nogironligi bor bolalar bilan nogiron bolmagan bolalarning umumtalim maktablarida birgalikda talim olishlari imkohiyatini yaratishga qaratilgan tadbirlar otkazmoqda. 2005- yil 16-17-dekabr kunlari ,,mehr nuri jamgarmasi , ,,Jenskoe sobranie nodavlat tashkiloti bilan birgalikda Moskvalik ,,Perspektiva komagida inklyuziv talim boyucha xalqaro konferensiya otkazdi. 2007- yildan boshlab Navoiy, Termiz , Qarshi , Jizzax, Qoqon shaharlarida 12ta maxsus guruh va sinflarni tashkil etish orqali maktabgacha va boshlangich maktab talimi tizimiga inklyuziv talimni tadbiq etishga qaratilgan loyihani amalga oshirib kelmoqda.
Hozirgi kunda tashkilot taqdim eta oladigan xizmatlar royxati:
- Huquqiy konsultatasiyalar.
-Psixoligik komak.
-Kichik biznes asoslarini orgatish.
-Gender talimi.
-Umumtalim maktablarida nogiron bolalarga birgalikda talim berishga qiziqishi bor tomonlarni tayyorlash.
-Yosh nogironlarni oz huquqlari uchun harakatiga faollashtirish.
Rejalashtirgan faoliyat: Inklyuziv talim muammolarini hal etish, gender muammolarni hal qilish, Nogiron ayollar tadbirkorlik tashabbuslarini qollab quvvatlash viloyat jamgarmasining ishini yanada takomillashtirish.
,,Qadriyat nogiron bolalari bor, kam taminlangan, ishsiz oilalar birlashmasi 1999-yil 28-dekabrda Adliya boshqarmasi royxatidan otgan.
Tashkilot faoliyatining asosiy yonalishlari va vazifalari quyidagilar: Tashkilot azolarining huquqlarini himoya qilish, ijtimoiy, psixologik, huquqiy muammolarni hal etish, ishchi orinlarini yaratish, nogiron bolalari bor, kop bolali, muhtoj, kam taminlangan va ishsiz oilalarga yordam korsatish.
Amalga oshirgan loyihalar va hamkorlar : ,,Seyvz ze children, ,,Fridom Xauz, dasturlari amalga oshirildi. Dahbet , Afrosiyob mahallalari, Mirrix firmasi bilan hamkorlikda ishlar amalga oshirilmoqda. Rejalashtirgan faoliyat : Ozgalar qaroviga muhtoj bolgan nogiron bolalar uchun mehribonlik uyini bunyod etish.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati.
Normativ-huquqiy hujjatlar
Ozbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T.: Ozbekiston, 2015.
Talim togrisida. Ozbekiston Respublikasining Qonuni. 1997 yil 29 avgust. // Barkamol avlod Ozbekiston taraqqiyotining poydevori. T.: SHarq, 1997.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. // Barkamol avlod Ozbekiston taraqqiyotining poydevori. T.: SHarq, 1997.
Nogironlar huquqlari togrisidagi konvetsiya. - T.: Inson huquqlarini himoya qilish milliy markazi. 2013.
Ozbekiston Respublikasining nogironlarni ijtimoiy himoya qilish qonuni. T.: 2008.
Qoshimcha adabiyotlar
Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent. Ozbekiston nashriyoti, 2017
Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va manfaatlarini taminlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. Toshkent. Ozbekiston nashriyoti, 2017
Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon demokratik Ozbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent. Ozbekiston nashriyoti, 2017
Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qatiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bolishi kerak. Toshkent. Ozbekiston nashriyoti, 2017
Karimov I.A. Ona yurtimiz baxtu iqboli va kelajagi yolida xizmat qilish eng oliy saodatdir. – Toshkent: O‘zbekiston, 2015.
Mehribonlik uylarida pedagogik va psixologik kuzatuv ishini tashkillashtirish. S.Tadjiyeva va boshqalar. -T., 2008.
Психокорректсеонной работе с воспитинниками подроскового возраста домов Меҳрибонлик. Д.Хурулнова, ва бошқалар . -Т.,2007.
Методика и технология работи сотсиалного педагогику М.Шакурова. - Т.,2002.
Павленок П. Введение в профессию социалний работник. –М.,1998.
Malikova G. O‘zini-o‘zi boshqarishning huquqiy kafolati. Jamiyat va boshqaruv. 2003. 1-son.
12. Бабушкин А.Сотсиалной работа теория и методика. - М., 1998.
13.Хрестоматия к тренингу “Введение в сотсиалную работу”. Проект “Развитие сотсиалной работи на академическом уровне в Узбекистане”. - Тошкент, 2006.
14.Ganiyeva M. Ijtimoiy ish asoslari. -T., 2010.
15.Abduraxmonov Q.X. va boshqalar. Aholini ijtimoiy muhofaza qilish. O‘quv qo‘llanma.- T., 2004.
16. Отчёт ЮНИСЕФ о проблемах детей с инвалидностю. 2013.
17. Доклад ВОЗ о праблемах инвалидности в мире. 2012.
Elektron ta’lim resurslari
www.press-service.uz
www.ziyonet.uz
www.xs.uz
www.nimfogo.uz
www.xdp.uz/
www.adolat.uz/
Do'stlaringiz bilan baham: |