4. Mehnat unumdorligi to‘g‘risidagi nazariyalarning rivojlanishi
O‘zbekistonda ham ko‘plab taniqli iqtisodchilar u yoki bu darajada mehnat unumdorligi masalalari bilan shug‘ullanganlar. Har bir ilmiy nazariyaning o‘z tarixi va qiziqarli jihati ko‘p bo‘lib, bunday o‘rganish turli nuqtai nazarlarni hisobga olish va taqqoslash, muammoni hal qilishga oqilona yondashishni topishga yordamlashadi. Iqtisodiy adabiyotlarda, asosan, mehnat unumdorligi, uning ko‘rsatkichlari, o‘lchash usullari xususida bahslar davom etmoqda. SHunga bog‘liq holda masalaga bo‘lgan asosiy yondashuvlar va konsepsiyalarni ko‘rib chiqamiz.
Mehnat unumdorligi bilan ishlab chiqaruvchi mehnat kuchining nisbati to‘g‘risidagi masala yuzasidan munozara XXasrning 20-yillarida boshlanib, keyingi davrlarda u yoki bu darajada keskinlik bilan davom etdi. Ushbu munozaraning zamirida ikki tushuncha – «ishlab chiqaruvchi mehnat kuchi» (Produktiv-kraft) va «mehnat unumdorligi» tushunchalarining talqini yotadi.
Mazkur masala yuzasidan barcha nuqtai nazarlarni ikkita konseptual yondashuvga birlashtirsa bo‘ladi. Birinchi yondashuv «ishlab chiqaruvchi mehnat kuchi» va «mehnat unumdorligi» tushunchalarini farqlash zarurligini rad etishdan iborat. Uning tarafdorlari (A.M. Ginzburg, A.B. Xalatov, A.V. Bazarov, L.E. Gorelik va boshqalar) ushbu tushunchalarni qarama-qarshi qo‘yish behuda va sun’iy bo‘lib, jiddiy xatolarga olib keladi, deb hisoblaydilar. Ikkinchi yondashuv ushbu tushunchalarni farqlash va ular o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashni nazarda tutadi. Mehnat unumdorligi muammolari bilan shug‘ullanadigan ko‘pchilik mutaxassislar shunday nuqtai nazarning tarafdori bo‘lib keldilar va hozir ham tarafdoridirlar. 153
Ikkinchi konseptual yondashuvning tarafdorlari orasida ikkita yo‘nalishga mansublarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Birinchi yo‘nalish nuqtai nazarida turganlarning fikricha, «mehnat unumdorligi» tushunchasi «ishlab chiqaruvchi mehnat kuchi» tushunchasiga nisbatan kengroqdir. Masalan, A. Katin mehnat unumdorligi o‘zida mehnat unumdorligi va mehnat intensivligini birlashtirgan yig‘ma tushunchadir20, deb yozgan edi, buning ustiga, u mehnat unumdorligi va mehnat intensivligini texnik va shaxsiy mehnat unumdorligi deb hisoblar edi.
20Катинь А. Меҳнат унумдорлиги учун кураш. - М., Л. 1925, 13-б.
21Струмилин С.Г. Меҳнат иқтисодиёти муаммолари. Т.5. - М., 1964, 422, 423-б.
Bunday nuqtai nazarni 1925 yilda rossiyalik yirik iqtisodchi olim akademik S.G. Strumilin kengroq asoslab chiqdi. Uning ta’kidlashicha, mehnat unumdorligi shunday bir qator omillar bilan belgilanadiki, ularning ayrimlari ishchining tomonida, ba’zilari esa ishlab chiqarish texnikasi va mehnatning ijtimoiy tashkil etilishi tomonida turadi. Ishchiga bog‘liq bo‘lgan sub’ektiv omillar yig‘indisi ishchining shaxsiy unumini belgilaydi. Ayrim ishchining xohish-irodasi va sifatlaridan tashqarida turgan unumdorlik ob’ektiv omillari yig‘indisi ishlab chiqaruvchi mehnat kuchidir21.
Xorij iqtisodiy adabiyotlarida mehnat unumdorligi muammosi ayrim firma va korxonalarning omon qolishi uchun bozordagi raqobat pozitsiyalarini belgilab olish, ishlab chiqarish sarflarini kamaytirish maqsadida, shuningdek, xalqaro qiyoslashlar o‘tkazish maqsadida, avvalo, mahsulot birligi qiymatidagi ish haqi ulushi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqiladi. D.S. Sink, Dj. Kendrik, A. Medisson, L. Rostos, R.A. Sutermister, G. Reuss, Dj. V. Natter va boshqalarning qator asarlari borligi ushbu muammoga bo‘lgan e’tibordan dalolat berib turibdi.
Mehnat unumdorligi muammosiga doir adabiyotlar, ayniqsa, AQSHda ko‘proq nashr etilmoqda. Sotsiolog, biznesmen, iqtisodchilar ushbu muammoni har tomonlama ko‘rib chiqmoqdalar: mehnat unumdorligiga ta’sir etadigan omillar tahlil qilinmoqda (ishchi va xizmatchilarning roli, texnika taraqqiyoti, malaka oshishi, mehnat sharoitining ta’siri aniqlanadi), shuningdek, ishlab chiqarish jarayonining ijtimoiy jihatlari (ishlab chiqarishda ish bilan band bo‘lgan kishilarning o‘zaro munosabatlari, rahbarlarning bo‘ysunuvdagilar bilan o‘zaro munosabatlari, kasaba uyushmalarining roli va ishchilarning ishlab chiqarish faoliyatiga va mehnat unumdorligiga ta’siri) o‘rganiladi. Buyuk Britaniyada farovonlik nazariyasi paydo bo‘lishi tufayli mehnat unumdorligi masalalari bilan shug‘ullana boshlandi. 50-yillarning boshida Buyuk Britaniya bilan Amerika o‘rtasida Mehnat unumdorligi Kengashi tuzildi. Kengash sanoat ishini tashkil etish, ishlab chiqarish usullari, texnika sohalarida bemalol axborot almashinish orqali iqtisodiy yuksalishga 154
ko‘maklashish va shu tariqa Buyuk Britaniya sanoati, mehnat unumdorligi darajasini oshirish borasida qo‘llab-quvvatlash vazifasini o‘z oldiga qo‘ydi.
AQSHda mehnat unumdorligi ishlab berilgan bir kishi-soat, bir ishchi va bir ishlovchiga hisoblagan holda aniqlanadi. Bundan tashqari, butun iqtisodiyotda mehnat unumdorligining o‘zgarishini tavsiflash uchun yalpi milliy mahsulot indeksini butun xo‘jalikdagi ish bilan bandlik indeksiga bo‘lish yo‘li bilan mehnat unumdorligi indeksi hisoblab chiqiladi.
Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Italiyada ham mehnat unumdorligi umuman milliy iqtisodiyot bo‘yicha aniqlanadi. Biroq mazkur ko‘rsatkichni hisoblab chiqish metodologiyasi ushbu mamlakatlarda turlichadir. Masalan, bu mamlakatlarning ayrimlarida uydagi xizmatkorlar, harbiy xizmatchilar ishlaydiganlarning umumiy soniga kiritiladi, ba’zilarida esa kiritilmaydi. Ayrim mamlakatlarda mehnat unumdorligini hisoblashda ishlab berilgan vaqt, ba’zi mamlakatlarda esa faqat haq to‘lanadigan vaqt e’tiborga olinadi. Bu milliy mahsulot qiymatini ham, mahsulot hajmini ham aniqlashga taalluqlidir. Masalan, Buyuk Britaniyada bir ishlovchi hisobiga to‘g‘ri keladigan yalpi milliy mahsulot ko‘rsatkichidan foydalaniladi. Italiyada milliy daromadni ishlab berilgan vaqtning umumiy miqdoriga bo‘lish asosida sof milliy mehnat unumdorligi ko‘rsatkichi qo‘llaniladi. Fransiyada yalpi mehnat unumdorligi indeksi sof mahsulot asosida hisoblab chiqiladi. Bundan tashqari, ish bilan band bo‘lgan bir shaxs hisobiga va ishlab berilgan bir soat hisobiga to‘g‘ri keladigan yalpi milliy mahsulot ishlab chiqarilishi indeksi hisoblab chiqiladi. Germaniyada mehnat unumdorligining bir necha indeksi: bir ishlovchi, ish haqi oladigan bir ishchi, bir kishi-soat hisobiga mahsulot ishlab chiqarilishi hisoblab chiqiladi.
SHunday qilib, turli mamlakatlarda mehnat unumdorligini hisoblab chiqish uchun ham mamlakat darajasida (milliy daromad, yalpi ijtimoiy mahsulot, sof milliy daromad va hokazo) va ayrim korxonalar darajasida aniqlanadigan (sof mahsulot, qo‘shilgan qiymat, xomashyo, yoqilg‘i, energiya sarflari va hokazo) xilma-xil ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Bu esa, ayrim mamlakatlar va ushbu mamlakatdagi ayrim korxonalar bo‘yicha ham mehnat unumdorligini taqqoslashlarni qiyinlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |