10-mavzu. Mantiq ilmining predmeti, asosiy qonunlari. Kelib chiqishiga ko‘ra arabcha bo‘lgan “mantiq” (grekcha logos) atamasi «fikr», «so‘z», «aql», «qonuniyat»



Download 75,08 Kb.
bet20/22
Sana06.07.2021
Hajmi75,08 Kb.
#110584
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Dixotomik bo‘lish bo‘linuvchi tushunchani o‘zaro zid bo‘lgan ikkita tur tushunchaga ajratishdan iborat. Masalan, barcha kishilarni «dindorlar» va «dindor emaslar»ga ajratsak, dixotomik tarzda bo‘lgan bo‘lamiz. Dixotomik bo‘lish bir qator qulayliklarga ega. Xususan, bunda biz bo‘linuvchi tushunchaning barcha turlarini ko‘rsatib o‘tirmasdan, o‘zimizga kerakligini ajratamiz, qolganlarini unga zid bo‘lgan tushunchaga birlashtiramiz. SHu bilan birga dixotomik bo‘lish malum bir kamchiliklarga ham ega. Masalan, inkor tushunchaning hajmi noaniq bo‘ladi. Undan tashqari, dixotomik bo‘lishdan faqat bir marta foydalangandagina kutilgan maqsadga erishish mumkin. Agar, bo‘lish azolaridan biri, ayniqsa, inkor tushunchani o‘z navbatida bo‘linuvchi tushuncha deb qabul qilib, bo‘lish amalini davom ettirsak, xato natijalar kelib chiqishi mumkin.

Bo‘lish amali to‘g‘ri borishi uchun malum bir qoidalarga rioya qilish kerak. Ular bo‘lish qoidalari deb ataladi.

A. Bo‘lish teng hajmli bo‘lishi, yani bo‘lish azolari hajmlarining yig‘indisi bo‘linuvchi tushuncha hajmiga teng bo‘lishi kerak. Bu qoida buzilsa, bo‘lish to‘liqsiz yoki ortiqcha bo‘lib qoladi. Birinchi xil xatoda bazi bo‘lish azolari ko‘rsatilmay qoladi. Masalan, «fel zamonlari» tushunchasini «o‘tgan zamon feli» va «hozirgi zamon feli» tushunchalariga ajratsak, ana shunday xato ro‘y beradi. CHunki «kelasi zamon feli» tushunchasi qolib ketgan. Ikkinchi xil xatoda esa ortiqcha bo‘lish azosi ko‘rsatilgan bo‘ladi. Masalan, «bilish» tushunchasini «hissiy bilish», «tafakkur», «nazariy bilish»ga ajratib bo‘lmaydi. CHunki «nazariy bilish» bu erda ortiqchadir.

B. Bo‘lish bir asos bo‘yicha amalga oshirilishi lozim. Boshqacha aytganda, asos qilib olingan belgi bo‘lish davomida boshqa belgi bilan almashtirilmasligi zarur. Masalan, «Qonun» tushunchasini «Tabiat qonuni», «Jamiyat qonuni», «Bilish qonuni», «Statistik qonun», «Dinamik qonun» tushunchalariga bo‘lsak, xato qilgan bo‘lamiz. CHunki bu erda bo‘lish asosi bir emas, ikkita. Birinchi uchta bo‘lish azosi qonunning amal qilish sohasi bo‘yicha, qolgan ikkitasi qonun ifoda qiluvchi hodisalar xarakteri bo‘yicha ajratilgan. Bu bilan bo‘lishdagi izchillik yo‘qolgan.

V.  Bo‘lish azolari hajmi bo‘yicha bir-birini istisno qilishi kerak. Buning uchun ular birga bo‘ysunish munosabatidagi tushunchalar bo‘lishi kerak. Agar «Bino» tushunchasini «Bir qavatli bino», «Ko‘p qavatli bino», «Osmono‘par bino» tushunchalariga bo‘lsak, xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lamiz. CHunki «Ko‘p qavatli bino» tushunchasi bilan «Osmono‘par bino» tushunchasi bir-birini hajmi bo‘yicha istisno qilmaydi. G.  Bo‘lish uzluksiz holda amalga oshirilishi, unda «sakrash» bo‘lmasligi kerak. Buning uchun jins tushunchaga eng yaqin bo‘lgan bir tartibdagi tur tushunchalar olinmog‘i lozim. Masalan, «Gap» tushunchasini «Sodda gap», «Ergashgan qo‘shma gap», «Bog‘langan qo‘shma gap» tushunchalariga ajratsak, bo‘lishdagi izchillik yo‘qoladi. Bunda oxirgi ikkita bo‘lish azosi «qo‘shma gap» tushunchasining turlaridir. Demak, «sakrash» hodisasi ro‘y bergan.  


Download 75,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish