Yangi klassik nazariya makroiqtisodga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi, lekin o‘zining nazariyalari uchun, Keyns makroiqsodiy nazariyasidek ko‘p isbot yig‘a olmadilar. Statistik ma’lumotlar javob topish uchun yetarli emas edi. Shu nuqtada makroiqtisodchilar iqtisodiy sikl muammolariga e’tibor qaratmay qo‘ydilar va o‘sish iqtisodiyotiga ko‘proq e’tibor qarata boshladilar. Bu davr talabi edi, Amerika iqtisodiyoti 1990 yillar davomida o‘sib keldi va xech qanday iqtisodiy siklga duch kelmadi.
J.Keynsning asosiy asari
«Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi»
Undagi bosh g‘oyalar
bozor iqtisodiyoti munosabatlari takomillashgan va o‘zini o‘zi tartiblab turuvchi tizim hisoblanmaydi;
faqat davlatning iqtisodiyotga aralashuvi ish bilan bandlikni eng yuqori darajada oshirishi va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashi mumkin;
davlatning roli, eng avvalo, shundan iboratki, u krizis davrida yalpi talabni oshirishi va shu bilan ishlab chiqarishni va investitsiyani faollashtirishi, ishsizlikni esa kamaytirishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |