10-mavzu. G’aznachilikda to’lovlarni amalga oshirish reja


-guruh xarajatlari to’lovlarini amalga oshirish tartibi



Download 26,16 Kb.
bet3/6
Sana30.12.2021
Hajmi26,16 Kb.
#196065
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-MAVZU. G’AZNACHILIKDA TO’LOVLARNI AMALGA OSHIRISH

3-guruh xarajatlari to’lovlarini amalga oshirish tartibi.

III guruh xarajatlari bo’yicha moliyaviy majburiyatlarning qabul qilinishi pudratchilarning ish bajarilganligini tasdiqlovchi hisobvaraq-fakturalar asosida amalga oshiriladi. G’aznachilik bo’linmalari tomonidan pul mablag’larini o’tkazish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

to’lov topshiriqnomasida byudjet tasnifining tegishli kodlari, shartnoma, hisobvaraq-faktura, avans miqdori va boshqa kerakli rekvizitlar to’g’ri ko’rsatilganda;

qurilishlarning tasdiqlangan manzilli va titul ro’xatlari asosida va tegishli ob’ektlar bo’yicha shaxsiy g’azna hisobvarag’laridagi mavjud ajratilgan byudjet mablag’lari summalari doirasida bo’lganda;

agar to’lov topshiriqnomasida ko’rsatilgan summa g’aznachilik bo’linmasida ro’yxatga olingan shartnomaga asosan, oldin o’tkazilgan mablag’larni hisobga olgan holda, to’lanishi lozim bo’lgan pul mablag’laridan oshmaganda;

buyurtmachining pudratchi oldidagi kreditorlik qarzining mavjudligini tasdiqlovchi hisobvaraq-faktura va hujjatlar, yoki buyurtmachining pudratchiga avans to’lovlarini o’tkazishi lozimligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo’lganda;

to’lov topshiriqnomasida ko’rsatilgan pudratchining nomi va rekvizitlari shartnomada ko’rsatilgan pudratchining nomi va rekvizitlariga muvofiq bo’lganda.

Bajarilgan ishlar uchun xarajatlar to’lovi, jumladan avans to’lovlarining to’lanishi o’rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan va buyurtmachilar tomonidan g’aznachilik bo’linmalariga taqdim qilingan to’lov topshiriqnomalari asosida amalga oshiriladi, bunda to’lov topshiriqnomasining “To’lovchining nomi” ustunida g’aznachilik bo’linmasining nomi, “To’lovchining hisob raqami” ustunida – g’azna hisobvarag’i, “To’lov maqsadi” ustunida – byudjetdan mablag’ oluvchining shaxsiy hisobvaraq raqami, byudjet tasnifining tegishli kodi, to’lovni o’tkazishga asos bo’ladigan hujjatlar, shuningdek to’lov maqsadi ko’rsatiladi.

To’lov topshiriqnomalari quyidagicha taqdim etiladi:

a) besh nusxada, agar g’aznachilik bo’linmasi va pudratchiga bitta bank filialida xizmat ko’rsatilsa. Buyurtmachining tegishli mansabdor shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan to’lov topshiriqnomasining birinchi nusxasi, buyurtmachining g’aznachilik bo’linmasiga byudjetdan mablag’ oluvchining shaxsiy hisobvarag’idan kassa xarajatlarini amalga oshirish uchun so’rovnomasi bo’lib xizmat qiladi. To’lov topshiriqnomasining ikkinchi nusxasi g’aznachilik bo’linmasining rahbari va mas’ul shaxsi tomonidan imzolanadi, g’aznachilik bo’linmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi va bank uchun g’azna hisobvarag’idan xarajatlar to’lovini amalga oshirish uchun asos bo’ladi. Bank filialining to’langanlik to’g’risidagi belgisi bilan to’lov topshiriqnomasining uchinchi nusxasi mahsulot etkazib beruvchiga beriladi. Bank filialining to’langanlik to’g’risidagi belgisi bilan to’lov topshiriqnomasining to’rtinchi nusxasi g’azna hisobvarag’idan ko’chirmaga ilova qilinadi va g’aznachilik bo’linmasiga byudjetdan mablag’ oluvchining shaxsiy hisobvarag’ida kassa xarajatlarini aks ettirish uchun asos bo’ladi. G’aznachilik bo’linmasining “TO’LANGAN” belgisi bilan va to’langan sana qo’yilgan to’lov topshiriqnomasining beshinchi nusxasi byudjetdan mablag’ oluvchining shaxsiy hisobvarag’idan ko’chirma bilan birgalikda buyurtmachining vakolatli xodimiga beriladi.

b) to’rt nusxada, agar g’aznachilik bo’linmasi va pudratchiga har xil bank filiallarida xizmat ko’rsatilsa. Buyurtmachining tegishli mansabdor shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan to’lov topshiriqnomasining birinchi nusxasi, buyurtmachining g’aznachilik bo’linmasiga byudjetdan mablag’ oluvchining shaxsiy hisobvarag’idan kassa xarajatlarini amalga oshirish uchun so’rovnomasi bo’lib xizmat qiladi. To’lov topshiriqnomasining ikkinchi nusxasi g’aznachilik bo’linmasining rahbari va mas’ul shaxsi tomonidan imzolanadi, g’aznachilik bo’linmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi va bank uchun g’azna hisobvarag’idan xarajatlar to’lovni amalga oshirish uchun asos bo’ladi. Bank filialining to’langanlik to’g’risidagi belgisi bilan to’lov topshiriqnomasining uchinchi nusxasi g’azna hisobvarag’idan ko’chirmaga ilova qilinadi va g’aznachilik bo’linmasiga byudjetdan mablag’ oluvchining shaxsiy hisobvarag’ida kassa xarajatlarini aks ettirish uchun asos bo’ladi. G’aznachilik bo’linmasining “TO’LANGAN” belgisi bilan va to’langan sana qo’yilgan to’lov topshiriqnomasining to’rtinchi nusxasi byudjetdan mablag’ oluvchining shaxsiy hisobvarag’idan ko’chirma bilan birgalikda buyurtmachining vakolatli xodimiga beriladi.

v) uch nusxada agar g’aznachilik bo’linmasi hamda unga xizmat ko’rsatuvchi bank orasida “Bank-mijoz” dasturiy majmui yo’lga qo’yilgan bo’lsa. Buyurtmachining tegishli mansabdor shaxslar tomonidan imzolar qo’yilgan va muhr izi bilan tasdiqlangan to’lov topshiriqnomasining birinchi nusxasi, buyurtmachining g’aznachilik bo’linmasiga byudjetdan mablag’ oluvchining shaxsiy hisobvarag’idan kassa xarajatlarini amalga oshirish uchun so’rovnomasi bo’lib xizmat qiladi. To’lov topshiriqnomasining ikkinchi nusxasi g’aznachilik bo’linmasining rahbari va mas’ul shaxsi tomonidan imzolanadi, g’aznachilik bo’linmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi va g’azna hisobvarag’idan xarajatlar to’lovini amalga oshirish uchun asos bo’ladi. G’aznachilik bo’linmasining “TO’LANGAN” belgisi bilan va to’langan sana qo’yilgan to’lov topshiriqnomasining uchinchi nusxasi byudjetdan mablag’ oluvchining shaxsiy hisobvarag’idan ko’chirma bilan birgalikda buyurtmachining vakolatli xodimiga beriladi.

Buyurtmachi tomonidan taqdim qilingan hujjatlar mazkur Qoidalarning talablariga muvofiq bo’lganda g’aznachilik bo’linmasining vakolatli xodimi “TEKShIRILDI” belgisini, to’lov topshiriqnomasini birinchi nusxasining orqa tomoniga to’lov topshiriqnomasining qabul qilingan sana va o’zining imzosini qo’yadi. To’lov topshiriqnomasining ikkinchi nusxasining g’aznachilik bo’linmasi boshlig’i va mas’ul shaxsining imzolari va g’aznachilik bo’linmasining muhr izi bilan rasmiylashtirish tekshiruvlar tugaganidan so’ng amalga oshiriladi.

G’aznachilik bo’linmasiga g’aznachilik bo’linmasidagi mavjud imzo va muhr izi namunalarini byudjetdan mablag’ oluvchilar tomonidan taqdim qilingan, g’azna hisobvaraqlaridan mablag’larni hisobdan chiqarish uchun bankka taqdim qilinadigan hujjatlardagilar bilan solishtirish majburiyati yuklatiladi.

To’lov topshiriqnomalari bo’yicha g’azna hisobvarag’idan to’lovlarni amalga oshirish uchun g’aznachilik bo’linmasi bankka to’lov topshiriqnomalarining ikkinchi va uchinchi (g’aznachilik bo’linmasi va pudratchiga bitta bank filialida xizmat ko’rsatilgan holda, to’rtinchi) nusxalarini taqdim qiladi.

Xizmat ko’rsatuvchi bank tomonidan to’lov o’tkazilgandan so’ng, to’lov topshiriqnomasining ikkinchi (g’aznachilik bo’linmasi va pudratchiga bitta bank filialida xizmat ko’rsatilgan holda, uchinchi) nusxasi bankda qoladi, uchinchi (g’aznachilik bo’linmasi va pudratchiga bitta bank filialida xizmat ko’rsatilgan holda, to’rtinchi) nusxasi bankning shtampi va mas’ul xodimining imzosi hamda g’azna hisobvarag’idan ko’chirma bilan g’aznachilik bo’linmasiga beriladi.

G’aznachilik bo’linmasining tegishli xodimi byudjetdan mablag’ oluvchilarning tegishli shaxsiy hisobvaraqlarida belgi qo’ygandan so’ng, byudjetdan mablag’ oluvchining shaxsiy hisobvarag’idan ko’chirma va to’lov topshiriqnomasining to’rtinchi (g’aznachilik bo’linmasi va pudratchiga bitta bank filialida xizmat ko’rsatilgan holda, beshinchi) nusxasini g’aznachilik bo’linmasi mas’ul xodimining belgisi bilan byudjetdan mablag’ oluvchiga (buyurtmachiga) qaytariladi. Hisobvaraq-fakturalar yoki buyurtmachining pudratchi oldidagi qarzining mavjudligini va ishlar bajarilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar g’aznachilik bo’linmalariga qo’shimcha davr tugashiga 5 ish kuni qolguniga qadar taqdim qilinishi lozim. Boshqaruv apparatini saqlash uchun buyurtmachining bank hisobvarag’iga mablag’lar o’tkazilishi shartnomalar tuzilmasdan manzilli va titul ro’yxatlarda va har bir ob’ekt bo’yicha shaxsiy hisobvaraqlarda ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan summalar doirasida, o’rnatilgan tartibda taqdim qilingan to’lov topshiriqnomalari asosida, amalga oshiriladi. Bunda, buyurtmachining boshqaruv apparatini saqlash uchun o’tkaziladigan summa moliya organida o’rnatilgan tartibda ro’yxatga olingan xarajatlar smetasida uni saqlash uchun nazarda tutilgan summadan oshmasligi lozim.



  1. Download 26,16 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish