Chigitli paxtani quritish tartibi.
Chigitli paxta komponentlari (tola va chigit) namligining uning o‘rtacha namligi bilan bog‘lanishi chizmada ko‘rsatilgan. Bu chizmadan ko‘rinib turibdiki, chigitli paxtaning o‘rtacha namligi 10% bo‘lganda tolaniki 7% chigitniki esa 18% bo‘ladi. Shuning uchun chigitli paxta quritilganda uning tolasi chigitga qarganda tezroq quriydi. Chigitli paxtani quritishda uning komponentlarining qizish temperaturasi katta ahmiyatga ega.
Chigitli paxtani quritilganda tola va chigit sifatining buzilmasligi uchun uni necha gradusgacha qizdirish mumkinligini tajribada aniqlangan. Chigitli paxtani quritishda urug‘lik chigitlarni 550S da, texnik chigitlarni 700S da va tolani 1050 S gacha qizdirish mumkin. Urug‘lik chigit 550S dan ortiq qizdirilsa, uning unib chiqish xususiyati pasayadi, texnik chigitlardan moy chiqishi, tolaning esa pishiqligi, uzunligi va egilish qobiliyati kamayadi. Chigitli paxta bir teksi qurishi lozim. quritilgan paxta namligining bir tekis bo‘lishi uning qabul vaqtidagi namligining bir tekis bo‘lishiga bog‘liq. Qabul qilish vaqtidagi namligi 3-4% dan ortiq o‘zgarmasligi kerak. quritilgan paxta namligi sortlari bo‘yicha quyidagi chegarada bo‘ladi.
I-7-11%, II-8-12%, III-9-13%, IV-11-14%.
Chigitli paxtani quritishda asosan SXN-3M, 2 SB-10 rusumli quritgichlardan foydalaniladi.
SXN-3M rusumli quritgich paxtani quritish bilan birgalikda uni qisman mayda aralashmalardan ham tozalaydi. quritgich uch boqichli birlashtirilgan quritish barabanlaridan iborat bo‘lib, ular ichida parraklar aylanadi. Paxta quritgich ichida 700S dan 1050S gacha qizdiriladi. Soatiga 5000 kg paxtani quritadi.
2SB-10 rusumli quritgichning ish unumi va paxtani quritish darajasi ancha yuqori bo‘lib, bu quritgich ham barabanli bo‘lib, tola va chigitning ortiqcha qizish xavfi bo‘lmaganligi uchun quritish manbaining haroratini 2800S gacha ko‘tarish mumkin.
Chigitli paxtaning iflosligi va uni tozalash. Chigitli paxta tolasini chigitdan ajratish jarayonida undagi ifloslik va chet qo‘shilmalarning tola sifatiga zarar qilmasligi uchun ular quritish-tozalash va tozalash tsexlariga o‘rnatilgan mashinalarda dastlab ajratib tashlanadi.
G‘o‘za ko‘saklarining yetilish davrida barg va shoxchalar quriy boshlaydi, mo‘rt bo‘lib, oson sinib maydalanadi va ochilgan paxtaga ilashib uni ifloslantiradi.
Chigitli paxtani qo‘l bilan terganda uning ifloslanish darajasi asosan terimchining diqqatiga bog‘liq, mashina bilan terishda g‘o‘za barglarini to‘ktirish (defoliatsiya) ishlarining o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishiga bog‘liq. G‘o‘za bargini sun’iy to‘ktirish chigitli paxtaning iflosligini kamaytirish bilan cheklanmay, ko‘saklarning yetilishini ham tezlashtiradi va birinchi sort paxtalar ulushini oshiradi.
Paxtani mashina bilan terishda mashinalarni to‘g‘ri rostlash va ishlatish alohida ahamiyatga ega. Bunda ochilgan chigitli paxtani va xom ko‘saklarni yerga to‘kmaslikni ta’minlashga intilish zarur. Buning uchun paxta terish mashinalarining ishchi qismlarini daladagi g‘o‘zaning qalinligiga va rivojlanish darajasiga moslab sozlash kerak.
Chigitli paxtani har hil iflosliklardan tozalash uchun kerakli mashinalar hilini tanlashda ularning fizika-mexanikaviy xususiyatlarini (o‘lchamlari, kelib-chiqishi, paxtaga ilashish darajasi va hokazo) nazarga olish katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |