10-mavzu. Buyuk geografik kashfiyotlar va ularning ahamiyati Reja


Vasko Da Gamaning Hindistonga sayohati



Download 45,67 Kb.
bet5/6
Sana29.04.2022
Hajmi45,67 Kb.
#594360
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10 mavzu Buyuk geografik kashfiyotlar va ularning ahamiyati (1)

3. Vasko Da Gamaning Hindistonga sayohati. Vasko da Gama (1469 -1524), keyinchalik graf Vidigeyra unvoniga sazovor bo’lgan mashhur dengizchi va sayyoh. U 1469 yili Portugaliyada zodagonlar oilasida tug’ilgan. Otasi Ishtevan da Gama Silvish shahrini sudyasi va keyinchalik shahar hokimi bo’lgan. Vasko yoshligidanoq harbiy harakatlarda faol qatnashib o’zini tajribali, mard va jasur jangchi ekanligini ko’rsatgan. Yoshlik davridan boshlab kema va odamlarni boshqara oladigan qo’rqmas va ehtiyotkor dengizchi sifatida nom chiqargan.
XV-XVI-asrlarda Portugaliya Yevropaning taraqqiy etgan mamlakatlaridan biri hisoblangan. Mustamlaka yerlarni topish, ularni hisobsiz boyliklari bilan qirol xazinasini to’ldirish ishtiyoqi Ispaniya va Portugaliya qirolliklarini yangi ekspeditsiyalarni tashkil etishga undaydi. Portugaliya dengizchilari Afrika sohillari bo’ylab janub tomonga yo’l qidirishgan va aynan ular yevropaliklarga, birinchi bo’lib Hinduston va Janubiy-Sharqiy Osiyoga olib boradigan suv yo’llarni ochib berishgan. Shunday ekspedisiyalardan biriga Vasko da Gama boshchilik qilgan.
1492 yilda Gvineyadan oltin bilan qaytayotgan Portugaliya kemalarini fransuz qaroqchilari (korsarlari) qo’lga olishadi. Portugaliya qiroli Manuel I esa fransuzlardan kemalarni boyliklari bilan birga qaytarib olib kelishni Vasko da Gamaga buyuradi. Mohir dengizchi Fransiya sohillariga borib, ularning bir qancha kemalarini garovga oladi, shu voqea sabab Fransiya qiroli portugallar kemalarini qaytarib berishga majbur bo’ladi. Vasko da Gama butun Portugaliyada mashhur shaxsga aylanadi.
Xristofor Kolumbni birinchi sayohatidan keyin kashf qilingan yangi yerlarga egalik qilish uchun Ispaniya va Portugaliya o’rtasida nizolar kuchayadi. Shu sababdan afsonaviy boy mamlakat hisoblangan Hindustonga yangi yo’llar ochish maqsadida ekspedisiya safarga tayyorlanadi. 1497 yili tarkibi 4 ta kemadan iborat, 168 ta mohir dengizchi va eng og’ir mehnatlarni bajarish uchun 10 ta mahbusdan iborat ekspedisiya safarga chiqadi. «San-Gabriel» kemasi - Vasko da Gama boshchiligida, «San-Rafael» - Paula da Gama, «San-Mixael» - Gonsalu Nunasha va «Berrid» yuk kemasi Nikola Koelyu rahbarligida Lissabon shahri portidan chiqib «Yashil burun» orollari tomon yo’l olishadi. Keyinchalik bir muddat janubi-sharqqa qarab harakatlangan kemalarni Vasko da Gama janubi-g’arbga, ya’ni hanuzgacha aniqlanmagan dengizlar tomon burishga buyruq beradi. Yana bir necha kundan keyin u yo’nalishni sharqqa o’zgartirishga qaror qiladi. Sayohat uch yilga mo’jallanib, shunga yetarli oziq-ovqat zaxirasi, jangovar qurollar va mahalliy xalq bilan almashtirish maqsadida arzon kiyim kechaklar olinadi.
Vasko da Gama boshchiligidagi kemalar Afrika sohillari bo’ylab janub tomon suzishadi. Hozirgi Kanar orollarini orqada qoldirib Yashil burun orollarida to’planishadi. Janubdan esayotgan kuchli qarshi shamollar dengizchilar harakatini ancha qiyinlashtiradi. 1497 yilning noyabrida 93 kunlik tinimsiz okeanda suzish natijasida, oxir-oqibat Afrika qit’asining janubiy sohillariga yetib borishgan. Dengizchilar tubjoy xalq bo’lgan bushmenlar bilan aloqa o’rnatib, kiyim-kechak evaziga oziq-ovqat olishadi, ammo kelishmovchiliklar sababli tezda ketishga majbur bo’lishadi. Ekspedisiya a’zolari 1497 yilning noyabrida Afrikaninig janubiy nuqtasi bo’lgan Umid burnidan o’tib, sohil bo’ylab shimol tomon harakat qilishadi. Ammo, oziq-ovqat zahirasini kamligi va bir xilligidan ekipaj a’zolari orasida singa kasalligi tarqaladi. Shimol tomon harakatlangan sari ekspedisiya a’zolarini ichimlik suvi va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashni yanada qiyinlashtiradi.
1498 yilning 2-martida portugallar Mozambikka, 7-aprel kuni Mombasa shahriga, 14-aprel Malindi portiga yetib kelishadi. Faqat Malindida mahalliy arab shayxi g’ayridinlarga yordam berishga rozi bo’ladi, ularni oziq-ovqat bilan ta’minlaydi va Hindustonga olib boradigan yo’lni biladigan yo’lboshchi beradi. 24-aprelda Malindidan yo’lga chiqqan Vasko da Gama 1498 yilning 20 mayida Hindustonning Kalikut shahriga yetib keladi. Bu esa Afrika sohillari bo’ylab qilingan mashaqqatli sayohatni nihoyasiga yetganligi, boy va afsonaviy Hindustonga to’g’ridan-to’g’ri yo’l ochish orzusi chinga aylanganidan dalolat berar edi. Shu kundan boshlab Vasko da Gama nomi dengiz yo’li orqali Portugaliyadan Hindustonga kelgan birinchi yevropalik sifatida dunyoga mashhur bo’ladi. Vasko da Gama Afrika materigi sohillarining to’g’ri shaklini birinchi bo’lib kartaga tushirgan va Hindiston yarim orolini o’rab turgan suvlar ichki suvlar emas, balki yagona okeanga tegishli ekanligini isbotlandi.
1499 yilning sentyabr oyida tirik qolgan ekspedisiya a’zolaridan 55 kishi Hindistondan qimmatbaho yuk – qora murch, muskat yong'og'i, chinnigullar, doljin, zanjabilni yuklab olib, Lissabonga qaytib kelishadi. Vasko da Gamani katta tantana bilan kutib olishadi, katta sovg’alar bilan birga unga admiral unvoni va Hindiston vitse-qiroli etib tayinlashadi. 3 yildan so'ng, Vasko de Gama Hindistonga yana bir katta ekspeditsiyani uyushtirdi va u ham muvaffaqiyatli yakunlandi, bu safar 2000 tonna ziravorlarni olib keldi.
Vasko da Gama haqida yozib qoldirganlarni ko’pchiligi uni juda qattiqqo’l odam bo’lganligi, qo’yilgan maqsadga yetish yo’lida har qanday imkoniyatdan foydalanganligi, ammo shu bilan birga u hech kimdan sovg’a-salom olmagan sarkarda sifatida portugallar va hindlarni hayratga solgan. Vasko da Gama qo’rqmas va dovyurak inson bo’lgan. Yozishlaricha, bir safar ekspedisiya suv ostida qattiq yer qimirlaydigan hududga tushib qolgan. Qattiq vahimaga tushib qolgan ekspedisiya a’zolari orasida faqat Vasko da Gamma xotirjam sheriklariga qarab, «xursand bo’ling do’stlar qarang hatto dengiz ham bizdan qo’rqib qaltiramoqda» deb xitob qilgan. Admiral Vasko da Gama yana ikki marotoba Hindistonga safar qilib, 1524 yili 64 yoshda to’satdan vafot etadi. Oradan 15 yil o’tgandan keyin uni jasadini vataniga olib kelib qaytadan dafn etishadi. Qabr toshi ustida shunday yozuvlar bitilgan, «mashhur argonavt, Vidigeyra grafi, Hindiston admirali va kashfiyotchisi don Vasko da Gama». Shunday qilib, admiral Vasko da Gamaning buyuk iste’dodi tufayli elkanli kemalarda Hindustonga borishning eng qulay dengiz yo’li ochilgan.
F.Magellanning dunyo aylana sayohati. Amerigo Vespuchchining X.Kolumb kashf qilgan yerlar yangi qit’a ekanligi haqidagi farazi Fernan Magellanning 1519-1522-yillardagi dunyo aylana birinchi sayohatida to’la tasdiqladi. Yangi ochilgan yerlardan mo’ljallangan boyliklariga erisha olmagan ispan hukmdorlari Fernan Magellanning Hindistonga G’arbiy dengiz yo’lini ochish loyihasini qo’llab-quvvatladilar.
Jasur va tajribali dengizchi, bag’oyat irodali Magellan o’zining 5 ta kemadan iborat flotiliyasini 1519-yilning 20-sentyabrida San-Lukar portidan dengizga chiqardi. Ekspedisiyada qatnashgan: “Trinidad”, “San-Antonio”, “Konsepsion”, “Viktoriya” va “Sant-Yago” kabi 105-154 tonna yuk sig’imli kichik kemalarda ikki yilga yetadigan oziq-ovqatlar g’amlab olingandi. Magellanga berilgan kemalar ta’mirlashdan keyin ham talabga to’liq javob beradigan holda emasdi. Portugaliyaning Ispaniyadagi elchisi o’z qiroliga Magellan ekspedisiyasi muvaffaqiyatsizlikka uchrashi muqarrar deb yozgan edi. Magellan kemalarga portugaliyalik hamyurtlaridan ruxsat berilgan 5 kishi o’rniga 37 kishi olishga muvaffaq bo’ldi.
Sayohatning boshidayoq juda og’ir sinovlarni yengib, 60 kunlik tinimsiz yomg’irlardan so’ng kemalar 1519-yil 13-dekabrida Rio de Janeyro ko’rfaziga kirdi. Yana bir oylik sayohatdan keyin hozirgi Urugvayning poytaxti Montevideo joylashgan yerda to’xtashdi. Bu joy ikki okeanni bog’lovchi qo’ltiq ekanligi haqidagi faraz tasdiqlanmadi. Qishlovga to’xtagan ekspedisiyada birinchi marta isyon ko’tarildi. Unda uchta kemaning kapitanlari qatnashdi. Kapitanlardan biri isyonchilar bilan to’qnashuvda halok bo’ldi, Ikkinchisi – kapitan Mendosa isyon bostirilishi bilan qatl qilindi, uchinchi kapitan Kartaxena fitnada ishtirok qilgan ruhoniy bilan ko’rfazning qirg’og’iga tashlab ketildi. Isyon boshlanishiga sabab Magellanning oziq-ovqat miqdorini kamaytirishi bo’lgandi. Ekspedisiya a’zolarining orqaga qaytishni talab qilishlariga javoban Magellan “Qit’a janubidagi bo’g’ozni topib o’z va’damni bajaraman, bu yo’ldan meni faqat o’lim qaytaradi”, - deb aytdi. Ko’rfazning ochilishi arafasida “Sant-Yago” kemasi halokatga uchradi.
Magellan ekspedisiyasi 1520-yil 21-oktyabrida janubiy kenglikning 52-gradusida keyinchalik uning nomiga qo’yilgan qo’ltiqqa kirdi. Ekspeditsiyaning Janubiy dengizga yo’l olgan kemasida 1-noyabr kuni Estevan Gomes boshchiligidagi bir guruh zobitlar isyon ko’tarib, Magellanning sodiq safdoshi “San-Antonio” kapitani Alvaro de Meskituni qo’lga olib, asosiy oziqa zaxirasi bilan Ispaniyaga yo’l oldilar. Qaytib kelganlar Magellanga tuhmat-bo’htonlar yog’dirdilar. Qirol hukumati esa bunga ishonib Magellanning qaynotasi va xotinini sazoyi qildi.
Bu paytda jasur Magellan o’z maqsadi tomon ishonch bilan bormoqda edi. Ko’rfazdan bir oyga yaqin suzgan kemalarning chap tomonida doim hindular gulxanlari olovi va tutuni ko’rinib turgan. Natijada dengizchilar bu yerlarni “Olovli yer” deb atadilar, Okeanga chiqqan kemalar shimolga qarab suzishdi. To’rt oy davomida hech qanday dovullarsiz olg’a yurildi. Okeanning ularga qilgan muruvvati evaziga sayohatchilar uni “Tinch okean” deb atadilar. Hujjatlarda yozilishicha, sayohatchilar keyingi 110 kun davomida qurtlagan non ushoqlarini, sassiq suvni ichishga majbur bo’ldilar. Kemalarda kalamushning narxi qimmat bo’lgan, dengizchilar kemaning charm qoplangan joylarini olib qaynatib ichishgan. Sayohatchilarning ko’pi singa kasaliga chalinib nobud bo’lishgan.
Nihoyat, 1521-yilning 6-martida ekspedisiya a’zolari Marian arxipelagi orollaridan biriga tushdilar. O’n kundan so’ng kemalar yaqinlashgan arxipelag Ispaniya shahzodasi, bo’lajak qirol Filipp sharafiga Filippin deb ataldi. Xuddi shu orollarda ro’y bergan bir voqea sayyohlarning qilgan ishlari qanchalik buyuk ekanligini ko’rsatdi. Magellanning qachonlardir Malay orollaridan olib chiqib ketilgan xizmatkori Enrike mahalliy aholi bilan gaplashib bir-birlarini tushunganlar. Demak Enrike o’z yurtidan sharq tomonga chiqib unga g’arbdan qaytib keldi.
Sebu orollari aholisini Ispaniya qiroli vassallariga aylantirish uchun qilingan urushda, 1521-yil 27-aprelida Magellan halok bo’ldi. Ekspedisiyada ikki kema Xuan Sebast’yan El’kano boshchiligda Molukka arxipelagiga yetib borib, ziravorlar sotib oldi va ikki yo’nalishda Ispaniyaga qaytishga qaror qilindi. “Trinidad” deb nomlangani Tinch okean orqali, Xuan S. Elkano boshchiligidagi “Viktoriya” kemasi Hind okeani orqali qaytmoqchi bo’ldi. Viktoriya portugal kemalaridan yashirinib, janubroqdan suzdi va Hind okeanini kesib o’tib, katta qiyinchiliklardan so’ng 1522 yil 8 sentyabrda Ispaniyaga yetib keldi. San-Lukarga qaytib kelganda “Viktoriya” kemasida 18 kishi qolgan edi. “Trinidad” kemasi halokatga uchrab, undan 3 kishi omon qoldi va 5 yildan so’ng Ispaniyaga yetib kelishdi.
Dunyo bo’ylab qilingan birinchi sayohat Yerning shar shaklida ekanligini uzil-kesil isbotladi. Yangi qit’aning janubiy qirg’oqlari aniqlandi. Ekspedisiya taqdiri uning ishtirokchisi ital’yan Antonio Pigafetta tomonidan “Dunyo bo’ylab birinchi sayohat” kitobida bayon qilingan. Lekin u na dengizchi, na geograf, hatto kuzatuvchan odam bo’lmaganligidan uning kitobi sayohat to’g’risida to’liq ta’surot bermaydi. Magellan va boshqa qatnashchilarning kundaliklari saqlanib qolmagan, faqat “Trinidad” kemasi kapitan yordamchisi Fransisko Al’boning jurnali bizgacha yetib kelgan va ekspedisiya to’g’risida to’liqroq ma’lumot olishga yordam bergan.

Download 45,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish