10-mavzu. Buyuk geografik kashfiyotlar va ularning ahamiyati Reja



Download 45,67 Kb.
bet4/6
Sana29.04.2022
Hajmi45,67 Kb.
#594360
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10 mavzu Buyuk geografik kashfiyotlar va ularning ahamiyati (1)

Buni yodda tuting! 1492- yil 12- oktabr Amerika qit 'asining rasman kashf etilgan kuni hisoblanadi.
1493 yilda Kolumbga Dengiz-okeanlar admirali degan unvon berildi va to’xtovsiz ikkinchi ekspedisiyaga tayyorgarlik ko’rila boshlandi. Bu gal ishchilar, ruhoniylar, dehqonlar ham olib ketilishi kerak edi. 1493 yil 11 oktyabrda 17 ta kema yo’lga chiqdi. Bu safar marshrut janubroqdan olindi va Antil orollariga yetib kelindi. Kolumb katta yerni izlab Karib havzasidagi orollarni kashf qildi va ispan koloniyasiga qo’shib oldi. 1496 yilda Ispaniyaga qaytgan Kolumb oldiga aniq vazifa oltin va ziravorlar topish qo’yildi. U uchinchi ekspedisiyasi davrida Trinidad va Tobago orollari kashf qilindi.
Ammo oltin va ziravor topilmaganligi uchun Kolumb hibsga olinib, Ispaniyaga jo’natildi. 1500 yilning oxirida oqlandi va 1502 yilda 4-ekspedisiyaga otlandi. Bu gal Markaziy Amerika qirg’oqlariga yetib borildi va 2 ming km. masofadagi qirg’oq chiziqlari aniqlandi. Lekin oltin kam topildi, ziravorlar esa umuman yo’q edi. Tasalli sifatida u o’sha yerda o'sgan bir nechta yangi ziravorlarni - chili qalampiri, xushbo’y murch va vanilni olib keldi. X. Kolumbning safarlari juda katta ahamiyatga ega bo’lsada, ispan qirolligi uchun katta boylik olib kelmadi va Kolumb barcha unvonlaridan mahrum bo’lib, 1506 yilda qashshoqlikda vafot etdi.
Yangi qit’a kashf qilinganini Kolumb umrining oxiriga qadar bilmagan. X.Kolumb Hindistonga (aslida Amerikaga) 4 marta ekspeditsiya uyushtirgan. O’zi kashf qilgan joylarni Hindiston, u yerlar aholisini “hindular” (“indeyeslar”) deb atadi. Shu sababdan Amerikaning ko’plab tillarda gaplashadigan, turli nomdagi xalqlari va qabilalarini adabiyotlarda “indeyeslar” deb atash rasm bo’lib ketdi. Yangi qit’aning Amerigo Vespuchchi nomi bilan atalishini 1507 yilda nemis kosmografi Martin Valdzemyuller “Kosmografiyaga kirish” asarida taklif etgan. Bu bilan u X. Kolumbning xizmatlarini yo’qqa chiqarmoqchi emas edi. Uning bu taklifi italyan savdogari Amerigo Vespuchchining maktublariga asoslangan va u Kolumbni haqiqatdan ham Osiyo qirg’oqlariga yetib borgan deb hisoblagan. Vespuchchi esa o’z maktublarini 1497-98 yillar sanasi bilan belgilagan. Lekin u aslida 1502-1503 yillarda sayohat qilib, Janubiy Amerika materigining sharqiy qirg’oqlari bo’ylab Rio-de Janeyrogacha suzib borgan va Osiyo haqidagi tasavvurlar bilan solishtirib, bu hududlarning aslida yangi yerlar ekanligini e’tirof etgan va Yangi Dunyo deb atashni taklif etgan edi. Nemis olimining taklifi bilan yangi qit’a Amerika deb atala boshlandi. 1515- yilda Yangi Dunyo «Amerika» deb atalgan birinchi globus Germaniyada yaratildi. 1569-yildan esa boshqa xaritalarda ham Kolumb kashf etgan yerlar «Amerika» deb yoziladigan bo`ldi.
Xristofor Kolumbning nomi Kolumbiya davlatiga, Amerika Qo’shma Shtatlari okruglaridan biriga, ko’plab shaharlarga, universitetga, tog’, daryo va hatto fazoni tadqiq etish loyihalaridan biriga qo’yilgan.
Olimlarning Yer shar shaklida bo’lishi haqidagi taxminlari XV - asrda dengiz sayyohlarning qiziqishini yanada oshirdi. Italiyalik olim, astronom Paolo Toskanelli bu g’oyadan kelib chiqib dunyo kartasini tuzdi. Kartada Osiyo qit’asi Atlantika okeanining g’arbiy qirg’oqlarida tasvirlangan bo’lib, olimning fikricha, Yevropa qirg’oqlaridan doimo g’arbga suzib Hindistonga borish mumkin bo’ladi. Paolo Toskanelli yer ekvatori uzunligini xato tasavvur qilib, 12 ming kilometrga yanglashgan. Keyinchalik bu xato - buyuk kashfiyotlarga olib keldi.

Download 45,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish