10-mavzu. Buyuk geografik kashfiyotlar va ularning ahamiyati Reja



Download 45,67 Kb.
bet2/6
Sana29.04.2022
Hajmi45,67 Kb.
#594360
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10 mavzu Buyuk geografik kashfiyotlar va ularning ahamiyati (1)

Uchinchidan, quruqlikdan va o`rta Yer dengizidan o`tadigan savdo yo`llari, shu jumladan, Buyuk Ipak yo`li ham xavfli bo`lib qoldi. Bu yo`llar ustidan nazorat Yevropa mamlakatlarining asosiy raqibi Usmonli turklar qo`liga o`tib ketdi. Binobarin, endi yevropaliklar oldida yangi dengiz savdo yo`llarini ochish tarixiy zaruratga aylandi. Dengiz savdo yo`llarini ochishga imkon beruvchi zamonaviy kemalar hamda harbiy qurollar mavjud edi. Bundan tashqari, dengizda kompasdan foydalanish, astrolyabiyaning ixtiro qilinganligi ham katta ahamiyatga ega bo`ldi.
Shuningdek, italiyalik olim P.Toskanelli yerning dumaloqligi haqidagi ta'limotdan kelib chiqib, dunyo xaritasini yaratganligi ham katta ahamiyatga ega bo'ldi. Bu xaritada Osiyo qit'asi qirg'oqlari Atlantika okeanining g'arbiy sohillarida ekanligi belgilangan edi. Shu tufayli P. Toskanelli Yevropa qirg'oqlaridan G'arb tomonga suzib Hindistonga borish mumkin, deb ishonardi.
Buyuk geografik kashfiyotlar davrini mutaxassislar shartli ravishda uchga bo‘lishadi:

  • XV asr oxiri - XVI asr o ‘rtalari;

  • XVI asming ikkinchi yarmi - XVII asr o‘rtalarigacha;

  • XVII asming ikkinchi yarmi - XVIII asrlarda amalga oshirilgan

  • geografik kashfiyotlar.

Bu davrda Yevropada ziravorlarga bo’lgan ehtiyoj ham ortib bordi. Ko’pgina ziravorlar qadimdan ma’lum bo’lib kelgan. Ular asosan Hindiston, Xitoy va Indoneziya kabi Sharq mamlakatlarida yetishtirilar va turli xil maqsadlarda foydalanilar edi. Asta-sekin ular Yevropaga ham kirib kelgan. Bu yerda ziravorlar qimmatbaho mahsulot hisoblanib, bahosi oltin bilan barobar edi.


Yevropaliklarning “oltinga teng” Sharq ziravorlarining plantatsiyasini topish istagi Hind okeanida yangi dengiz yo'lining ochilishiga, Yangi dunyo va boshqa noma'lum yerlarning kashf etilishiga va dunyo bo'ylab birinchi sayohatning amalga oshirilishiga sabab bo'ldi. 
Yevropaliklar tanishgan birinchi ziravorlar qalampir va doljin edi, keyin ularning turlari sezilarli darajada oshdi. Eng qimmatlari qalampir, za'faron va doljin hisoblanar edi.
Bir kg za'faron yetishtirish uchun 200 mingga yaqin gulni qayta ishlash kerak. Ushbu muolaja juda mashaqqatli va ko'p vaqtni talab etadi - har bir guldan ehtiyotkorlik bilan yorqin olovrang tusdagi pupukchalari terib olinadi va keyin to'plangan materiallar quritiladi.
Arablar ziravorlar o’sadigan joylar ilonlar to’dasi yoki ulkan qushlar tomonidan qo’riqlanishi haqida afsonalar yaratib, bu bilan o’zlarining savdo nuqtalariga olib boriladigan yo’llarni har qanaqasiga bo’lsa ham berkitar edilar. Hech kimda bu joylarga borish istagi tug’ilmasligi maqsadida shunday yo’l tutilgan. XI asrning o’rtalarida arab savdo markazi bo’lgan Bag’dod shahri turklar tomonidan bosib olindi.
13-asr oxirida Venetsiyalik savdogar Marko Polo 24 yil davomida Xitoy va Hindistonga sayohat qilib, o'zining sayohat kundaligini nashr etdi. Unda u arablar tomonidan yaratilgan afsonalarning uydirma ekanligini bayon etib, u duch kelgan yerlarda turli xil ziravorlar bemalol o’sib yotganligini tasvirlab berdi.
XIV asrda Rim papasi katoliklarga musulmonlar bilan savdo qilishni taqiqladi, buning oqibatida savdo-sotiq keskin tushib ketdi. Venetsiya aholisi papadan savdoni davom ettirish uchun ruhsat olishga muvaffaq bo'ldi va buni odamlarni davolash uchun ziravorlar zarur ekanligi bilan asoslashdi. Ular ziravorlarning bir qismini Usmoniylar imperiyasidan sotib olishar, yana bir qismini esa to'g'ridan-to'g'ri Hindistondan olib kelishar edi.
Venetsiyaliklar o’zlarining qo’lga kiritgan huquqlaridan foydalangan holda ziravorlarning narxini keskin oshirdilar. Ushbu savdo tufayli o'sha yillarda Venetsiya gullab-yashnadi va Yevropaning eng boy shaharidan biriga aylandi. Portugaliya bilan Ispaniya esa qo’shni davlatning boyligiga havas bilan qarar edi.
1453 yilda Usmoniylar imperiyasi ziravorlar savdosining asosiy yo'lini to'sib qo'ydi, bu yevropaliklarni Hindistonga yangi dengiz yo'llarini izlashga majbur qildi.

Download 45,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish