10-mavzu: budjet tashkilotlarida tovar -moddiy zaxiralar hisobi reja


Joriy yilning moliyaviy natijalari to‘g‘risidahisobotni tuzish tartibi



Download 278,09 Kb.
bet56/60
Sana03.05.2023
Hajmi278,09 Kb.
#934902
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60
Bog'liq
10-mavzu budjet tashkilotlarida tovar -moddiy zaxiralar hisobi

9.Joriy yilning moliyaviy natijalari to‘g‘risidahisobotni tuzish tartibi

Mazkur hisobot tashkilotning joriy yilning yakunlari bo‘yicha moliyaviy faoliyatining natijasi, ya’ni, har bir daromad (tushum)larning turlarini mazkur daromadlar (tushumlar) hisobidan amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar bilan solishtirish natijasi bo‘yicha ma’lumotlarni umumlashtirish va taxlil qilish uchun tuziladi.


Hisobot "Bosh jurnal kitobi" (308-shakl) va daromadlar (tushumlar) va xaqiqiy xarajatlar hisobi yuritiladigan boshqa hisob registrlari ma’lumotlari asosida to‘ldiriladi.


“1. Daromadlar” bo‘limi bo‘yicha:

173
“1.1. Budjetdan moliyalashtirish” qatorida “Bosh jurnal kitobi" (308-shakl) dagi 232-“Budjetdan moliyalashtirish” subschyotining ma’lumotlari aks ettiriladi;


“1.2. To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo‘yicha mablag‘lar” qatorida “Bosh jurnal kitobi" (308-shakl) dagi 242-“Ta’lim muassasalarida hisoblangan ota-onalarning mablag‘lari” subschyotining ma’lumotlari aks ettiriladi;


“1.3. Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushadigan mablag‘lar bo‘yicha daromadlar” qatorida “Bosh jurnal kitobi" (308-shakl) dagi 252-“Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt mablag‘lari bo‘yicha daromadlar” subschyotining ma’lumotlari aks ettiriladi. Shuningdek, ushbu ma’lumotlar “To‘lov-kontrakt mablag‘lari”, “Depozitga qo‘yilgan mablag‘lar bo‘yicha daromadlar” va “Boshqa tushumlar” qatorlari


bo‘yicha alohida holda aks ettiriladi;


“1.4. Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasi daromadlari” qatorida “Bosh jurnal kitobi" (308-shakl) dagi 262-“Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha daromadlar” subschyotining ma’lumotlari aks ettiriladi. Shuningdek, ushbu ma’lumotlar “Tovar (ish, xizmatlar realizatsiyasidan”, “Foydalanilmayotgan davlatning mol-mulklarini ijaraga berishdan” va “Homiylik yordamlaridan” qatorlari bo‘yicha alohida holda


aks ettiriladi; “1.5. Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi


daromadlari” qatorida tibbiyot muassasalari tomonidan “Bosh jurnal kitobi" (308-shakl) dagi 262-“Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha daromadlar” subschyotining ma’lumotlari aks ettiriladi. Shuningdek, ushbu ma’lumotlar “Pulli davolash va xizmatlar ko‘rsatishdan”, “Homiy va donor tashkilotlardan” va “Foydalanilmayotgan davlatning mol-mulklarini ijaraga berishdan” qatorlari bo‘yicha alohida holda aks ettiriladi;


“1.6. Boshqa daromadlar” qatorida “Bosh jurnal kitobi" (308-shakl) dagi 272-“Boshqa budjetdan tashqari daromadlar” va 273-“Inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqqan mol-mulklar” subschyotlarining ma’lumotlari aks ettiriladi;


“1.7. Soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar” qatorida joriy yilda ta’lim muassasalaridagi to‘lov-kontrakt mablag‘lari bo‘yicha hamda budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasi daromadlari bo‘yicha tegishli qonun hujjatlariga muvofiq hisoblangan soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar aks ettiriladi.


“Daromadlar (tushumlar) jami” barcha daromadlar (tushumlar)ning yig‘indisi aks


ettiriladi.


“2. Xarajatlar” bo‘limi bo‘yicha:

“2.1. Budjet mablag‘lari bo‘yicha xaqiqiy xarajatlar” qatorida “Bosh jurnal kitobi" (308-shakl) dagi 231-“Budjet mablag‘lari bo‘yicha xaqiqiy xarajatlar” subschyotining


ma’lumotlari aks ettiriladi; “2.2. To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo‘yicha mablag‘lar hisobiga amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar” qatorida “Bosh jurnal kitobi" (308-shakl) dagi 241-“To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo‘yicha mablag‘lar hisobiga amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar” subschyotining ma’lumotlari aks ettiriladi;


“2.3. Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar” qatorida “Bosh jurnal kitobi" (308-shakl) dagi 251-“Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar” subschyotining ma’lumotlari aks ettiriladi;


“2.4. Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar” qatorida “Bosh jurnal kitobi" (308-shakl) dagi 261-“Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar” subschyotining ma’lumotlari aks ettiriladi;


“2.5. Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar” qatorida tibbiyot muassasalari tomonidan “Bosh jurnal kitobi" (308-shakl)dagi 261-“Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi


174
mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar” subschyotining ma’lumotlari aks ettiriladi;


“2.6. Boshqa daromadlar bo‘yicha xaqiqiy xarajatlar” qatorida “Bosh jurnal kitobi" (308-shakl) dagi 271-“Boshqa daromadlar bo‘yicha xaqiqiy xarajatlar” subschyotining


ma’lumotlari aks ettiriladi; “Xarajatlar jami” qatorida yuqoridagi barcha daromadlar (tushumlar) hisobidan amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlarning yig‘indisi aks ettiriladi.


“3. Moliyaviy natija” bo‘limi bo‘yicha:


“Joriy yilga moliyaviy natija” qatorida tashkilotning joriy yilga moliyaviy natijasi, ya’ni, jami daromad (tushum) (080-qator)dan amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar jami (150-qator)ning ayirmasi aks ettiriladi.


“a) budjet mablag‘lari bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natija” qatorida “1.1. Budjetdan moliyalashtrish” (010-qator)dan “2.1. Budjet mablag‘lari bo‘yicha xaqiqiy xarajatlar” (090-qator)ning ayirmasi aks ettiriladi;


“b) to‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natija” qatorida “1.2. To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo‘yicha mablag‘lar” (020-qator)dan “2.2. To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo‘yicha mablag‘lar hisobiga amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar” (100-qator)ning ayirmasi aks ettiriladi; “v) ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt mablag‘lari bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natija” qatorida “1.3. Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushadigan mablag‘lar bo‘yicha daromadlar” (030-qator)dan “2.3. Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar” (110-qator)ning ayirmasi aks ettiriladi;


“g) budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha yakuniy moliyaviy natija” qatorida “1.4. Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasi daromadlari” (040-qator)dan “2.4. Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar” (120-qator)ning ayirmasi aks ettiriladi;


“d) tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natija qatorida “1.5. Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi daromadlari” (050-qator)dan “2.5. Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar” (130-qator)ning ayirmasi aks ettiriladi;


“ye) boshqa daromadlar bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natija” qatorida “1.6. Boshqa daromadlar” (060-qator)dan “2.6. Boshqa daromadlar bo‘yicha xaqiqiy xarajatlar” (140-qator)ning ayirmasi aks ettiriladi;


“g) budjetga va budjetdan tashqari jamg‘armalarga hisoblangan soliq va boshqa to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar” qatorida “1.7. Soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar” (070-qator) ma’lumotlari aks ettiriladi.


Ushbu hisobot shakli tashkilotlar tomonidan hisobot yili uchun topshiriladigan balans bilan birga taqdim qilinadi.


Quyida Joriy yilning moliyaviy natijalari to‘g‘risida hisobot ko‘rsatkichlarini hisob registrlari va boshqa tegishli hujjatlar bilan o‘zaro muvofiqlik jadvalini keltiramiz.





Download 278,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish