3.Xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobot (2-shakl)ni tuzish tartibi
Xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobotni tuzishdan oldin tashkilotlar:
tasdiqlangan xarajatlar smetalariga belgilangan tartibda kiritilgan o‘zgartirishlarning hisob registrlariga (294-shakl daftarlariga) to‘g‘ri yozilganligini;
hisobot davri uchun budjetdan moliyalashtirilgan mablag‘larni tasdiqlangan xarajatlar smetalariga muvofiq holda (kiritilgan o‘zgartirishlarni hisobga olgan holda) amalga oshirilganligini (tegishli memorial orderlar, 294-shakl daftari va boshqa hisob registrlari asosida);
hisobot choragida amalga oshirilgan kassa xarajatlarining (G‘aznachilik bo‘linmalari orqali amalga oshirilgan to‘lovlarning) to‘g‘riligini (tegishli memorial orderlar, 294-shakl daftarlari va boshqa hisob registrlari asosida);
haqiqiy xarajatlarning hisob registrlariga to‘g‘ri yozilganligini (tegishli memorial orderlar va 294-shakl daftarlari ma’lumotlari asosida) tekshirib chiqishlari lozim.
"Tasdiqlangan (aniqlangan) reja" ustuniga tashkilotlarning tegishli tasdiqlangan xarajatlar smetalari bo‘yicha kiritilgan o‘zgartirishlar hisobi bilan hisobot davriga aniqlangan rejani xarajatlar tasnifining hisobot shaklida keltirilgan xarajat moddalari bo‘yicha yoziladi.
"Hisobot davri uchun moliyalashtirilgan" ustuni bo‘yicha tashkilotga budjetdan xarajatlar smetalariga muvofiq yil boshidan o‘sib boruvchi tartibda moliyalashtirilgan mablag‘lar (294-shakl daftar ma’lumotlari asosida) xarajatlar tasnifining hisobot shaklida keltirilgan xarajat guruhlari va moddalari bo‘yicha yoziladi (4-guruhning xarajat
moddalaridan tashqari).
G‘azna ijrosiga o‘tilgan tashkilotlar ushbu ustun bo‘yicha yil boshidan o‘sib boruvchi tartibda G‘aznachilik bo‘linmalari orqali amalga oshirilgan to‘lovlarni ko‘rsatadilar. "Kassa xarajati-jami" ustunida tashkilotning budjet mablag‘lari bo‘yicha depozit hisob raqamidan xarajatlar smetalarida ko‘zda tutilgan maqsadlar uchun o‘tkazilgan mablag‘lar yil boshidan o‘sib boruvchi tartibda (294-shakl daftar ma’lumotlari asosida) xarajatlar tasnifining hisobot shaklida keltirilgan xarajat guruhlari va moddalari bo‘yicha yoziladi.
G‘azna ijrosiga o‘tilgan tashkilotlar ushbu ustun bo‘yicha yil boshidan o‘sib boruvchi tartibda G‘aznachilik bo‘linmalari orqali amalga oshirilgan to‘lovlarni ko‘rsatadilar. "Haqiqiy xarajatlar-jami" ustunida tashkilot tomonidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar (budjet bo‘yicha) yil boshidan o‘sib boruvchi tartibda (294-shakl daftarlar ma’lumotlari asosida) xarajatlar tasnifining hisobot shaklida keltirilgan xarajat guruhlari va moddalari
bo‘yicha yoziladi. Tashkilotlar tomonidan o‘tgan yillarda, shuningdek, joriy yilda budjet mablag‘lari hisobidan sotib olingan asosiy vositalariga hisoblangan eskirish summasi xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobot (2-shakl)da xarajatlar iqtisodiy tasnifining 43 50 000 “Asosiy vositalarni sotib olish” xarajat moddasining tegishli kichik modda va elementlari bo‘yicha xaqiqiy xarajatlar
sifatida aks ettiriladi.
Bunda, budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan o‘tgan yillarda, shuningdek, joriy yilda sotib olingan asosiy vositalar bo‘yicha hisoblangan eskirish summasi esa, tegishli ravishda budjetdan tashqari mablag‘larning harakati to‘g‘risidagi hisobotlarda xarajatlar iqtisodiy tasnifining 43 50 000 “Asosiy vositalarni sotib olish” xarajat moddasining tegishli kichik modda va elementlari bo‘yicha xaqiqiy xarajatlar sifatida aks ettiriladi.
Budjet tashkiloti bo‘lmagan budjetdan mablag‘ oluvchi tashkilotlar tomonidan budjetdan olingan mablag‘larning ijrosi bo‘yicha tuzilgan xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobot (2-shakl)da budjet mablag‘ining ishlatilgan qismi doirasida xarajatlar iqtisodiy
166
tasnifining tegishli moddalari, kichik moddalari va elementlari bo‘yicha xaqiqiy xarajatlarni
to‘liq aks ettiradilar. Tashkilotlarga boshqa budjetlar hisobidan mablag‘lar ajratilgan hollarda mazkur mablag‘larning sarflanishi bo‘yicha xarajatlar smetasining ijrosi xaqida hisobot (2-shakl) tegishli moliya organiga ushbu Qoidalarda belgilangan tartibda taqdim qilinadi.
Asosiy xarajatlar smetasi bo‘yicha moliyalashtiriluvchi tegishli moliya organiga esa, mazkur hisobotlarning nusxalari ma’lumot uchun taqdim qilinadi.
Xarajatlar smetasining ijrosi xaqida hisobot (2-shakl) tashkilotlar tomonidan xarajatlar
tasnifining har bir bo‘lim, kichik bo‘lim va bobi bo‘yicha alohida holda tuziladi. Tashkilotning budjet hisob raqamlaridagi (shaxsiy hisobvaraqlaridagi) hisobot
choragining oxirgi ish kuniga tejab qolingan va belgilangan tartibda rivojlantirish jamg‘armasi hisob raqamiga o‘tkazilgan budjet mablag‘lari alohida (I-IV xarajat guruxlariga qo‘shilmagan holda) “Budjet tashkilotida hisobot choragining oxirgi kuniga tejab qolingan va budjet tashkilotining rivojlantirish jamg‘armasi hisob raqamiga o‘tkazilgan mablag‘lar” qatorida kassa xarajatlari sifatida aks ettiriladi va “Xarajatlarning hammasi”da hisobga
olinadi.
Xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobot (2-shakl) tashkilotlar tomonidan har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar topshiriladi.
Quyida budjet tashkilotlari tomonidan tuziladigan xarajatlar smetasi ijrosi haqida hisobot (2-shakl) ko‘rsatkichlarini tegishli hisob registrlari va boshqa hujjatlar bilan o‘zaro muvofiqlik jadvalini keltiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |